Научная статья на тему 'PIMPLA TURIONELLAE (LINNAEUS, 1758) (ICHNEUMONIDAE) – MUHIM BIOLOGIK AGENT SIFATIDA'

PIMPLA TURIONELLAE (LINNAEUS, 1758) (ICHNEUMONIDAE) – MUHIM BIOLOGIK AGENT SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pimpla turionellae / энтомофаг / паразит / биология / авлод / тур / Шимолий Фарғона.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Zokirov I.I., Kapizova D.R.

Maqolada Shimoliy Farg‘ona hududi mevali bog‘lari koksidlaridan topilgan Pimpla turionellae (Linnaeus, 1758) turi haqida yangi ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu tur shira, kapalak va koksidlarning tabiiy paraziti hisoblanadi. Pimpla turionellae turi tadqiqotlarimiz davomida Phenacoccus aceris, Sphaerolecanium prunastri va Parthenolecanium persicae kabi кокцид turlarida parazitliк qilishi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIMPLA TURIONELLAE (LINNAEUS, 1758) (ICHNEUMONIDAE) – MUHIM BIOLOGIK AGENT SIFATIDA»

PIMPLA TURIONELLAE (LINNAEUS, 1758) (ICHNEUMONIDAE) - MUHIM

BIOLOGIK AGENT SIFATIDA 1Zokirov I.I., 2Kapizova D.R.

1Farg'ona davlat universiteti professori, b.f.d.

2Farg'ona davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11210840

Annotatsiya. Maqolada Shimoliy Farg'ona hududi mevali bog'lari koksidlaridan topilgan Pimpla turionellae (Linnaeus, 1758) turi haqidayangi ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu tur shira, kapalak va koksidlarning tabiiy paraziti hisoblanadi. Pimpla turionellae turi tadqiqotlarimiz davomida Phenacoccus aceris, Sphaerolecanium prunastri va Parthenolecanium persicae kabi кокцид turlarida parazitliK qilishi aniqlandi.

Аннотация. В статье представлены новые сведения о Pimpla turionellae (Linnaeus, 1758), обнаруженные в кокцидах во фруктовых садах северной части Ферганы. Данный вид является естественным паразитом тлей, бабочек и кокцидов. В ходе наших исследований было обнаружено, что вид Pimpla turionellae паразитирует в следующих разновидностях кокцидов: Phenacoccus aceris, Sphaerolecanium prunastri и Parthenolecanium persicae.

Abstract. The article presents new information about Pimpla turionellae (Linnaeus, 1758), found in coccids in orchards in the northern part of Fergana. This species is a natural parasite of aphids, butterflies and coccids. Our studies revealed that the species Pimpla turionellae parasitizes the following species of coccids: Phenacoccus aceris, Sphaerolecanium prunastri and Parthenolecanium persicae.

Kalit so'zlar: Pimpla turionellae, энтомофаг, паразит, биология, авлод, тур, Шимолий Фаргона.

Ключевые слова: Pimpla turionellae, энтомофаг, паразит, биология, род, вид, Северная Фергана.

Keywords: Pimpla turionellae, entomophage, parasite, biology, genus, species, Northern Fergana.

Shimoliy Farg'ona hududining iqlim sharoitidan kelib chiqib, mevali daraxt va butalarda yashovchi koksidlar entomofaglarining biologik va ekologik xususiyatlari, tarqalishi va hayotiy sikllari tadqiq etildi [1].

Parazit va yirtqichlarni o'rganish qalqondorlar koloniyalarini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Bunda, bahorda bir yil avvalgi o'sgan novdalar kesib olinadi, yoz va kuzda joriy yilda o'sgan novdalar kesib olinadi. Buning uchun 10 gektar mevali bog' maydonidan 25-30 dona shoxcha olinib, undagi 300-500 dona qalqondor tekshiriladi va paralich qilingan, yirtqich o'ldirgan, insektitsid ta'sir qilgan, turli kasallikka chalingan va noqulay ob-havo sharoiti ta'sirida nobud bo'lgan qalqondorlarning hisobi chiqariladi.

Pimpla turionellae (Linnaeus, 1758) - Ichneumonidae oilasining vakili. Yevropa va Osiyoda keng tarqalgan. U ko'pincha o'rmonlar, bog'lar va bog'larga yaqin joylarda uchraydi. Koksidlar, shiralar kabi zararkunandalargning jiddiy kushanbasi bo'lib, asosan boshqa hasharotlarning ham lichinkalari va g'umbaklarida parazitlik qiladi, ayniqsa kapalaklar va qo'ng'izlar populyatsiyasini ko'plab qirib, foyda keltiradi.

