Научная статья на тему 'PIRLS TADQIQOTIDA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK SALOHIYATI'

PIRLS TADQIQOTIDA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK SALOHIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalqaro tadqiqot / tadqiqot dasturi / ijodkorlik / qobiliyat / baholash jarayonlari / xalqaro baholash dasturi / PIRLS tadqiqoti / tadqiqot metodikasi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jahonova Xolida

Ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotining ta’lim jarayonida qo’llanilish jarayonlari, o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda uning o’rni va ahamiyati, taqdiqotning yo’nalishlari va o’tkazilish tartibi haqida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIRLS TADQIQOTIDA O’QUVCHILARNING IJODKORLIK SALOHIYATI»

PIRLS TADQIQOTIDA O'QUVCHILARNING IJODKORLIK SALOHIYATI

Jahonova Xolida G'anisher qizi

Termiz davlat pedagogika instituti 4-kurs talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS xalqaro tadqiqotining ta'lim jarayonida qo'llanilish jarayonlari, o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda uning o'rni va ahamiyati, taqdiqotning yo'nalishlari va o'tkazilish tartibi haqida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: xalqaro tadqiqot, tadqiqot dasturi, ijodkorlik, qobiliyat, baholash jarayonlari, xalqaro baholash dasturi, PIRLS tadqiqoti, tadqiqot metodikasi.

Аннотация: В данной статье представлена информация о процессах использования международных исследований PIRLS в образовательном процессе, их роли и значении в развитии творческих способностей студентов, направлениях исследования и порядке его проведения.

Ключевые слова: международные исследования, исследовательская программа, креативность, способности, процессы оценки, международная программа оценки, исследование PIRLS, методология исследования.

Abstract: This article provides information about the processes of using PIRLS international research in the educational process, its role and importance in the development of students' creative abilities, the directions of the research and the procedure for conducting it.

Key words: international research, research program, creativity, ability, evaluation processes, international evaluation program, PIRLS research, research methodology.

PIRLS loyihasi Ta'lim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (IEA — International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement) shafeligida yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets, AQSh) Boston kolleji mas'ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun

topshiriqlarni tayyorlash Gamburgdagi (Germaniya) ma'lumotlar markazida amalga oshiriladi. O'zbekistonda ushbu tadqiqot O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'qib tushunish ko'nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma'lumotlarni xalqaro miqyosda taqqoslash imkonini beradigan, o'qish va o'qitishni yaxshilashda ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin bo'lgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi vaqtda PIRLS ta'rifiga ko'ra, o'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

So'nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxaslariga bo'lgan talabni yanada oshirmoqda. Bu o'z-o'zidan o'quvchilarimizning darslarga qiziqish xususiyatini oshirish va o'qituvchilarning har tomonlama ta'lim- tarbiyaga e'tiborini kuchaytirishni talab etadi.

Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish yo'lida xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish, xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyatga ega.

Ijodkorlik o'rganishning muhim jihati hisoblanadi. Ijodkorlik tufayli o'quvchi o'rganishga ijobiy munosabatda bo'ladi va uning o'rganishi yanada qiziqarli bo'ladi. Ijodkorlik sabab o'quvchi passiv ma'lumotni mahsulotga aylantirish orqali faollashtiradi. Yoshlikdan egallangan ijodkorlik tufayli insonlar kundalik hayotidagi muammolarni osonlikcha hal qila oladilar va balog'at yoshida samaraliroq harakat etuvchi darajasida bo'lishadi. Bu ta'limning asosiy maqsadlaridan biri: o'quvchilarni kelajak hayoti uchun yaxshi jihozlash va ularni samarali fuqarolar qilib tarbiyalash.

Shu sababli, ayni vaqtda respublika o'quvchilarining ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish masalasi, bu borada faol qo'llaniladigan shakl, metod va vositalar hamda ularning ahamiyatiga e'tibor berilmoqda.

