Научная статья на тему 'Pedagog-rahbarlarda ijtimoiy-g’oyaviy kompetentlikni shakllantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining roli'

Pedagog-rahbarlarda ijtimoiy-g’oyaviy kompetentlikni shakllantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining roli Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
28
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
pedagog-rahbarlar / matbuot / ommaviy axborot vositalari / axborot oqimi / salohiyat / insoniy tafakkur / adabiyot va san’at / ijtimoiy-g‘oya

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Go’Zal Erkinovna Xalikulova

Matbuot insoniyat tafakkurini o‘stirishda, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va ma’rifatning taraqqiy etishida, adabiyot va san’atning rivojida muhim rol o‘ynaydi. Matbuot doimo jamiyat bilan birga taraqqiy etadi, takomillashadi. XX asr o‘rtalariga kelib, matbuot tasnifida katta yangilik, sifat o‘zgarishi yuz berdi televideniye ixtiro qilindi. Axborot agentligi matbuotning bevosita turi, ko‘rinishi bo‘lmasa-da, ommaviy axborot tasnifida o‘ziga xos o‘rin egallaydi va matbuot turlari orqali namoyon bo‘ladi. Bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlatning salohiyatini uning nechog‘lik axborotga egaligi, axborot tizimini qay tarzda yo‘lga qo‘yilganligi bilan belgilanmoqda. Shu bilan birga, axborot oqimining xilma-xilligi keng omma ruhiyati va ong-tafakkurini yo‘naltiruvchi, shakllantiruvchi kuch sifatida baholanmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Pedagog-rahbarlarda ijtimoiy-g’oyaviy kompetentlikni shakllantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining roli»

Pedagog-rahbarlarda ijtimoiy-g'oyaviy kompetentlikni shakllantirishda matbuot va ommaviy axborot vositalarining

roli

Go'zal Erkinovna Xalikulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Matbuot insoniyat tafakkurini o'stirishda, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va ma'rifatning taraqqiy etishida, adabiyot va san'atning rivojida muhim rol o'ynaydi. Matbuot doimo jamiyat bilan birga taraqqiy etadi, takomillashadi. XX asr o'rtalariga kelib, matbuot tasnifida katta yangilik, sifat o'zgarishi yuz berdi -televideniye ixtiro qilindi. Axborot agentligi matbuotning bevosita turi, ko'rinishi bo'lmasa-da, ommaviy axborot tasnifida o'ziga xos o'rin egallaydi va matbuot turlari orqali namoyon bo'ladi. Bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlatning salohiyatini uning nechog'lik axborotga egaligi, axborot tizimini qay tarzda yo'lga qo'yilganligi bilan belgilanmoqda. Shu bilan birga, axborot oqimining xilma-xilligi keng omma ruhiyati va ong-tafakkurini yo'naltiruvchi, shakllantiruvchi kuch sifatida baholanmoqda.

Kalit so'zlar: pedagog-rahbarlar, matbuot, ommaviy axborot vositalari, axborot oqimi, salohiyat, insoniy tafakkur, adabiyot va san'at, ijtimoiy-g'oya

The role of the press and the media in the formation of social and ideological competence of leading teachers

Gozal Erkinovna Khalikulova Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: The press plays an important role in the development of human thinking, in the development of science, culture and education in society, in the development of literature and art. The press is always developing and improving along with society. By the middle of the 20th century, a great innovation and qualitative change took place in the classification of the press - television was invented. Although the news agency is not a direct type of press, it occupies a special place in the classification of the mass media and manifests itself through the types of press. In the conditions of modern globalization, the potential of any country is determined by how much information it has and how the information system is arranged. At the same time, the diversity of the information flow is assessed as a force that guides and shapes the psyche and consciousness of the broad masses.

Keywords: teacher-leader, press, information flow, human thinking, literature and art, social idea

Matbuot insoniyat tafakkurini o'stirishda, jamiyatda ilm-fan, madaniyat va ma'rifatning taraqqiy etishida, adabiyot va san'atning rivojida muhim rol o'ynaydi. Azaldan jamiyatdagi mavjud sinflar, tabaqalar, guruhlar matbuotdan o'z maqsad va manfaatlari yo'lida, ichki kurash va g'oyalarini ishlab chiqish hamda ommaga yetkazish uchun foydalanganlar. Matbuotning jamiyat hayotidagi ahamiyati shu qadar kattaki, insoniyat kashf etgan har bir yangilik, har bir imkoniyat matbuot uchun qo'llaniladi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida chop etilgan gazetalar jamiyat uchun shunchalik muhim bo'lganki, uni hozirgi muzeylarda saqlanayotgan asl yoki nusxalarini ko'rib guvoh bo'lish mumkin. Matbuotning mavjud tasnifiga uning yangi turi - radioning kirib kelishi matbuotning elektron texnikaga asoslangan alohida o'ziga xos bir turi sifatida ommalashdi. Radio axborotni elektron texnika yordamida ko'paytirib, uzoq masofaga, keng hududga tarqatish orqali ish ko'radi. Radioning ana shu xususiyati, ya'ni matbuot tasnifiga bevosita sig'maganligi boisdan u qo'shilgandan so'ng, bu tasnif "ommaviy axborot vositalari" deb yuritila boshlandi. Radio ijtimoiy axborot tarqatishning eng qulay, tezkor va o'ziga xos vositasi sifatida bugungi kunda ham insoniyatga beqiyos xizmat qilib kelmoqda.

