Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIR YILDA IKKI MARTA DON HOSILI YETISHTIRISHNING O‘RNI'

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIR YILDA IKKI MARTA DON HOSILI YETISHTIRISHNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzgi bug‘doy / takroriy ekin / tariq / mosh / don / mineral o‘g‘it / azot / fosfor / kaliy / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Irnazarov Shuhrat Ismatullayevich, Ibragimov Zoxid Abdivoxidovich

Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining sug‘oriladigan yerlari sharoitida, kuzgi bug‘doy yetishtirishda qo‘llanilgan mineral o‘g‘itlar meyor va nisbatlarining asosiy va takroriy ekinlarning don hosiliga ta’siri tahlil qilingan. Kuzgi bug‘doy yetishtirishda mineral o‘g‘itlar oshirilgan meyor va nisbatlarda qo‘llanilganda, asosiy ekin hamda ang‘izida tariq va mosh ekinlari yetishtirib, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishda gektaridan tariq bilan birga 108,2 s/ga, mosh bilan birga 109,9 s/ga don hosili olishga erishilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA BIR YILDA IKKI MARTA DON HOSILI YETISHTIRISHNING O‘RNI»

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA BIR YILDA IKKI MARTA DON HOSILI YETISHTIRISHNING O'RNI

1Irnazarov Shuhrat Ismatullayevich, 2Ibragimov Zoxid Abdivoxidovich

1Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, "Oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi" kafedrasi

mudiri, q.x.f.d

2Qarshi muhandislik -iqtisodiyot instituti, "Qishloq xo'jalik muhandisligi va texnologiyasi"

kafedrasi dotsenti, q.x.f.n https://doi.org/10.5281/zenodo.13960653

Annotatsiya. Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyatining sug'oriladigan yerlari sharoitida, kuzgi bug'doy yetishtirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlar meyor va nisbatlarining asosiy va takroriy ekinlarning don hosiliga ta'siri tahlil qilingan. Kuzgi bug'doy yetishtirishda mineral o'g'itlar oshirilgan meyor va nisbatlarda qo'llanilganda, asosiy ekin hamda ang'izida tariq va mosh ekinlari yetishtirib, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishda gektaridan tariq bilan birga 108,2 s/ga, mosh bilan birga 109,9 s/ga don hosili olishga erishilgan.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy, takroriy ekin, tariq, mosh, don, mineral o'g'it, azot, fosfor, kaliy, hosildorlik.

Аннотация. В данной статье анализируется влияние нормы и пропорциональных минеральных удобрений, применяетсямикс при возделывании озимой Шеницы в условияхх орошаемикс земель Кашкадарьинской области, на урозайность зерна освобожденных и повторных культур. При внесении минеральных удобрений в повышенных нормах и пропорциях при возделывании озимой Шеницы вырашивают борсную культуру и советы проса и маш, при этом достигается урожайность зерна 108,2 с/га с просом и 109,9 с/га с машом.

Ключевые слова: озимая пшеница, повторный посев, просо, маш, зерно, минеральные удобрения, азот, фосфор, калий, урозаиность Annotation.

Abstract. This article analyzes the influence of the norms and proportions of mineral fertilizers used in the cultivation of winter wheat in the conditions of irrigated lands in the Kashkadarya region on the grain yield of main and secondary crops. When mineral fertilizers are applied in increased rates and proportions when cultivating winter wheat, the main crop and crops of millet and mung bean are grown, and a grain yield of 108.2 c/ha with millet and 109.9 c/ha with mung bean is achieved.

Keywords: winter wheat, re-seeding, millet, mung bean, grain, mineral fertilizers, nitrogen, phosphorus, potassium, productivity.

