Научная статья на тему 'Pedagog-rahbar kompetensiyasida professional nutq: mazmuni, tuzilishi, funksiyalari va metodologik yondashuv'

Pedagog-rahbar kompetensiyasida professional nutq: mazmuni, tuzilishi, funksiyalari va metodologik yondashuv Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
43
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
kompetensiya / professional nutq / nutq mazmuni / tuzilishi / funksiyalari / metodologiya / rahbar / pedagog / davlat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’Zal Erkinovna Xalikulova

Maqolada ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni yot g‘oyalardan saqlash, ularni ma’rifatli bo‘lishida Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Imom Buxoriy kabi bobolarimizning ilmiy merosini yoshlarimiz qalblariga singdirish, ma’rifatparvar jadid bobolarimizning o‘gitlari va hikmatlarini ularning ong va shuuriga joylash, ona tiliga alohida e’tibor berish, uning nufuzini ko‘tarish borasidan oliy ta’lim professoro‘ qituvchilari oldiga katta vazifalarni yuklaganligi va ularning yechimi xaqida boradi. O‘zbek xalqi etnosi, uning davlatchilik tarixiga, buyuk ajdodlarimiz merosiga va qadimiy shaharlarimiz o‘tmishiga e’tibor keskin ortganligi sababli tarixni adolatli yoritish, adabiyot va san’atda haqqoniy jonlantirish dolzarb masalaga aylandi. Boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizga munosabat o‘zgardi, haqqoniy tarixiy asarlar yaratishga imkoniyat tug‘ilganligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagog-rahbar kompetensiyasida professional nutq: mazmuni, tuzilishi, funksiyalari va metodologik yondashuv»

Pedagog-rahbar kompetensiyasida professional nutq: mazmuni, tuzilishi, funksiyalari va metodologik yondashuv

Go'zal Erkinovna Xalikulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Maqolada ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni yot g'oyalardan saqlash, ularni ma'rifatli bo'lishida Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Imom Buxoriy kabi bobolarimizning ilmiy merosini yoshlarimiz qalblariga singdirish, ma'rifatparvar jadid bobolarimizning o'gitlari va hikmatlarini ularning ong va shuuriga joy lash, ona tiliga alohida e'tibor berish, uning nufuzini ko'tarish borasidan oliy ta'lim professor-o'qituvchilari oldiga katta vazifalarni yuklaganligi va ularning yechimi xaqida boradi. O'zbek xalqi etnosi, uning davlatchilik tarixiga, buyuk ajdodlarimiz merosiga va qadimiy shaharlarimiz o'tmishiga e'tibor keskin ortganligi sababli tarixni adolatli yoritish, adabiyot va san'atda haqqoniy jonlantirish dolzarb masalaga aylandi. Boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizga munosabat o'zgardi, haqqoniy tarixiy asarlar yaratishga imkoniyat tug'ilganligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: kompetensiya, professional nutq, nutq mazmuni, tuzilishi, funksiyalari, metodologiya, rahbar, pedagog, davlat

Professional discourse in the competence of a teacher-leader: content, structure, functions and methodological approach

Gozal Erkinovna Khalikulova Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: The article is aimed at improving the quality of education, protecting youth from alien ideas, introducing the scientific heritage of our grandfathers, such as Imam Moturidi, Imam Termizi, Imam Bukhari, in the hearts of our youth, and teaching them the teachings and wisdom of our enlightened grandfathers. that professors and teachers of higher education face great challenges in terms of placing them in the mind and consciousness, paying special attention to the native language, raising its prestige, and ways to solve them. In connection with the sharp increase in attention to the ethnography of the Uzbek people, the history of their statehood, the heritage of our great ancestors, the past of our ancient cities, a fair coverage of history, a true revival in literature and art has become an urgent issue. The attitude towards our rich history and national values has changed, it has been emphasized that there is an opportunity to create real historical works.

