Научная статья на тему 'PEDAGOGIK VA TEXNIK BILIMLARNI INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH'

PEDAGOGIK VA TEXNIK BILIMLARNI INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
121
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Amaliy ko‘nikma / kasbiy yo‘nalganlik / aksiologik / ijodiy faollik / kommunikativlik / tamoyil / yondashuv. / Practical ability / professional orientation / axiological / creative activity / communicativeness / principle / approach.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Raximov, Sarvar Ibragimovich

Ushbu maqolada Pedagogik va texnik bilimlarni integratsiyalash asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayerlashning metodik tizimini takomillashtirish, funksiyalari, bo‘lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF METHODICAL SYSTEM OF PREPARATION OF STUDENTS FOR PROFESSIONAL ACTIVITY ON THE BASIS OF INTEGRATION OF PEDAGOGICAL AND TECHNICAL KNOWLEDGE

This article deals with the improvement of the methodological system of preparation of students for professional activity on the basis of the integration of pedagogical and technical knowledge, its functions, the stages of preparation of future educators for professional activity.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK VA TEXNIK BILIMLARNI INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH»

PEDAGOGIK VA TEXNIK BILIMLARNI INTEGRATSIYALASH ASOSIDA TALABALARNI KASBIY FAOLIYATGA TAYYORLASHNING METODIK TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Raximov Sarvar Ibragimovich

Urganch davlat universiteti "Transport tizimlari" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Pedagogik va texnik bilimlarni integratsiyalash asosida talabalarni kasbiy faoliyatga tayerlashning metodik tizimini takomillashtirish, funksiyalari, bo 'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlari haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: Amaliy ko 'nikma, kasbiy yo 'nalganlik, aksiologik, ijodiy faollik, kommunikativlik, tamoyil, yondashuv.

ABSTRACT

This article deals with the improvement of the methodological system of preparation of students for professional activity on the basis of the integration of pedagogical and technical knowledge, its functions, the stages of preparation of future educators for professional activity.

Keywords: Practical ability, professional orientation, axiological, creative activity, communicativeness, principle, approach.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматривается совершенствование методической системы подготовки студентов к профессиональной деятельности на основе интеграции педагогических и технических знаний, ее функции, этапы подготовки будущих педагогов к профессиональной деятельности.

Ключевые слова: практические способности, профессиональная направленность, аксиология, творческая деятельность, коммуникативность, принцип, подход.

KIRISH

Oliy o'quv yurtlaridagi kasb ta'limi - bu pedagogning talabalar bilan hamkorlikda rejali tashkil qilingan faoliyati bo'lib, u talabalarning zamonaviy ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi darajasiga mos kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarni egallashga, talabalar ma'naviy ongini tarbiyalashga, ularning aqliy va jismoniy qudrati va qobiliyatlarini rivojlantirish, ishlab chiqarish texnikasi, texnologiyasi, tashkiliy iqtisodiy asoslari to'g'risidagi ilmiy tushunchalarni, mehnatga ijodiy munosabatni shakllantirishga yo'naltirilganidadir.

