Научная статья на тему 'PANDEMIYA DAVRIDA XITOY ILMIY FANTASTIKA TADQIQOTINING YANGI BOSQICHI'

PANDEMIYA DAVRIDA XITOY ILMIY FANTASTIKA TADQIQOTINING YANGI BOSQICHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
317
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi davr adabiyoti / pandemiya / adabiy janrlar / ilmiy fantastika / fantast yozuvchilar / fantastik asarlar / New period literature / pandemic / literary genres / Science fiction / fantasy writers / fantastic works

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rasuleva, Nigina Alisherovna

2018-2020-yillarda Xitoy ilmiy fantastikasini o‘rganish “dasht olovi” tezligi asosida yanada rivojlandi. Ushbu vaqt oralig‘ida bir qator ilmiy-fantastik kashfiyotlar amalga oshirildi, yangi tadqiqot muassasalari va nashriyot platformalari tashkil etildi, akademik nashrlar va maqolalar yaratildi, bir qancha xalqaro mukofotlar qo‘lga kiritildi. Ushbu davr Xitoy ilmiy fantastikasida to‘rt asosiy yutuq ko‘zga tashlandi: Lyu Tsin va “Uch jism muammosi” asari haqidagi tadqiqotlar, hujjatlarni nashr etish va ma’lumotlar bazasini yaratish, sun’iy intellekt mavzusidagi tadqiqot hamda COVID-19 virusiga akademik yondashuv. Bular fantastika doirasida “doirani buzish” tendendiyasi tobora yaqqol namoyon bo‘layotganini isbotlabgina qolmay, balki fantast olimlarning jamiyat uchun qayg‘urishlarini ham ko‘rsatib beradi.Mazkur maqolada ana shu davrda Xitoyda ilmiy fantastikani rivojlanishini o‘rganib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A NEW PHASE OF CHINESE SCIENCE FICTION RESEARCH DURING THE PANDEMIC

In 2018-2020, the study of Chinese science fiction further developed at the speed of "steppe fire". During this period, a number of science fiction discoveries were made, new research institutions and publishing platforms were established, academic publications and articles were created, and several international awards were won.There are four major breakthroughs in Chinese science fiction from this period: research on Liu Qing and The Three-Body Problem, document publication and database creation, research on artificial intelligence, and the academic approach to the COVID-19 virus.These not only prove that the trend of "breaking the circle" is becoming more and more evident in fiction, but also show the concern of science fiction scientists for society.In this article, we will study the development of science fiction in China during this period.

Текст научной работы на тему «PANDEMIYA DAVRIDA XITOY ILMIY FANTASTIKA TADQIQOTINING YANGI BOSQICHI»

PANDEMIYA DAVRIDA XITOY ILMIY FANTASTIKA TADQIQOTINING YANGI

BOSQICHI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7336033

PhD. Rasuleva Nigina Alisherovna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Xitoy filologiyasi" kafedrasi katta o'qituvchisi [email protected]

Annotatsiya: 2018-2020-yillarda Xitoy ilmiy fantastikasini o'rganish "dasht olovi" tezligi asosida yanada rivojlandi. Ushbu vaqt oralig'ida bir qator ilmiy-fantastik kashfiyotlar amalga oshirildi, yangi tadqiqot muassasalari va nashriyot platformalari tashkil etildi, akademik nashrlar va maqolalar yaratildi, bir qancha xalqaro mukofotlar qo 'lga kiritildi. Ushbu davr Xitoy ilmiy fantastikasida to'rt asosiy yutuq ko'zga tashlandi: Lyu Tsin va "Uch jism muammosi" asari haqidagi tadqiqotlar, hujjatlarni nashr etish va ma'lumotlar bazasini yaratish, sun'iy intellekt mavzusidagi tadqiqot hamda COVID-19 virusiga akademik yondashuv. Bular fantastika doirasida "doirani buzish" tendendiyasi tobora yaqqol namoyon bo'layotganini isbotlabgina qolmay, balki fantast olimlarning jamiyat uchun qayg'urishlarini ham ko'rsatib beradi.Mazkur maqolada ana shu davrda Xitoyda ilmiy fantastikani rivojlanishini o'rganib chiqamiz.

