Original peper
PEDAGOGLARDA KASBIY SO'NISH JARAYONINING TAXLILI
© D.B. Botirova1^
1Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada pedagoglarning kasblariga nisbatan faolligi va qiziqishini so'nishi mexanizmlariga e'tibor qaratilgan, shu bilan birga mazkur xolatdagi shaxslarga qanday yordam berish yo'llariga to'xtalib o'tilgan.
MAQSAD: pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini empirik jihatdan o'rganish hamda kasbiy so'nish profilaktikasi bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda kuzatish, suhbat metodlari, shuningdek, K.Maslach va S.Jeksonlarning «Psixik so'nish darajasini aniqlash» so'rovnomasining (Maslach Burnout Inventory MBI), V.V.Boykoning «Emotsional kuyish darajasi diagnostikasi» so'rovnomasi, A.A. Rukavishnikov «Psixik toliqishni aniqlash» testi, Spilberger-Xaninning «Kasbiy stress shkalasi» metodlaridan va «Pedagoglarda kasbiy so'nishning ijtimoiy-psixologik omillari»ni o'rganish bo'yicha mualliflik so'rovnomadan (IPS) foydalanildi va olingan natijalarning ishonchlilik darajasi matematik-statistik metodlaridan Kraskal-Uollis mezoni, Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koyeffitsiyenti orqali tasdiqlandi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: pedagoglarda kasbiy so'nish muammosining ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini o'rganish bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari yuzasidan o'tkazilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining shakllanishiga ta'sir etuvchi chidamlilik, mijoz bilan aloqaning chuqurlashuvi, lokus nazorat, teskari aloqa, qarshilik ko'rsatish uslubi, o'z-o'zini baholash, o'zi faoliyat olib borayotgan muassasadagi munosabatlar, nevrotizm (tashvishlanish), mehnat ob'ektiga nisbatan bo'lgan munosabat, ekstroversiya kabi ijtimoiy-psixologik omillar empirik tadqiqotlar asosida aniqlangan
o'qituvchilarda kasbiy so'nish yosh, ish staji bo'yicha namoyon bo'lishiga ko'ra, rezistensiya (qarama-qarshilik), «tanglik darajasi», «charchoq hissi», «hissiy reaksiyaning noadekvatligi», «kasbiy majburiyatlarni bajarish hissining kamayishi» (reduksiya), «tashvishlanish va depressiya» xususiyatlari; erkaklarning voqelikni ichiga yutish, stressogen ta'sirlarni ayollar singari tezda o'tkazib yubora olmaslik, erkakning oila
JTIMOIY-PSIXOLOGIK
boquvchisi, ta'minotchisi sifatidagi burch va mas'uliyatini his qilishi kabi gender psixologik xususiyatlari asoslangan.
XULOSA: pedagoglarda kasbiy so'nish jarayoning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari xamda omillarini tahlil qilish va kasbiy so'nish profilaktikasi bo'yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kalit so'zlar: kasbiy so'nish, xissiy so'nish, kasbiy stress, kasbiy o'zlik, kasbiy "men" lik, kasbiy malaka, kasbiy hamkorlik, kasbiy layoqat.
Iqtibos uchun: Botirova D.B. Pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-psixologik taxlili. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). B. 152-161.
СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ПРОЦЕССА
ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОТДАЧИ УЧИТЕЛЕЙ_
© Д. Б. Ботирова1^
1Ташкентский государственный университет востоковедения, Ташкент, Узбекистан
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье основное внимание уделяется механизмам снижения активности и интереса педагогов к своей профессии и в то же время уделяется внимание тому, как помочь личности, оказавшейся в такой ситуации.
ЦЕЛЬ: эмпирическое исследование социально-психологических особенностей процесса профессионального выгорания у педагогов и разработка практических рекомендаций по профилактике профессионального выгорания..
