Научная статья на тему 'PEDAGOGLARDA KASBIY KAMPETENTLIKNI OSHIRISH'

PEDAGOGLARDA KASBIY KAMPETENTLIKNI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Research Focus
Область наук
Ключевые слова
pedagog / kompetentlik / metod / tadqiqotchi / xarakter / educator / competence / method / researcher / character

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Rixsiboyev Oybek Alisherovich

Bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o‘ziga xos o‘rin tutadi. Ayniqsa ta’limni modernizatsiyalash bilan bog‘liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo‘lmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INCREASE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES

The formation of professional competence of the future teacher occupies a special place among the complex problems in the training of educators. Especially at the current stage of reforms related to the modernization of education, the problem of adaptation to professional pedagogical activity is more evident.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGLARDA KASBIY KAMPETENTLIKNI OSHIRISH»

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

PEDAGOGLARDA KASBIY KAMPETENTLIKNI OSHIRISH Rixsiboyev Oybek Alisherovich

Guliston davlat universiteti "Masofaviy ta'lim" kafedrasi o'qituvchisi oybek.risxiboyev.@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.7854922 Annotatsiya: Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagoglarni tayyorlashdagi murakkab muammolar qatorida o'ziga xos o'rin tutadi. Ayniqsa ta'limni modernizatsiyalash bilan bog'liq islohotlarning joriy bosqichida kasbiy pedagogik faoliyatga moslashish muammosi yanada yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Kalit so'zlar: pedagog,kompetentlik,metod,tadqiqotchi,xarakter

INCREASE PROFESSIONAL COMPETENCE OF PEDAGOGUES Abstract: The formation of professional competence of the future teacher occupies a special place among the complex problems in the training of educators. Especially at the current stage of reforms related to the modernization of education, the problem of adaptation to professional pedagogical activity is more evident.

Keywords: educator, competence,method,researcher, character ПОВЫСИТЬ ПРОФЕССИОНАЛЬНУЮ КОМПЕТЕНТНОСТЬ ПЕДАГОГОВ Аннотaция: Формирование профессиональной компетентности будущего педагога занимает особое место среди сложных задач подготовки педагогов. Особенно остро проблема адаптации к профессиональной педагогической деятельности проявляется на современном этапе реформ, связанных с модернизацией образования.

Ключевые слова: педагог,компетентность,метод,исследователь, характер

KIRISH

Bo'lajak o'qituvchilarni amaliy, psixologik, metodik, tadqiqotchilik turlari bilan bir qatorda o'qituvchining kasbiy kompetentligini shakllantirish bilan boyib bormoqda. Kasbiy kompetentlik tashhisi kasbiy shakllanishning mohiyatli xarakteristikalariga diagnostik, kommunikativlik, boshqaruv va proektiv o'quvlar guruhlarini kiritish lozim. Pedagogning bilish faoliyati ko'p jihatdan o'rganilayotgan narsalarning murakkabligi, dinamikasi, nostandartligi, ijtimoiy hodisalarni ajratib turadigan chegaralarning ta'siri, ularni izlash, noaniqlik bilan belgilanadi, bu esa kuzatuvchanlik, suhbatdoshning ichki dunyosini modellashtirish malakasini nazarda tutadi. [1]

Mazkur holda o'z-o'zini tartibga solish xususiyatlari o'z bilim va malakalarini doimo takomillashtirish zarurati, boshqa odamlarga qaratilgan o'z hatti-harakatini qathiy muvofiqlashtirish uquvi bilan tavsiflanadi. Pedagogning kasbiy tarbiyalanganlik layoqatliligini tadqiq qilishga bag'ishlangan asarlarda uning quyidagi turlari bilan farq qilinadi: - maxsus tarbiyalanganlik layoqatliligi - kasbiy faoliyatini etarlicha yuqori darajada egallaganlik, o'zining kelgusi kasbiy rivojlanishini loyihalash qobiliyati; - ijtimoiy tarbiyalanganlik layoqatliligi -birgalikdagi kasbiy faoliyatni, hamkorlikni va shuningdek, mazkur kitobda qabul qilingan kasbiy muloqat uslublarini egallaganlik, o'z kasbiy kasbi natijalari uchun ijtimoiy mas'ullik. Bo'lajak o'qituvchining kasbiy kompetentligi, irodaviy sifatlar, intellektual salohiyat, hissiy sifatlar, amaliy ko'nikmalar, o'z-o'zini boshqara olish layoqatlarining o'zaro bog'liqligi va shaxsning ijtimoiy-madaniy faollik darajasini aks ettiruvchi individual sifatlar asosida shakllantiriladi. Yevropa davlatlarida shakllangan an'anaga muvofiq kasbiy malaka mutaxassisning kompetentligi, uni

