Научная статья на тему 'SALITSIL KISLOTASI VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATI'

SALITSIL KISLOTASI VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
97
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
salitsil kislotasi / metil salitsilat / fenil salitsilat / natriy salitsilat / asetil salitsil kislota / para-amino salitsil kislotasi / meta-amino salitsil kislotasi. / salicylic acid / methyl salicylate / phenyl salicylate / sodium salicylate / acetyl salicylic acid / para amino salicylic acid / meta amino salicylic acid.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qayumova R., Xalilova Sh., Noibjonova X.M.

Ushbu maqolada salitsil kislotaning kimyoviy va fizik xossalari, dorivorlik xususiyatlari, salitsil kislota saqlagan dorivor preparatlar va ularning ta’sir mexanizmlari, salitsil kislotasining tabiatda tarqalishi haqida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SALICYLIC ACID AND ITS MEDICINAL PROPERTIES

The article describes the chemical and physical properties of salicylic acid, medicinal properties, medications containing salicylic acid and their mechanisms of action, the distribution of salicylic acid in nature.

Текст научной работы на тему «SALITSIL KISLOTASI VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATI»

Qayumova R.

Pediatriya fakulteti 1-kurs talabasi

ADTI Xalilova Sh.

Pediatriya fakulteti 1-kurs talabasi

ADTI Noibjonova X.M.

Assistant ADTI

SALITSIL KISLOTASI VA UNING DORIVORLIK XUSUSIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada salitsil kislotaning kimyoviy va fizik xossalari, dorivorlik xususiyatlari, salitsil kislota saqlagan dorivor preparatlar va ularning ta 'sir mexanizmlari, salitsil kislotasining tabiatda tarqalishi haqida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: salitsil kislotasi, metil salitsilat, fenil salitsilat, natriy salitsilat, asetil salitsil kislota, para-amino salitsil kislotasi, meta-amino salitsil kislotasi.

Kayumova R.

1st year student Faculty of Pediatrics ADTI Khalilova Sh.

1st year student Faculty of Pediatrics ADTI Noibjonova H.M.

assistant ADTI

SALICYLIC ACID AND ITS MEDICINAL PROPERTIES

Abstract. The article describes the chemical and physical properties of salicylic acid, medicinal properties, medications containing salicylic acid and their mechanisms of action, the distribution of salicylic acid in nature.

Keywords: salicylic acid, methyl salicylate, phenyl salicylate, sodium salicylate, acetyl salicylic acid, para amino salicylic acid, meta amino salicylic acid.

Salitsil kislota fenol kislotalarning tipik namoyandasidir. Uning kimyoviy nomi gidroksibenzoy kislota bo'lib 3 ta izomer gidroksibenzoy kislotalar (o-,m-

,p-) ning biridir. U rangsiz, kristall modda. Suyuqlanish harorati 159 0C, qaynash harorati esa 211 0C. Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Salitsil kislotasi P-gidroksi kislotadir. Molekulaning gidroksi qismi kislota qismidan 2 ta C atomi bilan ajralib turadi, a-gidroksi kislotadan farqli o'laroq, ular bitta C atomi bilan ajralib turadi. Ushbu tuzilma muhim ahamiyatga ega, chunki u salitsil kislotasi yog'ida eriydi. Shuning uchun terining teshiklariga kirib boradi. a-gidroksi kislotalar suvda eriydi, P-gidroksi kislotalar esa yog'da eriydi.

Salitsil kislota antiseptik xossaga ega. Shuning uchun undan mevalar oziq-ovqat mahsulotlari, vinolar va shu singari mahsulotlarni konservalashda foydalaniladi. U, shuningdek, revmatizmni davolash va isitmani tushirish xossasiga ham egaligi bilan ahamiyatli. Ammo salitsil kislota, ovqat hazm qilish organlari shilliq pardasiga zararli ta'sir ko'rsatadi, yara hosil qiladi. Revmatizmni davolash va isitmani tushirish maqsadida salitsil kislotaning boshqa bir hosilalari, tuzlari, efirlari ishlatiladi. Quyidagi jadvalda salitsil kislotasi saqlovchi ayrim dori vositalarining tarkibi va ta'sir etishi keltirilgan. (1-jadval).

