Научная статья на тему 'PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISHDAGI O‘RNI'

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Mumtoza Xanberdiyeva

Jamiyatda har qanday kasb bo‘lmasin, avvalambor, uning darajsi mavqeyi bilim bilan o‘lchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan shakllanadi. Aynan, pedagog kasbining sub’ekti boshqa shaxslardir. Shu bois , unda bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi. Xo‘sh, pedagog kasbiy kompetentligi va uni ta’lim jarayonini boshqarishdagi o‘rni qay darajada ahamiyat kasb etadi? Kompetentli pedagog u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug‘iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Kasbiy ta’lim ustalarining o‘ziga xos xususiyati shundaki,ularning asosiy faoliyat mazmuni shaxs bilan bog‘liq, ular bola faoliyatini, ularning yosh xususiyatlarini boshqarish jarayaonida “generator” vazifasini bajaradi. Shu bois, ular kasb doirasida bilim, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi talab qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI TA’LIM JARAYONINI BOSHQARISHDAGI O‘RNI»

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI TA'LIM JARAYONINI

BOSHQARISHDAGI O'RNI Mumtoza Xanberdiyeva

Nordik Xalqaro Universiteti Ta'lim Muassasalarini Boshqaruvi Yo'Nalishi 1-Kurs Magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676654 Jamiyatda har qanday kasb bo'lmasin, avvalambor, uning darajsi mavqeyi bilim bilan o'lchanadi. Mana shu bilim esa malaka bilan shakllanadi. Aynan, pedagog kasbining sub'ekti boshqa shaxslardir. Shu bois , unda bilim va malaka uning mahorati orqali yuzaga chiqadi. Xo'sh, pedagog kasbiy kompetentligi va uni ta'lim jarayonini boshqarishdagi o'rni qay darajada ahamiyat kasb etadi? Kompetentli pedagog - u kim? Uning shakllanish jarayoni qanday kechadi kabi savollar tug'iladi. Shu nuqtai nazardan "kompetentlik" va "kompetensiya" tushunchalar mazmun mohiyatini aniqlashimiz muhimdir. Kasbiy ta'lim ustalarining o'ziga xos xususiyati shundaki,ularning asosiy faoliyat mazmuni shaxs bilan bog'liq, ular bola faoliyatini, ularning yosh xususiyatlarini boshqarish jarayaonida "generator" vazifasini bajaradi. Shu bois, ular kasb doirasida bilim, malaka va ko'nikmaga ega bo'lishi talab qilinadi.

Azaldan sharq xalqlari pedagoglik kasbiga juda katta hurmat bilan qarashgan. Chunki ular boshqa kasb egalaridan farqli o'laroq inson kamoloti bilan shug'ullanadi. Ularning ma'nan yetuk, barkamol shakllanishida eng asosiy ustun vazifasini bajaradi. Pedagog tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, tushuntirishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta'sir qilish va uni boshqarishni nazarda tutadi. O'qituvchilik kasbi dunyodagi eng qadimgi kasblardan biridir. Uning ijtimoiy ahamiyati va qadri hech qachon kamaymaydi, so'nmaydi. Jumladan, g'azal mulkining sultoni mir Alisher Navoiy ijodida muallimlarga munosib alohida e'tibor berilgan. Uning fikricha,har bir inson o'ziga ta'lim va tarbiya bergan ustozini umrbod eslashi va hurmat qilishi kerak. Tarbiyachi mehnatini har qanday xazina bilan o'lchab bo'lmaydi, aslida.

Haq yo'linda kim senga bir harf o'qitmish ranj ila, Aylamak bo'lmas ado oning haqqin yuz ganj ila.

