Научная статья на тему 'PEDAGOGIKA FANLARI MAZMUNINI BOʻLAJAK OʻQITUVCHI SHAXSINI INSONPARVARLIK KOMMUNIKATIV RIVOJLANTIRISHGA YOʻNALTIRISH'

PEDAGOGIKA FANLARI MAZMUNINI BOʻLAJAK OʻQITUVCHI SHAXSINI INSONPARVARLIK KOMMUNIKATIV RIVOJLANTIRISHGA YOʻNALTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kommunikativ kompetentlik / kommunikativ koʻnikmalar / kasbiy qiziqishlar / motivatsiya / kasbiy muloqot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Primov Sh.K.

Maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ kompeten-siyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari haqida fikrlar keltirilgan. Pedagogika fanlarining mazmuni pedagogika oliy o`quvyurtlari talabalarining kommunikativ kompetensiyasining insonparvarlik asoslarini rivojlantirishga qaratilgan. Taʼlimning shaxsga yoʻnaltirilganligi, oʻquvchiga qaratilganligi va oʻqituvchining oʻquvchilar bilan oʻzaro munosabati, maʼnaviy-axloqiy jihati,insonparvarlik qadriyatlari almashinuvi jarayoni koʻrib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIKA FANLARI MAZMUNINI BOʻLAJAK OʻQITUVCHI SHAXSINI INSONPARVARLIK KOMMUNIKATIV RIVOJLANTIRISHGA YOʻNALTIRISH»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

PEDAGOGIKA FANLARI MAZMUNINI BOLAJAK OQITUVCHI SHAXSINI INSONPARVARLIK KOMMUNIKATIV RIVOJLANTIRISHGA YONALTIRISH

Primov Sh.K.

Jizzax davlat pedagogika universiteti pedagogika fanlari bo'yicha

falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.11348736

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 24- May 2024 yil Nashr qilindi: 27- May 2024 yil

KEY WORDS

kommunikativ kompetentlik, kommunikativ ko'nikmalar, kasbiy qiziqishlar, motivatsiya, kasbiy muloqot.

Maqolada bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ kompeten-siyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari haqida fikrlar keltirilgan. Pedagogika fanlarining mazmuni pedagogika oliy o^quvyurtlari talabalarining kommunikativ kompetensiyasining insonparvarlik asoslarini rivojlantirishga qaratilgan. Ta'limning shaxsga yo'naltirilganligi, o'quvchiga qaratilganligi va o'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro munosabati, ma'naviy-axloqiy jihati, insonparvarlik qadriyatlari almashinuvi jarayoni ko'rib chiqilgan.

O'zbekston Respublikasi ta'lim muassasalarida bo'lajak pedagogning kommunikativ kompetentligi uning talabalar jamoasi, ota-onalar, hamkasblar u bilan muloqotga kirishishning samarali mexanizmlarini tatbiq etishning me'yoriy asoslari yaratilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "Pedagog kadrlarning kasbiy mahorati sifati va saviyasini uzluksiz yuksaltirish"[1] kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Bu ijtimoiy jarayonlarda, kasbiy muloqot saviyasini oshirishga sharoitlar yaratadi.

Ta'limda o'zgarishlarning asosiy yo'nalishi - bu uning insonparvarlikka yo'naltirishining rivoji. Ushbu kon-tekstdagi ta'lim shaxsga yo'naltirilgan, o'quvchiga qaratilgan ta'lim sifatida qo'rib chiqiladi. O'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaro munosabatining ma'naviy-axloqiy jihati va insonparvarlik qadriyatlarning almashinuvi jarayoni pedagogik faoliyatda birinchi darajaga chiqadi[2].

Muloqot faoliyatda jadal va samarali muloqot jarayonida amalga oshirilishi mumkin. O'qituvchi uchun muloqot faoliyat maqsadi, mazmuni va usuli sifatida oldinga chiqadi, shunga ko'ra, pedagogda kommu-nikativ qobiliyatlar, malaka, ko'nikma va "kommunikativ kompetentlik" umumiy tushunchasida asoslangan barcha xususiyatlarni rivojlantirish zarurati yuzaga keladi.

"Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi psixologik-pedagogik adabiyotlarda yangilik emas. Mazkur hodisa psixologiya fanida ham faol o'rganiladi. Shifokorlarning kommunikativ kompetentligini o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot ishlari mavjud (N.V.Yakovleva, L.A.Svetkova va boshqalar).

