Научная статья на тему 'PANDEMIYANING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA‘SIRI TAHLILI'

PANDEMIYANING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA‘SIRI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
948
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pandemiya / turizm / inqiroz / moliyaviy ko‘mak / vaksina / пандемия / туризм / кризис / финансовая помощь / вакцина.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rahimova Nilufar Aminovna

Maqolada turizm sanoatining pandemiyagacha va pandemiya davridagi tendensiyalari, mamlakatlarning inqirozdan chiqish uchun olib borgan moliyaviy va siyosiy dastaklari tahlili keltirilgan. Mintaqalar kesimida xalqaro sayyohatlarning miqdoriy ko ‘rsatkichlari taqqoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ПАНДЕМИИ НА ИНДУСТРИЮ ТУРИЗМА

В статье представлен анализ предпандемических и пандемических тенденций в туристической индустрии, анализ экономической и финансовой политической поддержки стран по преодолению кризиса. Количественные показатели международных путешествий сравниваются по регионам.

Текст научной работы на тему «PANDEMIYANING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA‘SIRI TAHLILI»

Rahimova Nilufar Aminovna,

Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universiteti doktoranti

PANDEMIYANING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA'SIRI TAHLILI

УОК: 338.48

RAHIMOVA N.A. PANDEMIYANING TURIZM INDUSTRIYASIGA TA'SIRI TAHLILI

Maqolada turizm sanoatining pandemiyagacha va pandemiya davridagi tendensiyalari, mamlakatlarning inqirozdan chiqish uchun olib borgan moliyaviy va siyosiy dastaklari tahlili keltirilgan. Mintaqalar kesimida xalqaro sayyohatlarning miqdoriy ko 'rsatkichlari taqqoslangan.

Tayanch so'zlar: pandemiya, turizm, inqiroz, moliyaviy ko'mak, vaksina

РАХИМОВА Н.А. АНАЛИЗ ВЛИЯНИЯ ПАНДЕМИИ НА ИНДУСТРИЮ ТУРИЗМА

В статье представлен анализ предпандемических и пандемических тенденций в туристической индустрии, анализ экономической и финансовой политической поддержки стран по преодолению кризиса. Количественные показатели международных путешествий сравниваются по регионам. Ключевые слова: пандемия, туризм, кризис, финансовая помощь, вакцина.

RAHIMOVA N.A. ANALYSIS OF THE INFLUENCE OF THE PANDEMIC ON THE TOURISM INDUSTRY

In the article is provided analysis of pre-pandemic and pandemic trends in the tourism industry, and also analysis of the economic and financial political support of countries to overcome the crisis. Quantitative indicators of international travel are compared by regions. Key words: pandemic, tourism, crisis, financial aid, vaccine.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

Kirish.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO- United Nations World Tourism Organization) hisob -kitoblariga ko'ra, 1950 yilda 25 million xalqaro sayyoh butun dunyo bo'ylab sayohat qilgan. Bu raqam 2018 yilda 1,4 milliard xalqaro tashrifga etdi, 56 barobarga oshish demakdir. Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi xalqaro sayyohlar soni 1950 yildagi 200 mingdan 2018 yilda 343 millionga etdi.[1]

Xalqaro turizm 2020 yilgacha tez sur'atlarda o 'sib bordi, chunki barcha mamlakatlar turizm sohasi tez va sezilarli daromad manbai ekanligini anglagan holda, xalqaro sayyohlarni ko'proq jalb qilish va turizmdan keladigan daromadni oshirish uchun soha resurslarini ishlab chiqish hamda sohani boshqarishga ko'proq ahamiyat berishga bor kuchini sarflamoqda edi. 2019 yil dekabrda boshlangan pandemiya sohada jiddiy o'zgarishlarga olib keldi.