Ularning fikricha, yosh avlod tarbiyasini har kimga ham topshirib bo'lmasligini aytib o'qituvchiga juda ko'p talablarni qo'yadi. Bolani tarbiyalash va unga bilim berish, uning qobiliyatini o'stirish uchun nihoyatda savodli o'qituvchi va mahoratli tarbiyachi bo'lish kerak .Sababi ,ular jarayonda faqat dars beruvchi,ilm beruvchi emas, balki mahoratli tarbiyachi bo'lishi lozim, deydi. Mana shu fikrlarning o'ziyoq qadimdanoq ota-bobolarimiz pedagog kompetentligini o'z tillari bilan izohlab ketganlar. Shu bois ,o'qituvchilik bir qator muhim talablarga,mezonlarga javob berishi kerak. Pedagogik mahorati, bilimi darajasi asosan o'qituvchining faoliyatida namoyon bo'ladi. O'qituvchi o'z faoliyatida pedagogik mahoratga erishish uchun o'z faoliyatini boshqarish qobiliyati, yuqori bilim, yetarli malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishi talab qilinadi. So'ngi yillarda yurtimis bo'ylab ozining fidokorona mehnati bilan yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash sifatini oshirishga katta hissa qo' shayotgan ij odkor o'qituvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Pedagogik mahoratni egallash uchun o'qituvchi doimo o'z ishini tahlil qila bilishi, o'ziga o'quvchilar nazari bilan qaray olishi va kamchiliklarni tuzatish uchun tinimsiz izlanishi zarur. Bugun davr yoshlari juda talabchan, zukko, sezuvchan .Ular atrofidagi nuqsonlarni juda tez anglaydilar. Ularga ta'lim-tabiya berayotgan pedagog esa har tomonlama yuksak bilim va malakaga ega bo'lmog'i shart va muhim. Ularda pedagog kasbiga oid kompetentlik bo'lmas ekan, yaxshi pedagog ham kutulayotgan natijani ham qo'lga kirita olmaydilar. Shu o'rinda, kasbiy kompetentlik o'zi nima va u nima uchun pedagog shaxsi uchun bu qadar ahamiyatli, deyilgan

savolga javob bersak. Har qanday o'qituvchi ham "kompetentlik" nimani anglatishini va u "kompetensiya" dan nimasi bilan farq qilishini bilavermaydi. "Kompetentlik" tushunchasi pedagogning ma'lumoti, ko'nikmasi, qobiliyati va tajribasini o'z ichiga oladi. Boshqacha aytganda, uning ma'lum bir ish turini bajarish qobiliyati hisoblanadi. Aslida, ikkala atama o'xshashdir. Kompetensiya bilimlarning umumiyligi va ularning odamlarda mavjudligini anglatsa, kompetentlik - bu bilimlarni ish jarayonida ishlatish darajasini anglatadi. Kompetensiya lotincha "competo" so'zidan olingan bo'lib, "erishaman, muvofiqman, mos kelaman" ma'nolarini beradi - kishi egallagan muayyan bilim, ko'nikma, malakalar majmuasini anglatadi. Bu tushuncha nisbatan yaqindan boshlab, 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlaridan keng qo'llanila boshlandi. Kompetensiya - ma'lum bir sohada samarali faoliyat olib borish uchun zarur bo'lgan mutaxassisning ta'limiy tayyorgarligiga qo'yilgan talabdir. U davlat ixtiyorida bo'lgan, oldindan belgilangan ijtimoiy talab bo'lib, u o'quvchi (ishchi)ning muayyan sohada samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur bo'lgan ta'limiy (professional) tayyorgarligiga nisbatan qo'yiladi.

Kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim o'quvchilarda mustaqillik, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo'lish, tashabbuskorlik, mediaresurslar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o'z faoliyatida oqilona foydalana olish, ongli ravishda kasb-hunar tanlash, sog'lom raqobat hamda umummadaniy ko'nikmalarini shakllantiradi. Demak, bu tushncha pedagog uchun aynan bugungi zamonaviy davr bolalarni tarbiya qilayotgan onda juda kerak bo'lgan atama. Shu o'rinda shuni aytishim kerakki, pedagogik faoliyat - bu insoniyat tomonidan to'plangan madaniyat va tajribani keksa ajdodlardan o'tkazish va yosh avlod tomonidan o'zlashtirishga qaratilgan ijtimoiy faoliyatning alohida turi bo'lib, ularning shaxsiy rivojlanishi va jamiyatda muayyan rollarni bajarishga tayyorlanishidir. Pedagogik faoliyat nafaqat o'qituvchilar, balki ota-onalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari va boshqalar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq, birinchi holda, bu faoliyat kasbiy, ikkinchidan, umumiy pedagogik faoliyat bo'lib, u ixtiyoriy yoki yo'q, har bir kishi o'z-o'zini tarbiyalash va o'z-o'zini tarbiyalash bilan shug'ullanib, boshqa odamlarga va o'ziga nisbatan amalga oshiradi.Bu talablarning barchasi ,albatta, pedagogning tinimsiz o'z ustida ishlashi orqali erishiladi .Jumladan, kasbiy kompitentlik borasida bir qancha ilmiy ishlar va izlanishlar olib borilgan bo'lib bular orasida B. Nazarovaning olib borgan izlanishlari juda ahamiyatga ega ekanligi bilan ajralib turadi. Uning Pedagogning o'z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechishini tushuntirgan..