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

shakllantirishga qaratilgan ta'lim tizimi esa - bilim, ko'nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi.[2]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Bo'lajak o'qituvchini tayyorlashda muhim pedagogik shart-sharoitlar sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin: - zamonaviy talablarga javob bera oladigan me'yoriy va o'quv-metodik hujjatlar (davlat ta'lim standarti, namunaviy o'quv rejalari, ishchi o'quv rejalari, namunaviyo'quv dasturlari, ishchi dasturlari, darsliklar, o'quv qo'llanmalar, metodik tavsiyanomalar, qo'shimcha maxsus adabiyotlar, ko'rsatmali vositalar, dars ishlanmalari, loyihalar va boshqalar)ning mavjudligi; - ilmiy pedagogik xodimlar (professor, dotsent, o'qituvchi, malakali o'quv ustalari, texnik xodimlar)ning bilim, ko'nikma va malakalarining yuksakligi, kasbiy kompetentlik darajasining etarlicha shakllanganligi hamda ilmiy salohiyatga ega bo'lishi; - o'quv jarayonining moddiy-texnik (o'quv binolari, o'quv auditoriyalari, o'quv ustaxonalari, amaliy-laboratoriya jihozlari), axborot texnologiyalari (radio, televidenie, kompg'yuter, nusxa ko'chirish qurilmalari, laboratoriya asbobuskunalari, audio, video, multimediya, trenajyorlar, kinoproektorlar, diaproektorlar, videoproektorlar, texnik vositalar majmuining mavjudligi va hokazolar) jihatdan etarlicha ta'minlanganligi; - ijtimoiy va o'quv-texnologik jihatdan qulay muhit (o'qituvchilar, talabalar, rahbarlar hamda talabalar, shuningdek, talabalarning o'zaro munosabatlari mazmuni, yo'nalishi, maqsadlar birligi va boshqalar) yaratilganligi; - tashkiliy hamda o'quv-amaliy faoliyatning izchil, uzluksiz hamda tizimli yo'lga qo'yilganligi. «O'qituvchining kasbiy kompetentligi» tushunchasiga berilgan ta'rif va tavsiflarni umumlashtirib, uni quyidagicha talqin etish mumkin: O'qituvchining kasbiy kompetentligi - pedagog faoliyatida kasbiy kompetentlik muhim jihatlaridan biri bo'lib, pedagogning faqatgina kasb va kasbiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog'liq barcha ehtiyoj, qobiliyat, mahorat, bilish va qiziqishlarini ifodalaydi. Buning uchun u: - ijodiy izlanishlar jarayonini boshqarishga moyil bo'lishi; - ijodiy izlanishlarning samaradorligi o'qituvchining pedagogik, psixologik va nazariy tayyorgarligiga bog'liq bo'lishini esda tutishi lozim.[7]

MUHOKAMA

Funksiyalarni to'g'ri bajarish uchun pedagog kompetentlik va kompetensiya tushunchasini bilishi, har tomonlama rivojlanib, kasbiy o'sishi uchun qaysi yo'nalishda harakatlanishini bilishi kerak. Professionallik va kompetentlik bir-biriga o'hshash bo'lsada, har xil ma'noga ega bo'lgan atamalardir.[8]

