Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA TARIX FANINI O„QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA FANNI RIVOJLANTIRISH NAZARIYALARI'

O'ZBEKISTONDA TARIX FANINI O„QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA FANNI RIVOJLANTIRISH NAZARIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

7
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sanjarbek Saidmurod O'G'Li Shoyimov

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, jumladan, ta`lim tizimida katta ijobiy o`zgarishlar yuz bermoqda. Yangi O`zbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyaning so`nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta`lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida mamlakatimizning boy tarixini, milliy davlatchilikni shakllantirish va taraqqiy ettirish maqsadida, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida boy o`tmishimizga nisbatan g`urur va iftixor tuyg`ularini shakllantirish, ularni Vatanga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA TARIX FANINI O„QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA FANNI RIVOJLANTIRISH NAZARIYALARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEKISTONDA TARIX FANINI O'QITISHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA FANNI RIVOJLANTIRISH NAZARIYALARI

Sanjarbek Saidmurod o'g'li Shoyimov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi o'qituvchisi

sanj arbekshoyimov@gmail .com

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, jumladan, talim tizimida katta ijobiy o'zgarishlar yuz bermoqda. Yangi Ozbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyaning so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal talim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida mamlakatimizning boy tarixini, milliy davlatchilikni shakllantirish va taraqqiy ettirish maqsadida, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida boy o'tmishimizga nisbatan g'urur va iftixor tuyg'ularini shakllantirish, ularni Vatanga nisbatan muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g>isida"gi Farmonining 77- maqsadida "O'zbekiston tarixini o'rganish va targ'ib qilishni yanada rivojlantirish" vazifasini belgilanganligi va unda Tarix fanini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ko zda tutilganligi xalqimiz va uning davlatchilik tarixini o'rganishga davlat siyosati darajasida ahamiyat qaratilayotganligini tasdiqlaydi. Azal-azaldan yurtimiz jahon sivilizatsiyasining ajralmas bir qismi sifatida yaxlit bir geografik hudud tarixning turli bosqichlarida turli-xil qabilalarning migratsiyasi, bu hududdagi dastlabki shahar-davlatlarning paydo bo'lishidan tortib to bugungi zamonaviy davlatchiligimizga qadar nechalab tarixiy voqea-hodisa: o'zaro urush-qirg'inbarotlar, islom renessanisi, gullagan imperiyalardan davlat-u xonliklarning tanazzuli kabi tarixiy jarayonlar tariximiz zarvaraqlaridan o'chmas joy oldi.

Mustaqillik sharofati bilan yurtimizda o'z tarix va madaniyatimizni qaytadan tiklash va uni yosh avlodga asl holicha yetkazish maqsadida dastlabki yillardanoq, Prezidentimiz I.A.Karimovning O'zbekiston tarixini qaytadan xolisona yaratish vazifasini tarixchilar oldiga vazifa qilib qo'yishi tarix fanini o'rganishda muhim qadam bo'ldi. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 16-dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida "O'zbekistonning yangi tarixi markazini tashkil etish" to'g'risidagi Farmoyishiga muvofiq hamda xalqimizning yangi tarixini

17-aprel, 2024

108

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

o'rganish va yozish, mamlakatimiz hayotida sodir bo'layotgan buyuk o'zgarishlar va uning jahonshumul tarixiy ahamiyatini ko'rsatishni amalga oshirish maqsadida markazda "O'zbekistonning yangi tarixi"ni yozish va uni nashr etish bo'yicha ekspertlar guruhi ishladi1. Bir necha yil mobaynidagi mashaqqatli mehnat natijasida 2000-yilda 3 jildlik "O'zbekiston tarixi" yaratildi. Va eng muhimi, O'zbekistonda tarix fanini rivojlantirish yo'lida bir qancha muhim qadamlar tashlandi.

