Научная статья на тему 'PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
20
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
гражданская компетенция / совершенствование / педагогика сотрудничества / высшее военное образовательное учреждение.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xaydarov Kozimbek Abdixakimovich

В статье речь идёт о cовершенствовании гражданской компетенции у будущих офицеров на основе педагогики сотрудничества.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA BO‘LAJAK OFITSERLARDA FUQAROLIK KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

PEDAGOGIK HAMKORLIK ASOSIDA BO'LAJAK OFITSERLARDA FUQAROLIK

KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Xaydarov Kozimbek Abdixakimovich

O'zbekiston milliy universiteti Harbiy tayyorgarlik o'quv markazi boshlig'i, dotsent, polkovnik

https://doi.org/10.5281/zenodo.10115738

Аннотация. В статье речь идёт о совершенствовании гражданской компетенции у будущих офицеров на основе педагогики сотрудничества.

Ключевые слова: гражданская компетенция, совершенствование, педагогика сотрудничества, высшее военное образовательное учреждение.

Abstract. The article deals with the improvement of civilian competence of future officers on the basis of pedagogy of cooperation

Keywords: civil competence, improvement, pedagogy of cooperation, higher military educational institution.

Bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirishning pedagogik modellarini takomillashtirish, fuqarolarni turli tahdidlardan himoya qilish maqsadida shaxsni himoya qilish, uning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan amaliy loyihalarni amalga oshirish bo'yicha tizimli ishlar olib borilmoqda.

So'nggi yillarda mamlakatimizda kompleks yondashuv asosida bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish bo'yicha texnologiyalar qo'llanilmoqda, jamiyatimizda qabul qilingan shaxsning ma'naviy-axloqiy meyorlarini o'rganishi va qo'llashi, ularning faoliyatini samarali tashkil etish uchun bilim va ko'nikmalarni qo'llash maqsadida normativ-huquqiy ta'minotni takomillashtirishi mumkin bo'lgan ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirishda asos ishlab chiqilmoqda.

Shu munosabat bilan, zamonaviy sharoitda respublikada jamoat xavfsizligini ta'minlash uchun bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishning maqbul usullarini tanlash bo'yicha pedagogik imkoniyatlar kengaymoqda. "Yangi O'zbekistonni 2022-2026 yillarda rivojlantirish strategiyasi"da "yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta'sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo'lgan qat'iy ishonch va qarashlarga ega shaxs sifatida tarbiyalash..." [1] kabi vazifalarni belgilanganligi bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetensiyalarini rivojlantirish ehtiyojini yanada oshiradi. Buning uchun bugungi jiddiy qiyinchiliklar va oldindan aytish qiyin bo'lgan tahdidlarni samarali bartaraf etishga qodir bo'lgan milliy armiya asoslarini yanada mustahkamlash zarur.

Ta'limning o'rnini hisobga olgan holda ijtimoiy va inson taraqqiyotida xalqaro hamjamiyat ta'lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solish uchun xalqaro huquqiy normalar ishlab chiqilgan. 1948 yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasi qabul qilgan Inson huquqlari va erkinliklari umumjahon deklaratsiyasida har bir insonning ta'lim olish huquqi e'tirof etilgan va kamsitilmaslik tamoyili tasdiqlangan. Unda ta'lim sohasidagi har qanday kamsitish inson huquqlarining buzilishi hisoblanadi [2].

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va Bola huquqlari to'g'risidagi Konvensiyaga asoslangan Jomtien konferensiyasi hujjatida har bir bola, yoshlar va kattalar o'zining asosiy ta'lim ehtiyojlarini qondiradigan ta'lim olish huquqiga ega ekanligi e'lon qilindi [3]. Bundan tashqari,

insonga ko'p qutbli dunyoni bilish, unda harakat qilish, yashash va boshqalar bilan birga yashashni o'rganish imkoniyatini beradigan ta'lim haqida so'z yuritiladi.

Ta'lim tizimi har bir shaxsning iste'dodi va salohiyatini yuzaga chiqarishga ko'maklashishi, shaxsning rivojlanishini rag'batlantirishi, odamlar o'z hayotini yaxshilashi, jamiyatni o'zgartirishi mumkinligi ta'kidlandi.