Kalit so'zlar: Yangi davr adabiyoti; pandemiya;adabiy janrlar; ilmiy fantastika; fantast yozuvchilar; fantastik asarlar

Abstract:In 2018-2020, the study of Chinese science fiction further developed at the speed of "steppe fire". During this period, a number of science fiction discoveries were made, new research institutions and publishing platforms were established, academic publications and articles were created, and several international awards were won.There are four major breakthroughs in Chinese science fiction from this period: research on Liu Qing and The Three-Body Problem, document publication and database creation, research on artificial intelligence, and the academic approach to the COVID-19 virus.These not only prove that the trend of "breaking the circle" is becoming more and more evident in fiction, but also show the concern of science fiction scientists for society.In this article, we will study the development of science fiction in China during this period.

Key words:New period literature; pandemic; literary genres; Science fiction; fantasy writers; fantastic works

So'nggi yillarda Xitoy ilmiy fantastik adabiyoti rivojlanib, ijod, tadqiqot, kinova televideniyada namoyon bo'ldi. Ushbu maqolaXitoy akademik ilmiy-fantastik adabiyotining yangi yutuqlarini saralaydi. Muallif, avvalo, gullab yashnayotgan ilmiy fantastik adabiyotlar to'g'risida ma'lumot beradi, yangi tashkil etilgan ilmiy-tadqiqot institutlari va nashr platformalarini baholaydi, vakillik ilmiy ishlari va ularning xorijdagi obro'siga qisqacha izoh beradi va nihoyat, akademik ma'lumot uchun ba'zi tadqiqot xususiyatlari va faol nuqtalarni umumlashtiradi.

Ilmiy fantastika zamonaviy jamiyatning qaynoq nuqtasiga aylangani sababli, ushbu sohada ilmiy fantastik tadqiqot faoliyati cheksiz oqimda suzib bormoqda. Ular orasida eng ko'zga ko'ringan anjumanlar jamoatchilik e'tiborini tortgan.Ilmiy-fantastik adabiyot ixlosmandlarining ishtiyoqi va faoliyatni tashkil qilish qobiliyati, ular va an'anaviy adabiyot o'rtasidagi eng aniq farqlardan biri bo'lib, bu ilmiy fantastika xalq orasida ommalashib ketishining muhim sababidir. Umumiy qilib olganda, ilmiy-fantastik konferensiyalarni ikki toifaga bo'lish mumkin: birinchi toifa - keng qamrovli hamda turli xil faoliyat turlarini o'zida jamlagan katta ko'lamda o'tkaziladigan

ilmiy-fantastik konferensiyar. Vakillik konferensiyalariga quyidagilar kiradi: "Osiyo-Tinch okeani ilmiy fantastik konferensiyasi", "Boshqa sayyoradagi ilmiy-fantastika konferensiyalari", "Xalqaro Xitoy(Chengdu) ilmiy-fantastik konferensiyasi", "Yoshlar uchun milliy ilmiy-fantastika konferensiyasi", har yili o'tkaziladigan "Xitoy ilmiy fantastika konferensiyasi", "Nebula" mukofoti, "Galaktika mukofoti" va boshqalar. Bunday konferensiyalar yuqori darajada (misol uchun, Xitoy Fan va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi homiyligida) keng doiradagi ishtirokchilar(turli mamlakatlardan va turli kasbdagi) bilan o'tkaziladi, odatda, fanga oid mavzularni muhokama qilish uchun yuzlab yoki minglab odamlar yig'ilishadi. Fantastika forumlar, nutqlar, seminar, mukofot, mutolaa klublari, savdo bitimlari, badiiy ko'rgazmalar, kitobxonlar yig'inlari, ilmiy tadqiqot muassasalariga tashriflar kabi boy mazmunga ega tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ilmiy-fantastika sanoatining bunday tadbirlari deyarli barcha turdagi ilmiy-fantastik amaliyotchilar ehtiyojlarini qondira oladi. Ommaviy axborot vositalarining ko'p sonli xabarlari orqali barcha ijtimoiy qatlamlarga keng ta'sir ko'rsatadi va jamoatchilikning ilm-fanga ishtiyoqini rag'batlantiradi.

