Scientific Journal Impact Factor
О
OYDIN HOJIYEVA SHE'RIYATIDA URUSH MAVZUSI
Asatjanova Iroda
Urganch davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada iste 'dodli shoira Oydin Hojiyeva she'riyatidagi urush mavzusidagi she'rlar tahlil qilinadi. Uzoq muddatli mashaqqatli davrni boshdan kechirgan jamiyatning, qiyinchiliklarni mardonavor yenggan, irodasi mustahkam vatandoshlarimizning hayotga, kelajakka ishonchi, so'nmas umidlari ifoda etiladi. Maqolada vatanparvarlik va ozodlik tuyg'ularining namoyon bo'lishiga munosabat shoira she'rlaridagi urush mavzusi bilan bog'liq holda yondashilgan.
Kalit so'zlar: an'ana, tendensiya, pafos, ritm, lirik uyg'unlik, motiv, lirik qahramon, uslub, orqa manzara, optimizm, she'riy ifoda, syujetlilik
This article analyzes the war-themed poems in the poetry of the talented poetess Aydin Khodzhieva. The hopes and aspirations of the society, which has gone through a long period of hardship, and the courage of our compatriots, who have courageously overcome difficulties, are expressed in life and the future. The article approaches the expression ofpatriotism and freedom in connection with the theme of war in the poet's poems.
Keywords: tradition, trend, pathos, rhythm, lyrical harmony, motive, lyrical hero, style, background, optimism, poetic expression, plot
В данной статье анализируются стихотворения на военную тематику в поэзии талантливой поэтессы Айдын Ходжиевой. Надежды и чаяния общества, прошедшего долгий период лишений, и мужество наших соотечественников, мужественно преодолевших трудности, находят свое выражение в жизни и будущем. В статье рассматривается выражение патриотизма и свободы в связи с темой войны в стихах поэта.
Ключевые слова: традиция, направление, пафос, ритм, лирическая гармония, мотив, лирический герой, стиль, фон, оптимизм, поэтическое выражение, сюжет.
Yigirmanchi asrda milliy she'riyatimiz katta, murakkab, serqirra shakllanish va rivojlanish davrini boshidan kechirdi. She'riyat faqat o'zining milliy qadriyatlari va tajribasi negizida emas, balki asr she'riyatining eng muhim ijodiy yo'nalishlari,
806
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
an'analar va tendensiyalar bilan bog'liq holda, yangi izlanishlar orqali paydo bo'ldi. Biz tarixiy jarayonlar rivojini, milliy taqdirimizni o'zgartirgan vatan urushini boshdan kechirdik. Bu davr ham mafkuraviy, ham adabiy taraqqiyot nuqtai nazaridan, jumladan, butun adabiyotimiz ko'zga ko'ringan vakillarining adabiy-ijodiy faoliyatida juda muhim ahamiyatga ega bo'ldi. "Urush kunlarida she'riyat o'zbek adabiyotining yetakchi janriga aylandi. Janglardagi qahramonlik, Vatanni fashist galalaridan himoya qilayotgan armiyamiz jangchilarining shijoatkorliklari, mamlakatimiz xalqlarining buzilmas do'stligi, front orqasidagi mehnatkashlarning matonati va mardligi - mana shu shoirlarning hammasi o'zbek shoirlarining asarlarida ehtiros va hozirjavoblik bilan o'z aksini topdi."1
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Iste'dodli shoira Oydin Hojiyeva she'riyatida ham urush davri ijodining asosiy pafoslaridan biriga aylandi. Oydin Hojiyevaning urush davri lirikasi mo'rt, g'amgin, chuqur insoniy tuyg'ularning noyob ifodasidir. Shoira she'rlarining bosh qahramonlari ona, Vatan va oddiy askar edi. Jangchining har daqiqada to'qnash kelgan lahzalarini og'riqli va ayni paytda poetik jihatdan kuchli tasvirlaydi.
