Научная статья на тему 'PAHLAVONQULI RAVNAQ LIRIKASIDA KOʻZ TIMSOLINING BADIIY TALQINI'

PAHLAVONQULI RAVNAQ LIRIKASIDA KOʻZ TIMSOLINING BADIIY TALQINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PAHLAVONQULI RAVNAQ LIRIKASIDA KOʻZ TIMSOLINING BADIIY TALQINI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^

PAHLAVONQULI RAVNAQ LIRIKASIDA KO'Z TIMSOLINING BADIIY

TALQINI

M. Usmonova

Qarshi davlat universiteti talabasi, O'zbekiston

Xalqimiz orasida "Ko'z ko'ngil ko'zgusi" degan naql bor. Haqiqatan, inson his-tuyg'ulari, qalb kechinmalari ko'zda o'z aksini topadi. Shuning uchun ham adabiyotda ko'z yetakchi timsollardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, mumtoz adabiyotda lirik shoirlar o'z g'azallarida bu timsoldan yorning zohiriy va botiniy sifatlariga urg'u berish maqsadida foydalanishgan. O'zbek mumtoz adabiyotida ko'zga nisbatan qo'llangan tashbehlar shu qadar ko'pki, ularning har birida shoirning badiiy maqsadi o'z ifodasini topgan. Quyida Xiva adabiy muhitida yashab, ijod etgan, o'zbek klassik adabiyotining yetuk namoyondasi Pahlavonquli Ravnaq lirikasida qo'llangan ko'z timsolining badiiy talqiniga to'xtalgan holda, baytlar misolida uning g'azal poetikasi va ma'nosiga ijobiy ta'siri xususida fikr yuritamiz.

"Devoni Ravnaq " bilan tanishar ekanmiz, undagi g'azallarning deyarli barchasida ko'z timsoli uchraydi.Ravnaq bu timsolni, asosan, ikki maqsadda qo'llagan.Ya'ni, birinchidan, u o'z iztiroblarini, hijron azobida qiynalganligini ko'z orqali ya'nada ta'sirliroq ifodalaydi.Bu tasvirlar, o'z navbatida, mubolag'a san'atini yuzaga chiqaradi.Misol uchun:

Ko'z yo'lidin har sahar, qon bo'lib oqib jigar, Mavj urubon chashmalar yer yuzida g'arqi ob.[2:15] Bayt mazmuni: Oshiq shu qadar g'amgin, hajr o'ti uni yondirib kul qilgan. Shu sababdan ko'zdan yosh emas, jigar qonlari oqadi. Bu oqqan qonlar shu qadar ko'pki, butun yer yuzini g'arq qiladi. Odatda, mumtoz shoirlar g'azallarida ko'zdan oqqan yoshlar sel bo'lib, dunyoni tutadi. Ko'zyosh o'rniga ko'zdan qonning oqishi va olamni g'arq qilishi kamdan kam uchraydigan hodisa. Bu, albatta, shoirning badiiy mahoratidir.

Giryon ko'zum yuzing g'ami hajrida har sahar, Ko'zdin to'kar nujumi durri gavhar xushob. [.2:19] Bu yerda Ravnaq ko'zga nisbatan giryon (yig'lab turuvchi) tashbehini qo'llaydi.Dardga to'la bu ko'zlardan yulduzlardek yorqin gavhar donalari to'kiladi.Buning sababi yorning guli ruxsorasi, oydek jamolidir.Bu go'zallik oldida oshiq har tong qatra- qatra durlar to'kishdan to'xtamaydi.Bu o'rinda mubolag'a bilan bir qatorda istiora ham qo'llangan.Ya'ni "durri gavhar" aslida yosh ma'nosini bildiradi.

403

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^

Ravnaqning ishqiy-tasavvufiy g'azallarida ko'z timsoli yor sifatlarini ochib beruvchi asosiy kalit vazifasini bajaradi. Yorning ko'zlariga nisbatan "kofir" tashbehi shoir g'azallarida bot- bot qo'llaniladi:

Na kofirdur ko'zungkim, ahli din qonin ichar har dam, Chekib tiyg'i g'azab bedod etardin qatli om aylab.[2:16] Bu yerda ko'zni kofir deyish orqali, shoir ma'shuqaning ishq ahlig'a shafqatsizligi, oshiqlariga rahm etmasligini nazarda tutgan.

