Научная статья на тему 'Pedagog-rahbar professional nutqi mazmuni, tuzilishi va funksiyalari'

Pedagog-rahbar professional nutqi mazmuni, tuzilishi va funksiyalari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
85
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagog-rahbarlar / matbuot / saloxiyat / axborot oqimi / salohiyat / insoniy tafakkur / adabiyot va san’at / ijtimoiy-g‘oya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’Zal Erkinovna Xalikulova

Matbuot insoniyat tafakkurini o‘stirishda, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning taraqqiy etishida, adabiyot va san’atning rivojida muhim rol o‘ynaydi. Matbuot doimo jamiyat bilan birga taraqqiy etadi, takomillashadi. XX asr o‘rtalariga kelib, matbuot tasnifida katta yangilik, sifat o‘zgarishi yuz berdi televideniye ixtiro qilindi. Pedagog-rahbarlarning nutqiy kamchiliklari ko‘pchilik oldida ma’ruza o‘qiganda yoki ular bilan muloqotga kirishganida bilinib qoladi. To‘g‘ri, professional nutqqa ega bo‘lish va nutq organlarini boshqarish uchun ularda tajriba yetishmasligi mumkin. Ammo mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan amaliy mashg‘ulotlar tavsiyalaridan foydalansa, mashqlarni qiziqish bilan bajarsa professional nutqqa tez erishadi. Nutq madaniyatini oshirish bugungi kunda juda zarurligini hayotning o‘zi taqozo qilib kelmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagog-rahbar professional nutqi mazmuni, tuzilishi va funksiyalari»

Pedagog-rahbar professional nutqi mazmuni, tuzilishi va

funksiyalari

Go'zal Erkinovna Xalikulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Matbuot insoniyat tafakkurini o'stirishda, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va ma'rifatning taraqqiy etishida, adabiyot va san'atning rivojida muhim rol o'ynaydi. Matbuot doimo jamiyat bilan birga taraqqiy etadi, takomillashadi. XX asr o'rtalariga kelib, matbuot tasnifida katta yangilik, sifat o'zgarishi yuz berdi -televideniye ixtiro qilindi. Pedagog-rahbarlarning nutqiy kamchiliklari ko'pchilik oldida ma'ruza o'qiganda yoki ular bilan muloqotga kirishganida bilinib qoladi. To'g'ri, professional nutqqa ega bo'lish va nutq organlarini boshqarish uchun ularda tajriba yetishmasligi mumkin. Ammo mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan amaliy mashg'ulotlar tavsiyalaridan foydalansa, mashqlarni qiziqish bilan bajarsa professional nutqqa tez erishadi. Nutq madaniyatini oshirish bugungi kunda juda zarurligini hayotning o'zi taqozo qilib kelmoqda.

Kalit so'zlar: pedagog-rahbarlar, matbuot, saloxiyat, axborot oqimi, salohiyat, insoniy tafakkur, adabiyot va san'at, ijtimoiy-g'oya

The content, structure and functions of the professional speech

of the teacher-leader

Gozal Erkinovna Khalikulova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The press plays an important role in the development of human thinking, in the development of science, culture and education in society, in the development of literature and art. The press is always developing and improving along with society. By the middle of the 20th century, a great innovation and qualitative change took place in the classification of the press - television was invented. The speech deficiencies of teacher leaders become known when they lecture in front of a large number of people or enter into a dialogue with them. True, they may lack the experience of professional speech and possession of the organs of speech. But if he uses the recommendations of practical exercises developed by experts, if he performs the exercises with interest, he will quickly achieve a professional speech. Life itself requires that today it is very necessary to improve the culture of speech.

Keywords: educators-leaders, press, authority, information flow, potential, human thinking, literature and art, social idea

"Barchaga ma'lumki, asosiy cho'qqini egallash uchun mashqlar yagona vosita hisoblanadi, lekin bu yetarli darajada amalga oshirilmaydi. Uni qaysi yo'l bilan o'rganishni bilish kerak", deb yozgan edi XVII asr oxirida yashab ijod etgan mashhur boloniyalik qo'shiqchi va pedagog Pyetro Tozi.

Pedagog-rahbarlarning nutqiy kamchiliklari ko'pchilik oldida ma'ruza o'qiganda yoki ular bilan muloqotga kirishganida bilinib qoladi. To'g'ri, professional nutqqa ega bo'lish va nutq organlarini boshqarish uchun ularda tajriba yetishmasligi mumkin. Ammo mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan amaliy mashg'ulotlar tavsiyalaridan foydalansa, mashqlarni qiziqish bilan bajarsa professional nutqqa tez erishadi.