Kirish

Jahon aholisi yildan - yilga ortib borishi bilan, ularning oziq-ovqatga bo'lgan talabi ham o'sib boroqda. Har yili dunyo bo'yicha 3 mlyar 900 mln tonna oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilsa, shundan 776,5 mln tonnani - bug'doy, 28 mln tonnani tariq va 3,8 mln tonnani mosh tashkil etadi. Ushbu ekinlar bug'doy har yili - 221 mln gektar maydonda yetishtiriladi, tariq ekin maydoni esa jami sug'oriladigan yerlarning 1,5 foiziga to'g'ri keladi. Mosh esa 25 mln gektarga yaqin maydonda yetishtiriladi. Respubikamizda 2023 yilda - 8,4 mln tonna g'alla (1mln 180 ming gektar), 474 ming tonna tariq (190 ming gektar) va 460 ming tonna mosh (230 ming gektar) yetishtirilgan.

Bug'doy - jahonning asosiy don ekini bo'lib, qimmatbaho va serhosil oziq-ovqat ekinlaridan biri hisoblanadi. Inson o'zining xayotiy faoliyati uchun kerak bo'ladigan

energiyaning 20% ni bug'doy hisobiga to'ldiradi. Bug'doy dunyodagi mamlakatlarning ko'pchiligida asosiy oziq-ovqat ekinidir va dunyo aholisining yarmidan ko'prog'i uni iste'mol qiladi.

Tariq esa - o'zgarib borayotgan global iqlim sharoitida qurg'oqchilikka chidamliligi, to'yimligi va tuproq unumdorligiga talabchan bo'lmaganligi uchun barchani e'tiborini o'ziga tortdi va BMT tomonidan 2023 yil Butunjahon - Tariq yili deb e'lon qilindi.

Mosh ekini esa tuproqni azot bilan boyitishi bilan birga oziq-ovqat uchun ishlatiladigan don-dukkakli ekinlar orasida - ozuqaviy birligi, doni tarkibidagi oqsil va vitaminlari hamda kaloriyasi bo'yicha yuqori o'rinda turadi.

Kuzgi bug'doy va dukkakli don ekinlari barcha qishloq xo'jaligi ekinlari uchun eng yaxshi o'tmishdosh, aholi va chorvachilikni donga, oqsilga va vitaminlarga bo'lgan talabini ta'minlashga hizmat qiladi.

Dunyo qishloq xo'jaligida ekinlardan mo'l va sifatli hosil olish, istiqbolli agrotexnologiyalar ishlab chiqish va joriy etish, ekinlarning yangi navlarini yaratish va tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib joylashtirish, suv tejamkorligi, yerdan yil davomida uzluksiz foydalanib bir necha marta hosil olish, mineral o'g'itlar tanqisligi sharoitida ularning samaradorligini oshirish, tuproq unumdorligi va ekologiyasini yaxshilash bo'yicha tadqiqotlarni rivojlantirishga katta e'tibor berilmoqda.

Biroq, keskin iqlim o'zgarishi, Orol dengizi qurishi natijasida so'nggi yillarda ob-havoni noqulay kelishi, asosan qurg'oqchilik sababli yuqori agrotexnologiyalar qo'llanilishiga qaramasdan gektaridan olinayotgan hosildorlik va uning sifatida muammo kelib chiqmoqda.

Ushbu muammolarni bartaraf etishda asosiy maydonlarda ekib kelinayotgan kuzgi bug'doydan keyin tuproqda qolayotgan mineral o'g'itlar fonida takroriy ekinlar mosh, tariq yetishtirish orqali katta mablag' sarflanayotgan mineral o'g'itlar samardorligini oshirish, yerdan yil davomida samarali foydalanib, arzon va sifatli don mahsulotlari yetishitirish texnologiyasini takomillashtirish hamda ilmiy asoslash dolzarb hisoblanadi.

Tadqiqot ob'ekti va uslubiyati. Dala tajribalari 2011-2014 yillarda Koson tumanidagi "Qulmanov Umir" fermer xo'jaligi (och tusli bo'z tuproqlar sharoitida) va 2015-2017 yillarda Yakkabog' tumanidagi "Nortoshev Xo'jamberdi Sarmanovich" fermer xo'jaliklarida (tipik bo'z tuproqlar sharoitida) o'tkazildi. Dala tajribalari maydonlarining kattaligi 90 m2, hisob maydonchalari 50 m2 bo'lib, to'rt takrorlanishda o'tkazildi [1].