1993-yil 27-28-oktyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 50 yilligi munosabati bilan "Tarixshunoslik va manbashunoslik" bo'limi tomonidan "Mustaqillik davri O'zbekiston tarixshunosligi" mavzusida ikkinchi mintaqalararo "Tarixshunoslik o'qishlari" tashkil etildi va o'tkazildi. 2003-yil 3-4-dekabr kunlari bo'lim tomonidan "O'zbekistonda tarix fani: taraqqiyot yutuqlari va muammolari" mavzusida uchinchi "Tarixshunoslik o'qishlari" o'tkazildi. Ushbu sa'y-harakatlar bilan tarix fanini o'qitish va uni targ'ib etish kuchaydi.

So'nggi yillarda ham tarix fani sohasida muhim o'zgarishlar yuz berdi. 2017-yil 27-dekabr kuni O'zR FA Tarix institutida "O'zbekistonda tarix fani: muammolar va rivojlanish istiqbollari" mavzusida yettinchi "Tarixshunoslik o'qishlari" bo'lib o'tdi. Bu harakatlar fanning dolzarbligi va uni rivojlantirish muhimligini o'rtaga tashladi. Shu yilning 30-iyun kuni O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O'zbekistonning eng yangi tarixi bo'yicha Jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to'g'risida»gi qarorni imzoladi. ushbu hujjat «O'zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o'qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o'quv-metodik, ma'rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta'lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlashda juda muhim rol o'ynadi.

2020-2021 o'quv yilidan OTMlarning barcha 1-kurs bakalavr ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun "O'zbekistonning eng yangi tarixi" fani o'tiladigan bo'ldi. Bu ham yosh kadrlarni o'z yurti tarixiga bo'lgan qiziqish, vatanga muhabbat va sadoqat g'oyalarni shakllanishida muhim o'rin tutadi. 2022-yil 28-yanvardagi Prezidentning 60-sonli farmoni bilan "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" qabul qilindi. Ushbu hujjatning 77-maqsadi O'zbekiston tarixini o'rganish va targ'ib qilishni yanada rivojlantirish deb nomlanib, unda tarix fanini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga

1 https://lex.uz/docs/-1638585 https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

oshirish mo'ljallangan . Bu ham tarix fani sohasiga bo'lgan e'tiborning mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Davlat va jamiyatdagi islohotlar hamda Oliy ta'lim tizimida yuz berayotgan keskin o'zgarishlar bugungi kunda O'zbekistonda tarix fanini o'qitish bo'yicha bir qancha talab va muammolarni hal qilish kerakligi dolzarb vazifa sifatida qo'ymoqda.

Bugungi kunda biz tarixchilarning oldimizda oliy ta'lim muassasalarida tarix fanini o'qitish bilan bog'liq quyidagi muammolar ko'zga tashlanmoqda:

- Birinchidan, tarix fanini o'qitishda an'anaviy dars o'tish metodining saqlanib qolayotganligi; bu tegishli OTM ning moddiy texnika bazasining pastligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin. Biroq, dars mashg'ulotlarini noan'anaviy tarzda tashkil etish ko'p xarajat talab etmaydi. Eng achinarlisi shundaki, an'anaviy dars metodi auditoriyani bir xillikka, hatto, talabalarni tafakkur va fikr yuritishini torayishiga olib keladi. Shuningdek, ba'zi talabalarda fanga bo'lgan qiziqishni asta-sekin so'nishi, ularning iste'dodini yuzaga chiqmasligiga va bora-bora yalqovlashishiga olib keladi.

- Tarix fani mutaxassisliklari bo'yicha o'qitish jarayonida ishtirok etayotgan professor-o'qituvchilarning salohiyati va ularning zamonaviy yangiliklardan yiroqligi muammosi; Soha doirasida mahalliy OTM prof-o'qituvchilari bilan xorijiy mutaxassislar o'rtasidagi tajriba almashish, master klass darslari o'tkazish, grant loyihalar tayyorlash va fan doirasida hamkorliklarning qoniqarli tashkil etilmaganligi ham sohaviy muammolar ildizi hisoblanadi.