Matbuot doimo jamiyat bilan birga taraqqiy etadi, takomillashadi. XX asr o'rtalariga kelib, matbuot tasnifida katta yangilik, sifat o'zgarishi yuz berdi -televideniye ixtiro qilindi.

Axborot agentligi matbuotning bevosita turi, ko'rinishi bo'lmasa-da, ommaviy axborot tasnifida o'ziga xos o'rin egallaydi va matbuot turlari orqali namoyon bo'ladi. Axborot agentliklari ommaviy axborot vositalari uchun axborot yetkazib beruvchi alohida bir kanal, muassasa hisoblanadi.

Ommaviy axborot vositalari tasnifida kitob va kitob nashriyotlari ham alohida o'rin tutadi. Kitob aslida vaqtli matbuot turi emas. Lekin u ham matbuotga yaqin turadi. Kitob ham matbuot turlari kabi ijtimoiy hayotni o'zida aks ettiradi va insoniyat ma'naviy hayotida juda muhim o'rinni egallaydi. Ya'ni kitobda jamiyatning ijtimoiy -siyosiy, iqtisodiy, ma'daniy-ma'naviy hayoti, inson aql-tafakkurining barcha qirralari aks etadi.

XX asr boshlariga kelib, ommaviy axborot vositalari yana bir ko'rinish -texnikaga asoslangan bir tur bilan boyidi. Bu insoniyatning ajoyib mo'jizaviy ixtirosi - elektron apparatlar, ya'ni kompyuterlarning xalqaro tarmog'i - Intarnetdir. Bugun Internet orqali ijtimoiy-siyosiy, ilmiy, adabiy-badiiy, san'at, sport va boshqa sohalarga doir turli xabarlarni yetkazish keng yo'lga qo'yildi. XXI asrga kelib, Internet orqali ishlayotgan Telegram, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish avj oldi.

Bunday axborotlar tezligi rivojlangan zamonda pedagog-rahbarning faoliyatida kompetentlik o'ta muhim bo'lmoqda.

Yangilanayotgan O'zbekistonda ommaviy axborot vositalarining yuqorida qayd etib o'tilgan barcha ko'rinishlari to'la mavjuddir. Respublikamizda juda ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda ommaviy axborot vositalarining roli tobora oshib, ijtimoiy hayotda o'ziga xos mavqeyini egallab bormoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan qabul qilingan amalda keng qo'llanilayotgan "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi va boshqa muhim qonunlar ommaviy axborot vositalarining faoliyatini yanada yaxshilash uchun asos bo'lib xizmat qilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida shunday dedi: "O'zbekiston xalqiga murojaat qilib aytmoqchiman: demokratik islohotlar yo'li - biz uchun yakka-yu yagona va eng to'g'ri yo'ldir. Bu borada biz har kuni izlanishdamiz, xorijdagi ilg'or tajribalarni chuqur o'rganib, hayotimizni, ish uslubimizni yangilashga harakat qilmoqdamiz. Biz yangi O'zbekistonni xalqimiz bilan birgalikda barpo etamiz, degan ulug'vor maqsadni o'z oldimizga qo'yganmiz. Bu borada "Jamiyat - islohotlar tashabbuskori" degan yangi g'oya kundalik faoliyatimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Islohotlarning amaliy natijadorligini oshirishda, joylarda yangi tashabbuslarni ilgari surishda aholimizning yanada faolroq, yanada tashabbuskor bo'lishiga erishmog'imiz lozim".

Davlatimiz rahbarining mazkur Murojaatnomada, ayniqsa, maktabgacha ta'limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlar natijasida 2019-yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog'chalari tashkil etilgani, shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko'tarilgani, 2019-yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta Ijod maktabi ish boshlagani, Oliy ta'limni rivojlantirish uchun 19 ta yangi oliy o'quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitetning filiali ochilgani, yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yilgani, oliy ta'lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016-yilga nisbatan 2 barobar ko'p talaba o'qishga qabul qilingani to'g'risidagi ma'lumotlari nafaqat yurtdoshlarimizni, balki ular qatorida o'tirgan xalqaro ekspertlarni ham to'lqinlantirib yubordi.