Kuzgi bug'doy dalasida mineral o'g'itlar 7 variantda: NPK qo'llanilmagan nazorat varianti, NPK tavsiya etilgan meyori kamaytirilib (N150P75K50), tavsiya etilgan (N180P90K60), oshirilgan (N210P105K70) meyorlari va fosforli o'g'itlar oshirilib nisbatlari qo'llanilib (N210P120K80), (N210P135K90), (N210P150K100) dala tajribalari o'tkazildi. Kuzgi bug'doy ang'izida takroriy ekin sifatida tariq va mosh yetishtirilib mineral o'g'itlarning keyingi ta'siri o'rganildi [2].

Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. Och tusli bo'z tuproqlar sharoitida o'tkazilgan tadqiqotlarimiz natijalari bo'yicha kuzgi bug'doy mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan (N180P90K60) meyoriga nisbatan oshirilib qo'llanilishi natijasida don hosildorligi ikki hissa va undan ham oshishi aniqlandi.

Tadqiqotlarimizda azotli o'g'itlar meyorlari 210 kg/ga gacha oshirilib, fosforli o'g'itlar tavsiya etilgan meyordagiga nisbatan (P90) 105 kg/ga dan 150 kg/ga gacha, kaliyli o'g'itlarning tavsiya etilgan meyoridagiga (K60) nisbatan 70 kg/ga dan 100 kg/ga gacha oshirilganda don hosildorligi 35,5 s/ga dan 44,6 s/ga gacha oshganligi kuzatildi (1-jadval).

1-jadval

Kuzgi bug'doy hosildorligiga mineral o'g'itlar ta'siri

och tusli bo'z Qo'shimcha tipik bo'z Qo'shimcha

tuproqlar hosil, s/ga tuproqlar hosil, s/ga

№ Tajriba variantlari sharoitida kuzgi sharoitida kuzgi

bug'doy bug'doy

hosildorlik, s/ga hosildorlik, s/ga

1 O'g'itsiz (st-1) 35,8 37,6

2 N150P75K50 58,9 23,1 58,3 20,7

3 N180P90K60 (st-2) 67,3 31,5 67,1 29,5

4 N210P105K70 71,3 35,5 75,2 37,6

5 N210P120K80 75,9 40,1 77,0 39,4

6 N210P135K90 77,3 41,5 78,3 40,7

7 N210P150K100 80,4 44,6 81,6 44

Tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doy o'suv davri davomida mineral o'g'itlar ta'sirida yetarlicha organik moddalar to'plashi natijasida donlar sonlari va massasining oshishi bilan birga hosildorligining oshishi kuzatildi.

Olib borgan tadqiqotlarimiz natijasida Qashqadaryo viloyatining och tusli bo'z va tipik bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doy hamda uning ang'izida takroriy ekinlar yetishtirish uchun azotli o'g'it meyorlari 210 kg/ga gacha oshirilib, fosforli o'g'itlar tavsiya etilgan meyordagiga nisbatan (P90) 105 kg/ga dan 150 kg/ga gacha, kaliyli o'g'itlarning tavsiya etilgan meyordagiga (K60) nisbatan 70 kg/ga dan 100 kg/ga gacha qo'llanilganda kuzgi bug'doy don hosildorligini 20,7 s/ga dan 44,0 s/ga gacha oshirish mumkinligi isbotlandi.

Kuzgi bug'doyning hosildorligi o'g'itsiz nazorat variantga nisbatan NRK kamaytirilgan (N150P70K50) meyorda 20,7 s/ga yuqori, NRK tavsiya etilgan (N180P90K60) meyorda 29,5 s/ga yuqori, NRK oshirilgan (N210P105K70) meyorida berilganda 37,6 s/ga yuqori, NRK oshirilgan (N210P120K80) meyorida berilganda 39,4 s/ga yuqori, NRK oshirilgan (N210P135K90) meyorida berilganda 40,7 s/ga yuqori, NRK oshirilgan meyorda (N210P150K100) berilganda 44,0 s/ga gacha don hosili olinganligi aniqlangan.