Ikkinchi toifa - universitetlar yoki tadqiqot institutlari tomonidan o'tkaziladigan kichikroq, ammo yuqori darajadagi ixtisoslashgan ilmiy-fantastik seminarlar. Masalan, Gongkong Fan va Texnologiya Universitetida "Xitoy adabiy ijodi bo'yicha tadqiqotlar: Xitoy ilmiy fantastikasi" mavzusida seminar o'tkazilgan. Changchun universitetida "Internet asrida Xitoy va Yaponiya o'rtasida ilmiy fantastika madaniyati bo'yicha sammit", Janubiy Fan va Texnologiya universiteti tomonidan "Fan va texnologiya asrida Xitoy adabiyoti va ilmiy fantastika adabiyotini isloh qilish", (Huacheng nashriyot uyi mezbonlik qilgan) "Xitoy ilmiy fantastika adabiyoti(Nankin) forumi" va "Birinchi xalqaro Shanxay Jiaotong universiteti tomonidan o'tkazilgan Fan va Texnologiya gumanitar fanlar bo'yicha simpozium va koronavirus pandemiyasi tufayli onlayn tarzda "Xitoy ilmiy-fantastika adabiyoti yaratilishi hamda uning televideniyaga uzatilishi" simpoziumi kabilar o'tkazilgan. Bunday anjumanlar ishtirokchilari asosan, fantast yozuvchi va tadqiqotchilardir. Mavzular xilma-xil bo'lsada, akademik standartlar yuqori hamda o'ziga xos bo'lib, ayni paytda Xitoy akademik doiralarini qiziqtirayotgan ilmiy fantastika muammolarini aks ettiradi.

Yuqorida keltirib o'tilgan ilmiy-fantastik faoliyatlar faolligi bir nechta doimiy ilmiy-fantastik tadqiqot institutlari tashkil etilishiga turtki bo'ldi. So'nggi yillarda Xitoy Fan va Texnologiyalar Assotsiatsiyasi ilmiy fantastika rivojlanishida chuqur ishtirok etib, ko'plab ilmiy-fantastik tashkilotlar paydo bo'lishiga bevosita yoki bilvosita hissa qo'shdi. Xitoyning mashhur yozuvchilar uyushmasi qoshidagi Fan va Adabiyot qo'mitasiga qo'shimcha ravishda "Fantastika professional qo'mitasi" tashkil etildi (2019). Ayni paytda turli viloyat va shaharlardagi fan-texnika birlashmalari ham birin-ketin ilmiy fantastik bo'limlar tashkil etishga hozirlik ko'ra boshladi. 2018-yil iyun oyida mustaqil yuridik shaxsga ega bo'lgan ilk rasmiy ro'yhatdan o'tgan viloyat ilmiy-fantastik tashkiloti - Sichuan ilmiy fantastika jamiyati tashkil etildi. 2019-yil noyabr oyida Sichuan universitetida birinchi mahalliy ilmiy fantastika ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganligi e'lon qilindi. Bundan tashqari, Shanxay Pudong ilmiy fantastika uyushmasi, Chongqing fan yozuvchilar uyushmasi ilmiy fantastika professional qo'mitasi va boshqalar tashkil etilgan. Ushbu tashkilot va muassasalarning aksariyati ilmiy-fantastik tadqiqotlarni chuqurlashtirishga yordam berish uchun birgalikda faoliyat olib boradigan kollej o'qituvchilari, nashriyot sohasi xodimlari, ilmiy-fantastik yozuvchilar va ilmiy-ommabop ta'lim amaliyotchilaridan iborat.

Ilmiy-fantastik tadqiqot institutlari tashkil etilishi bilan bir vaqtda tegishli akademik nashr platformalari ham tashkil etildi. Sichuan universitetining Xitoy ilmiy-fantastik tadqiqot instituti "Ilmiy fantastika dunyosi" jurnali bilan birgalikda Xitoyda ilk rasmiy nashrli ilmiy-fantastik akademik "Xitoy ilmiy fantastika tadqiqotlari" jurnalini yaratdi va ilmiy fantastika ixlosmandlari, mualliflar, hamda tadqiqotchilar uchun yuqori sifatni ta'minlovchi akademik platforma yaratildi. "Nebule Sciense Fiction Review"ning onlayn versiyasi 2019-yilda tashkil etilgan. Bu platforma xalq mustaqil ilmiy fantastika sharhlari nashr etiladigan jurnal sifatida Wechat platformasida har

oyda nashr qilinadi. Platforma "diversifikatsion, mulohaza qilingan, avtonom" jurnallar siyosatiga amal qiladi va ilmiy fantastika ixlosmandlari uchun o'z vaqtida hamda ishonchli manbaalar beradi. Bundan tashqari so'nggi yillarda ilmiy-fantastik tadqiqot maqolalari soni ortib borayotganligi sababli, Xitoy yozuvchilar uyushmasiga mas'ul bo'lgan "Xitoy yozuvchilar tarmog'i" maxsus "Ilmiy fantastik" bo'limni tashkil etdi va uni bosh sahifada ko'rinadigan "kundalik yangilanish" darajasiga ko'tardi.