Ular quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi.

1. Tahlil qilish asosida yutuq va kamchiliklarini aniqlash.

2. Yutuqlarini boyitish, kamchiliklarni yo'qotish haqida aniq qarorga kelish.

3. Qarorga ko'ra amaliy harakatlarni izchil tashkil etish yo'llarini izlash.

4. Qarorning izchil bajarilishini doimiy nazoraq qilib borish.

Pedagogning o'z ustida ishlash bosqichlari pedagogning mutaxassis sifatida:

- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

- pedagogik jarayon samaradorligini, o'zining ishchanlik faolligini oshirish;

- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o'zlashtirish;

- ilg'or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo'lish;

- faoliyatiga fan-texnikaning so'nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;

- kasbiy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish;

- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z ustida ishlashini ifodalaydi.

Pedagoglarning o'z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha

olishlarida qo'l keladi.

Pedagogning o'z ustida ishlash modeli pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini o'zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. Chunki o'z - o'zini tahlil qila olmagan shaxs o'zgalar shaxsini ham to'g'ri baholay olmasliklari mumkin. Shu o'rinda pedagog uchun eng muhim bo'lgan kommunikativ kompetentlik haqida to'xtalib o'tish joiz. Chunki o'zaro munosbatlar, ularning muloqot jarayonida ustuvor o'rin tutuvchi tilini o'zlashtirish guruhlarda ishlash ko'nikmalari, jamoada turli xil ma'naviy - ma'rifiy tadbirlarni tshkil qilish va o'tkazishni bilish juda muhim hisoblanadi. Chunki mana shu jarayonlarda pedagag o'zida bor mavjud bilimlrini mahorat bilan ishga sololmasa , jarayonni boshqarishni qo'ldan boy bersa,naazorat izdan chiqadi. Natijada ta'lim jarayonida boshqaruv strukturasi buziladi. Pedagogning bu kompetentligi ushbu holatlarda yuzaga chiqadi. Munozarali holatlarning oldini olish va ularga yechim topish ,o'quvchilarning ota-onalari tomonidan amalga oshiriladigan salbiy munosabatlarga oqillik bilan yondashishi, shaxslararo o'zaro munosabatlar jarayonida bo'ladigan muloqot yuzasidan hamkorlarni tushunish va hisobga olish qobiliyatini ko'rsata olishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, kommunikativ kompetentlik ishontirish yo'llarini va argumentatsiya vositasida o'quvchilarni ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan natijalarga erishishlarini tashkil eta olishni ham talab qiladi. Boisi, ta'lim jarayonida kompetentli pedagog jarayonning yetakchisi hisoblanadi, u bolalarni boshqarish bilan birga ularga yangi g'oyalar yaratish, ijodkorlik qilish orqali yangilikka intilish, kelajakka umid bilan qarash, vatanparvarlik, sadoqatlilik, mardlik kabi ijobiy goyalarni shakllantirishi muhimdir. Bundan tashqari pedagog agar kompetentli bo'lsa ,kasbiy faoliyatini oshkora namoyon qila oladi. Uning baracha tamoyillari talab darajasida bo'lmogi lozim. Dastavval, kompetentli pedagog nutqiy savodxonlik kompitensiyasiga ega bo'lmog'i lozim. Sababki, qadimdan ota - bobolarimiz : "Til har qanday muammoga kalitdir",- deyishgan. Shunday