Shunday qilib, mamlakatimizning janubiy sug'oriladigan mintaqalari sharoitida yerdan yil davomida uzluksiz foydalanib, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishda asosiy ekin sifatida yetishtirilgan kuzgi bug'doyni mineral o'g'itlarning kuzgi bug'doyning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'siri bo'yicha tahlillarning yakuniy qismida shu narsani alohida takidlash joizki, mineral o'g'itlar tegishli meyorlarda va nisbatlarda o'z vaqtida qo'llanilganda har qanday ob-havo sharoitida va tuproq unumdorligi talablar darajasidan past bo'lganda ham samaradorlikni yuqori qilish imkoniyatlari ishlab chiqildi.

Tariq doni hosildorligi bo'yicha olib borilgan tajribalarimizda och tusli bo'z tuproqlar sharoitida natijalari kuzgi bug'doy yetishtirishda mineral o'g'itlar qo'llanilmagan nazorat variantida ham olingan tariq don hosildorligi yillar bo'yicha 11,8 s/ga dan 13,3 s/ga gacha o'zgarib borib, o'rtachasi 12,4 s/ga tashkil etdi. Shu sababli ham tajribaning barcha variantidan olingan ma'lumotlar tariqning don hosildorligi bo'yicha olingan ma'lumotlarning tajriba o'tkazilgan yillar bo'yicha o'rtachasi aniqlanib, nazorat varianti hosildorligi bilan taqqoslandi (2-jadval).

Kuzgi bug'doyni oziqlantirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlarning ang'izida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan tariq hosildorligini keyingi ta'sirida asosiy ekin sifatida yetishtirilgan

kuzgi bug'doyni oziqlantirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlar meyorlarining keyingi ta'sirida 18,3 s/ga dan 27,8 s/ga gacha oshib borishligi kuzatildi.

Mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan (N180P90K60) meyori kamaytirilib (N150P70K50) qo'llanilgandagi tariq don hosildorligi mineral o'g'itlar qo'llanilmagan nazorat variantdagiga 5,9 s/ga oshganligi kuzatildi. Tajribaning boshqa variantlarida ham tuproqdagi mineral o'g'itlarning qoldiqlariga mos holda oshib borishi kuzatilib 8,4 s/ga dan 15,4 s/ga gacha bo'lishi kuzatildi.

2-jadval

Ang'izda takroriy ekinlar hosildorligiga mineral o'g'itlar qoldiqlarining ta'siri

och tusli bo'z tipik bo'z och tusli bo'z tipik bo'z

tuproqlar tuproqlar tuproqlar tuproqlar

Tajriba variantlari sharoitida sharoitida sharoitida sharoitida

№ tariq tariq mosh mosh

hosildorlik, hosildorlik, hosildorlik, hosildorlik,

s/ga s/ga s/ga s/ga

1 O'g'itsiz (st-1) 12,4 12,7 10,5 11,3

2 N150P75K50 18,3 18,9 12,5 13,5

3 N180P90K60 (st-2) 20,8 20,9 13,9 14,2

4 N210P105K70 22,5 25,8 15,8 16,7

5 N210P120K80 24,0 26,3 17,5 17,9

6 N210P135K90 25,6 27,5 18,6 18,7

7 N210P150K100 27,8 28,3 19,2 19,8

Tipik bo'z tuproqlar sharoitida ham kuzgi bug'doy yetishtirishda mineral o'g'itlar qo'llanilmagan nazorat variantida ham olingan tariq don hosildorligi o'rtacha 12,7 s/ga ni tashkil etib, mineral o'g'itlar meyorlarining keyingi ta'sirida 18,9 s/ga dan 28,3 s/ga gacha oshib borishi aniqlandi.

Mineral o'g'itlarning kamaytirilgan (N150P75K50) meyorda nazoratga nisbatan 6,2 s/ga, tavsiya etilgan (N180P90K60) meyorda nazoratga nisbatan 8,2 s/ga oshganligi kuzatildi. Tajribaning boshqa variantlarida ham tuproqdagi mineral o'g'itlarning qoldiqlariga mos holda oshib borishi kuzatilib 13,1 s/ga dan 15,5 s/ga gacha bo'lishi kuzatildi.