YUNESKO, UNISEF, BMTTD va Jahon banki hukumatlarni uchta asosiy maqsadga erishish uchun harajatlar hisobini qayta yaratishni taklif qildi va "Ta'lim hamma uchun" strategiyasini amalga oshirishning o'n yillik hisobotini yakunladi.

Dakar forumi inson taraqqiyotining muhim tarkibiy qismi sifatida ta'limga e'tiborni yanada kuchaytirdi. Forumning asosiy hujjatida "Dakar harakat doirasi. Ta'lim hamma uchun: majburiyatlarni bajarish" mavzusida ta'lim insonning asosiy huquqlaridan biri bo'lib, barqaror rivojlanish, davlat ichidagi tinchlik va barqarorlik, mamlakatlar o'rtasidagi yaxshi qo'shnichilik munosabatlarining kaliti ekanligini yana bir bor tasdiqladi [4]. Ta'lim turli globallashuv jarayonlarini boshidan kechirayotgan XXI asrda insonlarning jamiyat hayoti va iqtisodiyotida samarali ishtirok etishining zarur vositasi sifatida xizmat qiladi.

Jomtien va Dakar forumlari tomonidan ta'lim sohasida ishlab chiqilgan tamoyillar 1998 yilda Parijda YUNESKO tomonidan o'tkazilgan oliy ta'lim bo'yicha Butunjahon konferensiyasi g'oyalari va yo'riqnomalari bilan uzviy ravishda to'ldirilib, unda ijtimoiy, shaxsiy, ma'naviy-axloqiy munosabatlarning zaiflashuvidan jiddiy xavotir bildirilgan. Ushbu forum barcha mamlakatlar hukumatlariga oliy ta'limning mavjudligi va uni olish uchun teng imkoniyatlarni ta'minlashni ta'lim siyosatining yetakchi yo'nalishiga aylantirishni tavsiya qildi.

1948 yil dekabr oyida BMT Bosh Assambleyasida qabul qilingan Inson huquqlari va erkinliklari umumjahon deklaratsiyasida har bir insonning ta'lim olish huquqi e'tirof etilgan va kamsitilmaslik tamoyili tasdiqlangan. Ta'lim sohasida har qanday kamsitish inson huquqlarining buzilishi ekanligi ta'kidlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ta'limni rag'batlantirishni nafaqat munosib va asosiy maqsad, balki odamlar ongida tinchlik poydevorini yaratish vositasi sifatida ko'radi.

Uyimiz va oilalarimizda totuvlik, bag'rikenglik, o'zaro tushunish va tinchlikni o'rgatmagunimizcha va o'rganmagunimizcha, jamiyatimizda bu qadriyatlarni hayotga tatbiq etishga tayyor bo'lolmaymiz.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlari va tashabbuslari tufayli, xususan, ta'lim sohasida tub o'zgarishlar amalga oshirilmoqda [5]. 2008-yil 12-sentabrda respublika hukumati tomonidan XMTning mazkur Konvensiyalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakatlar rejasi qabul qilindi, uning asosida davlat organlari, ish beruvchilar va ota-onalarning qonun oldidagi javobgarligi va amaliyoti ushbu Konvensiyalarga muvofiqlashtirildi. Shunga asoslanib, jamiyatimizda jamiyatdagi tub o'zgarishlar bilan bir qatorda shaxsning milliy va jahon madaniyatiga integratsiyalashuviga ko'maklashishga qaratilgan yangi ta'lim tizimini rivojlantirish vazifalari belgilangan.

Bugungi kunda respublikaning oliy harbiy ta'lim tashkilotlarida bo'lajak ofitserlarni Umumharbiy nizomlarga tayangan holda bir-biriga nisbatan e'tiborli munosabatda bo'lishini shakllantirish zarur. Fuqarolik kompetentsiyasining ushbu funktsiyalari ma'lum bir shaxsning muayyan sharoitlarda xatti-harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, bu uning fuqarolik kompetentsiyasini pedagogik hamkorlik asosida ko'rib chiqish masalasining dolzarbligini asoslaydi. Fuqarolik kompetentsiyasini, shuningdek, ma'naviyatni, jamiyatda muvaffaqiyatli

sotsializatsiya qilish qobiliyati va ko'nikmalarini rivojlantirishning eng muhim vazifasini hal qilish uchun bo'lajak ofitserlar fikrlash doirasining kengligi va malakali kadrlar tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlari haqida bilimga ega bo'lishlari kerak.