Pandemiyaning ulkan va chuqur ta'siri iqtisodiy, ijtimoiy va tibbiy muammolarini kelib chiqishiga sabab bo'ldi. Global miqyosda, shuningdek hukumatlar tomonidan uning tarqalishini oldini olish uchun qat'iy chora-tadbirlar ko'rildi (chegaralarning yopilishi, sayohat cheklovlari, milliy bloklanishlar, restoran va mehmonxonalarning yopilishi). COVID-19 ning avj olishi natijasida, ko'pchilik sayyohlik manzillari 2020 yilda izolyasiya choralari va sayohat taqiqlari, buyurtmalarni bekor qilish va mahalliy logistikani to'xtatishga majbur bo'ldilar. Shuningdek, bunday evolyutsion qadamlar turizmni pandemiya paytida og'ir vaziyatga tushishiga-daromadlar, ish o'rinlarini saqlab qolish uchun mavjud bo'lgan alternativalar jihatidan eng ta'sirlangan tarmoq bo'lib qolilishga sabab bo'ldi. Sohaning boshqa qo'llab-quvvatlovchi (bog'liq) tarmoqlarga salbiy multiplikator ta'siri, iqtisodiy ahamiyatliligi va global ish o'rinlari yo'qolishi aynan turizmning tiklanishi bilan bog 'liq sohalarda COVID-19 ta'sirini yumshatish uchun kuchli yordam va qo 'llab -quvvatlashni talab qildi.

Mavzuning dolzarbligi.

Dunyo bo'ylab yangi koronavirus (COVID-19) paydo bo'lganidan beri, mamlakatlarda bu yangi virus bilan kasallanganlar soni ko'paymoqda. 2021 yil 7 fevral ma 'lumotlariga ko 'ra Covid-19 virusi bilan zararlanish holati 237 mamlakatda aniqlangan. [2] 2021 yil 18 fevraliga kelib, ularning soni rasmiy ma 'lumotlarga ko'ra dunyo bo 'ylab 110,602,492 kishi, ulardan 85,469,351 sog'aygan, o'limlar soni esa 2,444,738ga etgan.[3] Ko'plab mamlakat hukumatlari

virusni tarqalishini oldini olish uchun chegaralarni yopip qo'yishga majbur bo'lishdi. Shuningdek, mamlakatlar o'rtasidagi ko'plab reyslar bekor qilindi. Jahon iqtisodiyoti katta zarar ko'rdi hamda ishsizlik darajasi tez o'sib borish tendensiyasini ko'rsatdi.

Pandemiyaga qarshi qo'llanilgan sayohat cheklovlarining keng joriy etilishi 2020 yilning may oyida 2019 yilning shu oyiga nisbatan xalqaro sayyohlar tashrifining 98 foizga kamayishiga olib keldi.[4] Mahalliy tashrif buyuruvchilarning xarajatlari 45 foizga, xalqaro sayyohlarniki esa 69,4 foizga kamaydi.[5] Butunjahon turizm va sayyohlik kengashi (WTTC- World Tourism and Travel Council) Oxford Economics bilan hamkorlikda e'lon qilgan hisobotga ko'ra, 2020 yilda bu sektor 4,5-4,7 trln AQSh dollari orasida daromadini yo'qotgan, uning jahon yalpi ichki mahsulotiga qo'shgan hissasi 2020 yilda 2019 yilga nisbatan 49,1%ga kamayib, 4.7 trillion dollarni tashkil etgan. 62 million ish o'rni yuqotilib, bu 18,2% pasayish butun turizm ekosistemasida sezildi, ayniqsa global biznesning 80% ni tashkil qiladigan kichik va o 'rta korxonalarga ta'siri kuchli bo 'ldi.

[6] Xalqaro Mehnat Tashkiloti (ILO- International Labour Organization) COVID-19 pandemiyasi ta 'siri natijasida global miqyosda ishsizlikni 5,3 milliondan 24,7 milliongacha oshishi mumkin deb baholamoqda.