Uning ilmiy ishlar va maqolalarni nashr etishdagi yutuqlari har safar Nebula mukofotining "Eng yaxshi fantastika tadqiqoti" uchun dastlabki ro'yhatda yaqqol ko'rinadi - har yili o'nlab kitoblar va yuzlab maqolalari chiqadi. Ular yozuvchi ijodining chuqur muhokamasi yoki muayyan tarixiy davr, ijodiy janrni o'rganish, yoxud alohida shaxslar va guruhlarning ko'p yillik izlanishlari jamlanmasidir. Joy cheklanganligi va muallifning sayoz fikri tufayli faqat beshta vakillik asarini keltirib o'tamiz: Van Yaoning "Kelajak koordinatalari - Globallashuv davridagi Xitoy ilmiy fantastikasi"(Shanxay Adabiyot va San'at nashriyoti,2019)"Xitoylik", "Yangi avlod" xitoylik fantast yozuvchilarning asarlari, mahalliy ilmiy fantastika nazariyasining rivojlanishi va hokazolarni muhokama qiladi. Muallif ham yozuvchi ham tadqiqotchidir. "Britaniya va Amerika ilmiy fantastikasida fan va texnologiya etikasi bo'yicha tadqiqotlar" (China Social Science Press, 2019), unda hayotga aralashuv, insonlarni klonlash, kiberkosmos, robotlar, kiborglar bilan bog'liq axloqiy masalalar har tomonlama tahlil qilinadi. Li Channing "Kognitiv defamiliarizatsiya: uning Joel Uells ilmiy fantastikadagi tadqiqotlari"(Science Press) asarida muallif ilmiy fantastikaning tarixiy ahamiyati, Uells va u yaratgan asarlarning madaniy va intellektual tarixi, ayniqsa evolyutsiya nazariyasini chuqur muhokama qiladi. Tasavvur va utopik fikr; Guo Venning "Inson klonlash ilmiy fantastikasining adabiy etikasi tanqidi"(Nankin universiteti nashriyoti, 2019)inson klonlanishi hodisasini o'rganishga e'tibor qaratgan holda, insonni klonlash ilmiy fantastikasidagi axloqiy muammolarni aniqlaydi va tahlil qiladi. Axloqiy o'ziga xoslikni ichiga oluvchi murojaatlar, axloqiy tanlovlar, axloqiy dilemmalar va axloqiy tartibsizliklar; Song Mingveyning "Xitoy ilmiy fantastikasining yangi to'lqini: tarix, poetika va matn" (Shanxay Adabiyot va san'at nashriyoti, 2020), uning so'nggi o'n yildagi eng ta'sirli 20ta qissasi tanlab olinadi, Xitoy ilmiy fantastikasi to'rt asosiy bo'limlarga bo'lingan holda muhokama qilinadi: yangi asrdagi fantastika yuksalishining boshlanishi va oxiri; ilmiy fantastika poetikasining rivojlanishi, ilmiy fantastika hikoyasining kelib chiqishi, Xitoy ilmiy fantastikasining xalqaro maydonga kirishi va kino hamda televideniya muammolari. Umuman olganda, ushbu yuqori sifatli akademik ishlar Xitoy ilmiy-fantastik tadqiqotlarining asosini mustahkamladi va ilmiy fantastika tadqiqotlarining akademiya va madaniyatdagi ta'sirini kuchaytirdi.