Nutq madaniyatini oshirish bugungi kunda juda zarurligini hayotning o'zi taqozo qilib kelmoqda. Davlat ishlarida faoliyat olib borayotgan shaxslar - pedegogmi, shifokormi, fermermi, ishchimi, madaniyat xodimimi qat'i nazar ularning nutq madaniyati borasida akademiya va institutlarda yoki ma'naviyat-targ'ibot, qayta tayyorlash markazlarida malakasini oshirishga davlatimiz tomonidan alohida e'tibor berilayotgani bejiz emas.

Pedagog-rahbarning professional nutqini tashkil etishda uchta asosiy qismga ahamiyat qaratilishi kerak. Bular: nutqning mazmuni, tuzilishi, funksiyalari. Nutqning mazmunini ta'lim sohasi xodimlari (professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va talabalar) bilan bog'lanadi. Nutqning tuzilishida esa nutqiy janr va nutq shakli (qonunlar, farmon va farmoyishlar, umumiy axborotlar), nutq janrlarining komponentlari (buyruq berish, tushuntirish, xodimlardan fikr olish kabilar) hisobga olinadi. Rejalashtirish, tashkillashtirish, nazorat qilish, targ'ib qilish esa nutqning funksiyalari hisoblanadi.

Pedagog-rahbar birinchi navbatda tarbiyachi. "Tabib xastaning badanidagi kasaliga davo qilgani kabi tarbiyani bolaning vujudidagi jahl maraziga "yaxshi xulq" degan davoni ichidan, "poklik" degan davoni ustidan berib, katta qilmog'i lozim"

O'zining chiroyli xulqi, aql-idroki, go'zal muomalasi, latofati va gul yuzi, mustahkam irodasi, matonati, mehnatkashligi, fidoyiligi, tirishqoqligi, tashabbuskorligi kabi xislatlar qatorida o'rin tutib turgan professional nutq madaniyatini o'zlashtirish har qanday pedagog va rahbarning ko'rkiga ko'rk qo'shadi. Bu qanday holatlarda yuzaga keladi?

Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, rahbarlik kompetentligini, ilmini o'rganuvchilar hamda vazirliklar qoshida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari tinglovchilari, qolaversa, qishloq xo'jalik, sanoat, transport, maktab, kollej kabi ko'plab tashkilot va idora rahbarlari ushbu mavzu bo'yicha muammolarga duch keladi. Ularda qator savollar tug'iladi. Ular duch kelgan qiyinchiliklarni yechish, professonal nutqqa erishish yo'llarini amaliy tarzda tatbiq qilish albatta mutaxassislarning vazifasiga kiradi. Aslida biror muammoni hal qilishda "nima qilish kerak?" degan savolga hamma javob bera oladi. Ammo "qanday qilib?" savoliga ko'pchilik javob topolmaydi. Professional nutqqa erishish masalasi bo'yicha maslahat yoki yo'l-yo'riq ko'rsatadigan risolalar keragidan ortiq mavjud. Professional nutqqa erishish borasida "qanday qilib?" degan savolga deyarli javob yo'q.

Pedagog-rahbarlarning professional nutq borasida mutaxassislar tomonidan beriladigan ko'rsatmalar hech kimning ko'magisiz yakka tartibda amaliy mashq qilishga va yaxshi natijaga erishishga ham yordam beradi. Nutq borasidagi muammolarni nazariy jihatdan bartaraf etish og'ir masala. Uni amaliy hal qilishga odatlansa, o'z natijasini beradi. Shuning uchun bu masalaga alohida to'xtalishni joiz deb bildik.

Masalan, pedagog-rahbarning ovozi o'z-o'zidan mavjud bo'lmaydi, qaysidir ma'noda bu doimiy va o'zgarmas ham emas. Ovoz - murakkab hodisa, u faqat muskullarning harakati bilan bog'liq emas, balki insonning barcha a'zolarini jismoniy harakatga keltiradi. Shuning uchun har doim pedagog-rahbar sog'lig'iga astoydil e'tibor berishi, hayoti davomida kasalliklarning oldini olish uchun mashq qilib turishi kerak. Garchi ovoz mashqlari nutqning uyg'unligiga yordam bersa-da, nutq texnikasi asosida bajariladi. Yoki tilda mavjud defektlar (S, R, Sh, Ch harflarini talaffuz qilolmaslik kabilar) ko'pchilik orasida kulgi uyg'otishi mumkin. Bunda nutq texnikasiga tegishli (nafas mashqlari, artikulyatsiya mushaklari mashqlari, diksiya, rezonator (ovoz tebranishi)) mashqlar bajarilishi foydadan xoli emas.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь. Ташкент-2007