1-jadval. Salitsil kis otasi saqlovchi dori vosita ari

T /r Modda nomi Tuzilishi Foydali xususiyatlari Zararli xususiyatlari

1 Natriy salitsilat Isitma tushiruvchi, yallig'lanishga qarshi eshitish va ko'rishning pasayishi, diplopiya, zaiflik, tashvish, tushunarsiz nutq, gallyutsinatsiyalar, konvulsiyalar. Oshqozon-ichak traktidan: ko'ngil aynishi, qusish, diareya, qorin og'rig'i, anoreksiya. Boshqalar: terlashning kuchayishi, anafilaktik reaktsiyalar (ko'z qovoqlari, lablar, til, halqum, yuzning shishishi), allergik teri reaktsiyalari.

2 Metil salitsilat Muskullarda og'riq qoldiruvchi,revmatizmni davolovchi sifatida Qo'llash joyida tirnash xususiyati,allergik teri reaksiyasi

3 Fenilsalitsilat (salol) Ichak kasalliklari(kolit, enterokolit) va siydik yo'llari (sistit, pielit, pielonefrit)ni davolashda va dezinfeksiyalovchi vosita sifatida Allergik reaksiyalar keltirib chiqarishi mumkin

4 PASK (para-amino salitsil kislotasi ?OH Sil kasalligini davolovchi vosita ayrim hollarda allergik reaksiyalar kuzatilishi mumkin

MASK (meta-amino salitsil kislotasi) surunkali kolitni davolash uchun asosiy xomashyo tirik organizmlardagi metabolism jarayoniga salbiy ta'sir etuvchi zaharli modda

5 Asetil salitsilat (aspirin) O^OH o teridagi buzilishlarda,saraton va shamollashda qo'llaniluvchi vosita uzoq vaqt aspirinni qabul qilish oshqozondan qon ketishga sabab bo'ladi

Natriy salitsilat (salitsil kislotasining natriyli tuzi)-tibbiyotda isitmani tushiruvchi hamda yallig'lanishga qarshi qo'llaniluvchi vosita sifatida ishlatilinadi. U suvda yaxshi eriydi, ovqat hazm qilish sistemasining shilliq pardalariga kuchli zararli ta'sir etmaydi. Shuning uchun Natriy salitsilat eritma holida yoki qo'sh tuzlar (kofein+natriy salitsilat) ko'rinishida ichishga tavsiya etiladi. Metil salitsilat (salitsil kislotaning karboksil guruh hisobiga hosil qilgan murakkab efiri)- bu modda atirgul, zira kabi xushbo'y hidli ko'plab o'simliklar efir moylari tarkibida uchraydi. Asosan, sintez yo'li bilan, salitsil kislotani metillab olinadi. U moysimon suyuqlik bo'lib o'ziga xos kuchli hidga ega. Metilsalitsilat tibbiyotda sof holda hamda surtma moylar tarkibiga qo'shilgan holda muskullardagi og'riqni qoldiruvchi, revmatizmni davolovchi dorivor vosita sifatida ishlatilinadi.

Fenilsalitsilat yoki salol (salitsil kislotaning karboksil guruh hisobiga hosil qilgan murakkab efiri)-suvda yomon eriydigan kristall modda. Salol erkin holdagi fenol gidroksi guruhiga ega bo'lgani sababli uning spirti eritmasiga temir(III)-xlorid ta'sir ettirilganda fenol gidroksili tutgan birikmalarga xos bo'lgan binafsha rangli birikma hopsil bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Salol tibbiyotda ayrim ichak kasalliklarini davolashda dezinfeksiyalovchi vosita sifatida ishlatilinadi. Uning dezinfeksiyalovchi ta'siri gidrolizlanish natijasida hosil bo'ladigan salitsil kislota va fenol bilan bog'liq. Salol me'daning kislotali suyuqligi ta'sirida juda sekin gidrolizlanadi, gidroliz asosan ichakda sodir bo'ladi. Shu tufayli me'daning kislotali suyuqligiga turg'un bo'lmagan dori moddalarning yuzasi salol bilan qoplanadi (kapsulalar). Bunday dori shakllari me'dadan o'zgarishsiz o'tib, o'z ta'sirini ichakda ko'rsatadi. Salitsil kislotaning tibbiyotda qo'llaniladigan hosilalaridan yana biri p-amino salitsil kislota (PASK)dir. PASK tibbiyotda sil kasalligini davolashda keng qo'llaniladigan dorivor vositalardan biridir. U sil kasalligini davolovchi ta'siri uning mikroorganizmlarning normal yashashi uchun zarur bo'lgan foli kislotasi sintezi uchun xomashyo hisoblangan p-amino benzol kislotaning antogonisti ekanligidan tushunish mumkin. p-aminosalitsil kislota-PASK ning izomeri m-aminosalitsil kislota -MASK tirik organizmlardagi metabolism jarayoniga salbiy ta'sir etuvchi zaharli modda hisoblanadi.