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использовались методы наблюдения, интервью, а также опросник К. Маслача и С. Джексона «Определение уровня психического выгорания» (Maslach Burnout Inventory MBI), опросник В.В. Бойко «Диагностика уровня эмоционального выгорания», А.А. Рукавишникова «Умственное истощение». Использовался тест «детерминации», методика «Шкала профессионального стресса» Спилбергера-Ханина и авторский опросник (ИПС) по изучению «социально-психологических факторов профессионального выгорания педагогов», а уровень достоверности полученных результатов определялся методом подтверждено математико-статистическими методами критерия Краскала-Уоллиса, t-критерия Стьюдента, коэффициента r-корреляции К. Пирсона.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: по результатам научного исследования, проведенного по изучению социально-психологических особенностей проблемы профессионального выгорания педагогов: устойчивость, влияющая на формирование процесса профессионального выгорания педагогов, углубление общения с клиентом, локус контроля На основе эмпирического исследования были определены такие социально-психологические факторы, как стиль сопротивления, самооценка, отношения в учреждении, где он работает, невротизм (тревожность), отношение к объекту труда, экстраверсия.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
По проявлению профессионального угасания у педагогов по возрасту, стажу работы наблюдается резистентность (противоречивость), «уровень напряженности», «чувство утомления», «неадекватность эмоциональной реакции», «ощущение выполнения профессиональных обязательств», снижение» (снижение ), черты «тревоги и депрессии»; на таких гендерно-психологических характеристиках, как поглощение мужчиной действительности, неспособность так быстро, как женщины, переносить стрессовые воздействия, ощущение долга и ответственности мужчины как кормильца и кормильца семьи, основаны.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: он заключается в анализе социально-психологических особенностей и факторов процесса профессионального выгорания педагогов и разработке практических рекомендаций по профилактике профессионального выгорания
Ключевые слова: профессиональное выгорание, эмоциональное выгорание, профессиональный стресс, профессиональная идентичность, профессиональное Я, профессиональная компетентность, профессиональное сотрудничество, профессиональная компетентность
Для цитирования: Ботирова Д.Б. Социально-психологический анализ процесса профессионального отдачи учителей. // Inter education & global study. 2024. №3(2). С. 152-161.
SOCIO-PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF THE PROCESS OF PROFESSIONAL
IMPACT OF TEACHERS_
© Dilafro'z B. Botirova1®
Tashkent State University of Oriental Studies, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article focuses on the mechanisms of reducing the activity and interest of teachers in their profession and at the same time pays attention to how to help an individual who finds himself in such a situation.
AIM: Empirical study of the socio-psychological characteristics of the process of professional burnout among teachers and the development of practical recommendations for the prevention of professional burnout.
MATERIALS AND METHODS: the study used observation methods, interviews, as well as the questionnaire of K. Maslach and S. Jackson "Determining the level of mental burnout" (Maslach Burnout Inventory MBI), the questionnaire of V.V. Boyko "Diagnostics of the level of emotional burnout", A.A. Rukavishnikov "Mental exhaustion." The "determination" test, the Spielberger-Khanin Occupational Stress Scale method and the author's questionnaire (IPS) to study "socio-psychological factors of professional burnout of teachers" were used, and the level of reliability of the results obtained was determined by
the method confirmed by mathematical and statistical methods of the Kruskal-Wallis test, Student's t-test, K. Pearson's r-correlation coefficient.
DISCUSSION AND RESULTS: based on the results of a scientific study conducted to study the socio-psychological characteristics of the problem of professional burnout of teachers: stability, influencing the formation of the process of professional burnout of teachers, deepening communication with the client, locus of control. Based on the empirical study, such socio-psychological factors were identified as the style of resistance, self-esteem, relationships in the institution where he works, neuroticism (anxiety), attitude towards the object of work, extraversion.
According to the manifestation of professional decline among teachers, by age, work experience, resistance (inconsistency), "level of tension", "feeling of fatigue", "inadequacy of emotional reaction", "feeling of fulfilling professional obligations", decrease" (decrease), traits of "anxiety and depression"; are based on such gender-psychological characteristics as a man's absorption of reality, the inability to endure stress as quickly as women, a man's sense of duty and responsibility as the breadwinner and breadwinner of the family.
CONCLUSION: it consists of analyzing the socio-psychological characteristics and factors of the process of professional burnout of teachers and developing practical recommendations for the prevention of professional burnout.
Key words: professional burnout, emotional burnout, professional stress, professional identity, professional self, professional competence, professional cooperation, professional competence
For citation: Dilafro'z B. Botirova. (2024) 'Socio-psychological analysis of the process of professional impact of teachers, Inter education & global study, (3(2)), pp. 151-161. (In Uzbek).