[7]

Bundan tashqari, UNWTO Barometri 300 million sayyoh va 320 milliard AQSh dollari miqdoridagi xorijiy turizmdan tushgan zararni ko'rsatdi, bu 2009 yildagi moliyaviy inqiroz paytidagadi moliyaviy zarardan ko'ra uch barobar ziyod ziyon demakdir. Umuman olganda, butun dunyo bo'ylab 2020 yilda 2019 yilga qaraganda yo'nalishlar bo'yicha bir milliardga kam xalqaro tashriflar amalga oshirilgan.

[8]

Quyidagi jadvalda eng ko'p sayyohlar tashrif buyuradigan mamlakatlarning 2019 va 2020 yil uchun tanlangan ko'rsatkichlar tahlili ko'rsatilgan.

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, sohaning YalM dagi ulushi 50% dan ortiqqa kamayishi bir necha mamlakatlarda kuzatilgan, misol uchun Italiya, Ispaniya, Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniya ko'rsatkichlari boshqa mamlakatlarnikiga nisbatan yuqorini qayd etgan. [9]

Turizm sanoati har doim tabiiy ofatlar yoki sog'liqni saqlash inqirozlari ta'sirida bo'lgan, lekin bu ta'sirlar hududiy bo'lib, ularga mahalliy qarshi kurashish mumkin edi. COVID-19 inqirozining global tabiati domino effektini keltirib chiqardi, va bu butun sanoatga tizimli darajada ta'sir ko'rsatdi.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

1-jadval. Pandemiyaning soha dinamikasiga ta'siri mamlakatlar kesimida1

Davlat nomi Turizm sohasining YalM ulushi % Turizm sohasining YalM ulushidagi o'zgarish Turizm sohasiga qilinadigan sarf-xara-jatlarning ulushi Turizm sohasiga qilinadigan sarf-xarajat-lardagi o'zgarish %

2020 2019 2020 Mahalliy Xalqaro Mahalliy Xalqaro

2019 2020 2019 2020

Fransiya 4.7! 8.5 -48.8 % 67.1 32.9 -49.8 -52.9

Italiya 7! 13.1 -51 % 80.6 19.4 -49.6 -62

AQSh 5.3! 8.6 -41 % 93.9 6.1 -37.1 -76.7

Ispaniya 5.9! 14.1 -62.7 % 63.2 36.8 -50.7 -78.2

Germaniya 5.5! 9.8 -46.9 % 88.4 11.6 -47.3 -57.9

Xitoy 4.5! 11.6 -59.9 % 88 12 -60.8 -66.3

Yaponiya 4.7! 7.1 -37 % 94.6 5.4 -30.3 -82.9

Buyuk Britaniya 4.2! 10.1 -62.3 % 85.4 14.6 -48 -49.3

Turkiya 5! 11 -54.2 % 47.2 52.8 -41.8 -65.2

Janubiy Koreya 2.4! 4.4 -45.5 67.9 32.1 -34 -68

Bu ta'sirlarga qarshi kurashni endi individual, mahalliy choralar orqali amalga oshirish mumkin emas; inqirozni yaxshiroq boshqarish uchun tizimli yondashuv zarur.

R.Gösslingning fikriga ko'ra, COVID-19 keltirib chiqargan pandemiya butun dunyo uchun jiddiy sinovdir. [10] Vaksina ixtiro qilinguncha, kasallikning tabiati haqidagi ma'lumotlarning cheklanganligi sababli 2020 yil davomida ushbu kasallikni tarqalishini oldini olish uchun gigiena choralari, ijtimoiy masofa, karantin va yo'l harakati cheklovlari pandemiyaga qarshi kurashning asosiy strategiyasi bo'lib keldi. Ikkinchi jahon urushidan beri jahon iqtisodiyoti misli ko'rilmagan global sayohatlarga izolatsiya choralari eng yomon ta'sir ko'rsatdi. Ijtimoiy masofani saqlash choralari hamda ichki va xalqaro yuk tashishdagi cheklovlar natijasida dunyo bo'ylab 2020 mart oyidan boshlab turizm deyarli bir necha oyga to'xtadi. Turizm pandemiyaga qarshi kurash choralariga nisbatan eng zaif iqtisodiy tarmoq bo'ldi.