Qashqadaryo viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida sug'oriladigan yerlardan yil davomida uzluksiz foydalanib, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirish tizimida kuzgi bug'doyni oziqlantirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlarning tuproqdagi qoldiqlarining ang'izida yozning ikkinchi yarmi mobaynida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan mosh hosildorligiga keyingi ta'siri bo'yicha tajribalarimizda azot miqdori faqat 210 kg/ga gacha oshirilib, fosforli, kaliyli o'g'itlar meyorlarining yanada oshirilgan holda tajribalar davom etdirilganda fosforli va kaliyli o'g'itlarning tuproqdagi qoldiqlarining keyingi ta'siri takroriy ekin sifatida yetishtirilgan mosh hosildorligini yanada oshirishi aniqlanib, mosh hosildorligi NRK qo'llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 7,0-8,7 s/ga gacha oshirish imkoniyati mavjuligi aniqlandi.

Mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan meyori va nisbati (N180P90K60) kuzgi bug'doydan 60 s/ga don hosili yetishtirishga mo'ljallangan. Chunki, kuzgi bug'doyning har bir sentneri o'rta hisobda 3 kg azot, 1,5 kg fosfor va 1 kg kaliy o'zlashtiradi. Biroq, tajribalarimiz natijalari bo'yicha kuzgi bug'doy mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan meyori va nisbati ta'sirida (N180P90K60) o'rtacha don hosildorligi 67,3 s/ga tashkil etgani holda, N210P105K70 meyorda va nisbatda qo'llanilganda tavsiya etilgan meyordagiga nisbatan 4,0 s/ga, N210P120K80

qo'llanilganda 8,6 s/ga; N210P135K90 qo'llanilganda 10 s/ga, N210P150K100 qo'llanilganda 13,1 s/ga oshishi aniqlandi. Bunday holat sug'oriladigan yerlardan yil davomida uzluksiz foydalanib, bir yilda ikki don hosili yetishtirishda oshirilib qo'llanilgan mineral o'g'itlar meyorlarining nafaqat keyingi ta'siri, balki kuzgi bug'doy hosildorligiga to'g'ridan-to'g'ri ta'siri ham yuqori bo'lishligini ko'rsatdi.

Tipik bo'z tuproqli sug'oriladigan yerlarda kuzgi bug'doyni oziqlantirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlarning tuproqdagi qoldiqlarining ang'izida yozning ikkinchi yarmi mobaynida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan mosh hosildorligiga keyingi ta'siri bo'yicha olingan natijalarda nazorat variantida mosh hosildorligi 11,3 s/ga ni tashkil etib, mineral o'g'itlar meyorlari kamaytirilib qo'llanilganda 13,5 s/ga ni, tavsiya etilgan meyorda 14,2 s/ga ni, oshirib qo'llanilgan variantlarda kuzgi bug'doyga qo'llanilgandagi tuproqdagi qoldiqlarning keyingi ta'sirida moshning don hosildorligi 16,7-19,8 s/ga gacha oshib borishi ma'lum bo'ldi.

Tajribalarimizda azot miqdori 210 kg/ga gacha oshirilib, fosforli va kaliyli o'g'itlar meyorlari yanada oshirilgani holda qo'llanilganda mosh hosildorligini yanada oshirishi aniqlanib, NRK qo'llanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 5,4-8,5 s/ga gacha oshishini ko'rsatdi.

Shuning uchun ham sug'oriladigan yerlardan samarali foydalanish va tuproq unumdorligini saqlab qolish, hamda oshirishning asosiy omillaridan biri mineral o'g'itlar qo'llash nisbatlari doirasida meyorini oshirish istiqbolli tadbir bo'laoladi.