Jahon ta'lim va ilmiy markazlari olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda kasbiy faoliyat bilan bog'liq ruhiy charchash holati muammosi ko'pincha, «yordam berish» turidagi kasblar vakillari bilan bevosita bog'liq ekanligini, ular orasida o'qituvchilar alohida o'rin tutishi qayd etiladi. Shunga ko'ra, o'qituvchilar faoliyatining umumiy psixologik xususiyatlari, masalan, yuqori darajadagi aks ettirish ta'sirning asosiy «vositasi» sifatidagi shaxslararo muloqot, o'zini o'zi boshqarishning yuqori darajasi va boshqalarda kasbiy so'nish jarayonining kelib chiqishiga olib kelishi hamda ruhiy charchash holatini keltirib chiqarishi o'rganilmoqda. Ammo, bu masalada ta'kidlash kerakki, hozirgi vaqtda kasbiy muvaffaqiyat sharoitida o'qituvchilarda ruhiy charchash holatining kelib chiqishi va genezisini o'rganish muammosi ishlab chiqilmagan, bu mazkur tadqiqotning dolzarbligi va maqsadini belgilaydi. O'zbekistonda hozirgi kunda ta'limni modernizatsiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda, uning asosiy maqsadi ta'lim sifatini oshirishdir. Ushbu muammoning mumkin bo'lgan yechimlari pedagogik jarayonga innovatsion texnologiyalarni faol joriy etish bilan tavsiflanadi.
Davom etayotgan o'zgarishlar sharoitida nafaqat o'qituvchining yuqori kasbiy mahoratiga (bilim, ko'nikma va malakalarga), balki uning shaxsiy o'zini o'zi rivojlantirish
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
darajasiga, psixologik barqarorligiga ham yuqori darajadagi talablarni qo'yadi. Shundan kelib chiqib, Respublikamizda keyingi yillarda turli ta'lim maskanlarida faoliyat olib borayotgan pedagog va professor-o'qituvchilarning ruhiy salomatligini ta'minlash, psixologiya sohasida kasb psixologiyasi bo'yicha mutaxasislarni tayyorlash, o'qituvchilarning kasbiy shakllanishi uchun munosib shart-sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik ta'minotini yaxshilash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Xususan, ... «jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash» [1] ustuvor vazifa etib belgilandi. Ta'lim tarbiya sohasidagi mazkur islohotlarning asosiy maqsadi, albatta barkamol shaxs tarbiyasi masalasi hisoblanadi va Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda «...jamiyat hayotini o'zgartirishga qaratilgan islohotlar avvalo ta'lim tizimidan boshlanganini ko'ramiz. Ta'lim va tarbiyaning asosi, poydevori bu - maktab. Maktabni maktab qiladigan kuch esa o'qituvchilardir»[2]. Bu, o'qituvchilik kasbi egalari zimmasiga qator mas'uliyatli vazifalarni yuklash bilan bir qatorda, pedagog va professor o'qituvchilarning psixosotsial salomatligini saqlash, pedagogik jamoalarda sog'lom ijtimoiy-psixologik muhitni yaratish, pedagoglarda kasbiy so'nishning oldini olish, turli psixologik mexanizmlar asosida ularning stressga barqarorligini oshirish zaruratini tug'diradi.
Kuzatishlardan ma'lum bo'lishicha, psixologiyada kasbiy so'nish muammosiga nisbatan qiziqish yaqin davrlardan boshlab, e'tibor berila boshlandi. 20-asrning so'nggi o'n yilligidan boshlab, jamiyat va insoniyat hayotiga bozor munosabatlarining joriy etilishi hamda jamiyatda inson mehnatining faollashuvi mazkur muammoni ilmiy o'rganishg zaruriyatini keltirib chiqardi[16].
Yigirmanchi asrning 90-yillari oxirida ruhiy so'nish odam kasbiy faoliyatining turli sohalarida "emotsioanal so'nish sindromi" nomi ostida maishiy psixologiyada o'rganila boshlandi. Xususan, o'qituvchilar, psixologlar, shifokorlar, ijtimoiy xodimlarning mehnat faoliyati xususiyatlarini o'rganish orqali ushbu "yordamchi" kasblar vakillarining barchasida kasbiy psixologik so'nish xavfini oshiradigan stress omillarining mavjudligi bilan birlashganligi aniqlandi[17].
Pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy psixologik xususiyatlarini D.Qarshiyeva "Pedagog shaxsida kasbiy stress namoyon bo'lishiga psixologik determenantlarning ta'siri" [3] nomli tadqiqotlarida pedagog shaxsida kasbiy stressning kelib chiqishiga ta'sir etuvchi psixologik omillar va ularning o'qituvchilarda kasbiy so'nish jarayoniga ta'siri M.Kaplanova tomonidan "O'zbek maktablari o'qituvchisi shaxsining psixologik xususiyatlari" [4] nomli dissertatsiya ishida o'zbek maktabi o'qituvchilarining shaxsiy kasbiy sifatlarini shakllanishiga ta'sir etuvchi etnopsixologik, ijtimoiy omillarning o'rni Sh.G.Saparovning o'qituvchilarining shaxsiy-kasbiy xususiyatlarini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqotida ta'kidlanishicha, ularning shakllanishi va rivojlanishi kasbiy faoliyatda amalga oshadi. Uning namoyon bo'lish darajasi va sifati o'qituvchilarning yoshi va ish staji bilan uzviy bog'liqdir. Shuningdek, muallif kasbiy xususiyatlarning rivojlanishida jins va kasbiy faoliyatning motivatsion asosi kabi omillarni ham ko'rsatadi. Shunga ko'ra,
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"Yutuqqa erishishga bo'lgan ehtiyojning yuqori darajasi tendensiyasi asosan 10 yilgacha stajga ega bo'lgan 30-35 yoshgacha o'qituvchilarda namoyon buladi. Keyin faoliyatda yutuqqa erishish extiyojining barqarorlashib borishi natijasida o'rtacha qiymatlar tenglashib boradi [5].
Pedagogik ishning aqliy zo'riqishni talab etishligi uning o'ziga xosligi bo'yicha N.V.Kuzmina, [6] Yu. L. Lvova, [7] N.B. Moskvina, [8] A.S. Slastenin, V.E.Orel, A.A. Rukavishnikovlar uchta asosiy tarkibiy tarkibiy qismlarning: pedagogik faoliyat, pedagogik muloqot va o'qituvchi shaxsiyati xususiyatlari bilan bevosita bog'liqdir
Tadqiqotchilar E. Edelvich, A. Brodskiy so'nishni umidsizlik jarayoni kontekstida ko'rib chiqadilar. Kasbiy so'nishni o'rganish natijasida idealizm va quvvatni yo'qotish deb ta'riflanadi. Bunda ideal g'oyalar real vaziyatga to'g'ri kelmaydi, natijada inson o'zi xohlagan natijaga erisha olmaydi [9].
Bundan tashqari, kasbiy so'nish jarayonini o'rganish bo'yicha yana bir nechta modellar mavjud. Masalan, A. Pines-Aronson modeli. Ushbu yondashuvda hissiy so'nish hissiyotlar bilan to'yingan voqealarda uzoq vaqt qolish tufayli kognitiv, jismoniy va hissiy charchoqning maxsus holati sifatida taqdim etiladi[l8].