Bugungi kun tarix fani o'qituvchisi har tomonlama zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarni bilgani holda darsni interfaol metodlar va uskunalar asosida tashkil qilishi lozim. Ammo, hali-hanuz yangi zamonaviy texnologiyalardan foydalana olmaydigan kadrlar sohada uchrab turibdi. Fanga mas'ul prof-o'qituvchilarning auditoriyaga kirishda dars mashg'ulotlariga yetarlicha tayyorlanib kirmaslik, mavzusi doirasida yangi o'zgarish va islohotlar haqida talabalarga ma'lumot bera olmaydigan prof-o'qituvchilar tizimda mavjud. Shuningdek, o'qituvchini auditoriya dastlab kirishda etikasidagi muammolar ham o'qituvchi va talaba o'rtasidagi dars sifatiga o'z ta'sirini o'tkazadi.

- Tarix fani yuzasidan tegishli mutaxassislik talabalari uchun professor-o'qituvchilar tomonidan mustaqil ta'lim mashg'ulotlarini yaxshi yo'lga qo'yilmaganligi; mutaxassislik doirasida kurs ishi topshiriqlari berish va uni talabalardan qabul qilishdagi qo'pol xatolar (kurs ishi yozishning zamon talab darajasida emasligi hamda ma'lumotlarning takrorlanishi), fan bo'yicha

: https://lex.uz/uz/docs/-5841063 https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

amaliyotlarda talabalarning qiziqishi va yo'nalishiga qarab, tegishli davlat muassalari bilan OTM o'rtasidagi aloqalarni yo'lga qo'yilmaganligi hamda shaffoflikning yo'qligi, sohaviy amaliyotlarni tez-tez amalga oshirilib turilmasligi talabalarda erkin ravishda shakllanadigan bilim va malakaning yetishmasligiga olib keladi.

- Bugungi kunda professor-o'qituvchilar tomonidan yaratilayotgan fan doirasidagi darslik sifati masalasi; tarix o'qitishda foydalanilayotgan darslik va o'quv qo'llanmalarning an'anaviy shaklda yaratilayotganligi, ya'ni darslikda har mavzu bo'yicha talabalar uchun tafakkur qilishga undaydigan innovatsion metodlar asosida tuzilgan masala va topshiriqlar (Finlandiya va Singapur ta'lim tizimida mavjud innovatsion darsliklar) ning mavjud emasligi, bu esa talabalarni bezdirib, faqat yodlash usuli natijasida tafakkur va mantiqiy fikrlash qobiliyatini pasayishiga olib keladi.

- Tegishli fan mutaxassisliklari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun auditoriya va fanni egallashda yana ham qulaylik tug'diruvchi elektron jihozlar, tarixiy davrlar asosida jihozlanmagan auditoriyalar, ba'zi tarix fakultetlarda tarix burchaklarning yetarlicha talab darajasida yo'lga qo'yilmaganligi, Respublika rahbariyatining tarix fani sohasini rivojlantirish hamda OTM laming tarix fakultetlari moddiy texnik bazasini yaxshilashga yetarli e'tibor berilmasligi ham fanning rivoji va uni targ'ibot ishlarida sustkashlikka yo'l qo'yilishiga sabab bo'ladi. Talabalarni muzeyga jalb qilish muammosi va muzeyshunoslik madaniyatining pastligi, fan yo'nalishlari bo'yicha ba'zi turdagi muzeylarning tashkil etilmaganligi fan o'rganuvchilari uchun bilim va ko'nikmalarini o'sishidagi to'siqlardan biri sanaladi.

- Achinarlisi shuki, tarix fanini o'qitishda diniy va dunyoviylik o'rtasida murosasozlikning saqlanib qolayotganligi; darsliklar yaratishda diniy qarashlarning hisobga olinmasligi, hatto, prof-o'qituvchilar orasida diniy saviyaning yetishmasligi - e'tiqodi islom bo'lgan, diniy qadriyatlari rivojlanib kelayotgan jamiyat a'zolarini tarix faniga bo'lgan eskicha qarashlarini saqlanib qolishiga va jamiyatda fanni qo'llab-quvvatlovchi auditoriyani kamayishiga sabab bo'ladi.

