Научная статья на тему 'RAQAMLI MUXITDA BO’LAJAK O’QITUVChILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRIShNING METODOLOGIK JIHATLARI'

RAQAMLI MUXITDA BO’LAJAK O’QITUVChILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRIShNING METODOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
42
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
psixologik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdulxalim Maxmudov

Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish muammolari strategik masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bunga sabab birinchidan, hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan kirib kelishi, ikkinchi tomondan ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng kamrovli tadbiq etmasdan ta’lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish istiqbollari yo’qligidadir. Ta’lim tashkilotlarining raqamli ta’lim muxitini yaratish sof texnik muammo emasligi, balki buning uchun raqamli muhitning metodologik, ilmiy-metodik, tashkiliy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida ta’qiq qilish mo’him muammolardan biri ekanligi o’z tasdig’ini topmoqda[1].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI MUXITDA BO’LAJAK O’QITUVChILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRIShNING METODOLOGIK JIHATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

RAQAMLI MUXITDA BO'LAJAK O'QITUVChILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRIShNING METODOLOGIK JIHATLARI

Abdulxalim Maxmudov

Qori Niyozi nomidagi O'zPFITI bo'lim boshlig'i, p.f.d.(DSc), k.i.x. https://doi.org/10.5281/zenodo.10004156

Bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash jarayonlarini raqamlashtirish muammolari strategik masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Bunga sabab birinchidan, hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalariga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan kirib kelishi, ikkinchi tomondan ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng kamrovli tadbiq etmasdan ta'lim sifatini yuqori darajaga olib chiqish istiqbollari yo'qligidadir. Ta'lim tashkilotlarining raqamli ta'lim muxitini yaratish sof texnik muammo emasligi, balki buning uchun raqamli muhitning metodologik, ilmiy-metodik, tashkiliy, pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tizimli yondashuv asosida ta'qiq qilish mo'him muammolardan biri ekanligi o'z tasdig'ini topmoqda[1].

Mazkur sohada xorijda olib borilayotgan islohatlar, ta'lim tashkilotlarida raqamli texnologiyalardan keng qamrovli foydalanish maqsadida ta'lim Web portalarini va uning negizida ta'lim -tarbiya jarayonini yuritish va boshqarishni amalga oshiruvchi intellektual dasturiy ta'minotlarni yaratish bo'yicha ko'plab ilmiy -tadqiqotlar olib borilaetganini ko'rishimiz mumkin[2,3]. Ushbu ilmiy-tadqiqot ishlarida raqamli pedagogikani rivojlantirish xamda uni negizida yotgan raqamli tarbiya, raqamli didaktika muammolariga integrallashgan holda ta'lim tashkilotlarining o'quv laboratoriya va texnik jihozlar, kompyuterlar, multimediali elektron resurslar, darsliklar va o'quv qo'llanmalar bilan ta'minlash, masofaviy ta'limni joriy etish va boshqa shu kabi muhim vazifalarni amalga oshirish yuzasidan keng kamrovli ishlar olib borilayotganini ko'rish mumkin.

Shu jihatdan mamlakatimizda pedagoglarni tayyorlash ta'lim tizimini islohat qilishda muayyan darajada yagona elektron axborot-ta'lim muhitini yaratish, ta'lim va tarbiya jarayonlarini raqamlashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi va 2019-yil 8-oktabrdagi PF-5847-son «O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmonlari ushbu zaruriyatni dolzarbligini tasdiqlaydi.

Halqaro ekspertlar va olimlarning fikriga ko'ra, raqamli texnologiyalar ta'lim sifatini oshirishga imkon yaratuvchi vosita hisoblanadi va ushbu vositalar yordamida oliy pedagogik ta'lim muassasasini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishi ko'p jihatdan o'quv-tarbiya jarayonida ko'llanilaetgan xar bir axborot kommunikatsion texnologiyalar bir biri bilan o'zaro bog'langan va yagona maqsad(konsepsiya)ga yo'naltirilgan tizim ko'rinishida shakllanganda hamda muntazam ravishda uning samaradorligi monitoring qilinganda amalga oshishi mumkin[4].