S.U.Xodjaniyazovning fikricha, "xalqaro hamkorlikning kengayishi, ayniqsa, akademik harakatchanlik dasturlari kabi xalqarolashtirishning muhim jihati, zamonaviy oliy ta'lim rivojlanishining asosiy tendentsiyalaridan biri bo'lib, oliy ta'lim muassasalari uchun ta'limni tashkil etish texnologiyasiga turli yondashuvlarni hisobga olish va o'zaro muvofiqlashtirish muammosini keskin keltirib chiqarmoqda" [6, 534-b.].

Zamonaviy kadrlar tayyorlashning bu jihati dunyoning barcha mamlakatlarida keng rivojlangan. Mamlakatimizda hozirgi davrning o'ziga xosligi, butun davlat tizimi, jamiyat hayoti va ular bilan birga oliy ta'lim tizimi modernizatsiya qilingani, bu boradagi muammolarni hal etishga qaratilganligi bilan bog'liq raqobatbardosh, zamon talablariga javob beradigan mutaxassis bo'lib yetishishi bizning maqsadimizdir. Davlatimizdagi ijtimoiy-siyosiy iqlimning o'zgarishi, uning iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlarga yo'naltirilganligi, barcha tarmoqlarining rivojlanishi, umumiy shart-sharoitlar ushbu tarixiy davrda oliy ta'limni rivojlantirishning asosiy omili sifatida mustaqil O'zbekiston fuqarolarining yangi avlodini shakllantirish zaruratini belgilab beradi.

Bugungi kunda fuqarolarni mamlakatning ma'naviy-siyosiy qadriyatlariga sadoqatini ta'minlash, ularda ushbu qadriyatlarni asrab-avaylash va himoya qilish qobiliyati va tayyorgarligini rivojlantirishi mumkin bo'lgan yagona ijtimoiy kontekst har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish murakkab bo'lib, ularning kundalik kelajakdagi kasbiy faoliyatida fuqarolik shaxsiy pozitsiyasini namoyon etish imkoniyatini beradi.

Bo'lajak ofitserlarning qobiliyatlariga qarab ta'lim-tarbiya faoliyatini farqlashga o'quv jarayonining o'zgaruvchanligi tufayli erishiladi: o'quv materialini o'rganish tempi; bo'lajak ofitserlarga o'quv fanlarini chuqur o'rganish jarayonida o'zlariga taalluqli yo'nalishini tanlash imkoniyatini berish; o'quv vazifalarini bo'lajak ofitserlarning yakka tartibdagi imkoniyatlariga moslashtirish.

Bo'lajak ofitserlarning fuqarolik kompetentsiyasining mazmuni umuminsoniy qadriyatlarni biladigan, fuqarolik mas'uliyatga ega, o'z huquq va majburiyatlarini biladigan, ularni hayot jarayonida to'g'ri qo'llaydigan kursantning ma'naviy, axloqiy va shaxsiy fazilatlarini o'rganish va asoslashni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, pedagogik hamkorlik asosida bo'lajak ofitserlarda fuqarolik kompetentsiyasini rivojlantirish uchun shaxsiy, kognitiv va faol fuqarolik kompetentsiyalarini birlashtirish va ta'lim tizimida shakllangan fuqarolik qadriyatlari, bilim, ko'nikma va ijtimoiy ahamiyatga ega fuqarolik faoliyati, fuqarolik ifodasi va fuqarolik o'zini o'zi anglashni o'z ichiga olish muhim shaxsiy sifat deb aytish mumkin.

REFERENCES

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 28 январдаги П^-60-сон "Янги Узбекистонни 2022-2026 йилдаги ривожлантириш стратегияси" Фармони // Халк сузи. - Тошкент, 2022. - 29 январь. - Б. 1-2.

2. Инсон хукуклари буйича халкаро шартномалар / Масъул мухаррир А.Х.Саидов. -Тошкент: Адолат, 2004. - 498 б.

3. Бола хукуклари тугрисидаги Конвенция. - Тошкент, 2004.

4. http://ivo.garant.ru

5. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Узбекистан давлатини биргаликда барпо этамиз. - Тошкент: Узбекистон, 2016.

6. Ходжаниязов С.У. Практическая реализация опыта европейской кредитной технологии обучения в условиях Узбекистана // Молодой учёный. - Чита, 2012. - № 5(40). - С. 534536.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.