Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA TAHLILI'

O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA TAHLILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
41
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Elektron tijorat / elektron bozor / elektron pul / to’lov tizimlari / online do`konlar / Online bank xizmatlari / raqamlashtirish / raqamli transformatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sodikov A.

Mazkur maqolada mamlakatimizda elektron tijoratning o’rni va ahamiyati, uning rivojlanish bosqichlari, kelajakda rivojlanish imkoniyatlari to’g’risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Hamda uning imkoniyatlarini baholash va shu orqali rivojlanish istiqbollarini belgilash yoritib berilgan. Annotation. This article presents opinions on the role and importance of electronic commerce in our country, its development stages, and future development opportunities. Also, the evaluation of its capabilities and the determination of development prospects are highlighted

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA TAHLILI»

Sodikov A.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Raqamli iqtisodiyot va axborot texnolgiyalar

kafedrasi asissenti

O'ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT RIVOJLANISH BOSQICHLARI VA TAHLILI

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda elektron tijoratning o 'rni va ahamiyati, uning rivojlanish bosqichlari, kelajakda rivojlanish imkoniyatlari to 'g 'risida fikr-mulohazalar keltirilgan. Hamda uning imkoniyatlarini baholash va shu orqali rivojlanish istiqbollarini belgilash yoritib berilgan.

Annotation. This article presents opinions on the role and importance of electronic commerce in our country, its development stages, and future development opportunities. Also, the evaluation of its capabilities and the determination of development prospects are highlighted

Kalit so^zlar: Elektron tijorat, elektron bozor, elektronpul, to 'lov tizimlari, online do^konlar, Online bank xizmatlari, raqamlashtirish, raqamli transformatsiya.

Sodikov A. assistant

Department of Digital Economy and Information Technologies

Tashkent State University of Economics

ELECTRONIC COMMERCE DEVELOPMENT STAGES AND ANALYSIS IN UZBEKISTAN

Abstract. This article presents opinions on the role and importance of ecommerce in our country, its development stages, and future development opportunities. Also, the evaluation of its capabilities and the determination of development prospects are highlighted.

Annotation. This article presents opinions on the role and importance of electronic commerce in our country, its development stages, and future development opportunities. Also, the evaluation of its capabilities and the determination of development prospects are highlighted

Keywords: Electronic commerce, electronic market, electronic money, payment systems, online stores, online banking services, digitization, digital transformation.

Kirish

Mamlakatimiz yangi iqtisodiy bosqichga ko'tarilishi oqibatida barcha sohalarda keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Axborot texnologiyalarining

rijojlanishi oqibatida elektron tijorat tizimilari ham yangi bosqichga ko'tarildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2018 yil 14 maydagi "Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3724-son farmonida "Elektron tijorat va elektron to'lovlar tizimini rivojlantirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

Adabiyotlar sharhi. Demak, mamlakatimizda barcha sohalarda raqamli transformatsiyalashuv jarayonlarini jadal amalga oshirish va bu orqali mamlakat iqtisodiy qudratini mustahkamlash, jahon hamjamiyatida o'z o'rnini munosib turish vazifalari ham belgilangan. Shu yo'sinda elektron tijorat tushunchasiga oydinlik kiritib olamiz.

Elektron tijorat (e-tijorat, ingl tilida "e-commerce") - bu internet texnologiyalari orqali savdo-sotiqamaliyotlarini tashkil etish. www.statista.com sayti ma'lumotlari ko'ra 2022 yilda dunyo bo'ylab eng ko'p tashrif buyurilgan va onlayn chakana savdo qilingan veb-saytlar ro'yhati keltirilgan.

1-rasmda ko'rinib turibdiki elektron tijoratda hozirgi kunda dunyo bo'yicha eng katta internet do'konlari amazon, ebay, aliexpress hisoblananadi.

Elektron tijorat (e-tijorat) O'zbekistonda yanada rivojlanayotgan, bu esa shaxsiy va tijorat faoliyatining barcha aspektlarini o'zgartirayotgan. O'zbekistonda e-tijoratning rivojlanish bosqichlari quyidagicha ko'rsatilishi mumkin:

1. Boshlang'ich bosqich (2000-yillardan 2010-yillar ortalarigacha):

Internetdan foydalanish darajasi yuqori bo'lmaganligi va qonuniy asos bo'lmaganligi tufayli, e-tijoratning rivojlanishi cheklangan edi. Bu davrda, bizneslar va xalqaro tijorat korxonalarining kichik bir qismi internet orqali xizmatlarini taqdim etishni boshlagan.

2. O'sish bosqich (2010-yillardan 2016-yillar ortalarigacha): Bu davrda, mamalaktimizda internet tarmog'lari optik tolaga bosqichma-bosqich o'tishi, abonentlari soni o'sishi, Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provaydorlar soni ko'payishi va texnologiyalarining rivojlanishi, O'zbekistonda e-tijoratni yanada rivojlanishiga olib kelgan.