Mamlakatlarda virus sayyohlik zanjirining deyarli barcha qismlariga ta'sir ko'rsatdi. Ishdan bo'shatish va bankrotlik haqidagi xabarlar kuzatildi. Xalqaro fuqarolik aviatsiya tashkiloti (ICAO — International Civil Aviation Organization) bergan ma'lumotlariga ko'ra 2020 yil mart oyida dunyodagi umumiy parvozlar hajmi 38 foizga kamayganligi, COVID-19 xalqaro yo'lovchilar soni 2020 yilda 44% dan 80%ga [11] tushgan. Oxirgi bir necha o'n yilliklarda Yahon

1 UNWTO ma'lumotlari asosida tuzilgan

sayyohligi ko'plab inqirozlarga duch kelgan (rasm). Misol uchun, 2000-2015 yillar mobaynida katta halokatli hodisalar, jumladan, 2001 yil 11 sentyabr tajovuz aktlari, 2003 yilda o'tkir respirator sindrom (SARS) avj olishi, 2008/2009 yillardagi iqtisodiy inqiroz va 2015 yildagi Yaqin Sharq nafas olish sindromi (MERS) avj olishi misol bo'la oladi.

Lekin ularning hech biri turizmning global rivojlanishini uzoq muddatli pasayishiga olib kelmadi, ularning ba'zilari rasmda hatto ko'zga tashlanmaydi, faqat SARS (-0,4%) va global iqtisodiy inqiroz (-4,0%), xalqaro tashriflarning kamayishiga olib keldi. [12] Bu esa turizm tizim sifatida tashqi ta'sirlarga chidamli bo'lganligini ko'rsatadi. Biroq, COVID-19 pandemiyasining ta'siri kuchli bo'lganligi va soha tiklanishi qiyind kechishi haqida olimlar tomonidan ko'plab tahlillardan olingan prognozlar mavjud.

Jahon sayyohlik tashkilotining (UNWTO) so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro tashriflar hajmi 74 foizga kamaygan bo'lib, sayohat cheklovlari tufayli butun dunyo bo'ylab sayohatlar 2020 yilda o'tgan yilga qaraganda 1 milliardga kam xalqaro tashriflar qayd etilgan. Jahon sayyohlik tashkilotining "Xalqaro Turizm barometri" hisobotida qayd etilgan ma'lumotlariga ko'ra, xalqaro sayohatlarning pasayishi eksportdan tushgan daromadni 1,3 [13] trillion AQSh dollari miqdoridagi yo'qotilishini anglatadi - bu 2009 yildagi global iqtisodiy inqiroz paytida qayd etilgan yo'qotishdan 11 barobar ko'p demakdir.

Virusning o'zgarib turli mutasiyalarga uchrashi va yanada xavfli turlarining paydo bo'layotganligi

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

1-rasm. Xalqaro turistik sayohatlar dinamikasiga ta'sir etgan omillar tahlili1

2-rasm. Xalqaro turistlarning kelishining oylik o'zgarishi foizi (yanvar, fevral, mart) 2020 yil.

sababli, hozirda ko'plab mamlakatlar sayohatlarga nisbatan qattiqroq cheklovlarni joriy qilmoqdalar. Xususan, majburiy test sinovlari, karantinlar va ba'zi hollarda chegaralarning to'liq yopilishi kiradi. Bularning barchasi xalqaro sayohatlarning tiklanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga, COVID-19ga qarshi vaksinalarning bosqichma-bosqich chiqarilishi iste'molchilar ishonchini qozonishga, sayohat cheklovlarini yumshatishga va kelgusi yillar davomida sayohatni asta-sekin me'yorlashtirishga yordam berishi kutilmoqda. UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili fikriga ko'ra: «Xavfsiz xalqaro sayohat qilish imkoniyatiga ega bo'lish uchun ko'p ishlar qilingan bo'lsa-da, biz inqiroz hali tugamaganligini bilamiz. COVID-19 sayohati bilan bog'liq xavflarni kamaytirish, shu jumladan sinovlar, izlanishlar va emlash sertifikatlarini