- tarix fanini rivojlantirish maqsadida targ'ibot va tashviqot ishlarining yetarlicha yo'lga qo'yilmaganligi va samaradorlikning pastligi; OTM larning tarix fakultetlarida xalqaro, mahalliy ilmiy anjumanlarning ko'proq rasmiyatchilik uchun o'tkazilishi, natija-oqibatlar haqida to'xtalib o'tirilmasligi tizimdagi muammolardan biri hisoblanadi.

Yuqoridagi sanab o'tilgan tarix fani o'qitish bilan bog'liq OTM lardagi muammolar hozirgi O'zbekistonda tarix fanini rivojlantirish va uni o'qitish bilan

17-aprel, 2024

111

Tashkent State University of Economics

bog'liq jarayonlardagi eng jiddiy to'siqlar hisoblanadi. Ushbu muammoni bartaraf etishda avvalambor, hukumat masalani birinchi darajaga qo'ya bilishi, fanni rivojlantirishiga mas'ul tashkilot, muassalar bilan hamkorlik asosida muammoni yechimini izlash, OTM larning tegishli fakultetlarini tubdan isloh qilish va moddiy texnik bazasini yaratish uchun hukumat moddiy ta'minotni yo'lga qo'yishi, fan doirasida tegishli ta'lim va tadqiqot muassasalari bilan chet el muassasalari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, ilg'or tajribalarni yurtimiz tegishli muassasalarida joriy etishga muhim ustuvor vazifa sifatida qarashi lozim.

Yuqorida ta'kidlangan muammolarni hal qilish, yechimini izlash va topish orqali fanni rivojlantirish nazariyalariga ega bo'lish mumkin.

O'zbekistonni 2030 yilga qadar har tomonlama rivojlantirish yuzasidan 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasining 1-yo'nalishi Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish deb atalib, uning 5 bandi ma'naviy taraqqiyotni ta'minlashga qaratilgan bo'lib, jumladan bizning sohamizga doir quyidagi chora-tadbirlar belgilangan:

■ Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g'oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma'naviy tarbiyaning uzviyligini ta'minlash.

■ O'zbek xalqining milliy qadriyatlari va ma'naviy merosini asrab-avaylash, keng ommalashtirish hamda rivojlantirish bo'yicha yangi yondashuvlarni joriy qilish.

■ Kitobxon yoshlar sonini 5 million nafarga yetkazish.

■ 6 ta yangi teatr binolarini qurish, davlat teatrlariga tomoshabinlarning yillik tashrifini 5 millionga yetkazish.

■ Maqom, baxshichilik, raqs va teatr yo'nalishlarida kamida 10 ta xalqaro festival va anjumanlar o'tkazish.

■ San'atshunoslik instituti, O'zbek tili, adabiyoti va folklori instituti arxividagi 3 ming tadan ortiq arxiv materialini zamonaviy formatga o'tkazish.

■ Muzeylarga yillik tashrifni 5 millionga yetkazish.

■ 2,5 million muzey ashyosini raqamlashtirish.

■ 2024-2030 yillarda "Buyuk tarix" nomli hujjatli serial ishlab chiqarish va uni jahonning mashhur 5 ta telekanalida namoyish etish.

Ushbu hujjatda yuqorida belgilangan rejalar ham O'zbekiston tarixini rivojlantirish va uni targ'ib etish uchun hukumat darajasidagi e'tibor qaratilganligidan dalolatdir.

112

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

REFERENCES

1. O'zbekiston -2030 strategiyasi. PF-158 son. 2023 yil 11 sentabr.

2.2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. PF-60

son. 2022 yil 28 yanvar.

3."O'zbekistonning yangi tarixi"ni tayyorlash va nashr etish to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 16-dekabrdagi 445-sonli farmoni https://lex.uz/docs/-1638585

4. 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni 2022-yil 28-yanvar PF-60-son. https://lex.uz/uz/docs/-5841063

5. Узбекистонда тарих фани: ютукдар ва ривожланиш муаммолари. Тарихшунослик укишлари - 2004 материаллари (Историческая наука в Узбекистане: достижения и проблемы развития. Материалы историографических чтений - 2004). II кисм. [Масъул мухдррир Д. Алимова]. Тошкент, 2006. 115 бет.

113

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.