So'nggi yillarda Xitoy ilmiy-fantastik tadqiqotlarini targ'ib qilish va xalqaro almashinuv jarayonlari nihoyatda samarali bo'ldi. Quyida ikkita misol keltirib o'tamiz: ingliz tilidagi "Chinese Literature Today" nashri (Oklaxoma universiteti va Pekin Normal universiteti hamkorligidagi yarim yillik nashr)2018-yilning birinchi sonida "Xan Sun/Xitoy ilmiy fantastika maxsus soni"ni chop etdi. Undan "Buyuk devor", "Koinot tabiati", "Dunyo tekis"asarlarining ingliz tilidagi tarjimalari, shuningdek, Vu Yan, Li Guangyi, Jia Liyuan, Vang Yao va boshqa tadqiqotchilar maqolalari joy olgan. Xitoydagi ingliz tilidagi "Frotiers of Literary Studies" nashri (mavsumiy nashr, Xitoy adabiyotini dunyoga targ'ib qilishga bag'ishlangan, Xitoy materigidagi birinchi to'liq inglizcha Xitoy adabiyoti tadqiqot jurnali) 2020-yil ikkinchi sonida "Zamonaviy Xitoy ilmiy fantastikasi" maqolasi chop etiladi. "Tadqiqot" albomida zamonaviy Xitoy ilm-fanining vakillik yutuqlarini xorijiy kitobxonlarga namoyish etish maqsadida "Xitoyda? Dunyoda?" mavzusiga bag'ishlangan sakkiz olim, jumladan, U Yanya, Li Guanyi, Szyan Chjenya kabilar maqolalari chop etilgan. Xitoy ilmiy-fantastik tadqiqotlarining "tashqariga chiqish" sur'ati juda qat'iy va aniq maqsadli -Xitoyning ilmiy fantastik sanoati tarixi va uning o'ziga xos qiymatini ko'rsatishga harakatini ko'rish qiyin emas.

Xitoy ilmiy fantastik asarlarining xorijdagi foni ta'sirida Xitoy ilmiy fantastika tadqiqot institutining ajoyib yutuqlari quvonarlidir. Bu holat xalqaro akademik tadqiqotchilar tomonidan ham e'tirof etilgan va xitoylik olimlar tomonidan chet eldagi ilmiy fantastika sohasidagi uzoq tarixli mukofotlar ko'p marotaba qo'lga kiritilgan. Masalan, Xalqaro San'at Assotsiatsiyasining 2018-yilgi Jeymi Bishop memorial mukofoti Chongqing universiteti xodimi Li Guangyiga "Xitoyning elektr qiroli:fan, texnologiya va Qing sulolasi oxiridagi dunyo tartibi tasavvuri" maqolasi uchun berilgan. Bu mukofot ingliz tilida yozilmagan fantastika asarlarini saralash maqsadida tashkil etilgan bo'lib, ilk bora xitoylik olimga topshirilgan. Ilmiy fantastika tadqiqotlar assotsiyatsiyasining 2020-yilgi Tomas D. Klarenson mukofoti Janubiy Fan va Texnologiya universitetidan Yan Vuga ilmiy-fantastik ta'lim va tadqiqot, tanqidni targ'ib qilgani uchun topshirildi. Bu safar ham ushbu mukofot ilk marotaba xitoylik olimga topshirilgan edi.

Yuqorida aytib o'tilgan ilmiy-fantastik adabiyot tadqiqotining yutuqlaridan kelib chiqib, biz quyidagi to'rtta umumiy xususiyat va tadqiqot nuqtalarini birlashtirishimiz mumkin: birinchidan, eng ko'zga ko'rinarlisi Lyu Tsin tadqiqotlari, ayniqsa "Uch jism muammosi" asari. "Xitoy milliy bilimlar infratuzilmasi"(CNKI), "Lyu Tsin" va "Uch jism muammosi" ma'lumotlar bazasini misol tariqasida oladigan bo'lsak, ular "asosiy mavzu" doirasida kalit so'zlar bo'lib xizmat qiladi. Faqatgina 511 maqola "adabiyoti va 337ta maqola "san'at" doiralariga kiritilgan bo'lib, ushbu tadqiqotlar ommabopligi yaqqol ko'rinib turadi.