Salitsil kislotasi ham aromatik kislotalarning, ham fenollarning xossalarini nomoyon qilganligi uchun aromatik kislota sifatida tuzlar (natriy salitsilat) va murakkab efirlar (metilsalitsilat, fenilsalitsilat) hosil qiladi. U fenol gidroksili

hisobiga ham murakkab efirlar hosil qilishi mumkin, masalan atsetilsalitsil kislota - aspirin(C9H8O4). Atsetilsalitsil kislotasi yoki aspirin - salitsil kislotaning fenol gidroksili hisobiga hosil qilgan murakkab efiridir. Atsetilsalitsil kislotasi suvda yomon eriydigan, nordon ta'mga ega bo'lgan kristal modda. Atsetilsalitsil kislotasi tarkibida bir vaqtning o'zida ham gidroksil (-OH), ham karboksil (-COOH) guruhlar tutganligi uchun bir muncha kuchliroq kislotali xossani namoyon qiladi. Bu esa bemorlar tomonidan aspirin ichilganda, aspirin-C9H8O4 oshqozonning shilliq pardasiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun atsetilsalitsilatni muntazam ichishga tavsiya etilmaydi, ayniqsa, bolalarga umuman tavsiya etilmaydi.

Uzoq muddat aspirin qabul qilinganda, saratondan o'lim holati uni qabul qilinmagan holatga nisbatan kamida 25 foizga kamaygani isbotlangan. Oxford Universititetining Professor Peter Rothwell va hamkasblari tomonidan aspirin qabul qilishdan keyin saraton bilan, ayniqsa, ichak saratoni bilan og'rishning juda past darajada bo'lishi aniqlangan. Ularning oldingi izlanishlariga ko'ra, saratonga qarshi himoyani kamida 10 yil davomida aspirinni uzluksiz qabul qilib borish bilan hosil qilingan.

Insonlar aspirinni har kuni yurak xastaligi uchun qabul qiladi. Mutaxassislarning aytishicha, aspirin insonning yurak xuruji va insult bo'lish ehtimolini qisqartirsa ham, sog'lom odamni yurak kasalliklari bilan og'rishidan himoya qilishi uncha yuqori emas. Shu bilan birga, uzoq vaqt aspirinni qabul qilish oshqozondan qon ketishga sabab bo'lishi mumkin.

Ta'kidlaganimizdek, aspirin saraton kasalligini oldini olish mumkin. Ammo o'simta hujayralarining evolutsion salohiyatini oshiradi. Shu tariqa so'ngi dori vositasi ta'siriga uchramaydigan o'sma hujayralari bilan taqqoslaganda mutatsiyalashadi, ya'ni u tufayli dori vositalariga chidamli bo'lgan saraton hujayralari ulushi ortadi. Eng muhimi shuki, ushbu dori vositasini to'g'ri qabul qilishni bilish lozim. Avvalo, shifokor bilan maslahatlashib, qay tartibda va qancha miqdorda iste'mol qilishni so'rab olish lozim. Uning tarkibida kofein bo'lganligi sababli choy, kofe, Coca-Cola lar bilan ichish mumkin emas. Uni bir stakan mineral, oddiy suv yoki sut bilan ichgan ma'qul. U suvda tez eriydi va ta'siri tezlashadi. Salitsil kislotaning tabiiy manbasi sifatida tol daraxti po'stlog'ini va shu turdagi o'simliklarni misol qilib keltirishimiz mumkin hamda uni olishda ushbu tabiiy manbalaridan foydalanish kelajakda iqtisodiy-ekologik tarafdan maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. N.T Alimxodjayeva. Tibbiy kimyo. T.: Ijod print, 2019 y. 210-212 b.

2. I.I. Xomidov. Biologik muhim metobolitlar va dorivor vositalarning asosiy sinflari. Andijon -2020 y. 135-139 b.

3. A.G Mahsumov, A.J Jo'rayev. Bioorganik kimyo. T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi, - 2000 y. 233-236 b.

4. https://www.rlsnet.ru/active-substance/fenilsalicilat-1672

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.