3. Tezkor o'sish bosqich (2016-yildan hozirgacha): O'zbekistonning iqtisodiy islohotlari, shu jumladan pul o'tkazmalari va bank tizimlari sohasidagi islohotlar e-tijoratning tezkor o'sishiga olib keldi. Elektron to'lovlar, mobil bank, e-do'konlar kabi yangi texnologiyalar keng tarqalgan.

4. Kelajakdagi bosqichlar: E-tijoratning kelajakdagi rivojlanish bosqichlari O'zbekistonning texnologik taraqqiyoti, qonuniy muhit, iqtisodiy sharoitlar va boshqa omillarga bog'liq. Kelajakda, IoT, AI, Big data kabi yangi texnologiyalar e-tijoratning rivojlanishini ta'sir qilishi kutilmoqda.

amazon.com ebay.com wal mart, com aliexpress.com etsy com arnazon.de rakuter.co.jp homedepot.com target.com

0 SCO 1000 1500 2000 2500 3000 3500

Number of monthly visitors in millions

1-rasm 2022 yilda dunyo bo'ylab eng ko'p tashrif buyurilgan onlayn chakana

veb-saytlar24

Jahon hamjamiyatining ko'zlangan rivojlanish va farovonlikka erishish uchun, axborot texnologiyalariga (AT) bo'lgan ehtiyoji katta sur'atlar bilan oshib bormoqda. Iqtisodiy o'sishning faollashuvi, dunyo aholisi yashash darajasining yaxshilanish axborot texnologiyalarining kundalik hayotimizga singib ketagani natijasi ham hisoblanadi. Dunyo tajribasi shuni ko'rsatadiki, erkin axborot oqimining ta'minlanishi bozor iqtisodiyotiga o'tishni tezlashtiradi va sotsial farovonlikni oshirishga zamin yaratadi.

Tahlil va natijalar. Axborot texnologiyalarining tezlik bilan rivojlanishi iqtisodiyotda ham o'z aksini topmasdan qolmaydi. Hozirgi kunda iqtisodiyotda, ayniqsa zamonaviy marketing sohasida erishilayotgan yutuqlar negizida aynan axborot texnologiyalari turli segmentlarining yuqori darajada rivojlanganligi va samarali qo'llanishi yotadi. O'zbekiston iqtisodiyoti ham bundan mustasno emas albatta. Yaqqol misol sifatida axborot texnologiyalarining bir qator segmentlari masalan, ma'lumotlar yetkazish tarmoqlari, axborot internet-resurslari va ular orasidagi elektron hujjat almashuv, internet marketing tizimlari, biznes va tijoratning barqaror rivojlanayotganini keltirish mumkin.

O'zbekiston iqtisodiyotining ham bosqichma-bosqich rivojlanishi oqibatida biznes faoliyatini yuritishning yangi prinsiplari, ayniqsa, elektron tijoratning ahamiyati juda oshdi.Bugungi kunga kelib, har bir internet foydalanuvchisi elektron tijorat so'zining ma'nosini tushunishga harakat qilib ko'rgan. Hali o'zining uzoq tarixini qurishga ham ulgurmagan bunday faoliyat

24 https://www.statista.com/statistics/274255/market-share-of-the-leading-retailers-in-us-e-commerce/

bilan bog'liq AQSh bozorlarida yiliga o'rtacha 1,5-2 trln. AQSh dollari miqdorida mablag'lar aylanadi.

"Elektron tijorat" termini EDI (Elektronic Data Interchange -ma'lumotlarni elektron almashish), elektron pochta, internet, intranet (kompaniya ichida axborot almashish) va ekstranet (tashqi dunyo bilan axborot almashish) kabi texnologiyalarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida Elektron tijorat tizimini uch sinfga bo'lish mumkin:

s Chakana savdoni tashkil qilishbo'yicha (biznes-iste'molchi, B2C); s Biznes hamkor bilan aloqlar o'rnatish (biznes-biznes, B2B); s Iste'molchilar o'rtasidagi savdo (iste'molchi-iste'molchi, C2C). Elektron tijorat kundan - kunga tovar va xizmatlar assortimentini oshira boshlagan sari alohida shaxslarni, korxonalarni, sohalarni, davlat muassasalarini va nihoyat davlatlarni bir hamjamiyatga birlashtirib, hamkorlarning o'zaro ta'siri axborot va telekommunikatsion texnologiyalar yordamida samarali va to' siqlarsiz kelishuvlarga erishishiga imkon berdi.