Quyidagi tavsiyalar to'g'ridan-to'g'ri kasbiy so'nishni boshdan kechirmayotgan o'qituvchilar va so'nishning birinchi bosqichidagi o'qituvchilarga tavsiya etilishi mumkin[19]:
- hayotga ijobiy va yaxshi kayfiyatda munosabatda bo'lish;
- oqilona turmush tarzini olib borish;
- o'ziga ehtiyot bo'lish, tananni tinglashni o'rganish;
- ichki ovozni tinglash;
- o'zizga g'amxo'rlik qilish: sog'lom turmush tarzini olib borish, muloqot ehtiyojlarini qondirish;
- yetarlicha uxlash;
- o'zini sevish;
- o'zining qobiliyatiga ko'ra, ishni olish;
- ishda baxt yoki najot izlashni to'xtatish;
- boshqalar uchun yashashni to'xtatish, ya'ni ularning hayotini yashashni yig'ishtirish;
- o'zi uchun vaqt topish;
- o'zi uchun biror bir qiziqarli va sevimli mashg'ulotlar, qiziqarli kurslarni topish;
- vaqti-vaqti bilan hayotiga yangi narsalarni kiritish;
- ish bilan bog'liq tajribalardan chalg'itishni o'rganish;
- kun voqeliklarini ehtiyotkorlik bilan tushunishni o'rganish;
- biror kishiga yordam berishni yoki unga biror bir ish qilishni xohlashni o'ylab ko'rish: unga kerakmi? ehtimol buni uning o'zi hal qila oladimi?;
- hazil-huzul bilan yashashni o'rganish;
- iloji bo'lsa, hamma narsani o'z kuchi bilan qilish;
- sog'liqga zarar bermasdan muvaffaqiyatsizlikdan omon qolishga harakat qilish;
- keraksiz raqobatdan saqlanish
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Pedagoglardagi kasbiy so'nish jarayonining o'rganish bo'yicha qator psixometrik metodikalarni o'tkazdik va ular quyidagicha empirik natijalarni qayd qildi. Empirik natijalar Styudent t-mezoni yordamida bir-biri bilan taqqoslandi, natijalar 1-jadvalga keltirilgan.
1-jadval
"Psixik so'nish darajasini aniqlash" (MBI) so'rovnomasi natijalari bo'yicha korrelyatsiya
ko'rsatgichlari (n=193)
№ Shkalalar 1 2 3 4
1. Psixoemotsional charchoq 1 0,427* 0,381** 0,788**
2. Kasbiy faoliyatda shaxsiy yutuqlarning kamayishi (Reduksiya) 1 0,684 0,820**
3. Kasbiy so'nish 1 0,540**
4. Depersonalizatsiya (shaxsning begonalashuvi) 1
zoh: *r<0,05; **r<0,01
Olingan natijalardan ko'rinadiki, "Kasbiy faoliyatda shaxsiy yutuqlarning kamayishi" (Reduksiya) (r=0,820, r<0,05) bilan "Psixoemotsional charchoq" shkalalari (r=0,788, r<0,01), ko'rsatgichlari o'rtasida o'zaro korrelyatsion moslik kuzatildi. "Kasbiy so'nish" (r=0,540, r<0,01) va "Depersonalizatsiya (shaxsning begonalashuvi)" shkalalari o'rtasida esa manfiy ko'rsatgichlar namoyon bo'ldi. Ushbu holatlar Respondentlarda "Psixoemotsional charchoq" va "Kasbiy faoliyatda shaxsiy yutuqlarning kamayishi (Reduksiya)" shkalalari yuqori, "Kasbiy so'nish" va Depersonalizatsiya (shaxsning begonalashuvi) nisbatan pastroq darajada ifodalanganligini ko'rsatadi.
Tadqiqot ishimizda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-psixologik omillarini o'rganish maqsadida o'zimiz tomonimizdan ishlab chiqilgan 20 savoldan iborat bo'lgan "Pedagoglarda kasbiy so'nishning ijtimoiy-psixologik omillari"ni o'rganish bo'yicha so'rovnomadan (IPS) foydalandik
So'rovnomadan olingan natijalardan ma'lum bo'lishicha, pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining kelib chiqishiga ta'sir etuvchi jamoadagi shaxslararo munosabatlardagi ziddiyatlar, jamiyatda o'qituvchilik kasbi nufuzining pastligi, maoshning yetarli emasligi, jamodagi muhitning nosog'lomligi, jamo faoliyatida adolatsizliklarning uchrab turishi, jamoadagi shaffoflikning yetarli emasligi, jamoa a'zolaridagi hamkorlikning yetarli emasligi, ish sharoiti, moddiy-maishiy imkoniyatlarning yaratilmaganligi, pedagogik faoliyatda ish yuklamasining yuqoriligi, o'quvchilarning tarbiyasi, xulq-atvoridagi nuqsonlar kabi omillar aniqlandi.
