PEDAGOGIKANING BADIIY ADABIYOT BILAN BOG'LIQLIGI
Dildora Diyorova
Termiz davlat Universitetining Pedagogika instituti Maktabgacha va texnologik ta'lim
fakulteti talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada, Pedagogikaning badiiy adabiyot bilan bog'liqligi haqida so'z boradi.
Kalit so'z; badiiy adabiyot, pedagogika, predmet,ijtimoiy bog'liqlik, inson, axloq, obyekt, ta'lim tamoyillari.
Pedagogika va badiiy adabiyot komil insonni tarbiyalash borasida ijtimoiy vazifalari predmet va obyektining uyg'unligi bilan o'zaro bog'liqdir. Bu bog'liqlik quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi.Ijtimoiy borliqning bir butunligi va ijtimoiy ong shakllarining bir-biriga bog'liq xolda rivojlanishi pedagogika bilan badiiy adabiyot tarixan va mantiqan adab so'zi axloq odob so'zlariga mabodo manodosh o'zaro bog'liq ekani insonni bir butunlikda O'rganishda insonshunoslikda pedagogika bilan badiiy adabiyot hamkorlikka kirishish maqsad,predmet,obyekt va vazifalarning birligi;ijtimoiy voqelik tarkibida pedagogikaviy muammolar pedagogikaviy jarayonning nazariy va amaliy asoslarining badiiy yoritilishi bolalar adabiyotida badiiy va pedagogikaviy talablarning uyg'unligi badiiy adabiyotni tarbiyaviy nuqtai nazardan tadqiq etish zaruriyati adabiyot ta'limi tamoillari va usullarini ishlab chiqishda pedagogikaviy nazariyaga asoslanilishi va boshqalar.Obraz, xarakter, tipiklik adabiyotshunoslikdagi bosh masalalar sirasiga kiradi. Badiiy asarlardan mazmun va shakl shaklning,mavzu va g'oyaning birligini o'zida ifodalovchi asosiy vosita-obrazdir.U insonlarning ichki va tashqi dunyosini umumlashtirib va oydinlashtirib tasvirlangan, muayyan g'oyaviy-estetik vazifani bajaradigan shaxs timsolidir.Boshqacha aytganda,obrazi xayotning yakka, individual shaklda umumlashtirilgan tasviridir.
Har qanday badiiy asardagi obraz umumlashgan va individual tarzda ko'rinadi. Buyuk yozuvchilarning asarlarida badiiy umumlashma xususiyati shu qadar yuksakka ko'tarilganki,ular yaratgan obrazlar mashxur tiplarga aylangan. Badiiylikning adabiyotshunoslar talqinidagi xususiyatlari pedagogika qonuniyatlari nuqtai nazaridan xam ahamiyatga molikdir.Pedagogikaviy ideal inson, shaxsning sifatlari va ularni shakllantirish xaqida baxs etsa,badiiy obrazlarda ana shu idial shaxs amalda,butun ichki dunyosi bilan ko'rsatiladi, yoritiladi.Shuning uchun adabiyot shunoslikda ham, pedagogika fanida ham asarning yoki muayyan obrozning tarbiyaviy ahamiyati haqida fikr yuritilganda mushtarak yondashish tamoyili ko'zga tashlanadi. Barkamol inson pedagogikaning ham, badiiy adabiyotning ham asosiy g'oyasidir. Tarbiya shunday
komil insonlarni shakllantirishga harakat qiladi, badiiy obrazlar esa barkamol inson tarbiyasida samarali vosita bo'ladi, pedagogika undan foydalanishni o'rgatadi. Badiyatdagi xarakteri masalasi pedagogikaviy va ruhiyatshunoslik jihatidan o'ziga xos mazmun kasb etadi.Xarakter deganda adabiyotda ham, pedagogika va ruhiyatshunoslikda ham kishining yashash tarzi, borliqda, mehnatga munosabatini,orzu-intilishlari, o'y-kechinmalarini fe'l-atvorini,ahloqi ,ijtimoiy-falsafiy dunyoqarashi, ichi dunyosi kabi jihatlarning yoritilishi tushuniladi.Xarakter qanchalik puxta yaratilsa yozuvchi insonning voqelik bilan aloqalarini yorqin ochib berolsa,badiiy adabiyotning ma'rifiy ahamiyati shuncha yuksak bo'ladi.