590

Shunday qilib, ta'limning boshqa turlarida bo'lgani kabi mehnat va kasb ta'limida ham ikki jihat farqlanadi. Ulardan birinchisi - talaba faoliyati tomonidan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi. Bu jihat ta'lim olish deb ataladi. Ikkinchi jihat, talaba faoliyati bo'lib, talabaning bilim va amaliy faoliyatini boshqarish bilan bog'liq jarayon nazariy ta'limda o'qitish deb, kasb ta'limda yo'riqnoma berish deb yuritiladi. Ta'lim berish jarayonini boshqarish ta'lim jarayoni mazmunini aniq belgilash va uni to'g'ri taqsimlashni ko'zda tutadi. O'rganilishi lozim bo'lgan materiallar va uni o'zlashtirishga yo'naltirilgan talaba faoliyati nisbatan tugallangan qism yoki bo'laklarga ajratiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Amaliy ko'nikma va malakalarni egallash uchun talaba asoslari o'zlashtirilayotgan kasb-hunarga mos bo'lgan mehnat mashqlari va ishlab chiqarish topshiriqlarini bajarishi lozim. Biroq ishlab chiqarish mashqlari o'z-o'zidan mehnatni amalga oshirish jarayonini takomillashtirish usullarini egallashga xizmat qilmaydi. Bunga erishish uchun talabalarni ishlab chiqarish mehnati jarayonini o'quv-tarbiyaviy maqsadlarga bo'ysun-dirish lozim bo'ladi; ma'lum malaka va ko'nikmalar shakllanishiga xizmat qiluvchi ishlarni tanlash, talabalarni ushbu ishlar va ularga rahbarlik qilishga tayyorlash maqsadga muvofiq. Tadqiqot natijalari asosida pedagogik amaliyot vositasida bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayrlashning tashkiliy modeli ishlab chiqildi. Model o'zida maqsadga yo'naltirilgan, boshqariluvchan tavsifga ega bo'lib, maqsadga yo'naltirilgan, metodologik, mazmunli, baholovchi-natijaviy bloklarni o'zida aks ettirdi. Metodologik blok kasbiy yo'nalganlik, aksiologik, ijodiy faollik va kommunikativlik tamoyillariga asoslangan faoliyatli yondashuvni o'z ichiga qamrab oldi. Mazmunli blok malakaviy pedagogik amaliyotning tarkibiy asoslari, funksiyalari, bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash bosqichlarini qamrab oldi. Baholovchi-natijaviy blok bo'lajak tarbiyachilarni kasbiy faoliyatga tayyorgarlik darajasini baholash mezonlari va darajalari o'zida aks ettirdi. Quyida malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish shakllariga qisqacha to'xtalib o'tamiz. Tashkiliy konferensiya. Mazkur faoliyatni tashkil etish shaklining asosiy maqsadi talabalarga malakaviy pedagogik amaliyotning maqsadi, tamoyillari va vazifalarini ochib berishdan iborat. Malakaviy pedagogik amaliyot dasturi taqdim etiladi, uni amalga oshirish maqsadi va vositalari, amalga oshiriladigan ishlar umumlashgan tarzda bayon etiladi. Inson o'zining tashqi dunyoga bo'lgan munosabatini faoliyat orqali ifodalaydi. Faoliyat - bu insonning muhit bilan faol o'zaro aloqasi bo'lib, bunda u o'zida hosil bo'lgan ma'lum

