Научная статья на тему 'IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA SIFATIGA TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI VA FOSFORLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI'

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA SIFATIGA TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI VA FOSFORLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Sug‘orish eroziyasi / tipik bo‘z tuproq / kuzgi bug‘doy / fosforli o‘g‘it / yuvilmagan / yuvilgan / oqova to‘plangan / hosil strukturasi / hosildorlik.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Bozorov Kamoliddin Sheraliyevich

Sug‘orish eroziyasiga uchragan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida kuzgi bug‘doyni oziqlantirishda fosforli o‘g‘itlarni N200K100 kg/ga fonida fosforli o‘g‘itlarni maydonning tuprog‘i yuvilish darajasiga qarab tabaqalashtirib qo‘llash hisobiga ekin maydonining tuprog‘i yuvilgan qismida ham tuprog‘i yuvilmagan maydondagi kabi yuqori hamda sifatli don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA KUZGI BUG‘DOY DON HOSILI VA SIFATIGA TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI VA FOSFORLI O‘G‘ITLAR ME’YORLARINING TA’SIRI»

IRRIGATSIYA EROZIYASIGA UCHRAGAN YERLARDA KUZGI BUG'DOY DON HOSILI VA SIFATIGA TUPROQQA ISHLOV BERISH USULLARI VA FOSFORLI

O'G'ITLAR ME'YORLARINING TA'SIRI Bozorov Kamoliddin Sheraliyevich

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti Agrobitexnologiya kafedrasi dotsenti, qishloq xo'jalik fanlari bo'yicha falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11181614

Annotatsiya. Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doyni oziqlantirishdafosforli o'g'itlarni N200K100 kg/gafonida fosforli o'g'itlarni maydonning tuprog'i yuvilish darajasiga qarab tabaqalashtirib qo'llash hisobiga ekin maydonining tuprog'i yuvilgan qismida ham tuprog'i yuvilmagan maydondagi kabi yuqori hamda sifatli don hosili yetishtirish mumkinligi tadqiqot natijalari asosida aniqlangan.

Kalit so'zlar: Sug'orish eroziyasi, tipik bo'z tuproq, kuzgi bug'doy, fosforli o'g'it, yuvilmagan, yuvilgan, oqova to'plangan, hosilstrukturasi, hosildorlik.

Bugungi kunda Respublikamizda 820 ming gektardan ziyod maydon sug'orish eroziyasiga uchragan bo'lib, ushbu maydonlarda yetishtirilayotgan g'o'za, bug'doy, makkajo'xori va boshqa ekinlar hosildorligi eroziyaga chalinmagan yerlardagiga nisbatan o'rtacha 25-30, ayrim maydonlarda 30-40 % ga kam hamda yetishtirilgan mahsulot sifati juda past bo'ladi. Eroziya jarayonlari tuproqlar unumdorligini keskin pasaytirib yuboradi hamda ekin maydonlarining rel'efi hisobga olinmay, agrotexnologik tadbirlarni o'tkazilishi, zamonaviy texnikalar bilan qayta-qayta tuproqqa ishlov berilishi natijasida tuproqning haydalma qatlamini haddan tashqari zichlanishiga va suvni tuproqqa singishini qiyinlashishiga sabab bo'ladi. Bu esa, unumdor tuproqni oqova bilan zovur va kanallarga tushishiga hamda ushbu tuproqlar tarkibidagi o'simlik uchun zarur bo'lgan oziqa moddlarni daladan oqizilib ketishiga olib keladi. Bu jarayon, o'z navbatida, bo'z tuproqlarning suv-fizikaviy, agrokimyoviy, mikrobiologik xossa-xususiyatlarini yomonlashuviga, ekin maydonlari tuproqlarining unumdorligini pasayib ketishiga olib keladi va natijada, bunday sharoitda yetishtirilayotgan kuzgi bug'doyning don hosilini kamaytirib, don sifatini buzilishi qishloq xo'jaligi uchun katta iqtisodiy-ekologik zarar keltiradi.