2023-yilga kelib, oliygohlarimiz 2,5 barobar ko'payib, 198 taga yetdi, qamrov darajasi 9 foizdan 38 foizga oshdi. 41 ta oliygohga akademik va moliyaviy mustaqillik berildi. Oliygoh rektorlari, professor va o'qituvchilar bu jarayonda faol bo'lishlari, yangi ilg'or metodikalarni joriy qilishlari kerak. Demak, bu ta'lim muassasalari pedagog va rahbarlarini takomillashtirish zaruriy holga aylanishi shart.

Bugungi globallashuv sharoitida har qanday davlatning salohiyatini uning nechog'lik axborotga egaligi, axborot tizimini qay tarzda yo'lga qo'yilganligi bilan

belgilanmoqda. Shu bilan birga, axborot oqimining xilma-xilligi keng omma ruhiyati va ong-tafakkurini yo'naltiruvchi, shakllantiruvchi kuch sifatida baholanmoqda. Aynan shu nuqtayi nazardan qaraganda, har bir rahbarning, pedagogning fikrlashi va so'z erkinligi, axborotni olish, izlash va tarqatish huquqlari, ommaviy axborot vositalarining erkinligi yangi Konstitutsiyamizning tegishli moddalari bilan mustahkamlanib qo'yilmoqda. Ushbu sohada bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan tadrijiy islohotlar OTMda faoliyat olib borayotgan pedagog-rahbarlarning faoliyatida, ularning kompetentligini oshirishdagi rolini yanada kuchaytirishga qaratilgan samarali huquqiy mexanizmlarni yaratishni ham nazarda tutadi.

Barchaga ma'lumki, bugun har qanday ommaviy axborot vositalarining axborot makonida o'z o'rniga ega bo'lishi, rivoj topishi uning oldida turgan eng asosiy vazifa hisoblanadi. Axborot bozori ishtirokchilari faoliyati samaradorligini kuchaytirish va ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilinib, OAVlariga qo'shimcha preferensiyalar berildi. Media-bozorning eng muhim tarmoqlaridan biri bo'lgan teleradio tizimini huquqiy jihatdan tartibga solish va rivojlantirishga qaratilgan teleradioeshittirishlar, telekommunikatsiyalar takomillashtirilmoqda. Raqamli teleradioeshittirishlar tizimiga o'tish bo'yicha tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq etildi.

"Darhaqiqat, televideniye va radio bugungi kunda eng katta auditoriyaga ega ommaviy axborot vositasi bo'lib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni har bir fuqaroga yetkazishda o'rni beqiyosdir. Hozirda axborot bozorida 80 dan ziyod elektron ommaviy axborot vositalari faoliyat ko'rsatib, ulardan 60 tasini telekanallar va 20 tasini radiokanallar tashkil etadi. Sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, axborot texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi, teleradioko'rsatuvlarini uzatish tizimiga bosqichma-bosqich raqamli texnologiyalar joriy etish natijasi o'laroq, sohaga raqamli, mobil va internet televideniye kabi mutlaqo yangi media-tuzilmalar kirib kelmoqda".

Shuni alohida aytish kerakki, OAVlari xizmati uchun malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari respublikamizda talaygina. Xususan, jurnalistlar, televideniye va radio rejissyorlari, operatorlar, ovoz rejissyorlari, xalqaro jurnalistlar, diktorlar, boshlovchilar kabi qator mutaxassislar tayyorlaydigan fakultetlarda malakali mutaxassislar, ya'ni pedagoglar tayyorlanadi. Ammo bugungi kun talablariga to'liq javob beradigan pedagoglar masalasida qator yechilishi lozim bo'lgan muammolar mavjud. Bu borada oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlikda seminar-treninglar, konferensiyalarning tashkil etilishi, mutaxassislar aro fikr almashinishi, muammolarning yechimiga qaratilgan ma'ruzalar chop etilishi va ularning keng jamoatchilik e'tiboriga havola etilishi ijobiy hol, albatta. Ammo OAV orqali uzatilayotgan ko'rsatuvlar saviyasini nazorat, qilish, kamchiliklarini bartaraf

etish borasida fikr-mulohazalar bilan matbuotlarda chiqish, yana OTM pedagoglari va rahbarlari mas'ulligida amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari uchun mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim muassasalari o'rtasida innovatsion hamkorlikni kuchaytirishga alohida e'tibor berish lozim. O'zbekiston Milliy universiteti, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, O'zbekiston jahon tillari universiteti, pedagogika universitetlari va institutlari, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti kabi qator oliy ta'lim muassasalari matbuotda va ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritayotgan kadrlar faoliyatini doimiy nazorat qilib, o'z munosabatlarini bildirib turishi muhim ahamiyatga ega. Bunday yondashuvlar ish sifatini oshishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь. Ташкент-2007