ehtiyojlarini qondirish uchun fikran qo'yilgan maqsadga erishadi. Maqsad deganda

591

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

inson o'zining u yoki bu ehtiyojini qondirish yo'lida tashkil etilayotgan harakatining ko'zda tutil-gan natijasidir. Harakat - bu faoliyatning nisbatan yakunlangan elementi bo'lib, bu jarayonda yanada soddaroq, bo'laklarga bo'linmaydigan ma'lum anglangan maqsadga erishiladi. Inson faoliyatida uning tashqi (jismoniy) va ichki (ruhiy) jihatlari chambarchas bog'langandir. Tashqi jihat - tashqi olamga ta'sir ko'rsatish uchun amalga oshiriladigan harakatlar: iroda, bilish, sabab kabi ichki (ruhiy) faoliyat vositasida amalga oshiriladi va boshqariladi. Ichki ruhiy faoliyat o'z navbatida buyumlar, jarayonlar, xossalarni, ulardagi o'zgarishlar maqsadini belgilovchi ruhiy modelli mutanosiblikni aniqlaydi, shuningdek, olingan va kutilgan natijalarni tashqi faoliyat vositasida yo'naltiradi va nazorat qiladi. Bunda ikki turdagi jarayonlar: interiorizatsiya va eksteriorizatsiya muhim vazifani amalga oshiradi. Interiorizatsiya - bu tashqi, moddiy harakatdan ichki ideal harakatga o'tish jarayonidir. Interiorizatsiya tufayli inson psixikasi berilgan vaqtda ko'rish maydonida bo'lmagan buyumlar obrazlari bilan amallarni bajarish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunda so'z o'tish jarayonining muhim quroli bo'lib, so'zlashuv harakati asosiy vosita vazifasini bajaradi. Bu faoliyatning alohida turi hisoblanadi. U amaliy va nazariy faoliyatda rejalashtiruvchi bosqich sifatida yuzaga keladi. Ichki va tashqi so'zlashuv usullari mavjud. Odatda ichki so'zlashuv tashqisining asosida vujudga keladi. Tashqi so'zla- shuvning ichki so'zlashuvga o'tishida tashqi so'zlashuv strukturasining qisqaruvi kuzatiladi, ichki so'zlashuvning tashqi so'zlashuvga o'tishi esa aksincha, uning mantiqiy va grammatik jihatdan mos ravishda kengayib borishini talab qiladi. Bu ikkala qism ham turli faoliyat turlari, xususan, harakatning bosqichma-bosqich takomillashib borish jarayonida muayyan kasbiy faoliyat yoki harakat elementlarini o'zlashtirishda ham muhim tashkiliy qism bo'lib xizmat qiladi.

Eksteriorizatsiya - bu ichki ruhiy xarakatning tashqi harakatlarga o'tish jarayonidir. Interiorizatsiya va eksteriorizatsiya jarayoni ularning tashqi (jismoniy) va ichki (ruhiy) jihatlari o'zaro bog'liqligi sababli faoliyat jarayonida uzviy aloqadorlik xususiyatini kasb etadi. Bu jarayonlar tahlili mehnat va kasb ta'limida muhim ahamiyatga egadir.

Faoliyatning tashqi jihati harakat orqali ifodalanishi tufayli ularni mexanik, fiziologik, psixologik nuqtai nazardan tavsiflash mumkin. Mexanik jihatdan harakatning xususiyatlari uning traektoriyasi, maromi va kuchi bilan belgilanadi. Ishchi harakatlarni o'zlashtirishning fiziologik jihati harakatning traektoriyasi, maromi va kuchini energiya sarfi va toliqish ko'rsatkich-larini kamaytirish, shuningdek, ma'lum ishchi harakatlarni o'zlashti-rishdagi mashqlarni fiziologik jihatdan asoslashni nazarda tutadi. Ishchi harakatlarni fiziologik jihatlarini asoslash