Bugungi kunda sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'stirilayotgan kuzgi bug'doy uchun yerlarni shudgorlash usullarini va fosforli o'g'itlar me'yorlarini tuproq unumdorligi (tuprog'i yuvilmagan, yuvilgan va oqova to'plangan) turlicha bo'lgan yerlarda ilmiy amaliy jihatdan asoslash hamda bunday yerlarda yetishtirilayotgan kuzgi bug'doy hosildorligini va don sifatini oshirish davr talabi bo'lib, mavzuni g'allachilikni eng dolzarb masalalaridan biriga qaratilganini ko'rsatadi.

Dala tajribalari Samarqand viloyati Bulung'ur tumanining irrigatsiya eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida o'tkazildi. Tajriba dalasida har bir paykalchaning umumiy maydoni 560 m2 (egat uzunligi 100 m, eni 8 qator 5,6 m), shundan hisobga olingani 280 m2. Variantlar soni 5 ta, tajriba 4 qaytariqda bo'lib, variantlar sistematik ravishda bir yarusda joylashtirilib, ilmiy tadqiqot ishlarimiz respublikamizda umumqabul qilingan uslubiy qo'llanmalar va tavsiyalar bo'yicha olib borildi. Tajriba dalasiga kuzgi bug'doyning "Jasmina" navini urug'lari qator orasi 60x60 sm qilib, 4-5 sm chuqurlikka, gektariga 5 mln dona unuvchan urug' hisobida ekildi. Mineral o'g'itlar quyidagicha qo'llanildi: fosforli o'g'itlarning yillik me'yorini 80 % shudgor ostiga,

qolgan 20 % urug'larni ekish bilan bir vaqtda, kaliyning barcha yillik me'yori shudgor ostiga, azotli o'g'itlarning yillik me'yori o'simlikning tuplanish va naychalsh fazalarida qo'llanildi.

Tadqiqotlarda o'tkazilgan barcha fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchashlar uslubiy qo'llanmalari asosida o'tkazilib, don hosili variantlar bo'yicha dala tajribalarini o'tkazish uslubi bo'yicha dispersion tahlil qilindi.

O'zbekistonning ma'lum tuproq iqlim sharoitiga ega bo'lgan hududlarida ekiladigan qishloq xo'jalik ekinlari, shu jumladan,kuzgi bug'doyni hosildorligini oshirishning muhim omillaridan hisoblanadigan oziqlanish sharoitini to'g'ri belgilash, eng maqbul fosforli o'g'itlar meyorlarini to'g'ri belgilash muhim ahamiyatga ega.

Sug'orish eroziyasiga uchragan yerlarda qo'llanilgan tuproqqa ishlov berish usullari va fosforli o'g'itlar meyorlari kuzgi bug'doy donlarining shakllanishi va yetilish darajalariga samarali tasir ko'rsatadi. Sug'orish eroziyasiga uchramagan, yani tuprog'i sug'orish tasirida yuvilmagan maydonlarda, nazorat paykalchalarda o'stirilgan kuzgi bug'doy boshoqlarining uzunligi 8,3 sm, undagi boshoqchalar soni 17,5; boshoqdagi donlar miqdori 46,6 donani va don vazni 1,65 grammni tashkil qildi. Ko'rsatib o'tilgan maydonlarda, gektariga 200 kg azot va 100 kg kaliy qo'llanilgan paykalchalarda esa bu ko'rsatkichlar mos ravishda 8,7 sm; 19,7; 47,5 dona va 1,72 grammga teng bo'ldi. Ushbu maydonlarda N200K100 kg/ga fonida fosforni 60 kg dan 140 kg gacha oshirib qo'llanilganda boshoq uzunligi 9,0-10,5 sm, boshoqdagi boshoqchalar 20,6-22,5, undagi donlar soni 49,3-50,8 donani hamda bir boshoqdagi donlar massasi 1,78-1,94 grammga teng bo'ldi .

Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida o'stirilgan kuzgi bug'doyning hosildorlik ko'rsatkichi bilan bir qatorda, yetishtirilgan donlarning sifati ham muhim ahamiyatga ega. Bunday sharoitda yetishtirilgan bug'doy donidan tayyorlanadigan non va har xil oziq-ovqat mahsulotlarining to'yimdorlik darajasi donning kimyoviy tarkibiga, eng muhimi, undagi oqsil va kleykovina miqdoriga bog'liq.