Lyu Tsinning ilmiy fantastik asarlari Xitoy ilmiy fantastik adabiyotini xalqaro darajaga olib chiqqan asar hisoblanadi, hamda tabiiy ravishda akademik e'tibor markaziga aylandi. Oxirgi ikki yil ichida nashr etilgan maqolalarni turli nuqtai nazardan tavsiflash mumkin: intervyular, estetik qadriyat, ijodiy kelib chiqish, xarakter tahlili, madaniy ruh, tarjima va muloqot, xalqaro ta'sir, kino va televideniya moslashuvi va boshqalar. Asarlarga keladigan bo'lsak, Vu Yan, Luo Gang, Li Guanyi, Vang Yao, Jia Liyuan va boshqalarning Lyu Tsin olib borgan izlanishlarga oid maqolalarini o'z ichiga olgan "Lyu Tsinning ilmiy fantastikasi va zamonaviy Xitoyning madaniy holati" (Ijtimoiy fanlar adabiyoti nashriyoti, 2018) maxsus tadqiqot to'plami mavjud. Chet elda mashhur bo'lgan ilmiy-fantastik akademik jurnal Science Fiction Studies (A&HCI indeksli jurnali) 2019-yildagi 137-sonida "Lyu Tsin maxsus soni"ni chiqardi hamda unda Xitoy, AQSH, Fransiya va boshqa mamlakatlar olimlarining Tsin tadqiqotlarining xalqaro qiymatini tasdiqlab yozgan maqolalari chop etildi.

Lyu Tsin tadqiqotlari gullab yashnagan bir paytda "Uch jism muammosi" eng asosiy yutuq bo'lib, u tobora "aylanani buzish tendensiyasini ilgari surgan - uning ilmiy-fantastik doiradan tashqaridagi ta'sirini inobatga olmaslik mumkin emas edi. Misol uchun, 2019-yil "Falsafiy dinamika" jurnali "Ilmiy fantastika va kelajak fikrlari: "Uch jismmuammosi"dagi falsafiy munozaralar" albomini taqdim etdi. "Uch jism muammosi" gumanitar va ijtimoiy fanlarda keng ko'lamli ta'sirga ega. Shuningdek, Vu Fey "Hayot chuqurligi" akademik monografiyasini ham nashr etdi, unda "Uch jism muammosi"ning hayot va insoniyat, o'lim va boqiylik, ijtimoiy shartnoma va differensial tartibning uch o'lchovda falsafiy talqini berilgan. Uning fikricha, "Lyu Tsinning hayotiy tajriba va adabiy asarlaridagi ushbu yirik falsafiy g'oyalarni muhokama qilishi akademiyadagi ko'plab falsafiy yozuvchilarnikidan ancha ustundir".

Ikkinchidan, ilmiy fantastik tadqiqot materiallarini nashr etish, ma'lumotlar bazalarini qurish samarali natijalar berdi. So'nggi yillarda fanni ommalashtirish nashriyoti "Ilmiy fantastika yaratish bo'yicha tadqiqotlar seriyasi"ni yo'lga qo'ydi va ketma-ket "Xitoy ilmiy fantastika mutafakkiri: Vang Jingkangning ilmiy fantastika ijodi tadqiqot to'plami", "Xitoy ilmiy fantastika asarlarining yuz yillik bahosi(besh tom), "Xitoy ilmiy fantastikasini tadqiq qilish", Lyu Tsinning "Ilmiy fantastikaga ajoyib baho" tadqiqotlari chop etildi. Bu turkum nafaqat taniqli yozuvchilarning tadqiqot natijalarini umumlashtiradi, balki Xitoy ilmiy fantastikasining umumiy tarixi va umumiy bilimlari haqidagi ma'lumotlarni tartibga soladi, ushbu turkum Xitoy ilmiy fantastik Nebula

tanlovida "Eng muhim qiymatli ilmiy-fantastik asar" sifatida oltin mukofotni qo'lga kiritdi. 2020-yilda Chongqing Universiteti nashriyoti "Xitoy ilmiy fantastika turkumi: So'nggi Qing"(Li Guangyi tomonidan tahrirlangan) Milliy nashriyot jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan birinchi jildini nashr etdi. Ushbu kitob besh turkumdan iborat bo'lib, har tomonlama tizimli ravishda to'planganxitoy ilmiy fantastika asarlar to'plamlarini o'z ichiga olgan milliondan ortiq so'zdan iborat bo'lishi kutilmoqda.Ma'lumotlar bazasini to'plash nuqtai nazaridan, Xitoy ilmiy fantastikasi 2018-yil noyabr oyida ishga tushirildi. Loyiha "Xitoyning birinchi raqamli ilmiy-fantastika ixlosmandi" sifatida tanilgan janob Syu Tszyulong sharafiga nomlangan. U jurnallarni to'plashga qaratilgan, kitoblar, komikslar, elektron jurnallar, fan nashrlari, multimedia nashrlari va boshqalar, nihoyatda yirik notijorat onlayn elektron arxiv sifatida taqdim etiladi va ma'lumotlar bazasi doimiy ravishda yangilanib turadi.