O'quvchilarga samarali fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish ta'limning asosiy vazifalaridan biridir. Suqrotdan to hozirgi kungacha ta'lim sohasida katta o'zgarishlar ro'y bergan bo'lsa-da, o'quvchilarga fikrlash qobiliyatini berishga intilish har doim ta'limning o'zagidan joy olgan. Ijodkorlik oddiy ta'rifga ega bo'lgan tushuncha emas. Ijodkorlik — bu shaxsning asl mahsulot yoki yechim topish istagi. Istak va tasavvur hissi ijodkorlikning asosiy so'zlaridir. Sternberg va Lubart (1998) fikrlariga ko'ra, faqat ijodkorlik uchun o'ziga xoslik yetarli emas. Torrance (1988) esa ijodkorlikni quyidagicha ta'riflagan: Qiyinchiliklar, muammolar, ma'lumotlardagi bo'shliqlar, yetishmayotgan elementlar, qandaydir qiyshiq narsalarni sezish jarayoni: bu kamchiliklar haqida taxmin qilish va gipotezalarni shakllantirish; bu taxmin va gipotezalarni baholash va tekshirish; ehtimol ularni qayta ko'rib chiqish va qayta sinovdan o'tkazish va nihoyat natijalarni e'lon qilish.

Hozirgi vaqtda maktabdagi har bir ta'lim jarayonida o'qituvchi o'quvchilarni hayotda muvaffaqiyatli shaxs bo'lishga tayyorlashni maqsad qilgan va XXI asr ko'nikmalari bilan ta'minlovchi yangi vazifani bajaradi. O'quvchilarning ijodkoqlik qobiliyatlarini rivojlantirish va bunda foydalaniladigan metod va vositalar mavzusi ham bundan mustasno emasdir. O'quvchilarning ijodkoqlik qobiliyatlarini rivojlantirish va bunda foydalaniladigan metod va vositalardan o'quvchilarning turli sharoitlarga moslashish, jamiyatni hurmat qilish, g'oyalarga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lish intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishi ham kutiladi. Ma'lumki, XXI asrdagi muhim ko'nikmalar o'quv faoliyatida kuchaytirilishi kerak bo'lgan maxsus ko'nikmalarni o'z ichiga oladi, ya'ni tanqidiy fikrlash va ijodiy qobiliyatlar, muammolarni hal qilish, metabillash, muloqot qobiliyatlari, hamkorlik, innovatsiyalar, ijodkorlik va axborot savodxonligi kabi yuqori darajadagi fikrlash qobiliyatlaridir.

O'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish masalasi hamisha ahamiyatli bo'lgani singari bu jrayonlarda foydalaniladigan shakl, metod va vositalar

ham doimiy ravishda o'z ahamiyatiga egadir. Maktab bosqichidagi ta'lim o'quvchilar bilim olishining poydevori hisoblanar ekan, joiz bo'lsa, mazkur jarayonlarda ilk bilim olish davrlaridayoq o'quvchilarda ijodiy faoliyatni rivojlantirishni taqozo etadi. Shunday ekan, o'quvchilarda ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish, ijodiy faoliyatni yanada takomillashtirish lozimligi bugungi kunning kun tartibidagi muammo bo'lishi darkor.

Zero, ilk bilim olish davrlarida o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, ijodiy faoliyatini takomillashtirishda o'quvchilarning yosh xususiyatlarini e'tiborga olish, ta'limni samarali tashkil etishda darslarni noan'anaviy tarzda o'tkazish, darslarda innovatsion metodlardan foydalanish, bugungi ta'lim tizimlarida faol bo'lgan eng ilg'or shakl, metod va vositalarga murojaat etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, o'quvchilarida ijodiy faoliyatni yanada takomil etish ularni har tomonlama yetuk bo'lishiga xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Karimova V, Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsning hissiy,irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog'lanish // J. Xalq ta'limi, 2001

2. Mahliyo Khaydarova. (2023). THE CONTENT OF TEACHING SCIENCE OF EDUCATION IN PRIMARY CLASSES. World Bulletin of Social Sciences, 27, 45- 48.

3. Mukhtarova, L. A. (2021). THE USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN THE FORMATION OF A CULTURE OF ENVIRONMENTAL SAFETY. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 792-797.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.