Qor-bo'ron urganda ko'zin ochirmay, Tanklar purkaganda ajal urug'in, Jangga otilgan u panoh qidirmay, Ado etgan faqat yurak buyrug'in.2
Shoira she'riyatida Vatanni himoya qilishga chaqirish nozik, yuksak insoniy tuyg'ularning o'ziga xos ifodasiga aylanadi. Bu shunchaki askarning el-yurt, Vatan, yer, xalq oldida uning qahramonligini madh etuvchi she'r emas edi, balki qahramonlik haqidagi mangulik qo'shig'i bo'lib jarangladi. She'rning lirik uyg'unligi va ritmining o'zi tanklar tovushini eslatadi; tengsiz jangda halok bo'lgan qahramon obrazi mana shunday qayg'uli, mo'rt, ayni paytda, jasorat bilan uyg'unlikda idrok etilgan. Vatan uchun kurash, shahid o'g'il-qizlarimizning dardi, qashshoqlik, qayg'u hissi va ayni paytda haqiqat va g'alabaga ishonish ruhi mazmunli, ayni paytda noodatiy lirik lavhalar bilan qo'shilib ketadi:
Goh zax okoplarda garmon nolasi Yodiga solganda O'zbekistonni, Bog' ichida o'sgan o'zbek bolasi Sog'ingan bir qizni, shirmoyi nonni/
1 Акбаров A. Шоирнинг хаёти. Fофур Fулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти. Тошкент - 1973. 109 бет
2 Х,ожиева Ойдин. Тамал тоши: [Шеьрлар]. - Т.: Адабиёт ва саньат нашриёти, 1988. 19 бет
3 Уша жойда
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
She'rda jangchi oldingi safda bo'lsa-da, voqealar orqada sodir bo'ladi. Askar va uning ota-onasi, askar va uning xotini, askar va uning chaqalog'i... Bunday urushda jangchi xuddi shunday qahramon bo'lishi mumkin. Bu Vatan shunday mard va jasur o'g'lonlarni tarbiyalab voyaga yetkazdiki, ular og'ir damlarda uning himoyasi uchun oyoqqa qalqdilar. Xalqi, yurti, oilasi, yaqinlari uchun jonini fido qila oladigan inson jangchi ham, shahid ham bo'lishi mumkin.
Onalar - yuragi larzonlar xomush, Nonga alish bo'lgan marjonlar xomush. To'qayga o't ketsa qo'g'a, qiyoq, qush -Xo'l-quruq baravar - g'orat yonardi.4 "Fojiani anglash uchun odamning dunyoqarashi va ruhoniyati fojia ko'lami darajasida bo'lishi kerak. Vatan urushi qatnashchilari ko'proq intizomli ijrochilar edi. Bu holat ularning o'ylari, hissiyotlarida ham aks etardi".5 Chuqur fojiaviylik va yuksak optimizm Oydin Hojiyevaning, ayniqsa, shu urush va hijron motiviga kirgan she'rlarida yaqqol ko'rinadi. Urush uning uchun insoniy bo'lgan hamma narsaning, baxtli hayotga intilish, yaqinlariga muhabbat, sadoqat va axloq, mehr va go'zallik fojiasidir. Muallif she'rda insoniy tuyg'ularning badiiy lavhalarini yaratadi, balki har bir kishi his qiladigan, lekin ifoda eta olmaydigan kayfiyatni obrazli tasvirlaydi.
Qoratol tagida Hikoyat momo6 Qizlarga gap tashlar, tegishar goho: "Puchuqlar, kuzakda yeymizmi halvo!?" Ko'ksida to'rt o'g'il - suvrat yonardi!7 She'rda allaqanday psixologik, hissiy intiqlik motivi seziladi. Bu motiv urush davri she'riyatida yetakchi motivlardan biri bo'lgan. O'sha davr she'riyatiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, onaxonlar, unashtirilgan qizlar, aka-ukalar sog'inchini ko'ramiz. Ko'plab shoirlar she'rlarida ona obrazi eng munis, eng muhtasham obraz sifatida e'tiborni tortadi. To'rtta farzandini urushga yuborgan ona she'rning lirik qahramoniga aylanadi. Shoirning deyarli barcha she'rlarida ona obrazi bor. U farzandi uchun kuyadi, uni himoya qilish uchun o'zini olovga tashlaydi, kurashadi, mehnat qiladi, kurashadi, hayotning qo'rqinchli ajdahosi bilan yolg'iz kurashadi. She'rdagi voqelik biroz chalkashlikdek tuyuladi. Holbuki, shoira bu uslub bilan o'quvchiga hayotning past-balandligini, odamlarning rang-barangligini, kutilmagan hodisalarning soddaligini tushuntirishga harakat qiladi. Bu orqali o'g'illari Vatan
4 Уша манба. 30 бет
5 Крзо^бой Йулдошев. "Ёник; суз". "Янги аср авлоди", 2006 йил. 118 бет
6 Besh o'g'ildan to'rttasi jangda halok bo'lgan.
7 Уша жойда
Scientific Journal Impact Factor
0
uchun jonini bergan "ayol" bilan birga farzand dog'ida qovurilayotgan "ona" ham borligini ko'ramiz.
