Научная статья на тему 'OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI'

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1052
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oziq-ovqat xavfsizligi / qishloq xo‘jaligi mahsuloti / ekologik toza mahsulotlar / barqarorlik / dunyo / aholi / ochlik / ishlab chiqarish

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Turdimatova Hafizaxon Sultonali Qizi, Nizomov Nizomiddin Yusubjon O‘g‘li

Mazkur maqolada mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, asosiy yo‘nalishlari izohlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI MUAMMOLARI

1Turdimatova Hafizaxon Sultonali qizi, 2Nizomov Nizomiddin Yusubjon o'g'li

1Farg'ona davlat universiteti talabasi 2Farg'ona davlat universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8022723

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimiz aholisini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash va oziq-ovqat xavfsizligi muammolari, asosiy yo'nalishlari izohlangan.

Kalit so'zlar: Oziq-ovqat xavfsizligi,qishloq xo'jaligi mahsuloti, ekologik toza mahsulotlar, barqarorlik,dunyo,aholi,ochlik, ishlab chiqarish.

Ma'lumki, inson organizmi uchun yashashi va rivojlanishi uchun oziq-ovqat mahsulotlarining o'rni juda ham zarurdir. Keyingi yillarda dunyo miqyosida iqlimning keskin darajada o'zgarish, ekologik vaziyatni yomonlashishi, dunyo miqyosida demografik ko'rsatkichlarni ortb borishi natijasida oziq-ovqat mahsulotlari va uning xavfsizligiga bo'lgan talablarni tobora ortishiga sabab bo'lmoqda.

Dunyo miqyosida aholining ortib borish nafaqat oziq-ovqat mahsulotlariga, ijtimoiy-iqtisodiy holatlariga ham jiddiy ta'sir ko'rsatadi.Oziq-ovqat xavfsizligi juda keng ma'nodagi tushuncha bo'lib,birinchi navbatda mustaqil davlatning boshqa davlatlarga aynan oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan bog'liq,ya'ni tobe emasligini bildiradi. Shuningdek,aholi ehtiyojini fizologik me'yorlariga mos ravishda iste'mol tovarlari bilan yetarli darajada ta'minlashni nazarda tutadi.

So'nggi yillarda iqlimning tobora o'zgarishi oqibatida yerlarni sho'rlanishi ortib bormoqda.Tuproqlarning strukturasining o'zgarishiga sabab bo'lmoqda. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish borasida olib borayotgan samarali faoliyatga qaramasdan, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o'sishi aholi soni o'sishidan orqada qolmoqda, bu esa qishloq xo'jaligini rivojlantirish uchun yetarli sharoit mavjud bo'lmagan mamlakatlarda muammo tobora chuqurlashib borayotganini ko'rsatmoqda.

BMT ning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti hamda Butunjahon Sog'liqni Saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi,ya'ni deyarli har 8 odamning biri to'yib ovqatlanmayapti. Eng so'ngi tadqiqotlar esa sayyora aholisining 30 % dan ziyodi to'yib ovqatlanmaslik oqibatida eng asosiy mikroelement va vitaminlar yetishmasligi muammosidan aziyat chekayotganini, 52 mamlakatda ochlikning " jiddiy ", " havotirli " darajalari qayd etilganini ko'rsatmoqda. Ochlikdan aziyat chekayotgan aholining aksariyati,ya'ni, 520 milliondan ortig'i Osiyoliklar ekanligini takidlash joizdir.

Aholi soni tez ko'payib borayotgani, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish imkoniyatlari cheklanayotgani sababli ko'plab mamlakatlarda aholini sifatli oziq-ovqat bilan ta'minlash masalasi asosiy muammoga aylanmoqda.

O'zbekiston Respublikasining mustaqillikyillarida Qishloq xo'jalik sohasida juda katta yutuqlar qo'lga kiritildi, jumladan, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2 barobar ortdi.

Mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash,fuqarolarning sog'ligi va hayotini yaxshilash, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holatini barqaror rivojlantirish, milliy xavfsizligi va mamlakat mustaqilligini barqaror saqlashning asosiy yo'nalishilaridan biriga aylandi. Bu borada Respublikada aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash, qishloq xo'jaligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo'llab - quvvatlash bo'yicha strategik jihatdan maqsadli hamda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Miromonvich Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 7-fevralda imzolangan "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar strategiyasi" to'g'risidagi Farmonining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlarida ham oziq-ovqat xavfsizligiga alohida e'tibor qaratilib, tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrarsektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.

Prezidentimizning 2019-yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlis Murojaatnomasida "Qishloq xo'jaligidagi islohotlardan maqsad - iqtisodiy foyda ko'rish bilan birga, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash va xalq farovonligini oshirishdan iborat ekanligi qayd etilgan.Shunga muvofiq Vazirlar Mahkamasining "2019 - 2024 yillarda mamlakatimizda oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida "gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.Mazkur qarorning ijrosi bugungi kunda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda dastruru amal bo'lib xizmat qiladi.

