Научная статья на тему 'PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA’RIFI HAQIDA IBN SINO E’TIROFLARI'

PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA’RIFI HAQIDA IBN SINO E’TIROFLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
125
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pifagor / Abu Ali ibn Sino / Aflotun / harakat / zamon / oxund / Pythagoras / Abu Ali ibn Sina / Plato / movement / time / axund

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Qodirov, Muhammadjon

Abu Ali ibn Sino Pifagor ta’rifiga ikki jihatdan e’tirof bildiradi. Bulardan biri shundan iboratki, marhum oxund o‘zining odatdagi fe’lu atvoriga muvofiq oldin o‘tgan olimlarning aytganlarini qo‘lidan kelganicha tizimga solib sharhladi va ulardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga urindi. Uning ta’rifiga ko‘ra, agar harakat boshqacha holatga o‘tishining mohiyati bo‘lsa, bu gap noto‘g‘riligicha oshkor bo‘ladi. Zero, bir-biridan ajraladigan ikki narsa, bir-biriga o‘xshash bo‘lmaganligi sabablidan bir-biriga nisbatan harakatda bo‘ladi va bu masalada biz oxundning ta’rifini keltirdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN SINA'S CONFESSIONS OF PYTHAGORAS AND PLATO ON THE DEFINITION OF MOVEMENT AND TIME

Abu Ali ibn Sina agrees with Pythagoras' definition in two ways. One of them is that the late Akhund, in accordance with his usual character, tried his best to systematically interpret what the previous scholars had said and tried to resolve their differences. According to him, if the essence of the action is to change, it will be revealed as wrong. Because the two things that are separated from each other act in relation to each other because they are not similar to each other, and in this regard we have given the definition of an axund.

Текст научной работы на тему «PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA’RIFI HAQIDA IBN SINO E’TIROFLARI»

Scientific Journal Impact Factor

PIFAGOR VA AFLOTUNNING HARAKAT VA ZAMON TA'RIFI HAQIDA IBN SINO E'TIROFLARI

Muhammadjon Qodirov TDShU "Sharq falsafasi va madaniyati"kafedrasining dotsenti, falsafa fanlari nomzodi

Annotatsiya: Abu Ali ibn Sino Pifagor ta'rifiga ikki jihatdan e'tirof bildiradi. Bulardan biri shundan iboratki, marhum oxund o 'zining odatdagi fe'lu atvoriga muvofiq oldin o'tgan olimlarning aytganlarini qo'lidan kelganicha tizimga solib sharhladi va ulardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga urindi. Uning ta 'rifiga ko'ra, agar harakat boshqacha holatga o'tishining mohiyati bo'lsa, bu gap noto'g'riligicha oshkor bo'ladi. Zero, bir-biridan ajraladigan ikki narsa, bir-biriga o'xshash bo'lmaganligi sabablidan bir-biriga nisbatan harakatda bo'ladi va bu masalada biz oxundning ta 'rifini keltirdik.

Kalit so'zlar: Pifagor, Abu Ali ibn Sino, Aflotun, harakat, zamon, oxund, Abstract: Abu Ali ibn Sina agrees with Pythagoras' definition in two ways. One of them is that the late Akhund, in accordance with his usual character, tried his best to systematically interpret what the previous scholars had said and tried to resolve their differences. According to him, if the essence of the action is to change, it will be revealed as wrong. Because the two things that are separated from each other act in relation to each other because they are not similar to each other, and in this regard we have given the definition of an axund.

Keywords: Pythagoras, Abu Ali ibn Sina, Plato, movement, time, axund,

Sharq mutafakkirlaring ko'pchiligi, aynipqsa, Abu Ali Ibn Sinodan boshlab, falsafiy qarashlari bo'lgan " harakat" va "zamon" mavzusiga jiddiy e'tibor berib kelganlar. Ular bu tushunchalarga Arastu, Pifagor, Aflotun tomonidan berilgan ta'riflar to'g'risida bahs qilib, bir necha jildlik kitoblar yozganlar. Abu Ali ibn Sinodan boshlangan bu an'anani davom etirgan olimlarimiz Fahriddin Roziy, Bahmaniyor va Mir Domod bir-birlari bilan jiddiy bahslarga kirishib, ushbu makvzuning XVII asrlargacha davom ettirib, Mullo Sadro Sheroziy tomonidan to'rt jildlik "Asfor asarini yozilishiga sababchi bo'ldilar. XX asarining 70-yillari arafasida Erondagi inqilobiy harakat natijasida ushbu mavzu qaytadan dolzarblik kasb etdi. Inqilobiy fikrlar fazosida bo'lgan ayrim "marksistik guruhlar harakat tushunchasi marksistik ta'limotda "kurash ilmi" darajasida ishlab chiqilganligini ayta boshladilar.

