Научная статья на тему 'OZARBAYJON MUMTOZ MUSIQASI ORQALI O’QUVCHILARDA BAYNALMINALLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH'

OZARBAYJON MUMTOZ MUSIQASI ORQALI O’QUVCHILARDA BAYNALMINALLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
936
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
mug’om / musiqa / ijod / baynalmunallik / ma’naviyat / tarbiya

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — O.Tillaxo’Jayev

Ushbu maqolada O’zarbayjon mumtoz musiqasi tarixi mug’om san’ati hamda Ozarbayjon mumtoz musiqasi orqali o’quvchilarda baynalminallik fazilatini shakllantirish xususida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OZARBAYJON MUMTOZ MUSIQASI ORQALI O’QUVCHILARDA BAYNALMINALLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH»

OZARBAYJON MUMTOZ MUSIQASI ORQALI O'QUVCHILARDA BAYNALMINALLIK FAZILATINI SHAKLLANTIRISH

O.Tillaxo'jayev Qo'qon DPI

Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zarbayjon mumtoz musiqasi tarixi mug'om san'ati hamda Ozarbayjon mumtoz musiqasi orqali o'quvchilarda baynalminallik fazilatini shakllantirish xususida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: mug'om, musiqa, ijod, baynalmunallik, ma'naviyat, tarbiya.

FORMATION OF INTERNATIONAL QUALITY IN STUDENTS THROUGH

CLASSICAL MUSIC OF AZERBAIJAN

O.Tillakhojhayev Kokand SPI

Abstract: This article talks about the history of Azerbaijani classical music and the formation of the virtue of internationality in students through Azerbaijani classical music.

Keywords: art, music, creativity, internationalism, spirituality, education.

"Bizning xalqimiz musiqa madaniyatining buyuk tarixiga ega. Ozarbayjon xalqining qadimdan to hozirgi kungachayashab kelayotgan musiqasi, qo 'shiqlari,

Ozarbayjon mug'omlari milliy boyligimizdir."

Haydar Aliyev

O'zbek va Ozarbayjon xalqlarini yaqin milliy urf-odat va an'analar, umumiy til guruhi, madaniyat va din birlashtirib turadi. Aloqalar tarixi - ikki o'lka o'rtasidagi munosabatlar tarixi asrlarga borib taqaladi. Bugungi kunda umumta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslari zamon andozalariga mos ravishda olib borilmoqda. Jumladan oltinchi sinfda mumtoz musiqa yil mavzusini doirasida III-chorakda Sharq xalqlari mumtoz musiqasi turkumida Ozarbayjon mumtoz musiqasi namunalarini o'rgatish ishlari olib boriladi. O'quvchilarda baynalminallik fazilatini shakllantirish uchun Ozarbayjon mugomlari tarixini va ustazoda san'atkorlari xayoti va ijodini o'rganish maqsadga muvofiq.Ozarbayjon davlatining madaniy merosi xissohlanmish mug'om san'ati katta tarixga egadir. Mug'om - badiiy hayajon va turli musiqiy obrazlar rivojini ifodalovchi musiqiy janr. Mug'om - Ozarbayjon musiqasida og'zaki an'anaviy professional musiqa san'ati; og'zaki an'anaga ega bo'lgan Ozarbayjon mumtoz musiqasining janrlaridan biri; katta hajmli vokal-cholg'u yoki cholg'u

asari.Mug'omning tarixi juda qadimiydir.