Mazkur tushunchaning aynan o'qituvchilik kasbiy-mutaxassisligiga nisbatan o'rganishlar bo'yicha tadqiq qilingan tadqiqot ishlar deyarli mavjud emas. Pedagogik faoliyat mohiyatini juda ko'p aspektli hamda ko'p tomonli mazmun-mohiyatga ega. Uning asosiy

yo'nalishlarini - bu pedagogik faoliyatning individual metodi, kommunikativ tayyorligi, o'qituvchining psixologik-pedagogik kompetentligi, pedagogik madaniyat, kommunikativ madaniyat, kommu-nikativ o'zaro ta'sir kabilarni ajratib ko'rsatish mumkin[3].

Tadqiqot yo'nalishlari ro'yxatini davom ettirish mumkin. Biroq barcha tadqiqot ishlarini birlashtiruvchi, qandaydir umumiy tushuncha mavjud - bu o'qituvchining faoliyatida muloqot, kommunikatsiya asosiy o'rin tutishi faktining so'zsiz qabul qilinishi. Bundan tashqari, qator tadqiqotlarda pedagogik faoliyatda muvaffaqiyatli ish yuritishni ta'minlovchi o'qituvchining kommu-nikativ qobiliyat va malakalari ko'rib chiqilgan.

Bo'lajak o'qituvchilarning kommunikativ qobiliyatlari turli tushunchalar bilan: "pedagogik mahorat", "malakaviy tavsif", pedagogik ta'lim nazariyasida o'qituvchiga kasbiy-professional asoslangan talablar turli tushunchalar bilan ifodalangan: "pedagogik mahorat", "shaxsning professiogrammasi", "professional tayyorlik", "kasbiy-professional kompetentlik" bilan ifodalangan. Umuman olganda, yuqorida sanab o'tilgan, bir hodisani tavsiflovchi pedagogik toifalar alohida mazmuniy jihatlariga ega va turli kontekstlarda qo'llaniladi.

Pedagogik mahorat, eng avvalo, o'qituvchining faoliyati tuzilishida kommunikativ komponentlarning mavjudligi pedagog faoliyatida ularning nisbati va pedagogik qobiliyat darajasining belgilanishi bilan ta'minlanadi.

O'qituvchilar faoliyatining tavsifnomasi bilan bog'liq ayrim tushunchalar yanada chuqur va har tomonlama ko'rib chiqishni talab etadi. Bunda "tayyorlik" va "kompetentlik" tushunchalari o'zaro yaqin tushunchalardir, biroq ularning ichki imkoniyati va amalga joriy etish aynan bir xil tushuncha bo'lmaganidek, ular ham bir xil tushuncha emas.

Tayyorlik o'qituvchiga o'z hamkasblari jamiyatiga kirish hamda kasbiy-professio-nal munosabatlarini rivojlantirish imkon beruvchi sharoitlar holatining qandaydir tavsifi bo'lsa, ichki va tashqi jihatdan obyektlashgan kompetentlik esa faqat haqiqiy faoliyatda aniqlana oladi.

Juda ham ko'p izohli lug'atlarda inson kompe-tentligi "qaysi bir sohaga oid yetarli darajada bilimga ega shaxs" sifatida belgilanadi. Shunga ko'ra, kompetentlik insonning qaysidir faoliyat sohasida bilimlari, malaka va ko'nikmalari yig'indisi sifatida belgilanishi mumkin. Kommunikativ kompetentlik esa insonga samarali muloqot qilish imkonini beruvchi qaysidir faoliyat sohasida bilimlari, malaka va ko'nikmalari yig'indisidir.

"Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi bilan yaqin aloqador bo'lgan - "shaxsning kommunikativ yadrosi" tushunchasi mavjud. "Kommunikativ yadro" tushunchasi yaqinda paydo bo'lgan va ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy psixolog A.A.Bodalev tomonidan birinchi marta qo'llanildi.

Ilmiy adabiyotlarda mazkur tushunchani faol qo'llanilganligini kuzatilmagan. Shu bilan birga, tushuncha mazmuni sermahsul va uni chuqur o'rganishga arziydi. Shaxsning kommuni-kativ yadrosini "individga to'g'ridan-to'g'ri yoki qandaydir ma'lum texnik vositalar orqali aloqaga kirishishga to'g'ri keladigan turli odamlar va jamiyatlar o'rtasida namoyon bo'ladigan birlik, munosabat va xulq-atvor" sifatida belgilaydi [4; 114-b].