Elektron tijorat o'z - o'zidan mahsulot sotish va xizmat ko'rsatish va yetkazib berish shartnomalarini tuzishda ikkita: moddiy va nomoddiy oqimlar, oqim xizmati bilan bog'liq: Nomoddiy oqimlar nomoddiy tovarlar (dasturiy ta'minot, bino loyihalari to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli uzatish, moddiy xizmatlar (transport chiptalari, mehmonxonalarda xonalar va h.z. buyurtmasi)ning to'g'ridan - to'g'ri tarmoqli bajarilishi, hamkorlar (mijozlar, buyurtmachilar, yetkazib beruvchilar, banklar) bilan moliyaviy tarmoqli hisobotlar, moddiy xizmatlarni etkazib berishni axborot va telekommunikatsion qo'llab - quvvatlash natijasida yuzaga keladi.

Bunday oqimlar u yoki bu virtual tijorat faoliyati natijasida umumiy oqimlarning sezilarli, ba'zida esa juda katta qismini tashkil etadi. Tabiiyki, nomoddiy oqimlarga xizmat ko'rsatishda elektr vositalarning ishlatilishi ish jarayonlarini tezlashtirishga, oqibatda, elektron tijoratning rivojlanishiga olib keladi.

Elektron tijoratning o'ziga xos qulayliklari va ustunliklari mavjud:

s Xalqaro operatsiyalarda axborot olish tezligi oshadi; s Ishlab chiqarish va sotish davri qisqaradi;

s Arzon kommunikatsion vositalardan foydalanish evaziga axborot almashish harajatlari kamayadi.

Korxona axborot texnologiyalarini samarali qo'llash orqali iste'molchilar bilan ochiq munosabat o'rnatish, mahsulot va xizmatlar to'g'risida hamkor va mijozlarni tezkor axborot bilan ta'minlash, sotuvning alternativ yo'llarini, misol uchun tijorat saytlarida elektron do'konlar ochish va yaratish imkoni beradi.

Elektron tijorat asosida yangi savdo-sotiq korxonalarini - elektron do'konlarni yaratmoqda, raqobatning kattaligi sababli ularda yangi turdagi xizmatlar va tovarlar paydo bo'lmoqda. Elektron tijoratning asosiy elementi bo'lib, tovarlarni internetda sotish va aylanishi xisoblanadi. Tovarning aylanishi, uni sotishga mo'ljallangan to'liq kompleks tadbirlar asosida amalga oshirilishi

lozim. Ular axborotni ishlab chiqish va ishlatish, reklama tadbirlari va shunga o'xshash tadbirlardir.

Bugungi kunga kelib, O'zbekistonda davlat organlari elektron tijoratni rivojlantirishda, dunyo tajribasida keng qo'llanilgan quyidagi prinsiplarga amal qilishmoqda.

s Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o'ynashi

lozim;

s Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar qo'yilishiga yo'l qo'yilmaslik lozim;

s Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo'llab-quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi mumkin;

s Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati Inernetning o'ziga xosliklarini inobatga olishi lozim;

s Elektron tijorat jarayoni ma'muriy-hududiy bo'linish va davlat chegaralariga bog'liq bo'lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo'lishi lozim.

Shuni alohidata'kidlabo'tishkerakki, O'zbekistondaelektrontijoratni rivojlantirish bilan bir qatorda bu sohaning takomillashishiga to'sqinlik qilayotgan bir qancha muammolar ham mavjud. Bu muammolarning tezkor va aniq yechilishi bugungi kunning muhim talablaridan biri hisoblanadi. Chunki aynan quyidagi yechimini kutayotgan masalalar jahon tajribasida keng tarqalgan bo'lib, ularning to'g'ri hal qilinmasligi oqibatida bu sohada jiddiy inqirozlar vujudga kelishi mumkin.

Birinchidan: Zarur infrastrukturaning hali ham yetarli darajada takomillashmagani. Quyida bir nechta misollar keltiramiz:

s Internetning global tarmog'i bilan to'gridan-to'g'ri bog'langan provayderlar soni cheklangan miqdorda va buning natijasida internet mijozlarga provayder o'rtasida biridan ikkinchisiga tashish orqali yetkazilmoqda, ma'lumki bunday holat xizmat ko'rsatishning sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

s Hududlarda ko'rsatilayotgan internet xizmatining sifat ko'rsatkichlari poytaxtdagi holat bilan solishtirganda sezilarli darajada yomon. Ajratilgan ulanish (ADCL modem) uchun yetarli shart-sharoitning yaratilmaganligi natijasida mijozlar to'g'ridan-to'g'ri qo'ng'iroq qilish orqali (Dial-up) ulanishdan foydalanishadi. Bu o'z navbatida xizmat sifatining yetarli darajada bo'lmasligiga olib keladi.

Ikkinchidan: Internet foydalanuvchilarining miqdori va mobil internet tezligi past holatda, bu holat elektron tijorat bilan shug'ullanish uchun zarur bo'lgan yirik bozor yaratish imkonini bermaydi.