G'amza tig'in tortibon qonim to'kar bir dam ko'zung, Kofari Xaybar masallik g'orati iymon qilib.[2:19] Mazkur g'azalda ham ko'z kofir sifati bilan ta'riflanadi va talmeh san'ati orqali Ravnaq tarixiy voqeaga ishora qiladi.Ya'ni, "Xaybar" bu yerda joy nomi bo'lib, "628-yilda Muhammad boshchiligidagi ilk musulmonlar va Xaybar vohasida yashovchi yahudiylar o'rtasida jang bo'lgan.Islomiy manbalarga ko'ra, musulmon qo'shinlari Xaybarga yurish qilib, musulmonlar bilan kelishuvni buzganidan keyin qal'alarda to'siq o'rnatgan yahudiylar bilan jangga kirishgan".[4]

Mumtoz adabiyotda yor ko'zlarini "mastona", "mast qiluvchi" o'xshatishlari an'anaviy hisoblanib, deyarli barcha lirik shoirlar bu tashbehlardan foydalanishgan. Xususan, Pahlavonquli Ravnaq ham g'azallarida bu tasvir vositasi orqali yor portretini yanada jozibaliroq va ta'sirliroq chizgan.

Ne g'ulg'ulada arsai olamda gar ermas, Mastona qaro ko'zlari sarmoyayi bedod.[2:26]

Mastona ko'zlaring na balodurki jonima,

Har lahza yuz karashma-u noz- u adosi bor.[2:37]

Mastona ko'zlaringni maxmuri bo'lg'an ega, La'ling mayidin o'zga dafi malol emastur.[3] Shoir, shuningdek, ma'shuqa ko'zlarining afsuni, jodusi shu qadar kuchliki, uning birgina nigohi yurakka malham bo'la olishini, xasta ko'ngullarga darmon bo'lishini ta'kidlaydi.Bu ko'zlar faqatgina oshiqni emas, balki butun dunyoni, yetti iqlimni o'ziga asir- u benavo etadi:

Ichib may chiqsa ul gulgun qabo sho'xi baloangez, Fusungar ko'zlari g'oratgari iqlimi iymondur.[2:43]

Gar ishva birla har dam o'ltursa elni tong yo'q, Mohir ko'zung rumuz-u noz- u adog'a dilbar.[2:40]

404

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы

Pahlavonquli Ravnaq devonida "Ko'z" radifli g'azallar ham bir nechtani tashkil etadi.Radif sifatida bu timsolning tanlanishida ham, aslida, badiiy maqsad bor.Birinchidan, bu yerda sinekdoxa hodisasi vujudga kelgan.Ya'ni ko'z deya ( qism orqali) yor (butun) nazarda tutilgan bo'lsa, ikkinchidan, oshiq iztiroblarini ifodalash uchun qo'llangan.G'azaldagi radif sifatida tanlangan "ko'z" so'zi bir paytning o'zida ikki kishi( oshiq, yor)ga tegishli:

Chehra gul, qad sarvinoz-u, lab shakar bodom ko'z, G'amza jallod-u, nigoh shamshir, xunoshom ko'z.[2:55]

(matla')

Bu yerda ta'did san'ati orqali, shoir ma'shuqa sifatlarini bir- bir ajratib ko'rsatyapti.

Ravnaq, ul gulgun qabo husnin tamosho qilg'ali, Ne balolar boshima kelturdi nofarjom ko'z.[2:55]

(maqta')

Ushbu baytda oshiq o'z boshiga kelgan barcha azoblarga o'z ko'zini aybdor qiladi. Agarda uning ko'zlari yorga tushmaganda ishq o'tida kuymagan bo'lar edi. Mazkur baytlar Navoiyning quyidagi misralarini yodga soladi:

Кузга чун дерменки, эй тардомани юзи каро, Сендин улмиш телба кунглумнинг балою вах,шати.[1:602] Xulosa qilib aytganda, Ravnaq lirikasi o'zining mazmun-mohiyati, ifoda usuli va tasvir vositalarining o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.G'azallardagi har bir obraz va timsollar baytlarga o'ziga xos ma'nolarni tashiydi.Ko'z timsoli ham shoir lirikasining ajralmas qismi bo'lgani holda, she'rga o'zgacha ruh baxsh etadi.Shu bilan bir qatorda ko'z orqali yuzaga chiqqan bir qancha ma'naviy va lafziy san'atlar g'azallar poetikasini mukammallashtirib, badiiy jihatdan boyitishga xizmat qiladi.

References / Adabiyotlar

1. Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik, 4-jild. -Toshkent: G'afur G'ulom, 2011.

2. Devoni Ravnaq. Qo'lyozma.- O'z.R: FASHI fondi, inv.N:922

3. https://ziyouz.uz/ozbek-sheriyati/ozbek-mumtoz-sheriyati/ravnaq/

4. https ://uz.m.wikipedia.org/wiki/Xaybar_jangi

405

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.