Xulosalar. Kuzgi bug'doy don hosildorligi mineral o'g'itlar N210P150K100 meyorgacha oshirilib qo'llanilganda och tusli bo'z tuproqlar sharoitida 80,4 s/ga tashkil etib, o'g'itsiz nazoratga nisbatan 44,6 s/ga, tavsiya etilgan meyorga nisbatan 13,1 s/ga ko'paydi. Tipik bo'z tuproqlar sharoitida NRK N210R150K100 meyorgacha oshirilib qo'llanilganda hosildorlik 81,6 s/ga ni tashkil etib, o'g'itsiz nazoratga nisbatan 44,0 s/ga, tavsiya etilgan meyorga nisbatan 14,5 s/ga yuqori bo'ldi. Tipik bo'z tuproqlar sharoitida NRK N210P150K100 meyorgacha oshirilib qo'llanilganda och tusli bo'z tuproqlarga nisbatan 1,2 s/ga yuqori hosil olindi.

Asosiy ekin sifatida yetishtirilgan kuzgi bug'doy yetishtirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlar qoldiqlarining ta'siri ham yuqori bo'lishi aniqlanib, ang'izida yetishtirilgan tariq doni hosilining ham oshishi qayd etildi. Hosildorilik mineral o'g'itlar N210R150K100 meyorlarda qo'llanilganda och tusli bo'z tuproqlar sharoitida nazoratga nisbatan 15,4 s/ga, tavsiya etilgan meyorga nisbatan esa 7,0 s/ga yuqori, tipik bo'z tuproqlar sharoitida nazoratga nisbatan 15,5 s/ga, tavsiya etilgan meyorga nisbatan 7,4 s/ga yuqori bo'lishi aniqlandi. Tipik bo'z tuproqlar sharoitida och tusli bo'z tuproqlarga nisbatan hosildorlikni 0,5 s/ga ortganligi aniqlandi.

Kuzgi bug'doy oziqlantirishda qo'llanilgan mineral o'g'itlarning tuproqdagi qoldiqlarning ang'izida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan mosh hosildorligini Qashqadaryo viloyatining och tusli bo'z tuproqlari sharoitida o'g'itsiz nazorat variantga nisbatan 8,7 s/ga, mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan meyoriga nisbatan 5,3 s/ga, tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'g'itsiz nazorat variantga nisbatan 8,5 s/ga, mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan meyoriga nisbatan 5,6 s/ga oshirdi. Mineral o'g'itlarning N210R150K100 meyorlari fonida tipik bo'z tuproqlar sharoitida yetishtirilagn mosh hosildorligi och tusli bo'z tuproqlar sharotiga nisbatan 0,6 s/ga yuqori bo'lishi aniqlandi.

Kuzgi bug'doy yetishtirishda mineral o'g'itlar oshirilgan meyor va nisbatlarda qo'llanilganda, asosiy ekin hamda ang'izida tariq va mosh ekinlari yetishtirib, bir yilda ikki marta don hosili yetishtirishda gektaridan tariq bilan birga 108,2 s/ga, mosh bilan birga 109,9 s/ga don hosili olindi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. - O'zPITI. Toshkent, 2007, - 145 b.

2. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita (S osnovami statisticheskoy obrabotki rezultatov issledovaniy). - Moskva: Agropromizdat, 1985. - 351 s.

3. Irnazarov Sh.I. Vliyaniye srokov poseva na rost, razvitiye i urojaynost osnovnix i pojnivnix kultur v usloviyax svetlix serozemov Kashkadarinskoy oblasti. Avtor.diss.na.soisk.uch.st.kand s/x nauk. SamSXI. Samarkand. 2002 g. 19 str.

4. Irnazarov Sh.I. Dva urojaya v god v Uzbekistana. Jurnal Zemledeliye. Moskva. 2000 g. №5, str.46

5. Irnazarov Sh.I. Mineralniye udobreniya v oroshayemom zernoproizvodstve. jurnal «Agroximicheskiy vestnik». Moskva. 2000 g. №5. S. 34.

6. Eshmirzayev K. i drugiye. Vliyaniye pojnivnix posevov na proizvoditelnost pashni. Jurnal s/x Uzbekistan. 1991. S. 17.

7. Kenjayev Y., Oripov R. Takroriy ekinlarning o'sishi va rivojlanish xususiyatlari // "Agroilm" O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi. Toshkent, 2007. №3. B.14

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.