O'quvchining kommunikativ yadrosi psixologik hodisa sifatida ko'rib chiqilishi har bir insonda muloqotni yanada muvaffaqiyatli amalga oshirishga imkon beruvchi asos mavjud. Bunday asos har qanday katta yoshli insonlarda ham va bolalar shaxsida ham mavjud bo'lib, kom-munikativ yadrosiga shaxsiy xususiyat va sifatlar kirishi mumkin. Aynan ular oxir-oqibat, muloqot metodi va yo'nalishini belgilaydi.

Insonparvarlik kommunikativ yadro dinamik hosila bo'lib hisoblanadi. Hayoti mobaynida, turli sabablarga ko'ra, u o'zgarishlarga uchraydi. Sabablardan biri yosh va hayotiy orttirilgan tajribalarga bilan bog'liq bo'lib hisoblanadi. Bunda ko'p jihatlar har bir shaxs rivojida sodir bo'luvchi haqiqiy kommu-nikativ vaziyatga bog'liq bo'ladi. Kommunikativ yadroga kiruvchi xususiyatlar o'zgarishi kommunikativ kompetentlikka maxsus o'qitish va rivojlanishi munosabati bilan sodir bo'lishi mumkin.

Shaxsning kommunikativ yadrosi hayotga, turli aloqalarning rivojlanishiga, pozitsiyalarni belgilash va inson kasbiy-professional faoliyatiga sezilarli ta'sir ko'rsatishi mumkin. "Inson-inson" tizimida barcha kasbiy-professional sohalarda, ayniqsa, o'qituvchilik sohasida muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Bizga ma'lumki kasbiy-mutaxassislikning noyobligi shundaki, bu yerda shaxsiy tafsilotlar kasbiy ahamiyatli bo'lib hisoblanadi. Kasbiy ahamiyatlilik jihatidan o'qituvchilik kasbining tavsifi bolalarga insonparvarlik munosabatini anglatadi, bunda pedagog shaxsining kommunikativ yadrosiga insonparvarlik, empatiya, bag'rikenglik va boshqalarni kiritish haqida xulosa qilish mumkin. Shaxsning kommunikativ yadrosi kasbiy-pro-fessional o'qituvchi faoliyatning jarayoni va natijalariga katta ta'sir ko'rsatadi. Shaxsning rivojlanishi va uning kommunikativ yadrosi kasbiy-professional faoliyat jarayonida va uning ta'sirida sodir bo'ladi.

Bo'lajak o'qituvchilarda kasb egallashda to'g'ridan-to'g'ri shaxsiy xususiyatlarga bog'liq bo'ladi. Agar talabada kommunikativ yadro shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishi, kasbiy-professional muhim bo'lgan bilimlarni egallash darajasi yetarli darajada yuqori bo'lsa, unda malaka va ko'nikmalarni egallash jarayoni ancha tez sodir bo'ladi, natijada, kasbiy-mutaxassislik mahorati, professiona-lizm, kompetentlik mavjudligi yoki uning yo'qligini belgilaydi.

Shaxs kommunikativ yadrosining kommunikativ kompetentlikka ta'siri o'zaro ta'sir sifatida tushuniladi. Bir tomondan, shaxsning kommunikativ yadrosi kommunikativ kompetentlik rivojlanish darajasini, boshqa tomondan, kommunikativ yadro tarkibiga kiruvchi shaxsiy xususiyatlarni o'zgartirishga qodir bo'lgan kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan maxsus tashkil etilgan o'qishni tushunish mumkin.

Kommunikativ kompetentlik tushunchasini "voqelik bilan munosabatda (faoliyatga, o'z-o'ziga, boshqa odamlarga) subyektiv munosabatlarning individual tuzilishi bilan bog'liq psixi-k holatlarning adekvat aks etishi va boshqa odamning shaxsiy xususiyati, uning xulq-atvorining to'g'ri bahosi, ularning asosida idrok etilayotgan shaxsning xususiyatlarini bashorotlash imkoniyatlarini ta'minlaydigan shakllanayotgan faoliyat va muloqotni butunlay shaxsiy hosila" sifatida ham tushunadilar .

Amalda kommunikativ kompetentlikni insonlar munosabatining barcha tizimlarini boshqaruvchi tabiiy va ijtimoiy olam, shuningdek, o'z-o'ziga har ikki olam uyg'unligi sifatida ma'naviy-psixologik toifa sifatida ko'rib chiqilishi mumkin.