Uchinchidan, sun'iy intellekt va u bilan bog'liq muammolar ilmiy-fantastik tadqiqotlarning qaynoq nuqtasiga aylandi. Sun'iy intellekt mavzusi uzoq vaqtlardan beri fan va texnika sohasida diqqat markazida bo'lsada, so'nggi yillarda adabiyot sohasida tizimli tadqiqotlar paydo bo'la boshladi. Vakillik konferensiyalari Sharqiy Xitoy Universiteti tomonidan o'tkazilgan "Sun'iy intellekt va jahon adabiyoti" fanlararo seminari (2018-yil, sentabr) va Guangdong universiteti tomonidan o'tkazilgan "Chet tillari va adabiyotiva sun'iy intellektni kompleks rivojlantirish bo'yicha xalqaro seminar"ni(2019-yil noyabr), "Sun'iy intellekt davrida adabiy etika tanqidi bo'yicha xalqaro simpozium"(2020-yil oktabr)larni o'z ichiga oladi. Milliy ijtimoiy fanlar fondini tashkil etish nuqtai nazaridan, 2020-yilda Lu Chaoning "Ilmiy-fantastik adabiyot va sun'iy intellekt etikasi tadqiqoti" va Yang Dandanning "Sun'iy intellekt yozish ontologiyasi tadqiqoti" mavjud. Yuqori ilmiy darajadagi jurnallarda nashr etilgan yirik vakillik maqolalari "Xorijiy adabiyot sharhi"(2018-yil 2-son), Vang Yipingning "Cyborg" va "Sun'iy intellekt"dan "Post-insoniyat" ilmiy fantastikasiga qarash "He, U, va U" misolida", "Adabiy sharh", 2019-yil 3-son, Lyu Tsinning "Zamonaviy xitoy ilmiy fantastikasida texnologiya, gender va "kiborg" - "Yovvoyi to'lqin"ni misol tariqasida oladi. Muallif ilm-fan va texnika taraqqiyoti va zamon oqimi ostida sun'iy intellekt va adabiyot o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik haqidagi izlanishlarni boy zaxiraga ega bo'lgan oltin koniga o'xshatib, qiziqqan olimlar tomonidan chuqur o'rganilishi zarur, deb hisoblaydi.

To'rtinchidan, ilmiy-fantastik adabiyot tadqiqotlari har doim insonparvarlik tuyg'ularini namoyish etadi, bu ayniqsa, bugungi koronavirus epidemiyasiga bo'lgan munosabatda aks etmoqda. Vabo - taxminan ikki yuz yil oldin "Ilmiy fantastika adabiyotining onasi" Meri Shellining "Oxirgi odam"(1826) asarida ilk marotaba tilga olingan va u hozirgacha ham davom etib, hech qachon tugamaydigan mavzu. Yangi koronavirus paydo bo'lishi bilan Xitoy ilmiy fantastika jamiyati ham bir qator o'ziga xos, real tadqiqotlarga hissa qo'shdi. 2020-yil sentabr oyida Xitoyning mashhur ilmiy yozuvchilar uyushmasi bir qator bo'linmalarga "Pandemiyadan keyingi davrda Xitoy-Yaponiya sammiti forumi - ilmiy fantastika va inson sivilizatsiyasiga yangi umid"ni birgalikda o'tkazish bo'yicha ko'rsatma berdi. Xan Song, Kavabata Yuto, shuningdek, ilmiy fantastika muxbirlari(Yao Xayszyun) hamda bir qator ilmiy fantastika tadqiqotchilari (Men Sinshu, Lin Xaochji, Lin Szyuchji) hammalari birgalashib, ilmiy fantastika qanday qilib virus bilan to'qnashayotgani, sivilizatsiya, kelajakni sabrsizlik bilan kutish, inson salomatligi hamjamiyatining noyob qadriyatlari haqida fikrlashishdi. Pandemiya haqida "Adabiyot va San'at" gazetasida 2020-yil mart oyida Vu Yanning "Ilmiy fantastikadagi pandemiya kasalliklari" va Li Chjaoxinning "Kasalliklarni yozish va ilmiy fantastikaning asosiy xususiyatlari", Xingxanning "Ilmiy fantastikadagi vabo: insoniyat bosqichlari, realistik vahima yoki fikr tajribasi" kabi maqolalari birin - ketin chop etildi. "Adabiy yangiliklar" loyihasi "Cheksiz ilmiy fantastika" ruknining birinchi soniga yosh fantast yozuvchi Gu Beni suhbatga taklif qildi. Fantast yozuvchi virus dunyosiga nisbatan o'z nazarlarini, ilmiy fantastika sohasidagi ruhiy tayyorgarlik haqida gapirdi. Ilmiy