Sharq musiqa san'atining ulug'vor yodgorligi bo'lgan mug'omning yaratilishini olimlar so'nggi ming yillikka, islomgacha bo'lgan davrga borib taqaladi deb hisoblaydilar. Uning ildizlarini zardushtlik bilan bog'laydilar. Mug'om so'zining ma'nosi ham Alloh tomonidan yuborilgan musiqa sifatida talqin qilingan. Mug'omning ilohiy qudrati insonlar qalbini poklashi haqidagi fikrlar ham bor. Qadimgi olimlar odamlarni mug'om sadolari bilan davolaganlari bejiz emas. Mug'omlarni sayyoralar bilan bog'laganlar: "Navo" mug'omini Oy bilan, "Busalik" -Merkuriy, "Rast" - Zuhro, "Arag" - Quyosh, "Ushshoq" - Mars, "Zirafkend" -Yupiter, "Rahavi" - Saturn sayyorasiga mos.Qadimda professional xalq ijrochilari tomonidan yaratilgan musiqa "navo", "rah", "xosrovani" deb atalgan. Musiqa madaniyatining rivojlanishi bilan yangi shakl va janrlar vujudga keldi. Mug'omning janr sifatida shakllanishi XII - XIII asrlardagi "Musulmon Renessansi" davriga mansub. Bu davrda she'riyatning yuksalishi (Nizomiy, Xoqoniy, Nasimiy, Fuzuliy va boshqa shoirlar) mug'omning ham rivojiga turtki bo'ldi.Mug'om san'ati Ozarbayjon xalqining qadimiy va boy tarixi, madaniy merosining muhim tarkibiy qismidir. Millatning milliy o'zligi, turmush tarzi va madaniyatining ko'rsatkichi bo'lgan bu boy san'at shakli xalqimizning jahon madaniy merosiga taqdim etgan eng katta xazinasidir.Ozarbayjon mug'omi asrlar davomida xalqimiz ruhiga hayot bergan va u bugungi kunda ham hayot baxsh etib kelmoqda. Mug'om Ozarbayjon san'atida xalqning tafakkuri va fikrlash tarzi o'z aksini topgan. Muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, hijron va visol, kurash va jang, ishonch va g'alabaga asoslangan mug'omlar mazmun va falsafiy zanginlik yaratib, har bir ozarbayjon ma'naviyatiga kirib borgan.Mug'om san'atining boyligi, ulug'vorligi va abadiyligi ham bu qadriyatlarni asrdan asrga yetkazishidadir. Bularning barchasini inobatga olib, Ozarbayjonda mug'omni odatda mug'om uchligi jo'rligida xonanda ijro etadi. Bunday ansambl tomonidan ijro etilgan qo'shiq va cholg'u birligi to'liq mug'om to'plami deb ataladi.Mug'omda aniq ritmga ega bo'lgan qo'shiq va raqs epizodlari o'rin almashadi. Qo'shiq epizodlari tasnif, raqslar esa rang deb ataladi.Mug'om ijrosi nafaqat asbobni mukammal chalishni, balki butun kompozitsiya qurilishi qonuniyatlari uyg'unligini, shuningdek, bo'limdan bo'limga o'tish mantig'ini bilishni ham talab qiladi. Asrlar davomida ustod xonandalar har bir kalom uzra so'z sarrofi kabi fikr yuritib, uning ma'no go'zalligi va ravonligiga alohida e'tibor berganlar. Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy, Mulla Panoh Voqif, Sayid Azim Shirvoniy, Xurshidbonu Notavon, Elog'a Vohid va boshqa shoirlar g'azallariga "Rast", "Shur", "Segoh", "Chahorgoh", "Bayoti-sheroz", "Shushtar", "Humoyun", shuningdek, "Shahnoz", "Mahur-hindi", "Rahab", "Hayrati", "Arazbari", "Siymoi-shams", "Mansuriya", "Qorabog' shikastasi", "Kasma shikasta" va boshqa mug'omlar bitmas-tuganmas so'z va san'at chashmasi kabi milliy musiqa

madaniyatimizni boyitgan.