2. Г.Е. Халикулова. Народный поэт Узбекистана Мухаммад Юсуф-певец родного края и любви. Международная конференция, стр. 154-159

3. Г.Е. Халикулова. Актуальные проблемы подготовки высококвалифицированных научных и научно-педагогических кадров в институте. Театр// - Ташкент: 2014, стр. 9-10.

4. Г.Е. Халикулова. Проблемы создания персонажей в театральных постановках. Роль искусства и культуры в формировании духовности человека / Республика...

5. Г.Е. Халикулова. Проблемы гармонии речи и движения в создании пьесы. Творчество Мукарамы Тургунбаевой и развитие ее узбекской сценической хореографии...

6. Г.Е. Халикулова. Формирование сценической речи в профессиональных спектаклях и роль системы Станиславского в развитии театрального искусства. Университет культуры и искусств в мировом образовательном пространстве: Российский...

7. Г.Е. Халикулова. Новые стилистические исследования, совершенствующие дыхание в овладении навыками сценической речи актера. Сохранение национальности в области хореографии в условиях глобализации...

8. Г.Е. Халикулова. Современный руководитель озабочен повышением профессиональной речи женщины. "Женщина - расцвет духовности" ЖизПи., 4-я Республиканская научно-практическая конференция...

9. Г.Е. Халикулова. Роль искусства в развитии страны, процветании народа и воспитании зрелого поколения. «Подготовка образованного и интеллигентного зрелого поколения» прошла в Ташкенте

10. Г.Е. Халикулова, Шодиев Х.Х. Повышение качества подготовки кадров и развитие отрасли в Государственном художественном институте Узбекистана. Проблемы создания образа героя времени в искусстве и культуре Узбекистана...

11. Г.Е. Халикулова. Духовная зрелость является обязательным требованием. ЖизПИ, сборник, стр. 363

12. Г.Е. Халикулова. Мастер деликатных слов. Статья к монографии «Мухсин Гамидов (Мастер художественного слова)» УзГСИ, стр. 8

13. Г.Е. Халикулова. Искусство на пути к развитию. Калдиргоч, Ташкент

14. Г.Е. Халикулова. Вопросы повышения активности молодежи в музыкальном исполнительстве и ее развития. Ташкентский ТДМИ, (Топлам)

15. Г.Е. Халикулова. Личные комментарии о современном театре. Калдиргоч, г. Ташкент, стр. 2

16. Г.Е. Халикулова. Сцена - историческая сцена. Театр, Ташкент, стр. 2021

17. Г.Е. Халикулова. Поэзия Навои в речи актеров. Театральная, 10-11

18. Г.Е. Халикулова. Маннон Уйгур - выдающийся режиссер узбекского театра и мастер сценической речи. Институт литературы и искусства, Алматы, 59-60

19. Г.Е. Халикулова. Сценическая речь и язык. Мулагот, Ташкент, 35

20. Г.Е. Халикулова. Сцена актера пуста. Театр, Ташкент, стр. 22-23

21. Г.Е. Халикулова. Преподавание воспитательного процесса по укреплению не сильных педагогов студентов - будущих педагогов. наука и образование 3 (4), 484-491

22. Г.Е. Халикулова. Спецновелла Ойбекнинга "Навои". наука и образование 3 (4), 300-307

23. Г.Е. Халикулова. Особенность поздравительной речи. наука и образование 3 (4), 769-776

24. Г.Е. Халикулова. Язык и стиль оммабопа. наука и образование 3 (4), 759765

25. Г.Е. Халикулова. Речь Мирзо Улугбека в спектакле. наука и образование 3 (4), 353-358

26. Г.Е. Халикулова. Улучшить разговорные навыки женщин-ученых и руководителей. наука и образование 3 (4), 343-353

27. Г.Е. Халикулова. Алишер Навои драмаси олтин мерос. наука и образование 3 (4), 334-343

28. Г.Е. Халикулова. Ёш навкирон Навои сиймоси актерлар назарида. наука и образование 3 (4), 328-334

29. Г.Е. Халикулова. Интерпретация образа Мирзо Улугбеком - сцена школьной речи. наука и образование 3 (4), 317-328

30. Г.Е. Халикулова. Описание Алишером Навои тона и речи образа. наука и образование 3 (4), 307-312

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.