Keywords: competence, professional speech, content of speech, structure, functions, methodology, leader, teacher, condition

Davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida "Ta'lim sifatini oshirish - Yangi O'zbekiston taraqqiyotining yakka-yu yagona to'g'ri yo'lidir", degan fikrni alohida ta'kidlab o'tdi. Ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni yot g'oyalardan saqlash, ularni ma'rifatli bo'lishida Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Imom Buxoriy kabi bobolarimizning ilmiy merosini yoshlarimiz qalblariga singdirish, ma'rifatparvar jadid bobolarimizning o'gitlari va hikmatlarini ularning ong va shuuriga joylash, ona tiliga alohida e'tibor berish, uning nufuzini ko'tarish borasidan oliy ta'lim professor-o'qituvchilari oldiga katta vazifalarni yukladi. Bu, o'z navbatida, eng zarur va eng dolzarb masala edi.

Mutaxassis sifatida ko'p izlanishlar va kuzatishlar, pedagog-rahbarlarning nutqidagi kamchiliklarni bartaraf etish yo'lida amalga oshirilgan mashaqqatli ishlar, davlat tadbirlarida so'zga chiquvchilarning nutqlari ustida ishlash jarayonlaridagi ko'pyillik tajribalardan kelib chiqib aytish kerakki, ko'pchilik rahbarlar, pedagoglar o'zidagi nutqiy kamchiliklar ustida ishlamaydilar. Ishlash uchun ularning o'ziga xos nutqining tabiiyligini saqlagan holda ravon, tushunarli nutqga ega bo'lish yo'llarini bilmaydilar. Shuning uchun ularga avvalo pedagogning ham, rahbarning ham eng birinchi ko'zga ko'rinadigan xislati uning toza, ravon, chiroyli va ta'sirchan nutqi ekanini tushuntirmoqchimiz.

Har qanday muloqotning asosini, albatta, til tashkil etadi. Til madaniyati -umummilliy madaniyatning bosh ko'rsatkichi bo'lib, ayniqsa, el nazarida bo'lgan kasb egalari, jumladan, pedagog-rahbarlar uchun muhimdir. Qolaversa, bugungi kunda til eng muhim siyosiy masalalardan biridir, zero mustaqil O'zbekiston kelajagi, avvalambor, xalq ma'naviyatiga bog'liq. Ma'naviyatning jabhalaridan birini esa tilga bo'lgan munosabat tashkil etadi. Inson ma'naviyatining yuksalishi o'z ona tiliga bo'lgan hurmatdan boshlanadi. Biroq, qayd etish lozimki, hanuzgacha tilga, so'zlashuv madaniyatiga e'tiborsiz bo'lgan pedagoglar ham, rahbarlar ham talaygina.

Ma'naviyatimizning bosh mezoni - bu davlat tilidir. Davlatning qay darajada mustaqilligi davlat tili bilan belgilanadi. Zero, tilda tilning ijodkori bo'lgan xalqning o'zligi, tarixi va madaniyati aks etadi. Ayni zamonda til ijtimoiy taraqqiyotda ham ulug'vor ahamiyatga ega. Mustaqillik arafasida 1989-yil 21-oktyabrda "Davlat tili haqida"gi Qonunning qabul qilinishi, o'zbek tilining davlat tili deb e'lon qilinishi Vatanimiz tarixida o'chmas sahifalardan biri bo'lib qoldi. Unda xalqimizning "Tilga e'tibor - elga e'tibor" degan ulug' hikmati amalda namoyon bo'lgan. Bu qonunning ahamiyati shundan iboratki, kamsitilgan, buzila boshlagan o'zbek tili iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotda muhim vosita, adabiyot va san'atning taraqqiyotini belgilovchi omilga aylantirilgan edi. Tilni hurmat qilmaslik, unga

