Научная статья на тему 'NH4NO3 SUYUQLANMASI BILAN KCL NING O’ZARO ALMASHISH REAKSIYASIGA KIRISHISH NATIJASIDA KNO3 VA NH4CL GA AYLANISH KONVERSIYA REAKSIYASI ISTIQBOLLARI'

NH4NO3 SUYUQLANMASI BILAN KCL NING O’ZARO ALMASHISH REAKSIYASIGA KIRISHISH NATIJASIDA KNO3 VA NH4CL GA AYLANISH KONVERSIYA REAKSIYASI ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
6
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Konverasiya / selitra / ion / reaksiyalar / cho‘kma / gidroliz / vodorod / kation va anion / kuchli kislota / kuchsiz kislota.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xolmo‘Minov Beknazar Baxtiyorovich, Jurayev Muxriddin Qulboy Og‘Li, Qarshiyev Nurali Xoliqulovich

Ushbu maqolamizda xalq xo'jaligida muhim sanalgan NH4NO3 va KCl bilan o‘zaro almashinib foydali o‘g’itga aylanishi va xalq xo'jaligida kerakli bo‘lgan mineral moddalarni yetqazishi o‘rganib chiqdik shu bilan birga azotli o‘g'itlarning ahamyatini ham qisqacha yoritib o'tdik va o'z izlanishlarimizni turli joylarda tekshirib xulosa qildik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NH4NO3 SUYUQLANMASI BILAN KCL NING O’ZARO ALMASHISH REAKSIYASIGA KIRISHISH NATIJASIDA KNO3 VA NH4CL GA AYLANISH KONVERSIYA REAKSIYASI ISTIQBOLLARI»

NH4NO3 SUYUQLANMASI BILAN KCL NING O'ZARO ALMASHISH REAKSIYASIGA KIRISHISH NATIJASIDA KNO3 VA NH4CL GA AYLANISH KONVERSIYA REAKSIYASI

ISTIQBOLLARI

1Xolmo'minov Beknazar Baxtiyorovich, 2Jurayev Muxriddin Qulboy o'g'li,

3Qarshiyev Nurali Xoliqulovich

1,2Denov tadbirkorlik va pedagogika instuti talabasi, 3Denov tadbirkorlik va pedagogika

instuti o'qtuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11114326

Annotatsiya. Ushbu maqolamizda xalq xo'jaligida muhim sanalgan NH4NO3 va KCl bilan o'zaro almashinib foydali o'g'itga aylanishi va xalq xo'jaligida kerakli bo'lgan mineral moddalarni yetqazishi o'rganib chiqdik shu bilan birga azotli o'g'itlarning ahamyatini ham qisqachayoritib o'tdik va o'z izlanishlarimizni turli joylarda tekshirib xulosa qildik.

Аннотация. NH4NO3является важнейшим в народном хозяйстве нашей страны . и KCl, мы изучили , как он может стать полезным удобрением и поставлять необходимые минеральные вещества в народное хозяйство . Мы проверили свои исследования в разных местах и пришли к выводу.

Abstract. NH4NO3 is the most important in the national economy in our country and KCl, we studied how it can become a useful fertilizer and supply the necessary mineral substances in the national economy . We checked our research in different places and concluded.

Kalit so'zlar: Konverasiya, selitra, ion, reaksiyalar, cho'kma, gidroliz, vodorod, kation va anion, kuchli kislota, kuchsiz kislota.

Ключевые слова: Конверсия, селитра, ион, реакции, химическая реакция, гидролиз, водород, катион и анион, сильная кислота, слабая кислота.

Keywords: Conversion , saltpeter , ion , reactions, chemical reaction , hydrolysis, hydrogen, cation and anion, strong acid, weak acid.

NH4NO3 ning konsentratsiyasi va kristallanishi past horat tufayli iqtisodiy jihatdan foydali emas ushbu kimyoviy moddaning qiymati va ekologik toksiklikni beradi. Jarayonni amalga oshirish uchun ammiakli selitrani konverasiya qilish iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqdir aralashgan birikmaga aylanadi. NH4NO3 ni aralashgan birikmaga aylantirish KCl yordamida KNO3 va NH4Cl keng tarqalgan reaktsiyasidir. Kaliy o'g'it, kaliy nitrat (KNO3) sifatida ham tanilgan u "selitra" deb ataladi bir qator afzalliklarga ega, masalan, yuqori eruvchanlik, yaxshilangan qarshilik tuzli muhit, azot fiksatsiyasining yuqori darajasi va boshqalar.