Biroq shaxsiy xususiyatlar tavsifnomasi komponenti pedagogik qobiliyatlar, shaxsiy yo'nalganligi, kasbiy-mutaxassislikka motivatsion-maqsadli munosabatlar va shaxsiy xususiyatlar haqidagi masalani ko'rib chiqishda turli xil ta'riflar berilgan va tushunilgan ko'plab mualliflarning turli fikrlari mavjud.

Sanab o'tilgan o'qituvchining kompetentligi haqidagi turli nuqtai nazarlardan tadqiqot ishimizda foydalandik. Biroq tadqiqotchilar nuqtai nazarining muvofiq kelmasligi asosan,

pedagog uchun kasbiy ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar tanlovida, ularni asoslashda va ularning tavsiflarida kuzatiladi.

Kasbiy-professional kompetentlik tuzilishida ahamiyatga molik bo'lgan kommunikativ kompetentlik o'zini alohida qobiliyat sifatida namoyon etadi va alohida sharoitlarda boshqa odamlar o'zaro ta'sir ko'rsatadi.

"Kommunikativ kompetentlik" tushunchasi - kompleks tushuncha sababli u pedagogik qobiliyatlarga ham, o'qituvchining pedagogika va psixologiya sohasidan xabardorligiga ham, shaxsiy xususiyatlar majmuasiga ham, boshqa qobiliyatlar bilan ifodalanmaydi yoki pedagog imkoniyatlari haqidagi bunday ta'riflar bir tomonlama bo'lib hisoblanadi.

Kompetentlikni ta'riflashda foydalanilgan variantlar bilan yangilarini izlash bizga o'qituvchining kommunikativ kompetentligining ta'rifini ifodalashda o'qituvchining qadriyatli yo'nalganligi, bilimi, amaliy ko'nikma, malakalari va pedagogik muloqot jarayonida namoyon bo'ladigan haqiqiy xulq-atvori o'rtasida muvofiqlik darajasini belgilashga imkon berdi. Shu sababli kommunikativ kompetentlik tuzilishida integrativ shaxsiy hosila sifatida kamida ikki jihatini alohida ajratib ko'rsatish mumkin. Birinchi jihati kommunikativ kompetentlikning bevosita muloqot jarayonida, insonning kommunikativ xulq-atvorida namoyon bo'lishida aniqlanadi. U ikki darajaga ega bo'ladi: bevosita kommunika-siya (muloqot malakalari va ko'nikmalari) va muloqot qonuniyati haqidagi bilimlar, o'zi va bevosita muloqotdagi boshqalar haqidagi kommunikativ xususiyatlar. Ikkinchi jihatiga mazkur subyektning umumiy kommunikativ qadriyatlari, yo'nalganlik va motivatsiyaning o'ziga xosligi, uning muloqotga ehtiyoji kiradi.

Kommunikativ kompetentlikning tuzilmaviy komponentlari o'zaro bog'liq va o'zaro aloqador komponentlar, ular har qanday faol subyektning motivatsiyasi va xulq-atvori bilan bog'liq. Bunda asosiy yetakchi o'rinni egallaydi, nafaqat u yoki bu mo-tivlar mavjudligini oldindan belgilovchi, balki pedagogning bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida o'z shaxsiy harakatlariga sezilarli ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, bo'lajak o'qituvchining kasbiy ahamiyatli kommunikativ bilimlar, kommunikativ qadriyatlar va yo'nalganlik ehtiyoji yuzaga kelishini rag'batlantiradi.

Shu sababli qadriyatli yo'nalganlik va kasbiy-mutaxassisikning shaxsiy mazmuni pedagogik faoliyatning, uning insonparvarlik, demokratik yoki avtoritar- tavsifini belgilovchi individual metodi shakllanishi uchun prinsipial ahamiyat kasb etadi[5]. Pe-dagogning kasbiy-professional faoliyati ta'limning insonparvarlik kon-sepsiyasi doirasida muloqot sifatida qaraladi. U (muloqot) bolaning rivojlanishiga, uning o'zini o'zi rivojlantirishiga sharoitlar yaratishga yo'naltiriladi. Bu bizga pedagogik faoliyatning samaraliligi haqida xulosa chiqarishga imkon beradi va ko'pincha o'qituvchida qadriyatli yo'nalganlik shakllanish darajasi bilan belgilanadi. Psixologlar mazkur darajani kasbiy-professional faoliyati va uning ahamiyati bo'yicha shaxsning differensiatsiya usuli sifatida belgilaydilar.