Professionallik deganda nafaqat ma'lum bilimlar, balki mehnatga bo'lgan munosabat, ishning o'ziga xos xususiyatlari tushuniladi. Rivojlangan kompetensiyalar darhol seziladi, chunki professional pedagog o'z ko'nikmalarini rivojlantirishga harakat qiladi, muayyan maqsad va natijalarga erishishga intiladi, ishchan qadriyatlar ishlab chiharadi va bular odatda ish jarayonining standartiga mos keladi. Kompetentlik esa biroz murakkab mazmunga ega, sababi, nafaqat bilimlarning mavjudligini, balki shu bilan birga ularni qo'llash qobiliyatini ham taqozo etadi. Kompetentlik faqat keng qamrovli baholashva kuzatish paytida aniqlanishi mumkin. Professionallik va kompetentlik tushunchalari umumiy xususiyatlarga ega. Shuni ta'kidlash kerakki, har doim ham belgilangan talablar va standartlarga to'liq mos keladigan odamlar chinakam professionallar bo'lavermaydi, sabab, ba'zilari bilimlarni amalda qanday qo'llashni bilishmaydi, demak, bunday pedagogik faoliyat samarasiz bo'lib qolaveradi. Kasbiy pedagogik kompetensiyalarni alohida turlarga ajratish maqsadga muvoqdir: - Maxsus pedagogik kompetensiya - pedagogik faoliyatni zarur darajada amalga oshirish uchun yetarli ma'lumotga ega bo'lish. Bundan tashqari, pedagogning o'z kasbiy darajasini munosib baholay olishi va mutaxassis

| VOLUME 2 | ISSUE 4 | 2023 ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.708) | UIF (8.3)

sifatida o'z rivojlanishini belgilash qobiliyati ushbu turga bog'liq. - Ijtimoiy pedagogik kompetensiya - ijtimoiy vakolat darajasi pedagogning hamkasblari bilan munosabatlarni samarali qurishi, birgalikdagi harakatlarni rejalashtirish qobiliyatini belgilaydi. Samarali aloqa ko'nikmalari, pedagogik madaniyat va ish natijalari uchun javobgarlik - bularning barchasi ijtimoiy pedagogik kompetensiya tushunchasiga kiritilgan. - Shaxsiy pedagogik kompetensiya -bu pedagogik ishni oqilona tashkil etish qobiliyati bo'lib, vaqtni boshqarish, shaxsiy o'sishga intilish uning asosiy tarkibiy qismlaridir. Shaxsiy pedagogik kompetensiyaning yuqori darajasi ega bo'lgan ishchilar charchashga kamroq moyil, vaqt bosimida ishlashga qodir. Kompetensiyaning har bir turi ko'nikmalar, bilimlar, ko'nikmalar to'plamini o'z ichiga oladi. Pedagoglarda ular turli darajalarda namoyon bo'ladi. Xizmat vazifalarini bajarishda uning xattiharakatlari ko'rsatkichlariga e'tibor berib, u yoki boshqa kompetensiyalar qanday rivojlanganligini aniqlash mumkin. Kompetentlik qanday shakllanadi? O'qituvchining kompetentligini shakllantirish uchun asosiy narsa bu maxsus kasbiy ta'limdir. Kelajakda amaliyotda olingan bilim va ko'nikmalar boshlang'ich kompetensiya darajasini to'ldiradi. Ko'p bosqichli ta'lim tizimida, yangi standartlar va dasturlar doirasidagi ta'lim jarayonini eskirgan uslubiyat bo'yicha olib borilishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Ta'lim tizimidagi keng qamrovli tarkibiy islohatlarni respublika pedagoglari ilg'or pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va o'quv jarayoniga qo'llash bilan mustahkamlashlari zarur. Avval ta'kidlanganidek, buning uchun pedagoglarimizni o'quv jarayoniga texnologik yondashuvlarini o'rgatish talab etiladi, bu esa pedagogik texnologiyadan foydalanishdan tashqari uni O'zbekiston madaniyati, an'analari va tajribasi bilan boyitishga olib keladi. Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, unda o„quv maqsadlariga erishishni kafolatlaydigan o„quv jarayoni loyihalashtiriladi va amalgaoshiriladi. Texnologik yondoshuv, eng avvalo, tasvirlash emas, balki loyihalashtirilgan natijalarni amalga oshirish imkonini beruvchi amaliy ko'rsatmali tuzilmada o'z ifodasini topadi. Maqsadga yo'naltirilganlik, oraliq natijalarni tashxisli tekshirib borish, ta'limni alohida o'qitish lavhalariga ajratish kabi usullar hozirgi kunga kelib qayta-qayta takrorlash mumkin bo'lgan ta'lim texnologiyasi g'oyasida mujassamlangan. U asosan o'z ichiga quyidagi omillarni oladi: Ta'limda umummaqsadning qo'yilishi; tuzilgan umummaqsaddan aniq maqsadga o'tish; o'quvchilarning bilim darajasini dastlabki (tashxisli) baholash; Ta'limga texnologik yondoshuv. Tarbiyalash texnologiyasi - nisbatan yangi atama bo'lishiga qaramay, rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarning g'oyasi, mazmuni, tarkibini emas, balki bu sohadagi hukumat ishlab chiqqan maqsad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Tarbiyalash texnologiyasi mo'ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali erishuvni ta'minlovchi vositalar majmuasini ko'rib chiqadi. Shu bois professor-o'qituvchilar uchun har tomonlama rivojlangan yuqori intellektual va ma'naviy barkamol fuqaro shaxsini shakllantirishga qaratilgan talabalarni hukumat siyosatiga muvofiq tarbiyalash texnologiyalarini egallashi dolzarbdir. Zamonaviy tarbiyalash texnologiyasi - har tomonlama yondoshuvni amalga oshiradi va quyidagi majburiy talablarga rioya qiladi; Tarbiyalanuvchilarga yo'nalish bo'yicha ta'sir etiladi - tafakkuriga, sezgilariga va xulqiga. Shaxsning ma'lum sifatlari amaldagi tarbiyaviy ishlar majmui orqali hosil qilinadi. Bu ishlar yaqqol ko'rinishdagi ko'p yoqlik bo'lishi, bir vaqtning o'zida aqliy, jismoniy, xulqiy, estetik va mehnat tarbiyasini uzviyligi asosida olib borishi zarur. Har yoqlama yaxlit tarbiyaviy yondashuv tarbiyachining tizimli munosabatini va boshqaruvini taqoza qiladi. Boshqaruv tarbiya jarayonida ishtirok etuvchi tashqi va ichki omillarni va ularning o'zaro ta'sirini inobatga olingandagina muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. Shu bois, u omillar haqida aniq tasavvurga ega bo'lishi zarur. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da