Umumlashtirish barcha fan sohalariga xoldir.Badiiy obraz yaratishda bu jarayon tipiklik vositasida amalga oshiriladi. Albatta, xarakter yaratishning muhim shartlaridan biri-muayyan bir davr uchun muhim belgilarni,umumiy ijtimoiy rukni aks ettirishdir. Pedagogikada bo'lgani singari,badiiy xarakterni shakllantirishda ham, ijtimoiy muhit, tarbiya biologiyaviy omillar yorqin aks ettirilsa, ko'zlangan maqsadga erishiladi. Buyuk qomusiy olim Abu Nosir Farobiy "Shoirlarning she'r yozish san'ati qonunlari xaqida"risolasida axloq va ruhiy kayfiyatlar tavsiflaydi,xamda ulardan xar birining inson ruhiga alohida ta'siri haqida fikr yuritadi.Badiiy asarning,jumladan,she'riyatimiz tarbiyaviy ta'sirini asoslab beradi.Pedagogika fanining muhim masalalaridan biri ham tarbiyaning har bir vositasidan samarali foydalanishdir. Badiiy asarda san'ati sifatida -estetik talab,tarbiya vositasi sifatida-pedagogik talab mushtarak xolda yashaydi. Ma'lumki, ming yilllardan buyon adabiyotimiz insonparvarlik, insonga,muhabbat, ishonchg'oyalarini kuylaydi.Hozirgi kunda adabiyotimiz xilma -xil va rang - barang. Adabiyot inson qalbi va ruhidagi nozik tovlanish va ohanglarni ilg'ashga,ularni so'z vositasida aks ettirishga intladi.Eng oliy daraja, yuksak pog'onalarga chiqa oladigan badiiy adabiyot namunalari insoniyatni to'lqinlanadigan,hayojonga soladigan o'y-fikrlar, kechinmalar, orzu - umidlarni ifodalaydi.Dunyoda insinlar bir -biriga o'xshamaganidek,ularning qalb kechirmalari ham takrorlanmasdir. O'zbek adabiyoti tarixi inson ruhiy holatlarini mahorat bilan aks ettirgan durdonalarga boy.Ular hozirgi avlod ruhiyatida,qalbida ham hayojon uyg'ota oladi. Muhimi, ular faqat ma'rifiy bilimimizni oshiish bilan cheklanmay, badiiy didimiz takomiliga, ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi.
Adabiyot xalq,jamiyat hayotining o'ziga xos ifodasi hamdir. U jamiyat tarixidagi jiddiy o'zgarishlarni xilma -xil ibrozlar vositasida turli badiiy shakllarga aks ettiradi. Shunga ko'ra adabiyot va pedagogikaning bog'liqligi asosan inson qadriyatlari ularni yuksaltirish bilan bog'liq.Har bir shaxs o'sib ulg'ayib voyaga yetar ekan avvalo o'z tarixi urf-odatlarini vatanni tarixini o'rganishi kerak bo'ladi.Inson o'z jamiyatida o'rnini topishi uchun ham g'o'zal xulq odob kuchli bilimga ega bo'lishi uchun adabiyotga mehr berib o'rganmog'i zarur. Insonni, uning ma'naviy olamini kashf etadigan qudratli vosita borki, u ham bo'lsa, so'z sa'nati,badiiyadabiyotdir. Adabiyotni
inson ruhinng muhandislaridir.Adabiyot, so'z sa'nati azaldan xalq qalbining ifodasichi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib keladi.
Demak,adabiyot har bir shaxsning dunyoqarashi,so'z boyligini oshiradi.Ularni yod g'oyalarga qarshi kuchaytiruvchi kuch sifatida tarbiyalaydi.Shu bilan birga, kitob o'qish insonlaarni o'z xoxish istaklari va manfatlarini o'ylashdan voz kechib,umumiy maqsad yo'lida birlashishga undaydi. Zero, kitob -qalbni yorutuvchi oftob!
REFERENCES
1. O'zbek mumtoz adabiyoti namunalari.2003-yil
2. O'zbek adaboyoti tarixi.
3. O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi.
4. Pedagogika tarixi. Hoshimov Komiljon. Nishonova Sanobar.