Keng tarqalgan ion almashinish reaksiyalari qatoriga tuzlarning gidrolizlanishi ham kiradi. Ionli reaksiyalar va ularning harakteristikasi. Elektrolitlar orasida sodir bo'ladigan barcha almashinish reaksiyalari elektrolitlar ionlari orasida boradi. Shunga ko'ra bunday reaksiyalar ionli reaksiyalar deb ataladi.

Ionli reaksiyalar amalda ionli tenglamalar bilan ifodalanadi. Ionli tenglamalarda cho'kmaga tushgan yoki gaz holda ajralgan, yoki kam dissotsialanadigan moddalar ionlarga ajralmasdan molekulyar shaklda yoziladi. Kimyoviy reaksiyalarning ionli tenglamalarini tuzish uchun avval reaksiyaning molekulyar tenglamasini, so'ngra to'la ionli tenglamasini nihoyat reaksiyani qisqartirilgan ionli tenglamasi yoziladi.

Masalan: CaCl2 + Na2CÛ3 = CaCO3 + 2NaCl molekulyar tenglama

Ca2+ + 2Cl- +2Na+ + CO2-3 = CaCO3 + 2Na+ + 2Cl- ionli tenglama

Ca2+ + CO2-3= CaCO3 qisqartirilgan ionli tenglama

Ionli tenglamalarni tuzishda tuz, asos va kislotalarning suvda eruvchanligiga hamda tuzlarning eruvchanlik ko'paytmasiga rioya qilish kerak.

Tuz tarkibidagi kation va anionning tabiatiga ko'ra gidroliz asosan uch xil bo'ladi. 1. Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo'lgan tuzlar kationlararo gidrolizlanadi. Vodorod ionlarining konsentratsiyasi ortgani uchun eritma kislotali muhitga ega bo'ladi.

NH4O + H2O = NH4OH + HCl

NH4 + Cl- + H2O = NH4OH + H+ + Cl-

NH4 + H2O = NH4OH + H+ . pH < 7

2. Kuchli asos va kuchsiz kislotadan hosil bo'lgan tuzlar anionlararo gidrolizlanadi, OH-ionlarining konsentratsiyasi ortgani uchun eritma ishqoriy muhitga ega bo'ladi.

CH3COONa + H2O = CH3COOH + NaOH

CH3COO- + H2O = CH3COOH + OH-. pH > 7

Ionlarga dissotsilangan molekulalar sonining eritilgan moddaning barcha molekulalari soniga bo'lgan nisbati elеktrolitning dissotsilanish darajasi dеyiladi. Dеmak, dissotsilanganligini korsatadi va «a» bilan belgilanadi.

Masalan: KCl suvda eritilganda uning har 100 molekulasidan 85 tasi dissotsilansa a = 85/ 100 = 0,85, buni 100 ga ko'paytirilsa 85% bo'ladi.

Barcha elektrolitlar shartli ravishda uch guruhga bo'linadi. Amalda to'liq (a >30%) ionlarga dissotsilanadigan elektrolitlar kuchli elektrolitlar jumlasiga kiradi. Masalan, HCl, HNO3, H2SO4, HClO4, HJ, KOH, NaOH va deyarli barcha tuzlar-kuchli elektrolitlardir. Kuchsiz elektrolitlar jumlasiga deyarli kam darajada (a < 3%) dissotsilanadigan moddalar: H3BO3, CH3COOH, HCN, H2S, NH4OH va boshqa ba'zi moddalar kiradi. Kuchsiz elektrolitlarning ko'pchilik qismi molekulalar holatida bo'ladi. 3< a <30 bo'lgan oraliqni o'rtacha kuchli elektrolitlar tashkil etadi.

Demak, muvozanat yuz berganda ionlar konsentratsiyalari ko'paytmasining dissotsilanmagan molekulalar konsentratsiyasiga nisbati o'zgarmaydi. Bu konstanta dissotsilanish konstantasi (doimiysi)-K deb ataladi.

Bu qonunni Ostvald topgan bo'lib, u suyultirish qonuni deb ataladi. Bu tenglama yordami bilan turli konsentratsiyalar uchun dissotsilanish darajasini hisoblab chiqarish mumkin.

Eritmaning vodorod ko'rsatkichi odatda indikatorlar yordamida aniqlanadi. Hozirgi kunda pH ni aniqlash uchun juda qulay asboblar-pH-metrlar ishlatiladi. Elektrolitlarning eritmalarida sodir bo'ladigan reaksiyalarda ionlar ishtirok etadi. Ionlar orasida boradigan reaksiyalar tenglamasini yozishda kuchli elektrolitlarni ionlarga ajratilgan holda ko'rsatib, yomon dissotsilanadigan moddalarni, cho'kmalarni va gazlarni molekulyar shaklda ifodalanadi. Elektrolit eritmalari orasida boradigan reaksiyalarni besh turga bo'lish mumkin: 1) Neytrallanish reaksiyasi KOH + HCl = KCl + H2O

Demak, neytrallanish reaksiyasining mohiyati vodorod ionlari bilan gidroksil ionlari birikib, suv hosil bo'lishidan iborat.