Shu bilan birga raqamli texnologiyalarni bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash tizimiga kirib kelishi an'anaviy ta'lim asoslarini qayta ko'rib chiqishiga sabab bo'lmoqda. An'anaviy ta'limda o'qish shaklliga bog'langan holda, ta'lim mazmuni, xajmi, o'qituvchi o'quvchi xamkorligi, dars o'tish usulari bir birlari bilan farq qiladi(masalan kunduzgi va sirtqi). Raqamli pedagogika bu chegaralar(farqlar)ni yo'qotib yuboryapti. Ya'ni ta'limni yangi, "aralash" shaklli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS" _October 19-20, 2023_

yuzaga kelyapti, o'qituvchi o'quv materiali va ta'lim oluvchilar bilan tarmoq (onlayn) orqali hamkorlikda bajariladigan ta'lim berishning yangi shakllini paydo bo'lishiga olib keldi[5].

Ilmiy-pedagogik manbalarni tahlili natijasida pedagoglarni tayyorlash tizimining raqamli transformatsiya bu faqat raqamli qurilmalardan foylanish degani emasligini ta'qidlash mumkin. Internet, mobil va sensorli tarmoqlar asosida yaratilgan platformalar orqali ko'llaniladigan raqamli texnologiyalar ta'lim yo'nalishlarining moslashuvchanligi, ularni individuallashtirish, ta'limning ijodiy xususiyatini oshirishga qaratilgan yangi "raqamli ta'lim muxit"ni yaratish bo'yicha muhim vosita sifatida e'tirof etiladi[6].

Raqamli ta'lim muhiti bo'lajak o'qituvchida mustaqil ta'lim olish (zarur axborotlarni izlash, topish, tahlil qilish, saqlash) o'z-o'zini nazorat qilish(yangi g'oyalar bilan fikr almashish) ko'nikmalarini shakllanganligini ta'lab qiladi. Olimlarning fikriga ko'ra pedagogiga nazariyasi va amaliyotida pedagog va talabalarning hamkorligiga asoslangan ta'limning yangi paradigmasi(raqamli paradigma) shakllanilayapti. Yangi paradigmaning maqsad va vazifalari faol faoliyatga yo'naltirilgan bo'lib, o'qitishning natijadorligini oshirishga, talabalarda turli: jumladan, analitik, tanqidiy, ijodiy, moslashuvchan, kommunikativ, axborotli (kerakli ma'lumotlarni qidirish, axborotni tahlil qilish va qayta ishlash, umumlashtirish, tizimlashtirish) kompetentsiyalarni rivojlantirishga imkon yaratadi.

Ilmiy adabiyotlar va xorijiy tajribani tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, ta'limni raqamlashtirish qo'yidagi texnologik komponentlarga va jihatlarga ega: tuzilmaviy, xavfsizlik, mobillik, intellektuallik va boshq[7].

Oliy pedagogika ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiya jarayonlarini raqamlashtirishning ilmiy nazariy asoslari deganda nafaqat moddiy-texnik bazani rivojlantirish tushuniladi, balki innovatsion texnologiyalarni faol joriy etadigan, boshqaruv tizimiga xavfsizlik va moslashuvchanlikni ta'minlaydigan, so'nggi ta'lim texnologiyalarini joriy etadigan va shaxsiylashtirish ta'lim modellarini yaratish infratuzilmani yaratish jarayonini ham anglatadi[8].

Oliy pedagogika ta'lim tashkilotlarida o'quv jarayonini raqamlashtirish tizimini shakllantirishning konseptual tamoyillari quyidagilardan iboratligi aniqlandi: xavfsizlik, maqsadga yo'naltirilganlik, integratsiya, to'laqonlilik, yaxlitlik, tizimlilik, ko'rgazmalilik, moslashuvchanlik, modullilik, ma'lumotlarni ko'p marta foydalanish tamoyili va boshq.