i VOLUME 2 I ISSUE 4 I 202Э ResearchBip (14) | Google Scholar | SJIF (5.7GS) | UIF (S3)

zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o'zlashtirish zarurligi ko'p marta takrorlanib, ularni o'quv muassasalariga olib kirish zarurligi uqtirilgan. Respublikamizning taniqli olimlari ilmiy asoslangan, mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni ta"lim-tarbiya amaliyotida qo'llashga intilmoqdalar.[9] XULOSA

O'quv-tarbiya ishlari jarayonida talaba yoshlarni ijodiy fikrlashga, o'zgaruvchan vaziyatlarga o'rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish hamda talabalarni axborot texnologiyalari, elektron darsliklar, versiyalar va multimedialardan amaliy mashg'ulotlarda foydalanishi muhimdir. Bu esa talabalarda mustaqillik, erkinfikrlashni tarbiyalashni, o'quv faoliyatini tahlil qilishni, istiqbolda kasbiy mahorat va kompyuter savodxonligini orttirish bo'yicha rejalarini aniq belgilashiga erishishni ularning ichki ehtiyojiga aylantirish talab etiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va Pedagogik mahorat. - T.: 2003. - 174 b.

2. Arziqulov D.N. Kasbiy kamolatning psixologik o'ziga xos xususiyatlari. Psixol. fan.nom. diss...avtoloyihai. - Toshkent: 2002. -22 b.

3. Ahlidinov R. Sotsialno-Pedagogicheskie osnovi upravleniya kachestvom obshego srednego obrazovaniya. Avtoref.dis...d-ra ped.nauk. -T.: 2002. -44 b.

4. X.SHaripov, N.Muslimov, M.Ismoilova: "Kasbiy ta'lim pedagogikasi". Metodik qo'llanma. - T. 2005 y.

5. M.Usmonboeva, G.Anorkulova, G.SHamaripxodjaeva "Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari" o'quv uslubiy majmua. T. 2015 yil. 14-15-betlar

6. N.A.Muslimov Bo'lajak kasb-ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirish T.,Fan 2004.

7. Ishmuhamedov R, Abduqodirov A, Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - T.: "Iste'dod", 2008. - 180 b.

8. Muslimov N. va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2013. - 128 b.

9. Nizomxonov S.A., Madaminov I. Pedagogning kasbiy faoliyatida axborot kommunikativ kompetentlikni oshirish yo'llari. // Zamonaviy ta'lim» jurnali, 2014, №10.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.