Manba:UNWTO ma'lumotlari asosida tuzilgan

muvofiqlashtirish va raqamlashtirish xavfsiz sayohatni rivojlantirish va turizm sharoitlarini tiklashga tayyorgarlik ko'rish uchun zarur asosdir" [14].

Yuqoridagi diagrammada 2020 yilda xalqaro sayyohlarning keskin kamayishi haqidagi ma'lumotlar ko'rsatilgan bo'lib, dunyo mintaqalari bo'yicha sayyohlar kelishining foiz o'zgarishi UNWTO ma'lumotlari asosida keltirilgan.

Umuman olganda, pandemiyaga qarshi hamda iqtisodiy inqirozning ta'sirini yumshatish uchun hukumatlar darhol va birinchi navbatda javob sifatida fiskal choralar-pul kredit ajratish orqali kichik va o'rta biznes subyektlarining (eng ta'sirlangan tarmoqlardan biri) likvidliligi hamda ish joylarini saqlab qolishga alohida e'tibor berishdi. Shubhasiz, mamlakatlar tomonidan qabul qilingan va eng keng tarqalgan, amalda qo'llanilgan choralar iqtisodiyotni eng ko'p ta'sirlangan sohalarga qaratilgan rag'batlantiruvchi dasturlardir.

ИК.ТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

Fiskal rag'batlantirish metodining eng keng qo'llanilgan turi bu QQS (qo'shilgan qiymat solig'i) ozod qilish yoki soliqlarni to'lash muddatini kechiktirishni nazarda tutadi. Shu bilan birga favqulodda iqtisodiy jamg'armalar va investisiya dasturlari yordamida pandemiyaning bevosita oqibatlarini yumshatish maqsadida kichik va o'rta biznes hamda o'z-o'zini band qiluvchi sub'ektlarga moliyaviy ko'mak berildi. Bundan tashqari, Evropa Komissiyasi kabi mintaqaviy va Xalqaro valyuta jamg'armasi, Jahon banki kabi xalqaro institutlar hamda boshqa xalqaro Moliya institutlari, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti asosan mamlakatlarni turli dasturlari orqali himoya qilish, xususan maxsus mablag' va kreditlar ajratish, moliyaviy vositalar, texnik yordam, tavsiyalar va boshqalar bilan qo'llab quvvatladilar.

Biroq, iqtisodiyoti turizmga bog'liq bo'lgan ko'plab mamlakatlarga sohani moliyalashtirishda byudjet taqchilligi to'sqinlik qiladi. Sohani jonlantirish maqsadida moliyaviy bo'lmagan boshqaruv usullaridan ham foydalangan turistik hududlar, masalan, Kosta-Rikada, milliy bayramlar dam olish kunlarini uzaytirish orqali ichki turizmni rag'batlantirish uchun vaqtincha dushanba kunlariga ko'chirildi. Yoki Barbados uzoq muddatli ishchilarga mamlakatdan tashqarida yashash va ishlashga ruxsat beruvchi «Xush kelibsiz shtampi» vizasini joriy qildi. Xuddi shunga o'xshash, Fidjida yaxtalar karantin va sinov talablariga javob bergandan so'ng, o'z hudududa (qirg'oqlarda) joylashtirishga imkon beradigan «Moviy yo'llar» tashabbusini boshladi.

