Научная статья на тему '“OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI” MAVZUSIDA AMALIY-TADQIQOT DARSINI TASHKILLASHTIRISH'

“OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI” MAVZUSIDA AMALIY-TADQIQOT DARSINI TASHKILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ozuqa qo’shimchalari / E-mahsulotlar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Z.Y.Tillayeva

Ozuqa qo’shimchalarining organiяm uchun salbiy va ijobiy ta’sirlarini aniqlab, sog’lom turmush tarziga rioya qilishni o’rganish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI” MAVZUSIDA AMALIY-TADQIQOT DARSINI TASHKILLASHTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE

"RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

"OVQAT HAZM QILISH SISTEMASI" MAVZUSIDA AMALIY-TADQIQOT DARSINI TASHKILLASHTIRISH

Z.Y.Tillayeva

Toshkent Davlat Stomatologiya instituti akademik litseyi, Biologiya fani bosh o'qituvchisi,

biologiya fanlari nomzodi https://doi.org/10.5281/zenodo.12207847

Annotatsiya. Ozuqa qo'shimchalarining organiяm uchun salbiy va ijobiy ta'sirlarini aniqlab, sog'lom turmush tarziga rioya qilishni o'rganish.

Аннотация. Выявление отрицательного и положительного влияния пищевых добавок на организм и обучение здоровому образу жизни.

Abstract. Identifying the negative and positive effects of food additives on the body and learning to follow a healthy lifestyle.

Kalitso'zlar. ozuqa qo'shimchalari, E-mahsulotlar.

Ключевые слова: пищевые добавки. Е-продукты.

Key words: nutritional supplements, E-products.

Qadimdan odamlar ozuqa mahsulotlarini iste'molga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini tashqi ko'rinishi, hidi va mazasiga ko'ra aniqlaganlar. Hozirgi kunda oziq-ovqat sanoatida kimyoviy ozuqa qo'shimchalari keng qo'llanilmoqda. Bu ozuqa qo'shimchalari ozuqa mahsulotlarining yaroqlik muddatini oshirish, ta'mini yaxshilash, qotib qolishini oldini olish uchun hizmat qiladi.

Ozuqa qo'shimchalari yevropa (E) standartlariga ko'ra quyidagi guruhlarga ajratiladi.

• E 100-182 - rang beruvchi bo'yoqlar

• E 200-299 - saqlanish muddatini uzaytiruvchi konservantlar

• E 300-399 - antioksidlovchilar

• E 400-499 - quyuqlikni ta'minlovchi stabilizator

• E 500-599 - gomogenlikni ta'minlovchi emulgator

• E 600-699 - ta'm va hidni yaxshilovchi moddalar

• E 700-899 - qo'shimcha indekslar

• E 900-999 - mahsulotni ko'rinishini yaxshilovchi moddalar

• E 1100-1105 - fermentlar

Sog'liq uchun foydali mahsulotlarini harid qilayotganda faqat yaroqlik muddatinigina emas, balki tarkibini ham to'liq tekshirish kerak bo'ladi. Bu jarayonni o'quvchilik davridanoq shakllantirish uchun quyidagicha tadqiqot o'tkazish mumkin.

O'quvchilarga doimiy iste'mol qiladigan mahsulotlaridan olib kelish topshiriladi. Masalan. chips, kirieshka, snikkers, kit-kat, coca-cola, ays-tea, mayonez, ketchup, tez tayyorlanadigan bulyon va lapsha, yogurt.

Sinf o'quvchilari kichik guruhchalarga bo'linadi va ozuqa mahsulotlari tarkibini o'rganadi. Olingan ma'lumotlar asosida quyidagi jadvalni to'ldiradilar.

Mahsulot nomi Mahsulot tarkibi E-mahsulot indeksi Foydasi/ zarari

Maxeev mayonezi Kungaboqar yog'i

Efir yog'i

Tuxum sarig'i

Limon kislota E 330 Foydali

Sorbin kislota E 200 Zararli (dermatit)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Karotin E 160 Foydali

Shakar E 150 Foydali

pryanik Bug'doy uni,

shakar, E 150

jelatin,

limon kislota, kalsiy E 330

karbonat, ammoniy E 170 giperkalsemiya

karbonat, E 503

natriy karbonat,

kakao, tuz, lyupin E 500

E-mahsulotlarining faydasi va zararini aniqlashda internet ma'lumotlaridan foydalaniladi.

Ko'p ishlatiladigan E-mahsulotlariga quyidagilar kiradi:

1. E 211 - natriy benzoat eng arzon konservant. Zararli bakteriya va zamburug'larning rivojlanishi oldini oladi. Kolbasa, pishloq, yogurt, ketchup, sharbatlar tarkibiga qo'shiladi. Odam nerv sistemasiga ta'sir ko'rsatib falajlik, Parkinson kasalliklarni keltirib chiqaradi. Allergiyaga sabab bo'ladi va rakni keltirib chiqaradi.

2. E 220 - oltingugurt dioksidi meva qoqilarini saqlashda, tayyor ovqatlarning yaroqlik muddatini oshirishda foydalaniladi. Bosh og'rig'i, ko'ngil aynishi, diareyaga sabab bo'ladi.

3. E 249 - kaliy nitrit, E 250 natriy nitrit go'shtga chiroyli qizg'ish rang berish va go'shtni uzoq muddat yangiday ko'rinishiga xizmat qiladi. Qon tomirlarni toraytirib, qon bosimini oshiradi, rak kasalligini rivojlanishiga sabab bo'ladi.

4. E 620 - E 626 glutamatlar go'sht mazasini beradi va chips, kiriyeshka, go'shtli salatlarga qo'shiladi. Iste'molchida moyillik keltirib chiqaradi, shu mazaga ega mahsulotni yana yegisi keladi. Glutamatlarni doimiy iste'mol qilish migren, qorin og'rishi, ko'ngil aynashi va gipertoniyaga sabab bo'ladi.

5. E 951 - aspartam gazli ichimliklar tarkibida bo'ladi. Ozdiruvchi dori vositalariga ham qo'shiladi. Bosh og'rig'i, xotira pasayishi, depressiyaga tushish, rak kasalligini keltirib chiqaradi.

O'rganilgan ma'lumotlar asosida kichik guruhchalar ma'lumot almashinadilar va daftarlariga xulosa yozadilar.

Bunday amaliy mashg'ulot natijasida o'quvchilar sog'lom turmush tarziga rioya qilish, oziq mahsulotlarini to'g'ri tanlash ko'nikmalarini o'zlarida shakllantiradilar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. https://www.foodcertificate.org/uz/gida-guvenligi/gida-katki-maddeleri-nedir/

2. https://ru.wikipedia.org/wiki

3. https://dobavkam.net/additives

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.