Aniqlangan joyi: Andijon viloyatining Andijon shahri, Bog'ishamol, Xonobod hududlaridagi mevali daraxtlar koksidlari tanasidan laboratoriya sharoitida chiqarildi.

Asosiy xo'jayin: Olma unsimon qurti (Phenacoccus aceris), Olxo'ri soxtaqalqondori (Sphaerolecanium prunastri).

Lokalizatsiya joyi: lichinka va voyaga yetmagan koksid tanasi.

Tashqi ko'rinishi: voyaga yetgan imago tanasi ingichka va cho'zinchoq bo'lib, qora yoki quyuq jigarrang rangga ega, 8-15 mm uzunlikda bo'ladi. Erkaklari va urg'ochilari morfologik jihatdan bir-biriga o'xshash. Bosh tanaga nisbatan kichikroq va to'rtburchakkfiufy shaklda. Ularning tanasi qora yoki quyuq jigarrang bo'lib, ba'zan qorin bo'shlig'ida sariq belgilarga ega bo'ladi. Ko'zlari katta va murakkab. Ularning qanotlari shaffof, membranali va uchmaganda tanaga yassi joylashadi.

Oyoqlari odatda sariq yoki to'q sariq rangda bo'ladi. Urg'ochilarida uzun tuxum qo'yish mavjud (1-rasm).

1-rasm. P.turionellae turining voyaga yetgan formasi (Andijon viloyati, original) Biologiyasi. P.turionellae Sharqiy Farg'ona sharoitida keng tarqalgan. U hammaxo'r tabiiy kushanda sanaladi. Ushbu uruqqa mansub turlarning 25 turi fanga ma'lum qilingan bo'lib, ular turli kapalaklar g'umbaklari, shuningdek qalqondorlarda ham parazitlik qiladi. Voyaga yetgan formalarida oyoq boldiri qizg'ish tusda, tuxum qo'ygichi qorin qismidan ajralib ko'rinib turadi. Urg'ochi entomofag koksidlarning lichinkasi tanasiga bir donadan bir nechtagacha tuxum qo'yadi. Parazit lichinkasining rivojlanishi 4 haftaga bo'lishi mumkin. Entomofag voyaga yetgach, boshqa hasharotlarning g'umbagida va daraxtlar po'stloqlari orasida qishlab chiqadi. P.turionellae yozning o'rtalariga borib, koksidlarga hujum qilishni boshlaydi. Andijon viloyati mevali bog'laridagi kuzatishlar davomida olma unsimon qurti (P.aceris) 8-12%, olxo'ri soxtaqalqondori (S.prunastri) esa 20-25% gacha P.turionellae bilan zararlanishi qayd etildi.

Parazit Andijon viloyati sharoitida 3 martagacha avlod berishi ma'lum bo'ldi. Voyaga yetgan urg'ochi individlar feromonlar yordamida xo'jayinni topa oladi. Pimpla turionellae turi ko'pincha zararkunandalarga qarshi kurashda biologik nazorat agenti sifatida ishlatiladi, chunki u ko'plab qurt va zararkunanda qo'ng'izlarining populyatsiyasini tabiiy ravishda kamaytiradi.

Pimpla turionellae turining vodiy sharoitida olma unsimon qurti, olxo'ri soxta qalqondori va shaftoli sohta qalqondorida parazitlik qilishi ushbu parazitnapHHHr keng adaptiv qobiliyatini va o'zining hayotiy siklini turli hasharotlarda olib borishi mumkinligini ko'rsatadi. Turli ekosistemalar va geografik hududlar ichidagi xilma-xil sharoitlar Pimpla turionellae kabi parazitlarning yangi mezbon turlarini tanlashiga sabab bo'lishi mumkin. Bu HaTH^a^ap Pimpla turionellae lokal ekologik ta'sirini va bioxilma-xillikka ta'sirini yanada kengroq tadqiq qilish zarurligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Zokirov I. I., Kapizova D. R. Dendrofil koksidlar entomofaglarining tadqiqiga doir (Sharqiy Farg 'ona Hududi misolida) //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 8. - S. 47-54.

2. Kapizova D., Zokirov I. I. New Data on the Bioecology of Some of the Castles Encountered in the Conditions of Eastern Fergana //International Journal of Development and Public Policy. - 2022. - T. 2. - №. 6. - S. 84-88.

3. Капизова Д. Р. и др. Шаркий Фаргона шароитидаги дендрофиль коксидлар энтомофагларининг биоэкологик хусусиятлари //АДУ. Илмий хабарнома.-Scientific bulletin. Series: Biological Research. - 2020. - Т. 8. - №. 52. - С. 41 -52.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.