fantastik adabiyot osmondagiqo'l yetmas qasr emas, kuchli realistik va insonparvarlik ruhiga ega ekanligini payqash qiyin emasligini tushuntirdi.

So'zimiz so'ngida shuni ta'kidlash kerakki, so'nggi yillarda ilmiy-fantastik tadqiqot jamoatchiligi o'z rivojlanishi sarhisobiga ko'proq e'tibor qaratmoqda. Vu Yan tomonidan asos solingan Janubiy Fan va Texnologiya Universitetining Fan va Inson Tasavvurlari Tadqiqot Markazi Xitoy ilmiy fantastika sanoatini kengaytirishga intilib, yillik "Xitoy ilmiy fantastika sanoati hisoboti"ni doimiy ravishda nashr etib boradi. 2019-yilda "Ilm-fanni yaratish" jurnalining 4-sonida boshlangan "Ilmiy fantastika sanoati madaniyati va akademik tadqiqotlari" mavzusi professor Vu Yan jamoasining "ilmiy-fantastika sanoatining yillik hisobotini ishlab chiqarishning qo'shimcha mahsuloti"dir. Taxminan 2017-yildan 2019-yilgacha u ilmiy-fantastik filmlar, veb-drama, mukofotlar, ko'rgazmalar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari, tarjima, animatsiya, san'at ta'lim akademik nashr va boshqalarni saralab chiqadi. Ushbu maqolalar turkumining keng yoritilganini hisobga olgan holda, qiziquvchilar maqolalarni o'qib chiqishlari mumkin.

ADABIYOTLAR

1. Агапитова, Е. К. Миф о Персефоне и его влияние на советскую научно-фантастическую литературу XX века (на примере творчества И. А. Ефремова) / 24 Е. К. Агапитова // Россия и Греция : диалоги культур: материалы II международной конференции. - Петрозаводск: Изд-во ПетрГУ, 2013.

2. Аспекты фантастоведения: от исторической поэтики к прагматике жанра // [Электронный ресурс] Студенческий научный журнал «Грани науки». 2015. Т. 3. № 3.

3. В мире фантастики. (Сбор.лит.крит.статей и очерков). - М.: Молодая гвардия, 1989.

4. Мир фантастических наград // [Электронный ресурс] Территория L. (Ежемесячная библиотечная газета о молодежи и для молодежи). 2015-05-06.

5. шшш^адй^^м» ' «ЖЖШЙЙШ ê/wrnMi ' 1982 ¥

Шо

№?±' 1981 ¥Шо

7. т^ш. «ш^эд^мш Млк^ЩШЙ, 2010 ¥о

8. шш. Ш^ЯШй^) [M]. 2011 ¥о

9. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). The influence of the political system of china on the formation of social and political terminology. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

10. Djafarov, B., Nishanbaeva, A., Mirzakhmedova, K., & Nuriddinov, N. (2021). GRAMMATICAL ADAPTATION OF THE TURKIC LOANWORDS IN PERSIAN (IN THE EXAMPLES OF ADJECTIVE PHRASES). In Культурология, искусствоведение и филология: современные взгляды и научные исследования (pp. 102-106).

11. Омонов, К. (2013). Об одном нормативе делового письма в старотюркском языке. Вестник Челябинского государственного университета, (23 (314)), 126-130.

12. Khalmurzaeva, N. T. (2020). Peculiarities of intercultural understanding in Uzbek and japanese verbal communication. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 1473-1481.

13. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

14. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.