Tadqiqotlarimizda don tarkibidagi oqsil va kleykovina miqdorlari tuproqlarning yuvilish darajasi va qo'llanilgan tuproqa ishlov berish usullari va fosforli o'g'itlar me'yorlariga bog'liq holda o'zgardi. Tajriba dalasining tuprog'i yuvilmagan maydonida o'g'it ishlatilmaganda yetishtirilgan bug'doy doni tarkibidagi oqsil 13,5% va kleykovina 28,3% ni tashkil etgan bo'lsa, faqat azot-kaliy qo'llanilganda bu ko'rsatkichlar mos ravishda 14,1 va 29,7% ga, ushbu fonda gektariga 60-100 kg P2O5 qo'llanilganda oqsil miqdori 14,6-15,6%, kleykovina 30,5-31,6% yoki har bir gektar hisobiga 645,3-805,4 kg oqsil va 1348-1637 kg kleykovina yetishtirildi.

Tuprog'i kuchli yuvilgan maydonlarda eng ko'p oqsil va kleykovina gektariga N200P140K100 kg qo'llanilgan variantlarida mos ravishda 15,8% va 31,7% yoki gektar hisobiga 769 kg oqsil va 11543,3 kg kleykovina olishni ta'minlandi. Oqova to'plangan maydonlarda oqsil va kleykovina miqdori bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar (15,9% va 31,7% mos ravishda) yoki 787 kg oqsil va 1569 kg kleykovina gektariga N200P60K100 kg ishlatilgan maydonlardan olindi.

Samarqand viloyatining sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirilgan kuzgi bug'doydan sifatli don yetishtirishda (oqsil 15,8%, kleykovina 31,7%) gektariga 200 kg azot, 100 kg kaliy fonida 140 kg P2O5 fosfor o'g'iti holida qo'llash shudgorlashni dalaning nishabligiga ko'ndalangiga o'tkazish eng yuqori samara berishi tajriba natijalari asosida aniqlandi.

Xulosalar. Sug'orish eroziyasiga uchragan tipik bo'z tuproqlar sharoitida kuzgi bug'doydan sifatli va yuqori don hosili yetishtirishda tuproqqa kontur usulida 32-35 sm chuqurlikda ishlov berilib, eroziyaga uchramagan, tuprog'i yuvilmagan maydonlarda 200 kg/ga azot 100 kg/ga kaliy fonida 100 kg/ga; eroziya ta'sirida tuprogi kuchli yuvilgan yerlarda

ko'rsatilgan azot-kaliy fonida 140 kg/ga, eroziya ta'sirida oqova toplangan maydonlarda azot va kaliy meyorlarini 30-40% ga kamaytirib, 60 kg/ga qo'llash hisobiga yuqori va ekologik toza don hosili yetishtirishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. Дала тажрибаларини утказиш услуби.- Тошкент:УзПИТИ, 2007. 135-б.

2. Сиддик;ов Р., Рахимов М., Фосфорли угитларни куллаш усулларининг кузги бугдой дон х,осилига таъсири // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. 2018. -№ 11. -Б. 37.

3. Mashrabov M.I., Maxmatmurodov A.U. Effects of phosphor storage fertilizers on phosphate regime and cabbage yield of typical gray soils. Plant cell biotechnology and molecular biology. 2021 - Volume 22. Issue 55-56. Page: 33.

4. Bozorov K.Sh., Mo'minov K.M. The main methods of tillage and the influence of the norms of mineral fertilizers on the yield and quality of winter wheat Bulgarian Journal of Crop Science, 2021, 58(5) 85-89.

5. Дошимов И.Н., Жураев А.Н. Ирригация эрозиясига учраган ерларни табакалаштириб угитлашнинг кузги бугдой дон х,осилига таъсири // Халкаро конф.туп.-УзПИТИ, 2009.-Б. 205-210.

6. Муминова З., Муминов К. Эрозияга учраган буз тупроклар унумдорлиги ва кузги бугдой х,осилдорлигини ошириш омиллари. Самарканд, 2017. - 220 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.