Ozarbayjon mug'omining eng mukammal ilmiy asosi XX asrda buyuk kompozitor Uzeyir Hojibeyov tomonidan qo'yilgan. Bu davrda Ozarbayjon bastakorlari va shoirlari uchun ilhom manbai bo'lgan mug'om qimmatbaho san'at asarlari yaratilishiga o'z ta'sirini ko'rsatdi. Uzeyir Hojibekov, Muslim Magomayev, Qora Qorayev, Fikrat Amirov, Niyoziy, Sulton Hojibekov, Jahongir Jahongirov, Sulaymon Alasqarov, Vasif Adigyozalov va boshqalar mug'om san'at asosida qimmatli san'at namunalarini yaratganlar. Ozarbayjon musiqasida simfonik mug'omlarning yaratilishi mug'om san'atining xilma-xilligini, uning cheksiz imkoniyatlarini ko'rsatmoqda. Fikrat Amirovning "Shur", "Gulistoni-bayoti-shiroz", Niyoziyning "Rast", Sulaymon Alasqarovning "Bayoti-sheroz" simfonik mug'amlari, Vasif Adigyozalovning "Qorabog' shikastasi" oratoriyasi, Voqif Mustafazoda mug'om asosida ijro etgan asarlar, bastalagan kuylar jahonning turli o'lkalarida tinglovchilarni maftun etgan.O'tgan asrning 70-yillarida Ozarboyjon xalqining milliy qadriyatlarini asrab-avaylashga qaratilgan umummilliy rahbari Haydar Aliyev rahbarligida amalga oshirilgan tadbirlarning bir qismi sifatida mug'om san'ati yangi taraqqiyot bosqichiga kirdi, mug'om ijrochilari va bu san'atga hayot berayotganlarga hurmat-e'tibor bilan qaraldi. 1971 yilda YUNESKOning 50 ta albomdan iborat "Jahon an'anaviy musiqasi antologiyasi" turkumiga "Ozarbayjon musiqasi plastinkasi" kiritilgan bo'lib, 1975 yilda Ozarbayjon mug'omlari "Musiqiy manbalar" seriyasida chiqarilgan..2002 yil noyabr oyida mug'om san'ati YUNESKO tomonidan "Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi Reprezentativ ro'yxatiga" kiritildi. Bugun Ozarbayjonda mug'om san'atiga, musiqasiga chuqur muhabbat va hurmat bor. Uni asrab-avaylash va targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ozarbayjonda mug'om sadosi yangramaydigan hech bir musiqiy tadbir yo'q. Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti janob Ilhom Aliyev buyrug'i bilan yaratilgan, yuksak saviyada bunyod etilgan Xalqaro Mug'om markazi qadimiy san'atga bo'lgan e'tibor va g'amxo'rlikning yana bir ifodasidir. Davlat boshchisi aytib o'tganidek: "Mug'om -Ozarbayjonning milliy boyligi. Asrlar davomida Ozarbayjon xalqi o'z hayotida bu go'zal san'atni yuksak qadrlab, qalblarida saqlab kelgan..Bugungi kunda Ozarbayjon mug'om san'ati o'z tarixining yorqin davrni boshidan kechirmoqda. Ozarbayjon mug'omi ham davlat tomonidan himoya qilinadi, targ'ib etilinadi va rivojlantiriladi. Ozarbayjon madaniyatini ommalashtirish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni asrab-avaylash borasida amalga oshirilayotgan loyihalar orasida mug'om san'atiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Mamlakat poytaxtida Xalqaro Mug'om markazi tashkil etilgani bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bugun maktablarda sharq mamlakatlari mumtoz musiqasini o'rganish jarayoni qizg'in olib borilmoqda. Har bir inson Vatanparvar bo'lsa va boshqa xalq va millat vakillarini qolaversa villiy madaniyatini xurmat qilsagina davlatlararo do'stlik rishtalari mahkam bog'lanadi hamda baynalminallik

fazilati shakllanishiga xech bir shubxa qolmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Begmatov.6-sinf uchun musiqa darsligi.T.G'afur G'ulom nashriyoti.2017 y.

2. "Qadimgi musiqiy an'analari mavjud -" Deutsche Welle"". az.trend.az (ozarbayjon tilida). Arxivlandi asl nusxasi 2012 yil 19-iyulda. Olingan 29 iyun 2014.

3. Prezident Ilxam Aliev: Ozarbayjonjanskaya narodnaya musiqa, iskusstvo mugama yavlyautsya vershinoy mirovogo muzikalnik iskusstva (FOTO). www.trend.az (rus tilida). Olingan 29 iyun 2014.

4. "Azsrbaycan musiqisi". www.azerbaijan.az (ozarbayjon tilida). olingan 29 iyun 2014.

5. "Xalq musiqasi: millat tarixi". Turkishculture.org. Arxivlandi asl nusxasi 2003-08-10. Olingan 10-noyabr, 2003.

6. "Ozarbayjon: Oshiq bardalari va mumtoz mugam sozandalari". beingintomusic.co.uk. Olingan 29 iyun 2014.

7. "Bolalar musiqasi". www.azerbaijans.com (ozarbayjon tilida). Olingan 4 noyabr 2014.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.