Uchinchidan: Mavjud internet-do'konlar faoliyatida yetarli professionallik darajasi yetishmaydi. Aloqa va axborotlashtirish agentligi chop etgan ma'lumotlarga ko'ra 01.01.2018 yil holatiga bo'yicha O'zbekistonda 24 ta internet-do'kon faoliyat yuritadi.

Yuqorida keltirilgan muammolarni hal qilishda asosiy e'tibor beriladigan yo'nalishlar sifatida quyidagilarni taklif qilamiz:

Elektron tijorat sohasida ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish zarur. Ilmiy ishlar, maqolalar yozish, maxsuslashtirilgan internet-resurlar yaratish, doimiy forum va konferensiyalar tashkil etish, kadrlar tayorlashda elektron tijoratning nafaqat texnik, balki iqtisodiy va huquqiy xususiyatlarini ham inobatga olish, eng asosiy muammolardan biri - malakali kadrlar yetishmovchiligini, oldini oladi.

s Telekommunikatsion xizmatlarni ko'rsatish sohasida raqobatni rivojlantirish. Bu xizmat sifatining oshishiga, narxlar darajasining tushishiga va elektron tijorat uchun ma'lum internet-auditoriyalarining yaratilishiga olib keladi.

s AKT sohasiga investitsiyalarni kiritish uchun qulay huquqiy sharoitning ko'rsatilgan tartibda doimiy mavjud bo'lishini ta'minlash.

s O'z-o'zini boshqarish va tajriba almashish tizimlarini yaratish s Axborot texnologiyalarining butun O'zbekiston bo'ylab keng tarqalishini ta'minlash. Nafaqat viloyat markazlarida, balki chekka qishloqlarda ham axborot texnologiyalarining joriy qilinishi elektron tijorat hajmining sezilarli darajada oshishiga olib keladi.

s Online banking tizimini butun respublika bo'ylab samarali joriy qilish. Bu ulgurji va chakana savdo bilan shug'ullanayotgan tadbirkorlar uchun o'z tovar va xizmatlari bilan internet tarmog'i orqali erkin savdo qilish imkoniyatini oshiradi. Shu bilan birga bu bank sohasining boshqa yo'nalishlari bo'yicha ham sezilarli o'zgarishlarga olib keladi.

Shuni bemalol ta'kidlash mumkinki, O'zbekiston o'zining yuqori darajali intellektual imkoniyatlari bilan axborot texnologiyalari tamaddunining qirg'og'ida qolib ketmasligi zarur.

Elektron tijoratni rivojlantirish jamiyatimiz uchun quyidagi natijalar beradi: s Elektron tijoratning rivojlanishi O'zbeksiton mehnat bozori strukturasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Yuqori axborot texnologiyalarini sanoatlashtirish minglab yangi ish o'rinlarini yaratadi.

s O'zbekiston iqtisodiyotining barqarorlashishi, tovar va xizmatlarning raqobatbardoshligi kuchayishi va elektron tijorat rivojlanishining bir paytda sodir bo'lishi eksport imkoniyatlarimizning oshishiga olib keladi.

s Elektron tijorat aholi turmush darajasining yaxshilanishini, marketing, menejment kabi sohalarning rivojlanishini ta'minlaydi.

Xulosa. Shunday qilib, O'zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish imkoniyatlari yildan yilga o'sib borayotganligini alohida ta'kidlab o'tish lozim. Uning rivojlanishi milliy ishlab chiqaruvchilarimizga yangi bozorlar ochish, yangi mijozlar topish imkoniyatlarini yaratadi. Elektron tijoratni rivojlantirish bo'yicha tanlangan va amaldagi yo'ldan to'g'ri borish, kelajakda O'zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi. O'zbekistonda elektron tijorat bo'yicha mavjud muammolarni hal qilishning to'g'ri yo'li tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda o'z aksini topadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

U. Sharifxodjayev, Z. Xakimov. Inteгaktivvaгaqamlimaгketing. O'quv qo'llanma. - T.: Iqtisodiyot. 2019. -271 b

Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. - Т.: Иктисодиёт, 2019. 265 б. Ergashxodjaeva Sh. J., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing. Darslik. - T.: Iqtisodiyot, 2018. -315 b.

Ergashxodjaeva Sh.Dj., Samadov A.N., Alimxodjayeva N.E., Sharipov I.B. Ma^eting kommunikatsiyasi. O'quv qo'llanma. - T.: Iqtisodiyot, 2019. -418 b. Gary Armstrong, Philip Kotler, Michael Harker, Ross Bernnan. Marketing an introduction. England, 2016, Paperback: 720 pages, Pearson.

1. lex.uz - O'zbekiston respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi.

2. https://www.statista.com/- Statitstik ma'lumot^ poгtali.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.