Mamlakatlar turizmni to'xtab qolishidan himoya qilish maqsadida subsidiyalarni berish, soliqlarni yumshatish, sayohat kuponlari va vaucherlarni berish kabi usullardan ham foydalandilar. Masalan, Yaponiya 2020 yil iyul oyida ichki turizmga talabni oshirish maqsadida «Go to travel» [15] (Sayohat qil) dasturini ishga tushirdi, dastur sayohatlarga 50% gacha chegirmalar va subsidiyalar taklif qildi. Qisqa muddatli tiklanishning potentsial strategiyasi sifatida ichki turizmni targ'ib qilish va ma'lum yo'nalishlar o'rtasida sayohat etishga imkon beradigan «sayohat manzillari» ko'rsatildi. Aytib o'tish joizki, bu strategiyalar sayohatni pandemiyadan oldingi darajaga qaytarish uchun etarli emas albatta. Ayniqsa, hanuzgacha ichki turizm uchun vaziyatlar beqarorligicha qolmoqda, bunga sabab odamlarning harakatlanishi yangi COVID-19 holatlari soniga bog'liq. Bundan tashqari, ichki sayyohlik, ayniqsa,

turizmga juda bog'liq mamlakatlar uchun, xalqaro sayyohlar qoldirgan bo'shliqlarni to'ldirish uchun etarli emas.

Pandemiyaning salbiy ta'siri O'zbekistonni ham chetlab o'tmadi. Xususan, 2020-yilda O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2019 yilga nisbatan to'rt baravardan ko'proqga kamaydi. Bu haqda O'zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi raisi Aziz Abduhakimov ma'lum qildi. Uning so'zlariga ko'ra, o'tgan yil davomida O'zbekistonga 1,5 million sayyoh tashrif buyurgan. 2019-yilda O'zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2018 yilga nisbatan 26,2 foizga oshib, 6,7 [16] million nafarni tashkil etgan edi. A.Abduhakimov xorijlik sayyohlar oqimining kamayishi natijasida kelib chiqqan iqtisodiy inqirozni yumshatish maqsadida asosiy e'tibor mahalliy turizmni rivojlantirishga qaratilayotganini ta'kidladi. [17]

Karantin davrida O'zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi turizmni tiklash ustida ishlamoqda. Jumladan, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatash maqsadida pandemiya davrida ularga bir qator imtiyozlar, soliq ta'tillari va subsidiyalar berish tartibi joriy etildi. Misol uchun, turizm va xizmat ko'rsatish korxonalari 2021 -yil 1-yanvargacha (joriy yil fevral oyida prezident tomonidan yil oxirigacha uzaytirildi) yer solig'ini to'lashdan ozod etish, ijtimoiy soliqni imtiyozli stavkada (1%) to'lash, daromad solig'i stavkasi 50 foizga tushirish va h.k.ni keltirish mumkin. Bundan tashqari, tadbirkorlarga foizsiz kreditlar, grantlar va subsidiyalar taqdim etildi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil iyun oyida karantin cheklovlariga qat'iy rioya qilgan holda ichki va tashqi turizmni qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni imzolagan edi. Respublikada O'zbekiston uchun xavfsiz turizm bo'yicha maxsus dastur ish boshladi. "Uzbekistan: Safe travel GUARANTEED" («O'zbekiston. Xavfsiz sayohat kafolatlangan») bugungi kungacha faoliyat yuritib, xalqaro standartlarga muvofiq sanitariya me'yorlariga rioya etilishini ta'minlaydi.Bu dasturning asosiy maqsadi xorijiy sayyohlarni jalb etishda O'zbekiston hududi bo'ylab xavfsiz sayyohat qilish mumkinligini targ'ib etishdan iborat. Bundan tashqari, pandemiya bu yangi innovatsiyalar uchun ulkan imkoniyatlarni ochib berganligini inobatga olgan olda onlayn(vertual) turizmni rivojalantirish mumkin. Bu kelajakda potensial sayyohlarning mamlakatimizga sayohat qilishga undaydigan omil bo'lib xizmat

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

qiladi. Umuman olganda, mamlakatimizda karantin choralari qo'llanilgan ilk kunlardayoq turizm sohasini iqtisodiy talofatlarlardan himoya qilish maqsadida hukumatimiz tomonidan bor imkoniyatlardan to'gri foydalanishga katta e'tibor berildi.