2. Г.Е. Халикулова. Народный поэт Узбекистана Мухаммад Юсуф-певец родного края и любви. Международная конференция, стр. 154-159

3. Г.Е. Халикулова. Актуальные проблемы подготовки высококвалифицированных научных и научно-педагогических кадров в институте. Театр// - Ташкент: 2014, стр. 9-10.

4. Г.Е. Халикулова. Проблемы создания персонажей в театральных постановках. Роль искусства и культуры в формировании духовности человека / Республика...

5. Г.Е. Халикулова. Проблемы гармонии речи и движения в создании пьесы. Творчество Мукарамы Тургунбаевой и развитие ее узбекской сценической хореографии...

6. Г.Е. Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Университет культуры и искусств в мировом образовательном пространстве: Российский...

7. Г.Е. Халикулова. Новые стилистические исследования, совершенствующие дыхание в овладении навыками сценической речи актера. Сохранение национальности в области хореографии в условиях глобализации...

8. Г.Е. Халикулова. Современный руководитель озабочен повышением профессиональной речи женщины. "Женщина - расцвет духовности" ЖизПи., 4-я Республиканская научно-практическая конференция...

9. Г.Е. Халикулова. Роль искусства в развитии страны, процветании народа и воспитании зрелого поколения. «Подготовка образованного и интеллигентного зрелого поколения» прошла в Ташкенте

10. Г.Е. Халикулова, Шодиев Х.Х. Повышение качества подготовки кадров и развитие отрасли в Государственном художественном институте Узбекистана. Проблемы создания образа героя времени в искусстве и культуре Узбекистана...

11. Г.Е. Халикулова. Духовная зрелость является обязательным требованием. ЖизПИ, сборник, стр. 363

12. Г.Е. Халикулова. Мастер деликатных слов. Статья к монографии «Мухсин Гамидов (Мастер художественного слова)» УзГСИ, стр. 8

13. Г.Е. Халикулова. Искусство на пути к развитию. Калдиргоч, Ташкент

14. Г.Е. Халикулова. Вопросы повышения активности молодежи в музыкальном исполнительстве и ее развития. Ташкентский ТДМИ, (Топлам)

15. Г.Е. Халикулова. Личные комментарии о современном театре. Калдиргоч, г. Ташкент, стр. 2

16. Г.Е. Халикулова. Сцена - историческая сцена. Театр, Ташкент, стр. 2021

17. Г.Е. Халикулова. Поэзия Навои в речи актеров. Театральная, 10-11

18. Г.Е. Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссер узбекского театра и мастер сценической речи. Институт литературы и искусства, Алматы, 59-60

19. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь и язык. Мулагот, Ташкент, 35

20. Г.Е. Халикулова. Сцена актера пуста. Театр, Ташкент, стр. 22-23

21. Г.Е. Халикулова. Преподавание воспитательного процесса по укреплению не сильных педагогов студентов - будущих педагогов. наука и образование 3 (4), 484-491

22. Г.Е. Халикулова. Спецновелла Ойбекнинга "Навои". наука и образование 3 (4), 300-307

23. Г.Е. Халикулова. Особенность поздравительной речи. наука и образование 3 (4), 769-776

24. Г.Е. Халикулова. Язык и стиль оммабопа. наука и образование 3 (4), 759765

25. Г.Е. Халикулова. Речь Мирзо Улугбека в спектакле. наука и образование 3 (4), 353-358

26. Г.Е. Халикулова. Улучшить разговорные навыки женщин-ученых и руководителей. наука и образование 3 (4), 343-353

27. Г.Е. Халикулова. Алишер Навои драмаси олтин мерос. наука и образование 3 (4), 334-343

28. Г.Е. Халикулова. Ёш навкирон Навои сиймоси актерлар назарида. наука и образование 3 (4), 328-334

29. Г.Е. Халикулова. Интерпретация образа Мирзо Улугбеком - сцена школьной речи. наука и образование 3 (4), 317-328

30. Г.Е. Халикулова. Описание Алишером Навои тона и речи образа. наука и образование 3 (4), 307-312

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.