+998909093731

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

Bunga javoban islomiy ilmlar professori bo'lgan Murtazo Mutaharriy Mullo Sadro Sheroziyning "Asror" asarini o'rganib chiqish natijasida ham harakat va zamon tushunchasida ko'plab tadqiqotlar mavjudligini aytib, haftaning chorshanba va payshanba kunlari Qum shahridagi ilmiy doiralarda bu haqda ma'ruzalar o'qiy boshladilar. Ular magnitafon lentasiga yozib olinib, keyinchalik to'rt jildda "Asfor darslari" nomi ostida kitob holida nashr etildi. Biz ushbu maqolamizda shu asarning ayrim jihatlariga to'xtalib o'tamiz. "Asfor" birinchi jildining 10 va 11 fasllarida harakatning ta'rifi va uning mavjudlik ta'rifi berilgan. Avvallo Arastu, Pifagor va Aflotunning harakat haqidagi ta'riflariga to'xtalib o'tilgan.

Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik, obyektivlik usulidan foydalanilgan bo'lib, mavzuni yoritishda tavsifiy, qiyosiy metodlardan keng foydalanilgan. Tadqiqot jarayonida sharq faylasuflari nazdida "harakat" va "zamon" tushunchalarining uyg'unlashuvi va rivojlanishining qiyosiy tahlili obektiv yoritilgan holda, mavzuning dolzarbligini bayon qilishda Shahid mutafakkir ustod Murtazo Mutahariyning "Harakat va zamon islom falsafasida" nomli asari metodolik manba sifatida olindi.

Mutaharriy o'zidan oldingi mutafakkirlarga to'xtalib, avvalo Arastuning harakat haqidagi ta'rifini qayd etadi: " Harakatni bilmaslik ohir-oqibat tabiatni bilmasalikka olib keladi". Shuni takidlash lozimki, bu harakat haqidagi eng yaxshi ta'rifdir. Shundan keyin Aflotunining aytganini zikr qiladi: "Harakat barobarlikdan tashqariga chiqishdir"[2]. Ya'ni bugungi ta'bir bilan aytganda, bir xillik holatidan tashqariga chiqishdir. Albatta bir xillikni ikki turda tasavvur qilish mumkinki, ikki xilma-xil narsani bir-biriga taqqoslab, ularni bir xil deb qabul qilishimiz mumkin. Ikkinchisida esa unday emas, balki yagona narsa bo'lgan shaini ayni vaqtda ikki holatda tasavvur qilib, narsaning yagonaligini o'sha ikki vaqtda bo'lgan deb qabul qilamiz. Albatta Aflotunning ta'rifi biz uchun bundan ko'proq tasavvurni bera olmaydiki, harakat bir xillik vaziyatidan tashqariga chiqishdir.Ammo ushbu ta'rif harakatda bo'lmagan, ya'ni tasodifiy paydo bo'ladigan narsalarni ham o'z ichiga qamrab oladi. Chunonchi biror narsa avval yo'qlik holatida bo'lib, dafa'tan birdaniga mavjud bo'lib qolsa ham bir xillik holatidan tashqariga chiqqan bo'ladi. Bunday da'voni rad qilish uchun aytadilarki, maqsad shundaki, zamonning har bir parchasida yagonalikda bo'lgan narsa holatining har bir lag'zasini nazarda tutib, o'sha narsaning

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

keyingi holati pirovaridida kelganligini ta'kidlab, o'sha keyingini bir xil deya olmaymiz.

Abu Ali ibn Sino Pifagor ta'rifiga ikki jihatdan e'tirof bildiradi. Bulardan biri shundan iboratki, marhum oxund o'zining odatdagi fe'lu atvoriga muvofiq oldin o'tgan olimlarning aytganlarini qo'lidan kelganicha tizimga solib sharhladi va ulardagi qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga urindi. Uning ta'rifiga ko'ra, agar harakat boshqacha holatga o'tishining mohiyati bo'lsa, bu gap noto'g'riligicha oshkor bo'ladi. Zero, bir-biridan ajraladigan ikki narsa, bir-biriga o'xshash bo'lmaganligi sabablidan bir-biriga nisbatan harakatda bo'ladi va bu masalada biz oxundning ta'rifini keltirdik.