Integrallashgan o'quv-ilmiy resurslar(ma'lumotlar bazasiga)ni yaratishga qo'yiladigan asosiy pedagogik-psixologik talablar o'rganilib, tizimlashtirildi: mazmunning ilmiyligi; ochiqliq (oydinlik); maqsadga yo'nalganlik; o'qitishni individuallashtirish; o'qitishni hamkorlikda olib borishni ta'minlash; mantiqiy va tizimli fikrlashni shakllantirish; teskari aloqani ta'minlash.

Har bir o'qituvchi o'zining fani bo'yicha o'quv-majmualarni yaratishda qo'yidagi didaktik talablarga rioya qilish kerak: mazmunda ilmiylik, fan, texnika va texnologiyalarning so'ngi yutuqlarini o'z ichiga olishi; ta'lim oluvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishi; talabaning bilim olishi, ijodiy yondashishi, mustaqil izlanishi, o'z ustida ishlashi, bilim darajasini ko'tarishi uchun imkon va sharoit yaratilishi; o'quv materiallarini ko'rgazmaliligi; fanning maqsad va vazifasi, mazmuni, ta'lim metodlari, o'quv vositalari va o'qitish shakllarining tizimlashtirilgan va tarkiblashtirilgan holda tavsiya qilinishi; o'quv materialini ijodiy yondashishga yo'naltiruvchi, rivojlantiruvchi shu bilan birga eng qulay va murakkablik darajasiga ega topshiriqlar majmuasining takomillashtirilganligi.

Xulosa sifatida bo'lajak o'qituvchilarni tayyorlash tizimining ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni keng kamrovli tadbiq etmasdan ta'lim

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE "STRATEGIES FOR THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE

TEACHERS BASED ON THE APPROACH OF CULTURAL STUDIES: PROBLEMS AND SOLUTIONS"

_October 19-20, 2023_

sifatini yuqori darajaga olib chiqish juda murrakab masala ekanligi va bu istiqbolda ana'naviy

didaktikani raqamli transformatsiya qilinishi muqararligidan dalolatdir.

REFERENCES

1. Бродовская Е.В., Домбровская А.Ю., Петрова Т.Е., Пырма Р.В., Азаров А.А. Сифровая среда ведущих университетов мира и РФ: резултаты сравнителного анализа данных сайтов // Высшее образование в России. 2019. - Т. 28. - № 12. - С. 9-22.

2. Вербиский А.А. Сифровое обучение: проблемы, риски и перспективы //Електронный научно-публитсистический журнал «Х,омоСйберус».- 2019. —№1(6). [Электронный ресурс] - Режим доступа: хттп://жоурнал.хомосйберус.ру/ Вербитский АА 1 2019

3. Абдураимова Г.О. Возможности мултимедийных технологий в преподавании педагогических диссиплин // Актуалные проблемы гуманитарных и естественных наук. - Москва, 2018. - №4. - С. 50 - 53.

4. Mamarajabov M.E. Raqamlashtirilgan ta'lim sharoitida bo'lajak o'qituvchilarning kasbiy-pedagogik tayyorgarligini takomillashtirish, p.f.d.(DSc) ilmiy darajasini olishga еzilgan dissert.-T.:-2023.- 184 b.

5. Ibraymov A.E.. Masofaviy o'qitishning didaktik tizimi. - Toshkent: "Lesson press", 2020, 112 bet.

6. Maxmudov A.X., Anarbaeva F.U. Raqamli ta'limda pedagogik texnologiyalarni qo'llash imkoniyatlari. Development issues of innovative economy in the agricultural sector. 2021.476 b.

7. Maxmudov A. X., Abduraxmonov Z. B. Ta'limda zamonaviy raqamli texnologiyalaridan foydalanishning yutuqlari va muammolari //Academic research in educational sciences. -2021. - T. 2. - №. CSPI conference 3. - S. 97-99.

8. Махмудов А. Х. Сифровые технологии как эффективный механизм интенсивного обучения иностранного языка //Ссиенсе анд инноватион. - 2023. - Т. 2. - №. Спесиал Иссуе 5. - С. 730-733.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.