Xulosa va takliflar.

Butun dunyo mamlakatlari iqtisodiyotiga salbiy ta'sir etgan koronavirus oqibatlari ekspertlar tomonidan kamida 2023 yilgacha davom etishi taxmin qilinmoqda. Demak, yaqin davrgacha yashash tarzimizning bir qismi bo'lib qoladigan pandemiya taqiqlari doirasida harakat qilishga to'g'ri

keladi. Bu o'ziga xos imkoniyatlar eshigini ochishini anglagan holda, turizm sanoatini imkoniyatlaridan kelib chiqib, yangi yo'nalishlarni kashf etish, yangi turizm yo'nalishlarini rivojlantirish hamda oxirgi o'n yilliklarda butun jahon bo'ylab keng tarqalgan barqarorlik elementlarini joriy etish mumkin. Shu bilan birga, turizm sohasining barqaror tiklanishi davlat boshqaruvi siyosatiga hamda kelajakda pandemiyaga qarshi global darajada qarshi say'i harakatlarga tog'ridan to'g'ri bog'liqligini anglashimiz zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. M.Roser, International arrivals by world region. https://ourworldindata.org/tourism

2. J. Purba, R. Fathiah, Steven. THE IMPACT OF COVID-19 PANDEMIC ON THE TOURISM SECTOR IN INDONESIA Riset : Jurnal Aplikasi Ekonomi, Akuntansi dan Bisnis

3. WHO. (2021). Covid-19 Coronavirus Pandemic. Worldometer.

4. UNWTO World Tourism Barometer. Available online: https://www.sciencegate.app/ source/313472

5. World Travel and Tourism Council Economic Impact. Available online: https://wttc.org/ Research/Economic-Impact

6. International Labour Organization (ILO), 2020. COVID-19 and the world of work: Impact and policy responses. ILO Monitor 1st Edition

7. UNWTO World Tourism Barometer. Available online: https://www.sciencegate.app/ source/313472 (accessed on 14 May 2021)

8. Gössling, S. Risks, resilience, and pathways to sustainable aviation: A COVID-19 perspective. J. Air Transp. Manag. 2020.

9. UNWTO (2020a). COVID-19 Related Travel Restrictions: A Global Review for Tourism. Second Report as of 28 April 2020. https://webunwto.s3.eu-west

10. World Bank. Air transport, passengers carried. https://data.worldbank.org/indicator/is.air. psgr, World Bank. International tourism, number of arrivals. https://data.worldbank.

11. UNWTO World Tourism Barometer and Statistical Annex, https://www.e-unwto.org/doi/ abs/10.18111/wtobarometereng.2021.19.1.1

12. WORLD TOURISM ORGANIZATION: WORST YEAR IN TOURISM HISTORY WITH 1 BILLION FEWER INTERNATIONAL ARRIVALS. MADRID, 28 JAN 20212020. https://webunwto.s3.eu-west-1. amazonaws.com/s3fs-public/2021-01/210128-barometer-en.pdf?GaI1 QTYG. Ky9 LDZ2tlDKc. iRZkinJeuH

13. News Navigator: Can Japan 's 'Go To Travel' domestic tourism campaign ever restart? The Mainichi, Japan news daily. https://mainichi.jp/english/articles/20210524/p2a/00m/0op/021000c

14. Азиз Абдухакимов: «Туризм являеться стратегической отраслью экономики Узбе-кистана.https://kursiv.kz/news/kursiv-guide/2021-04/aziz-abdukhakimov-turizm-yavlyaetsya-strategicheskoy-otraslyu-ekonomiki

15. Коронавирус: что будет с туризмом в Узбекистане? https://www.gazeta.uz/ru/2020/03/12/ tourism/

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2021, 9(145)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.