ekan, yaxshi pedagogda ta'lim jarayonini boshqarishdagi yana bir asosiy omil uning navatorligidir. Bunday pedagog istalgan vaziyatga ta'lim jarayonining boshqaruvini oqillik bilan qo'lga oladi. Chunki dars jarayoninig asosiy va adolatli hakami o'quvchi hisoblanadi. Ular o'qituvchidagi nutqiy kamchilik tufayli sinf xonasida tartibni buzishi yoki pedagog tomonidan berilayotgan bilimning to'la yetkazib berilmasligi sabab bu fanga bo'lgan qiziqishning yo'qolishiga sababchi bo'lishadi. Mahoratli pedagog o'z nutqi ustida ishlaydi, uni boyitadi, chunki u biladi bu omil uning dars jarayonidagi asosiy quroli ekanligini. Pedagogik mahorat - o'qituvchi ijodkorligining oliy namunasi bo'lib, u yillar davomida shakllanadi. Uning yuksak mahoratni egallashi g'oyat murakkab jarayon bo'lib, pedagogika fanining eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, ta'lim jarayonida boshqarishni qo'ldan boy berishni istamagan pedagog yillar davomida o'z bilimlarini sayqallaydi, olgan bilimlarini amaliyotda joriy qiladi,uni ko'p yillik malakalari orqali boyitib amaliyotga qayta joriy qiladi. Mana shu malaka haqida bir qancha amaliy tadqiqotlar olib borilgan va natijada o'quvchilar bilan tadqiqot olib borgan tadqiqotchilar pedagog haqida shunday deyishgan: "Pedagogik mahoratning ijodiy tomonini o'rgangan tadqiqotchilar, o'qituvchining mahorat saviyasi o'z fanini chuqur bilishidagina emas, balki uning o'quvchini ijodkor shaxs qilib tarbiyalay olishida, deb ta'kidlaydilar. Buning uchun pedagog, eng avvalo, o'quvchilarni ijod jarayoniga jalb eta oladigan va ularda ijodiy faollikni uyg'ota oladigan shaxs bo'lishi kerak. Ijodiy faoliyat psixologiyasi nuqtai nazaridan "o'qituvchining kasb mahorati" degan tushuncha ongni tizimli tashkil etilishi lozim. Bu esa pedagogik faoliyatni egallash va amalga oshirish jarayonida psixofiziologik ruhiy va shaxsiy o'zgarishlar jipsligi deb e'tirof etiladi. Bundan ko'rinib turibdiki, pedagog uchun psixologik yondashuvga asoslangan meyorlar, bilimlar ham mukammal bo'lmog'i lozim .

Xulosa o'rnida shuni aytamanki, barcha xalqlarda har qanday davrda pedagog kasbi juda jiddiy yondashuvni talab qiladigan kasbdir. Bazi bir kimsalarning nazarida arzimas, deb qaralgan nuqtalar ham kompetentlik o'qituvchi tomonidan nazarga olinmog'i lozim. Bu kasb o'z egasidan faoliyatining yakiniga qadar o'rganishni, bilim olishni uni takomillashtirishni, hayoti davomida tajriba almashishni uni amaliyotga joriy qilish orqali malakarga ega bo'lishni, ayniqsa, zamon o'quvchisiga mos va xos bo'lishni talab qiladi. Zero, pedagog qanchalik ilmli, tajribali,malakalarga ega,zamon talablariga javob bera oladigan inson bo'lsa, o'z kasbini sevsa, unga sidqidildan yondoshsa, u ko'zlagan maqsadiga erishadi. Albatta, bu borada unga katta kuch, matonat, sabr-toqat juda muhim hisoblanadi, Chunki mana shu bosqichlardan mardona o'ta olgan pedagog kompetentlik borasidagi barcha talablarga mos va xos bo'ladi va natij ada yuksak malakali va ilmli pedagog sifadia o'z o'quvchilari, tinglovchilari, jamoadoshlari orasida har qanday jarayonda oz'nafosatini yo'qotmaydi, aksincha, jilolanadi .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.