psixologik jihatlar bilan uzviy bog'liq ravishda olib borilishi lozim, chunki psixogen faktorlar (ma'lum yumush va uning mazmuniga qiziqish, mehnat sharoitlari va boshqalar) toliqish va ish qobiliyatining pasayishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Harakatlarning bajarilishi uning mohiyatini natijalarga uzluksiz ravishda taqqoslash vositasida nazorat qilinib, kuzatib boriladi. Harakatlarni boshqarish qaytar aloqa prinsipi asosida olib boriladi. Bunday aloqa vositasi sifatida sezgi organlari harakat yo'naltiruvchisi vazifasini bajaruvchi buyum va harakat belgilari ma'lumot manbai bo'lib xizmat qiladi. Yo'naltiruvchilar harakat natijasini o'z-o'zidan emas, balki tashkil etiluvchi faoliyat maqsadiga muvofiq ravishda belgilaydilar. Masalan: shofyor mashinani tormozlashda pedalga beradigan kuchni harakat tezligi, yo'l holati, mashina massasi va boshqa ko'rsatkichlarga nisbatan muvofiq-lashtiradi. Shunday qilib, harakatlarni nazorat qilish va to'g'rilash aso-sida ongda maqsad sifatida mavjud bo'lgan, kutilayotgan harakat obrazla-rini olingan natijalar bilan taqqoslash asosida sezgi organlari va muskul harakatlarining o'zaro mutanosib ravishda ishlashini ta'minlash holati yotadi. Ta'lim jarayonida yo'lga qo'yiluvchi faoliyatlar ko'p jihatdan ma'lum harakatlarni bosqichma-bosqich takomillashtirish qonuniyatiga asoslangan bo'lib, u o'zlashtirish jarayoni, uning bosqichlari tahlili va mohiyatining ochib berilishi hamda o'rganuvchining har bir bosqichdagi faoliyatini qurish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqishga yo'naltiriladi. Qonuniyatning markaziy tushunchasi -o'rganuvchining xarakteri bo'lib, u shakli, umumlashish darajasi, o'zlashtirish me'yori kabi tushunchalar bilan tavsiflanadi. Gap shundaki, har bir holatda ta'lim mazmuni talaba uchun yangi bo'lgan yoki uning tomonidan to'liq o'zlashtirilmagan usul, operatsiya va jarayon-lardan iborat bo'lgan. Ilgari o'zlashtirilgan harakatlar keyingilarini o'zlashtirish uchun vosita bo'lib xizmat qiladi. Ta'lim mazmunini tashkil etuvchi qismlarga ajratishda o'qituvchi avvalo mazkur ko'nikmaning mehnat jihatidan emas, balki o'zlashtirish jihatidan murakkabligini e'tiborga olish lozim bo'ladi. Shu sababli talabaning tayyorgarligiga bog'liq holda ajratilgan qism bir holatda butun mehnat jarayonini, boshqa bir holatda operatsiyani; yana bir holatda yagona usulni qamrab olish mumkin. Talabalarning yangi ko'nikmalarni tez va to'g'ri egallashlari uchun qator hollarda real mehnat vazifalaridan foydalanish maqsadga muvofiq emas.

XULOSA

Yangi o'rganayotgan talabaga garchi u avvaldan uning tarkibiga kiruvchi operatsiyani egallagan bo'lsada juda murakkab bo'lib ko'rinishi mumkin. Bundan tashqari real mehnat faoliyati sharoitida alohida o'rganish uchun ba'zi mehnat

operatsiyalarini ajratib o'rganish va ularni takrorlashi ba'zi hollarda mumkin bo'lmay

593

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

O

R

VOLUME 1 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

qoladi. Bunday hollarda o'quv maqsadlarida mehnat faoliyatini modellashtirishning turli usullari qo'llaniladi: oddiy qurollar yordamida bajariluvchi mashqlar, trenajerlarni qo'llash, aqliy vazifalarni hal qilish va hokazolar zarur. Har qanday ko'nikmaning shakllanish jarayonida agar talaba o'rganayotgan harakatining ahamiyatini tushunmasa, uning maqsadi va mazmunini anglab yetmasa talab darajasida bo'lmaydi. Talaba o'z harakatlari mevasini o'zi aniq tasavvur qila olishi lozim, ya'ni - mehnati mahsuli (uning miqdoriy xususiyatlari va talablari), mehnat predmeti (jarayonni to'g'ri bajarishda hisobga olinishi lozim bo'lgan materiallar xususiyatlari), mehnat qurollari (mashina, qurilma, asbob va moslamalar) hamda mehnat jarayonining mohiyatini (u tarkib topadigan barcha harakatlar) to'laqonli anglashi, shuningdek, ularning vazifaning to'g'ri bajarilishini ta'min-lovchi harakatning ob'ektiv shartlari deb bilish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi oliy ta'limning me'yoriy hujjatlari. - T.: 2001. - 138 b.

2. O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim konsepsiyasi. - T., 2008. - 24 b.

3. Bola shaxsini rivojlantirish Davlat talablari. - T.: 2018.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv davlat dasturi. - T. 2018.

5. Barkamol avlod yili. Davlat dasturi. - T.: O'zbekiston, 2010- 79 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.