bee'tibor bo'lish salbiy oqibatlarga olib kelishi tabiiy. Tarixga xolis ko'z bilan qaraydigan bo'lsak, o'zbek adabiy tili imlo qoidalarini yaratish bir qancha tarixiy davrlarni boshidan kechirdi. 1923-yili arab grafikasi asosidagi alifbo va imloga isloh qilindi. 1929-yilda arab grafikasidan lotin grafikasi asosidagi yangi alifbo va orfografiyaga o'tildi. 1934-yilda bu imloga ham o'zgartirishlar kiritildi. 1940-yilda rus grafikasi asosidagi yangi alifboga ko'chirilishi bilan imlo qoidalari qayta tuzildi. 1956-yilda bu qoidalar qayta ko'rib chiqildi va o'zgartirishlar kiritildi. O'sha yildan boshlab qo'llanib kelingan imlo qoidalari birmuncha salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi. Tilimizda rus tili atamalarining ko'p qo'llanilishi va o'zbek tilida so'zlashganda ruscha so'zlarni aralashtirib gapirish keng tus olib ketdi. Bunday hol oxir-oqibatda o'zbek tilining yuksalishida to'sqinlik qildi. O'zbek tiliga e'tibor susaydi, unga mensilmay qarala boshlandi. Mustaqillik tufayli o'zbek xalqi etnosi, uning davlatchilik tarixiga, buyuk ajdodlarimiz merosiga va qadimiy shaharlarimiz o'tmishiga e'tibor keskin ortganligi sababli tarixni adolatli yoritish, adabiyot va san'atda haqqoniy jonlantirish dolzarb masalaga aylandi. Boy tariximiz va milliy qadriyatlarimizga munosabat o'zgardi, haqqoniy tarixiy asarlar yaratishga imkoniyat tug'ildi. Bu imkoniyatlar tufayli qisqa vaqt ichida ulkan ishlar amalga oshirildi. Chunki, aslini olganda, har qanday istiqlol til ozodligidan boshlanadi.

2019-yil 4-oktyabrda O'zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi Qonuni qabul qilinganining o'ttiz yilligini keng nishonlash to'g'risidagi PQ-4479-son Qarori, 2019-yil 21-oktyabr "O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5850-son Farmoni tarixda unutilmas hujjatga aylandi. O'z tilida davlatni idora qilish, erkin gaplashish, kuylash va ijod qilish huquqiga ega bo'lmagan hech bir xalq "istiqlolga chiqdim" deya olmaydi. Shu ma'noda ona tilimizga davlat tili maqomi berilgan kunni istiqlol va mustaqillikka erishish yo'lida qo'yilgan eng dadil va eng sharafli qadam deyish mumkin. Davlatimiz rahbarining bu ulug' ishini xalqimiz hech qachon unutmaydi, u kishining ismi va ishlari tariximiz sahifalariga oltin harflar bilan bitiladi. Bu hujjatlar qog'ozda qolib ketmay, hayotga bosqichma-bosqich tatbiq etila boshladi. Yurtimizda keskin o'zgarishlar sodir bo'lmoqda. Ona tilimiz hayotimizning hamma jabhalari, barcha vazirlik va idoralarida o'ziga munosib, mustahkam va ustuvor o'rin egallab kelmoqda.

Tadqiqotlarni amaliyotga joriy qilish, o'zbek tilining ifoda vositalarini xalqqa yetkazish borasidagi kuzatuvlar shuni ko'rsatmoqdagi, haligacha rahbar va pedagoglarning nutqida kamchiliklar ko'p. Albatta, nutq keng tushuncha. Jumladan, nutq gapirish, so'zlash qobiliyati, fikrni so'z vositasi bilan ifodalash jarayonidir. Nutq inson tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish, tafakkur qilish, avlodlarga uzatish yoki aloqa o'rnatish, o'z shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida tildan foydalanish jarayoni. Nutq axborot, xabar, ma'lumot va yangi bilim, aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iborat; jamiyat tomonidan ishlangan o'zaro

fikr almashuv vositasining individual shakliy ko'rinishidir. U ma'lum til normalari (fonetik, leksik, grammatik) asosiga qurilgan bo'ladi. Nutq inson tafakkurining zarur moddiy shaklidir; u qabul qilish, xotira, iroda va boshqa psixologik jarayonlami paydo bo'lishi va kechishida muhim rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь. Ташкент-2007

2. Г.Е. Халикулова. Народный поэт Узбекистана Мухаммад Юсуф-певец родного края и любви. Международная конференция, стр. 154-159

3. Г.Е. Халикулова. Актуальные проблемы подготовки высококвалифицированных научных и научно-педагогических кадров в институте. Театр// - Ташкент: 2014, стр. 9-10.