Pedagogning kasbiy-professional ahamiyatga molik bo'lgan kommunikativ sifatlari ko'p o'rganilgan va buning natijasida muammolari ko'p bo'lmagan masala bo'lib ko'rinadi. O'qituvchilik kasbining bunday sifatlariga tadqiqotchilar turli shaxsiy xususiyatlarni kiritadilar.

Ko'pincha shaxsiy kasbiy zaruriy xususiyatlar orasida pedagogik xususiyatlarni shaxsiy, didaktik, tashkiliy-kommunikativ kabi uchta guruhga bo'ladilar. Kasbiy-professional muhim xususiyatlarga ko'plab yondashuvlarda o'ziga xos xususiyat (jumladan, shaxsiy)

sifatida pedagogik qobiliyatlar ko'rsatilgan. Pedagogik adabiyotlarda shaxsiy xususiyatlar ro'yxati ham juda turli tarzda berilgan.

O'z faoliyatida muvaffaqiyatli pedagog ega bo'lishi shart bo'lgan yagona va takrorlanmas xususiyatlar jamlanmasini topish qiyin. Shaxsiy rag'batlantirish mexanizmi mavjud bo'lmagan bir shaxsiy xususiyatni boshqasi bilan almashtira oladi. Shu tariqa, pedagog uchun xos bo'lishi shart bo'lgan xususiyatlarni ko'rsatishning imkoni bo'lmasa ham, pedagogik muloqot tavsifi va pedagogik muloqot xususiyatlari bilan uzviy bog'liq (nazorat qiluvchi) xususiyatlar haqida fikr yuritish mumkin.

O'qituvchining uning o'quvchilar bilan samarali va sermahsul muloqotiga yordam beruvchi shunday kommunikativ ahamiyatli xususiyatlari alohida qiziqish uyg'otadi. Muloqotning samaraliligi va sermahsulligi haqida fikr yuritib, muloqot nafaqat o'qituvchi, balki o'quvchilar uchun ham shunday ahamiyatga molik bo'lishiga ishonamiz, ya'ni bunday muloqot manipulyatsiyani istisno qilib, o'quvchilar rivojlanishi va o'zini o'zi rivojlantirishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

"O'qituvchi - o'quvchi" tizimida muloqot, odatiy hayotdagi odamlar orasidagi shunchaki o'zaro ta'sir aloqalarini emas, balki ancha chuqur funksiyani bajaradi. Mazkur funksiya pedagogik muloqotda amalga oshadi. Psixologik-pedagogik adabiyotlar tahlili bizga pedagogik muloqotning qator xususiyatlarini ajratib ko'rsatishga imkon beradi. Ya'ni, pedagogning bolalarga qadriyatli munosabati, o'qituvchining o'quvchilar bilan o'zaromunosabatining dinamik pozitsiyasi, o'quvchilar ishonchini qozonish, o'qituvchining o'quvchilar bilan pedagogik taktikaga, ma'naviy-axloqiy me'yorlar va boshqalarga amal qilishi lozim. Pedagogik muloqotning barcha xususiyatlari pedagogik fikrlar rivojlanishining zamonaviy bosqichida, eng avvalo, u (pedagogik muloqot) insonparvarlikka asoslanishi shart ekanligidan guvohlik beradi. O'qituvchi o'quvchi bilan muloqotining insonparvarlashtirish g'oyasining metodologik tomoni bir qator pozitsiyalarga tayanadi. Har bir o'quvchining takrorlanmasligi, noyobligi va qadr-qimmatini tan olish, bolani qanday bo'lsa, shunday unga xos bo'lgan barcha xislat va xususiyatlar bilan so'zsiz qabul qilish hamda bolani har qanday yoshda ham shaxs sifatida alohida xususiyatli olamda uning huquqlari, xohish-istaklari, ehtiyojlari, qiziqishlarini idrok etish lozim.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi farmoni.

2. Abdullaeva B.S. Fanlararo aloqadorlikning metodologik- didaktik asoslari (Ijtimoiy-gumanitar yo'nalishlardagi akademik litseylarda matematika o'qitish misolida).: p.f.n. diss. -Toshkent: TDPU. 2006. - 49 b.

3. Abduqodirov A.A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent: Iste'dod, 2008. - 180 b.

4. Primov Sh.Q. Bo'lajak o'qituvchilar kommunikativ kompetentligini rivojlantirish: Dis. ... ped. fan. nom. (PhD) - Toshkent, 2020. - 114 b.

5. Djurayev R.H. Ta'limda interfaol texnologiyalar. - Toshkent, 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.