Jumladan, "Jamoangizdagi shaxslararo munosabatlarni Siz qanday baholaysiz?" nomdagi savolga respondentlar 29,2% yomon baholayman, 30,0% o'rtacha baholayman, 25,4 % yaxshi baholayman,15,4% o'ta yomon va baholayman degan javoblarni berishganligi aniqlandi.(2 rasm)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"JAMOANGIZDAGI SHAXSLARARO MUNOSABATLARNI SIZ QANDAY BAHOLAYSIZ?" SAVOLIGA BERILGAN JAVOBLAR KO'RSATGICHI
(N=193)
35 30
25 20 15 10 5 0
Yaxshi baholayman O'rtacha baholayman Yomon baholayman O'ta yomon baholayman □ Yaxshi baholayman □ O'rtacha baholayman □ Yomon baholayman "O'ta yomon baholayman
Natijalarni empirik tahlil qiladigan bulsak, "Jamoangizdagi shaxslararo munosabatlarni Siz qanday baholaysiz?" nomdagi savolga respondentlarning 29,2% "yomon baholayman", 30,0% o'rtacha baholayman, 25,4 % yaxshi baholayman,15,4% o'ta yomon baholayman degan javoblarni berishganligi aniqlandi. Oxirgi ko'rsatgichlar, ya'ni, 25% "yaxshi" deb baholaganlar aslida kamchilikni tashkil etsa, 15, 4 % "o'ta yomon" deganlarning fikri ham e'tibortalab, chunki bu - jamoadagi shaxslararo munosabatlar aksariyatning talabiga javob bermaydi, ya'ni muhit yaxshi emas. To'g'ri har 4 nafar xodimning bittasi uchun munosabatlar ijobiy, lekin pedagogik jamoa uchun bu yetarli emas. Demak 29,2% shaxslararo munosabatni yomonligi o'qituvchilar orasida kasbiy so'nish jarayonini tezlashtiradi, degan xulosaga sabab bo'ladi, ishga zo'r-zo'raki kelib ketish bora-bora kasbiy so'nishga olib kelishi mumkin.
«Pedagoglarda kasbiy so'nish jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari»»
mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:
I.Ko'pgina tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, psixik so'nish ko'proq "odam-odam" sohasidagi kasblar vakillariga xosdir, ularning ishi odamlar bilan intensiv, yaqin aloqada bo'lish, hissiy haddan tashqari zo'riqish (shifokorlar, ruhoniylar, o'qituvchilar, huquqshunoslar, ijtimoiy ishchilar, psixologlar, psixoterapevtlar va boshqalar) bilan bog'liq. "Odam-odam" sohasidagi kasblar xodimlaridan muloqot qilish qobiliyati, empatiya (uning tajribalarida ishtirok etish orqali boshqa odamning ichki dunyosiga kirish), shaxsiy
30,0
29.2
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
intilishlarni, tashabbuslarni va mijozlarning individual xususiyatlarini qabul qilish, insonparvarlik va rahm-shafqat kabi fazilatlar talab qilinadi.
2. Shuni ta'kidlash kerakki, kasbiy so'nish haqidagi maqolalar va asarlar mualliflari bu haqda noaniq mulohazalarni ilgari suradilar. Xususan, ayrim hollarda o'qituvchilarning kasbiy faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan kasbiy deformatsiya sifatida, boshqa bir tadqiqotlarda - psixikani tartibga solish va uni salbiy hissiy ta'sirlardan himoya qilish imkonini beruvchi psixologik himoya mexanizmi sifatida talqin qilinadi. Biz tadqiqotimizda olingan natijalar asosida kasbiy so'nish - sindromi hayotning aqliy, somatik va ijtimoiy sohalaridagi buzilish belgilarining aniq kombinatsiyasi bilan tavsiflanadigan va muayyan alomatlarning mavjudligi charchashning turi va darajasini belgilaydi.
3. O'qituvchilarda hissiy charchash - birinchi navbatda, individual va shaxsiy xususiyatlar bilan belgilanadi. Bu, birinchidan, o'qituvchining qiymat-motivatsion sohasida nomuvofiqlik mavjudligi, xususan, kasbiy faoliyatda hayotning mazmunini shakllantiruvchi qadriyatlarni va muhim shaxsiy xususiyatlarni, xatti-harakatlar turlarini va afzal qilingan harakat yo'nalishini amalga oshirishning mumkin emasligi. Ikkinchidan, nevrotizmning yuqori darajasi - psixodinamik xususiyat sifatida shaxsiyatning hissiy beqarorligi kabi xususiyatlar o'qituvchilarning hissiy charchashining paydo bo'lishi va rivojlanishig ta'sir etuvchi tizimli omillari bo'lib, ular orasida: hissiy holatni nazorat qila olmaslik, maqsadga erishish uchun ahamiyatli bo'lgan sharoitlarni modellashtirish ko'nikmalarining kam rivojlanganligi; ularning harakatlarini dasturlash, o'z-o'zini boshqarish moslashuvchanligining yo'qligi kabilar namoyon bo'ladi.