Narsaning turli xil holatlarini bir-biriga muvofíqlashtirishdan ko'zda tutilgan narsa ularning turli lag'zalarni zamonda shartligini ta'kidlaydi. Ikkinchi e'tiroziga shayx (ibn Sino) aytadiki, usulan bu yerda xatolikka yo'l qo'yilgan, negaki, foydali harakat boshqacha holatga o'tishni keltirib chiqaradiki. Buni boshqacha holatini ayni o'zi demasligimiz lozim. Harakat sababidangina boshqacha holatga o'tish kelib chiqadi. Harakat o'z mohiyati jihatidan o'zgarishdir. Agar biron narsa ikkinchi narsaning foydasiga ro'y bersa, biz uni mohiyatan foydali deb hisoblamasligimiz kerak. Harakatning bu holatiga ham oxund javob beradiki, bu masalada shayxning gapi to'g'ri emas, yegaki, foydali harakatning o'zi o'zgarishdir. Harakat o'zining mohiyatiga ko'ra, boshqacha holatga o'tishidir. Harakat va o'zgarish ikki tushuncha bo'lib, ma'no jihatidan birdirlar. Qaysi joydaki harakat mushohada qilinsa, o'sha joyda ikki tushuncha bo'lib, ma'no jihatidan bittasi harakat ta'siri, ikkinchisi o'zgarish ta'siriga vujudga kelmaydi, balki faqat narsaning quvvat holatidan faoliyat holatiga o'tishini anglatadi. Ya'ni bir holatdan ikkinchisiga o'tish uning mohiyatan boshqa holatga aylanishini bildirmay, balki bir holatdan chiqib, ikkinchisiga o'tishini bildiradi. Shunday qilib, harakat narsaning quvvat holatidan faoliyat holatiga o'tish sababi bo'lmay, balki narsa ruhining bir holatidan ikkinchisiga o'tishidir. Ya'ni harakat bir holatdan ikkinchisiga o'tsa ham bir-biriga barobar bo'ladi. O'zgarishning bir holati ikkinchi holatga o'tsa ham, ya'ni u bir holatdan chiqib, boshqasiga o'tsa ham va ikki bir-biridan farqlanuvchi tushuncha bo'lsa ham, ammo bitta ma'nodan kelib chiqadilar. Shunga binoan shayxning e'tirozi asosli emas.

So'ngra shayxning aytganlarini keltirib, uning fikrlari va nazariyalarini tadqiq qiladilar va ta'kidlaydilarki, harakat cheksiz tabiatdan iborat. Shayx bunga etiroz bildirib aytadiki, bu gap ma'nosizdir. Demak, cheksizlikning o'zi ham harakat bo'lishi lozim. Zamoning ham oxir bo'lmaganligi uchun harakat deb bilishimiz kerak.

Scientific Journal Impact Factor

Holbuki, zamon harakatning miqdoridir. Oxund ana shu joyda ham yangi bir sharh va izohga yo'l ochadiki, xoji xalifaning fikriga (XVIII asr) ko'ra, hatto yangi gapning talqinidir. Ya'ni tabiat so'zi falsafada juda ko'p ma'no va xilma-xillikka ega bo'lganligidan marhum Oxund bu yerda tabiatni o'ziga xos ma'noda qo'llab, tabiatni bir javhar deb biladi va shuni aytmoqchi bo'ladiki, kimki tabiatni cheksiz deb bilsa, bunday kishilarning maqsadi shundaki, tabiat bir javhar bo'lib, mutloq mohiyat emas. Shuning uchun bunday deyish to'g'ri ta'rifdir va biz o'z joyida buni isbot qilamizki, tabiat bir javhar bo'lib, aynizamonda harakat va harakatdagi holatdir. Lekin har holda bunday talqining zaruriyati yo'q.

Nimaiki, borliq ibtidosida dafatan paydo bo'lgan bo'lsa, ikkinchi narsa ham o'sha asnodan keyin dafatan ro'y beradi. Demak, tadrijiy vujudga yega bo'lgan bir narsa bunda o'rtada yo'q. Ya'ni dunyoda nima paydo bo'lgan bo'lsa uzluksiz mavjuddir. Ammo bo'linmaydigan mavjudotlar uzluksiz, ya'ni "o'sha" vujudda paydo bo'ladilar. Bu vujud "o'shandagi" dan keyingi zamonda davom etmaydilar va "o'shanda" bu qo'shni bo'lgan "o'sha" boshqa narsa paydo bo'ladi. Xuddi shunday nimaniki, zamonda olib qarasak, birlikda bo'lgan narsa keyin zamonda narsalar majmuasiga aylanib, uzluksiz ravishda o'shalarda qo'shni ravishda zehnimizda hiyolga aylanadilar. Bu qo'shni mavjudlik muttasil va cho'ziluvchandirlar, ya'ni o'z damlarining zamon haqiqatida bir-birlaridan ajratib bo'ladigan holatdadirlar. Nimaiki, ana shu damlarda voqelikka aylantira olsalar, nochor ravishda o'z idishlariga o'xshab bo'linishlari mumkin. Umuman odatga ko'ra jahonning paydo bo'lishi haqida shunday e'tiqod mavjudki, olam o'zining barcha vujudi bilan ba'zi damlarda vujudga kelib, yangilanib va foniy bo'lib turadi. Uning vujudining fayzi yaratgan halloqdan bo'lib har damda sodir bo'lib turadi. Ya'ni jahon o'zining barcha qismlari bilan birgalikda har lahzada yo'q va ikkinchi marta yana bor bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Shahid mutafakkir ustod Murtazo Mutahariy. Harakat va zamon islom

falsafasida. 3-nashr. "Hikmat" nashriyoti. Tehron. hijriy-1998 yil. 19-bet (fors

2. Abu Ali Ibn Sino. "Al-Ishorat va at-Tanbihot" (Nasriddin at-Tusiy sharhi) Qohira 1365.

XULOSA

tilida).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.