Bu borada quyidagilar oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashning asosiy yo'nalishlari etib belgilanadi:

• oziq-ovqat xavfsizligi sohasida me'moriy-huquqiy bazani takomillashtirish;

• qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar va suv resurslaridan oqilona foydalanish

• asosiy turdagi qishloq xo'jalik va oziq-ovqat mahsulotlari,hom-ashyoni ichki ishlab chiqarishni barqaror rivojlantirish;

• chorvachilik,parrandachilik,baliqchilik sohasini barqaror rivojlantirish,mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish, ozuqa bazasini mustahkamlash;

• qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish infra tuzilmasini yaxshilash;

• oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta'minlash;

• aholini barcha qatlamlarini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlanishi uchun iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish;

• oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat

qilish.

Mutaxassislarni ta'kidlashiga ko'ra, 2022-yil yanvar-sentyabr oylarida qishloq,o'rmon va baliqchilik xo'jaligi mahsulot (xizmat)lari umumiy hajmi 248.6 trln so'mni yoki 2021-yilning mos davriga nisbatan 3.6 % ga oshgan.

Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yil 9 oyida yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmida sabzavotlar yetakchilik qilyapti - 8 mln tonna. Ushbu ko'rsatkich qolgan mahsulotlar kesimida quyidagicha:

don mahsulotlari - 6.7 mln tonna;

kartoshka - 2,6 mln tonna;

poliz ekinlari - 1.6 mln tonna;

meva va rezavorlar - 2.2 mln tonna;

uzum - 1.4 mln tonna.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlarning hozirgi bosqichida meva-sabzavotchilikni uzoq muddatga barqaror rivojlantirishini ta'minlab, tarmoq samaradorligini oshirish orqali oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talabni qondirish,uning xavfsizligini ta'minlash,eksportini kengaytirish hamda xalqimizning turmush sharoitini imkonini beradi.

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan yetarli darajada ta'minlash mamlakat oziq-ovqat xavfsizligining bir qismi hisoblanadi. Aholini asosiy oziq-ovqat turlariga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish, oziq-ovqat narxi va sifati uyg'unligini ta'minlash va oziq-ovqat xavfsizligi davlat tomonidan kafolatlanishi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy shartlaridan biridir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4947-sonli " O'zbekiston Respublikasini Yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi farmoni. Toshkent sh.

2017-yil 7-fevral.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil uchun mo'ljallangan eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlis Murojaatnomasi 2018.28.12.

3. 2019-2024 -yillarda mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash milliy dasturini tasdiqlash to'g'risida ID-2722 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mhkamasining qarori.

4. Ahmedova, D. M., Nizomov, N., Ahmedov, R., &Turdiyeva, N. (2022). ATROF-MUHIT MUHOFAZASIDA CHIQINDILAR MUAMMOSI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 696-702.

5. Akhmedova, D. M., &Turdieva, N. (2021). Bio ecological characteristics of climatic landscape plants of fergana city. ACADEMICIA: AnInternational Multidisciplinary Research Journal, 77(4), 1390-1394.

6. Ahmedova, D., &Turdieva, N. (2022). AGROTECHNOLOGY OF ORNAMENTAL TREE AND SHRUB CARE. Journal of Academic Researchand Trendsin Educational Sciences, 7(11), 11-18.

7. Ahmedova, D. M., &Mirzayeva, U. M. (2022). APPLICATION OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE EDUCATION SYSTEM. Экономика и социум, (4-1 (95)), 23-25.

8. Ах,медова, Д. М. (2022). ГУЗАНИНГ С-01 НАВИ ^ОСИЛДОРЛИГИНИ АЙРИМ ЭКОЛОГИК ОМИЛЛАРГА БОГЛЩЛИГИ. Orientalrenais sance: Innovative, educational, naturaland social sciences, 2(10-2), 931-937.

9. Ахмедова, Д. М. (2022). ГЕНОМНЫЙ АНАЛИЗ АЛЛОГЕКСАПЛОИДНЫХ ГИБРИДОВ ХЛОПЧАТНИКА. International scientific journal of Biruni, 7(2), 8-15.

10. Akhmedova, M., &Akhmedova, D. (2021). Clinical features and risk factors for the development of atopic bronchial asthma combined with allergic rhinosituitis in children. ACADEMICIA: AnInternational Multidisciplinary Research Journal, 77(9), 10151020.

11. .Закирова, С., Ахмедова, Д., &Артикова, Г. (2021, August). AGROTECHNICAL MEASURES FOR SAND DEVELOPMENT: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1324. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

12. .Закирова, С., Ахмедова, Д., Хакимжонова, Н., &Кучкорова, Р. (2021). ПИТАТЕЛЬНЫЕ ЭЛЕМЕНТЫ ПЕСКОВ. Экономика и социум, (5-1), 902-906.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

13. .Ahmedova, D. M., &Umarov, T. (2022). The impact of ecological environment on the productivity of cotton-plant varieties. Asian Journal of Multidimensional Research, 11(4), 134-137

14. Закирова, С. Х., Ахмедова, Д. М., &Холматова, Ш. М. (2023). РОСТ РАЗВИТИЕ И ПРОДУКТИВНОСТЬ ХЛОПЧАТНИКА НА ОПЫТНЫХ УЧАСТКАХ С ИСКУССТВЕННЫМ И ЕСТЕСТВЕННЫМ ЭКРАНАМИ. European Journal of Interdisciplinary Researchand Development, 13, 117-120

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.