4. Ish staji 21 yildan 30 yilgacha bo'lgan guruhga kiritilgan o'qituvchilar hissiy charchash sindromiga ko'proq moyil ekanlar. To'rtinchi guruh vakillari esa ushbu sindromga nisbatan eng kam moyil bo'lib, ular pedagogika sohasida eng ko'p ishlagan o'qituvchilar (30 yildan ortiq). Shunga ko'ra qayd etish mumkinki, tadqiqotimiz boshidagi hissiy charchash sindromi uzoq muddatli kasbiy faoliyat natijasida rivojlanadi degan gipoteza tasdiqlanmadi.
5."Pedagoglarda kasbiy so'nishning ijtimoiy-psixologik omillari" ijtimoiy-psixologik so'rovnoma orqali qo'lga kiritilgan empirik natijalar jamoada shaxslararo munosabatni yomonligi va o'zaro hamkorlikni yo'lga qo'yilmaganligi o'qituvchilar orasida kasbiy so'nish jarayonini tezlashtirish mumkinligini ko'rsatdi.
6. Ijtimoiy-psixologik so'rovnoma natijalariga ko'ra "maoshning yetarli emasligi", "jamiyatda o'qituvchilik kasbi nufuzining pastligi", "jamoa faoliyatidagi adolatsizliklar" va "jamodagi muhitning nosog'lomligi" kabi omillarni yuqoriligi ham pedagoglarda kasbiy so'nishini yuzaga keltirayotganiligi aniqlandi.
7.O'qituvchilarda emotsional so'nish bosqichining mehnat staji bo'yicha ifodalanishiga ko'ra, rezistensiya (qarama-qarshilik) bosqichi 5 yilgacha mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilarda eng yuqori darajani ko'rsatdi. Keyingi daraja 6-15 yillik ish stajiga ega bo'lgan o'qituvchilarda ifodalandi. "Tanglik" darajasi bo'yicha esa yuqori daraja 5 yilgacha ish stajiga ega bo'lgan o'qituvchilar zimmasiga to'g'ri keldi. "Charchoq hissi" bosqichida 16-30 yillik mehnat stajiga ega bo'lgan o'qituvchilar eng yuqori darajani namoyon qildi.
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
8. Kasbiy stress darajasining gender xususiyati bo'yicha ifodalanishiga ko'ra, Toshkent shahri erkak o'qituvchilarida yuqori ko'rsatgichni ko'rsatdi. Erkaklarda bu ko'rsatgich birorz pastroq darajani ifodaladi. Demak aytish mumkinki, psixik so'nish va kasbiy stress darajasi ayollarga nisbatan erkak o'qituvchilarda bir muncha yuqoriligi kuzatiladi. Buni gender psixologik xususiyatlar ya'ni, voqelikni ichiga yutish, stressogen ta'sirlarni ayollar singari tezda o'tkazib yubora olmaslik, erkakning oila boquvchisi, ta'minotchisi sifatidagi burch va mas'uliyatini his qilishi va boshqa individual-psixologik xususiyatlar bilan izohlash mumkin.
9. Kasbiy muvaffaqiyat sharoitida oliy ta'lim professor-o'qituvchilari o'rtasida hissiy charchoq holati rivojlanishining notekis tabiati uning bosqichlaridagi o'zgarishlar ketma-ketligida kuzatiladi va bu, umumiy va o'ziga xos xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Ya'ni, oliy ta'lim o'qituvchilari kasbiy faoliyat davomiyligiga qarab, ruhiy charchoq holatining bosqichlari shakllanishi quyidagi tartibiga ega: kasbiy faoliyat davomiyligi 5 yilgacha bo'lgan o'qituvchilarda "hissiy charchoq" - "tashvishlanish va depressiya" - "rezistensiya (qarshilik)" shkalalarida yanada yorqinroq ifodalandi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-son Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to'plami. - 6 (766)-son, 2017.- B. 25- 150.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni // http://lex.uz.