4. Г.Е. Халикулова. Проблемы создания персонажей в театральных постановках. Роль искусства и культуры в формировании духовности человека / Республика...

5. Г.Е. Халикулова. Проблемы гармонии речи и движения в создании пьесы. Творчество Мукарамы Тургунбаевой и развитие ее узбекской сценической хореографии...

6. Г.Е. Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Университет культуры и искусств в мировом образовательном пространстве: Российский...

7. Г.Е. Халикулова. Новые стилистические исследования, совершенствующие дыхание в овладении навыками сценической речи актера. Сохранение национальности в области хореографии в условиях глобализации...

8. Г.Е. Халикулова. Современный руководитель озабочен повышением профессиональной речи женщины. "Женщина - расцвет духовности" ЖизПи., 4-я Республиканская научно-практическая конференция...

9. Г.Е. Халикулова. Роль искусства в развитии страны, процветании народа и воспитании зрелого поколения. «Подготовка образованного и интеллигентного зрелого поколения» прошла в Ташкенте

10. Г.Е. Халикулова, Шодиев Х.Х. Повышение качества подготовки кадров и развитие отрасли в Государственном художественном институте Узбекистана. Проблемы создания образа героя времени в искусстве и культуре Узбекистана...

11. Г.Е. Халикулова. Духовная зрелость является обязательным требованием. ЖизПИ, сборник, стр. 363

12. Г.Е. Халикулова. Мастер деликатных слов. Статья к монографии «Мухсин Гамидов (Мастер художественного слова)» УзГСИ, стр. 8

13. Г.Е. Халикулова. Искусство на пути к развитию. Калдиргоч, Ташкент

14. Г.Е. Халикулова. Вопросы повышения активности молодежи в музыкальном исполнительстве и ее развития. Ташкентский ТДМИ, (Топлам)

15. Г.Е. Халикулова. Личные комментарии о современном театре. Калдиргоч, г. Ташкент, стр. 2

16. Г.Е. Халикулова. Сцена - историческая сцена. Театр, Ташкент, стр. 2021

17. Г.Е. Халикулова. Поэзия Навои в речи актеров. Театральная, 10-11

18. Г.Е. Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссер узбекского театра и мастер сценической речи. Институт литературы и искусства, Алматы, 59-60

19. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь и язык. Мулагот, Ташкент, 35

20. Г.Е. Халикулова. Сцена актера пуста. Театр, Ташкент, стр. 22-23

21. Г.Е. Халикулова. Преподавание воспитательного процесса по укреплению не сильных педагогов студентов - будущих педагогов. наука и образование 3 (4), 484-491

22. Г.Е. Халикулова. Спецновелла Ойбекнинга "Навои". наука и образование 3 (4), 300-307

23. Г.Е. Халикулова. Особенность поздравительной речи. наука и образование 3 (4), 769-776

24. Г.Е. Халикулова. Язык и стиль оммабопа. наука и образование 3 (4), 759765

25. Г.Е. Халикулова. Речь Мирзо Улугбека в спектакле. наука и образование 3 (4), 353-358

26. Г.Е. Халикулова. Улучшить разговорные навыки женщин-ученых и руководителей. наука и образование 3 (4), 343-353

27. Г.Е. Халикулова. Алишер Навои драмаси олтин мерос. наука и образование 3 (4), 334-343

28. Г.Е. Халикулова. Ёш навкирон Навои сиймоси актерлар назарида. наука и образование 3 (4), 328-334

29. Г.Е. Халикулова. Интерпретация образа Мирзо Улугбеком - сцена школьной речи. наука и образование 3 (4), 317-328

30. Г.Е. Халикулова. Описание Алишером Навои тона и речи образа. наука и образование 3 (4), 307-312

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.