Unda kelinchakning iztizob, dudi, Unda onalarning sevinch yoshlari, O'ttiz besh yil izlab quroldoshlarin, Topmagan jangchining so'nmas umidi, Ota ko'rmay o'sgan sag'irlar ohi, Gumburlar Vatanning dod na'ralari...8 Darhaqiqat, she'rda orqa manzarani yaratgan Oydin Hojiyeva urush manzarasini barcha nozik jihatlari bilan tasvirlaydi. Urush va askarlar aslida butun bir suratdir. Shoira she'rlaridagi qadriyat shundaki, u bir necha so'z bilan urush haqida to'liq tasavvur yarata oladi. Uning fikricha, urush faqat oldinda emas, ortda ikkinchi urush bor. Bu she'rlarning har bir baytida askarlarimiz jang qilgan har bir daqiqa ortida iztirob bilan qoladigan odamlar bor. Ulardagi shoira ifodalagan tuyg'ular o'sha kunlarda o'z jigarbandlarini og'ir jangovor urushga otlantirgan million-million onalar qalbiga bag'oyat yaqin edi.
Otni egarladi kenjatoyi ham... Yo'llar gard-gard bo'lib intiq qolganda, Unga ko'z tikkanda butun bir olam, Yo'lga qarayverib ko'zi tolganda -Onaga sabrni o'rgatdi tuproq, Vatan tuyg'usidan yengildi firoq.9 Shoira lirik izga solingan, ya'ni lirik qahramon kechinmasini, qalb oqimini tahlil qilishga xizmat qiluvchi syujetlilikka intiladi. She'rga ikki lirik qahramonni kiritib, ularning taqdirini tutash holda ko'rsatishga erishdi. Hayotni, go'zallikni, osoyishtalikni, mehr-oqibatni, porloq ertangi kunni, inson uchun enng zarur bo'lgan shodlik va baxtni hammadan avval ayol - ona qadrlaydi. Shoira farzandning taqdiriga onaning farzandiga bo'ladigan tabiiy muhabbatidan emas, balki zamona, konkret hayotdan kelib chiqib yondashadi. She'rda avvaldan sezib turilgan fojia - ona va farzand boshiga tushgan og'ir musibat yotadi. Tinchlik qaror topishi uchun farzandi o'ziga o'xshash boshqa onalarning farzandlari bilan birga yurt himoyasi uchun ko'ksini qalqon qilishi kerak.
8 Xp^ueBa OH^HH. Mym^rn; OHa^OH: ffletp^ap Ba metpun rçucca, - T.: Aga6uëT Ba camaT HampuëTH, 1983. 199 6eT.
9 Yma MaH6a. 44 6eT
Scientific Journal Impact Factor
0
XULOSA
Oydin Hojiyevaning urush mavzusidagi she'rlarida urush keltirib chiqargan fojialar, urushlar natijasida majruh bo'lgan taqdirlar, tugallanmagan umrlar, iztiroblar, goh isyonlar, goh sokin faryodlar turli manzaralarda, turli obrazlar tili bilan tasvirlangan. Hamisha o'z xalqi bilan hamnafas yashab, uning kulfatiga ham, quvonchiga ham sherik bo'lgan shoira fashizmga qarshi kurashda xalqimizni jipslashtirga imkon bergan mushtarak omilni o'z she'rlarida ilhom bilan ifodalay oladi. O'zbek xalqining ma'naviy-siyosiy birligi, vatanparvarligi O'zbekiston xalq shoirasi Oydin Hojiyeva lirikasida o'zining otashin va ta'sirchan she'riy ifodasini topdi. Shuning uchun ham hozirgi kunda she'rlar kishilar qalbini to'lqinlantirmoda, hayotimiz va kurashlarimizda bizga ko'makdosh bo'lmoqda, Vatan baxt-saodati yo'lida yangidan yangi zafarlarga chorlamoqda.
REFERENCES
1. AKÔapoB A. ffloupHHHr x,aëTH. Fo^yp FynoM HOMugaru agaôuëT Ba caHtar HampuëTH. TomKeHT - 1973.
2. ko30k;6oh HyngomeB. "ëhh; cy3". "^Hra acp aBnogu", 2006 hhh
3. X,o:®HeBa OfiguH. TaMan Tomu: [ffletpnap]. - T.: AgaôuëT Ba caHtar HampnëTH, 1988
4. X,o:neBa oh^hh. Mym^u; 0Ha:0H: ffletpnap Ba metpuH ;ncca, - T.: AgaôuëT Ba caHtar HampnëTH, 1983