3. Qarshiyeva D.S. Pedagog shaxsida kasbiy stress namoyon bo'lishiga psixologik
determenantlarning ta'siri" psixol.f.d.dok.disser. T.: 2022 y..
4. Kaplanova M. "O'zbek maktablari o'qituvchisi shaxsining psixologik xususiyatlari.
Психологические особенности личности учителя узбекской школы. T. 1993 26 b.
5. Mota A.I., Lopes J., Oliveira C. Burnout in Portuguese Teachers: A Systematic Review // European Journal of Educational Research. 2021. Vol. 10. № 2. Р. 693-703.
6. Кузмина Н.В.Психологическая структура деятельности учителя и формирование
его личности: в 3-х томах. - Ленинград, 1964. — 920 с
7. Львова Ю. Л. Социально-педагогические проблемы развития профессиональной и
общественной активности учителей/Ю. Л.Львова.-Москва: Сфера, 2012.-220 с
8. Москвина Н.Б. Личностно-профессиональные деформации педагогов // Педагогическое образование и наука, 2004 № 4. - 32-37 с.
9. Edelwich Е., Brodsky А. Stages of Disillusionment in the Helping Professions. N. Y., 1980. 252 p.
10. Мадалиева З.Б. Эмоциональное состояние учителья: особенности проявления и способы регуляции /Автореферат дис.к.пс.н. Т.:2009. - 43 с. 135
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
11. Botirova D.B. Pedagogik faoliyatda kasbiy sunish jarayonining ijtimoiy psixologik asoslari. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar. - Buxoro, 2023. № 3. - B. 303-307
12. Botirova D.B. Scientific and theoretigal basics of the process of professional characteristics of the process of professional withdrawal in educators. Вестник интегративной психологии. - Ярославл, 2023. №30 - С. 105-109
13. Ботирова Д. Б. The consepts of professional fade, causes of origin, components and stages. Academic research in modern science. International scientific-online conference (Т. 2, Выпуск 23, сс. 227-231).
14. 16.Jabborov X.X. "O'smirda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari". Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.
15. 17 Жабборов Хазрат Хусенович. Психологические особенности идеологического влияния "массовой культуры" на человеческий разум. СОЦИАЛЬНЫЙ ПСИХОЛОГ журнал для психологов. Основан в 2000 году в Ярославль. 2016 №2 (32). -С. 5666.
16. Жабборов Хазрат Хусенович. The influence of psychological protective mechanisms in the formation of the ideological immunity in adolescents. European journal of psychological research vol. 4 No.1, 2017 ISSN 2057-4794.
17. Jabborov Kh.Kh.. The study of the problem of national education by eastern inkers. International Journal of Pedagogics (ISSN - 2771-2281) VOLUME 03 ISSUE 02 Pages: 14-20 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 6. 676) OCLC-105677/OnlineLink:-http://theusajournals.com/index.php/ijp/article/view /76 5
18. N. Dj. Yadgarov, Ph. D. , Associate Professor Bukhara - open-air museum // Oriental Art and Culture. 2019. №IV (1). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bukhara-open-air-museum
19. Nodir D. Yadgarov, Taner A§gi, Ihsan Tokta§ BiR SANAT VE ZANAAT MÜZESi OLARAK ÖZBEKiSTAN ORTAÇAG BUHARA MÏMARÎSÎNDEN YAZLIK SITORA-I MOKHI-KHOSSA SARAYI // Inter education & global study. 2024. №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/bir-sanat-ve-zanaat-m-zesi-olarak-zbekistan-orta-a-buhara-mimarisinden-yazlik-sitora-i-mokhi-khossa-sarayi .
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS
Botirova Dilafro'z Bozorovna, katta o'qituvchi [Ботирова Дилафруз Базаровна,
старший преподаватель], [Dilafro'z B. Botirova, Senior lecturer]; manzil: O'zbekiston, 00060, Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi 20 [адреа Узбекистан, 00060, г. Ташкент, ул. Амира Темура 20], [address: Uzbekistan, 20 Amir Temur str., Tashkent, 00060]; E-mail: [email protected], [email protected]
INFO]