1) Cho'kma hosil bo'ladigan reaksiyalar oxiriga qadar boradigan reaksiyalardir.

KCl + AgNOз = AgClj + КШз

2) Gaz hosil bo'ladigan reaksiyalar. Bunday reaksiyalar sodir bo'lganida kimyoviy muvozanat reaksiya mahsulotlari hosil bo'ladigan tomonga siljiydi.

NH4Cl = H2O

3) Eritmalarda boradigan qaytar reaksiyalar:

KNOз + NaCl = + KCl.

Eritmada amalda erigan ionlar bo'ladi xolos. Agar bunday eritmadagi barcha suvni asta-sekin bug'latib yuborilsa, to'rtala tuzdan iborat aralashma hosil bo'ladi.

Tuz ionlari bilan suv molekulalari orasida bo'ladigan va odatda kuchsiz elektrolit hosil bo'lishiga olib keladigan o'zaro ta'sir tuzlar gidrolizi deb ataladi. Gidroliz tuzni hosil qilgan kislota va asoslarning kuchiga qarab turlicha bo'lish mumkin.

Nitrat kislota HNO3 - kuchli bir asosli kislota. Suvsizi beqaror suyuklik. Mol.m. 6з,016. Suvsiz Nitrat kislotaning suyuqlanish temperaturasi — 41,59 °C, qaynash temperaturasi 84 °C, zichligi - 1,513 g/sm3. Nitrat kislota suv bilan istalgan nisbatda aralashadi. Suvsiz Nitrat kislota (9B—100%li) xona haroratida tutab parchalanadi, bunda hosil bo'lgan NO2 dan havo sariq tusga kiradi.

Nitrat kislota qaynatilganida ham parchalanadi:

Amalda zichligi 1,44 g/sm3 bo'lgan 63—65% li konsentrlangan kislota ishlatiladi. Nitrat kislota — kuchli oksidlovchi. Shu sababli metallarga ta'sir ettirilganda vodorod ajralib chiqmaydi. Konsentrlangan nitrat kislota qaytarilish mahsuloti har xil bo'lishi mumkin. Unga odatdagi sharoitda Fe, Al, Cr, Au va Pt ta'sir etmaydi. Cu, Ag va Ag ni eritib, o'zi NO2 ga qadar qaytariladi. Sn, As, P, B kislotalarigacha oksidlanadi:

Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli, ozi esa NO, NH4NOз va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi:

• з^ + BHNO = з Cu(NOз)2 + 2NO + 4H2O

• 4Mg + 10HNOз = 4Mg(NOз)2 + NH4NOз + 5H2O

• PbS + BHNOз = 3PbSO4 + 4H2O + BNO

• зЖ1 + HNOз = 2H2O + 2Cl2 + NOCl

Platina ham zar suvida (3HCl*HNOз) eriydi.

• 3Pt + 4HNOз + 12HC1= 3PtCl4 + 4NO + BH2O

Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta'sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi:

• S+6HNOз (kons)=H2 SO4+6NO2 +2H2O

Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi:

• 3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO

Uglerod nitrat kislota ta'sirida CO2 gacha oksidlanadi:

• 3C+4HNO3=3CO2 +2H2O+4NO

Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. NaNO3 - natriyli, KNO3 - kaliyli, Ca(NO3)2 - kalsiyli, NH4NO3 - ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo'ladi:

• 2KNO3 = 2KNO2 + O2

Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo'lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO2 va kislorod hosil bo'ladi. 2Zn(NO3)2 = 2ZnO + 4NO2 + O2 Agar metallar aktivligi kam bo'lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o'zi, NO2 va kislorod hosil qiladi:

• 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2

Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2

Konsentrlangan nitrat kislota (HNO3) bilan xlorid kislota (HCl) aralashmasi, 1 hajm nitrat kislotaga 3 hajm xlorid kislota qo'shilsa, "zar suvi" deb ataladigan kuchli oksidlovchi hosil bo'ladi:

• HNO3 + 3HCl = Cl2 + NOCl + 2H2O

Bu aralashma oltin va platinani hamda kislotalarda erimaydigan ba'zi metallarni eritadi. Labaratoriyada nitrat kislotaning tuzlariga yuqori konsentrasiyali sulfat kislota ta'sir ettirib olinadi:

• 2NaNO3 + H2SO4=Na2SO4 + 2HNO3 Nitrat kislota

Sanoat miqyosida nitrat kislota olish uchun asosiy xom ashyo ammiak va havo hisoblanadi:

• 4NH3+5O2=4NO+6H2O

• 2NO+O2=2NO2

Oksidlanish jarayoni 900 °C da Pt-Rh katalizatori ishtirokida olib boriladi. Boshqacha usulda azot va kisloroddan azot(II) oksidi, so'ngra uni NO2 gacha oksidlanishi ham mumkin. Hosil bo'lgan azot(IV) oksidi kislorod ishtirokida suvda eritiladi:

• 4NO2+O2+2H2O = 4HNO3

Azotli o'g'itlar. O'g'itlatlar sifatida kalsiy nitrat - Ca(NO3)2 ishlatiladi. Ohakni nitrat kislota bilan neytrallash natijasida olinadi. Natriy nitrat - NaNO3 chili selitrasi deyiladi. Tabiiy holda faqat Chilida juda katta zahira holda uchraydi. Kaliyli selitra - KNO3 hind selitrasi deyiladi. Suniy ravishda kaliy xlorid va natriy nitrat ta'siridan olinadi. Ammoniyli selitra - NH4NO3 ham ko'p ishlatiladi. Konsentrlangan Nitrat kislota portlovchi moddalar, sulfat va fosfat kislotalar, aromatik nitrobirikmalar, bo'yagichlar olishda ishlatiladi. Nitrat kislota bug'i nafasga tegsa za-

harlaydi, terini kuydiradi. Konsentrlangan Nitrat kislota organik moddalarga tekkanda portlaydi va yong'in chiqadi.

Suyultirilgan nitrat kislotaning oksidlovchilik xossasi juda kuchli, ozi esa NO, NH4NO3 va boshqa mahsulotlargacha qaytariladi:

• 3Cu + 8HNO3 = 3Cu(NO3)2 + 2NO + 4H2O

• 4Mg + 10HNO3 = 4Mg(NO3)2 + NH4NO3 + 5H2O

• PbS + 8HNO3 = 3PbSO4 + 4H2O + 8NO

• 3HCl + HNO3 = 2H2O + 2Cl2 + NOCl

Platina ham zar suvida (3HCPHNO3) eriydi.

• 3Pt + 4HNO3 + 12HCl= 3PtCl4 + 4NO + 8H2O

Eng muhimi nitrat kislotaning metallar bilan reaksiyasida vodorod ajralmaydi. Agar nitrat kislotaga metallmaslar ta'sir ettirilsa metallmaslar kislotalargacha oksidlanadi:

• S+6HNO3 (kons)=H2 SO4+6NO2 +2H2O

Suyultirilgan nitrat kislota fosforni ortofosfat kislotagacha oksidlaydi:

• 3P+5HNO3+2H2O=3H3PO4+5NO

Uglerod nitrat kislota ta'sirida CO2 gacha oksidlanadi:

• 3C+4HNO3=3CO2 +2H2O+4NO

Nitrat kislota tuzlari suvda yaxshi eriydigan oq qattiq moddalar. Ular selitralar deyiladi. NaNO3 - natriyli, KNO3 - kaliyli, Ca(NO3)2 - kalsiyli, NH4NO3 - ammoniyli selitradir. Tuzlarining parchalanishi 3 xil: Eng aktiv metallarning (magniydan chapda turgan) nitratlari parchalansa nitritlar va kislorod hosil bo'ladi:

• 2KNO3 = 2KNO2 + O2

Agar metallning aktivligi kamroq va metall Mg va Cu orasida joylashgan bo'lsa bu metallarning nitratlari parchalanishida metal oksidi, NO2 va kislorod hosil bo'ladi. 2Zn(NO3)2 = 2ZnO + 4NO2 + O2 Agar metallar aktivligi kam bo'lsa, nitratlarning parchalanishida metallning o'zi, NO2 va kislorod hosil qiladi:

• 2AgNO3= Ag + 2NO2 + O2

Hg(NO3)2= Hg + 2NO2 + O2

Nitritlar — nitrit kislota tuzlari. Ishqoriy metallar va ammoniy N.i ko'proq, ishqoriy-yer metallar, qo'rgoshin va kumush N.i nisbatan kam-roq ishlatiladi. Kaliy, natriy, bariy N.i suvda yaxshi eriydi, kumush, simob, mis N.i esa oz eriydi. N.ning aksariyati spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda juda oz eriydigan termik bekaror birikmalar. Faqat ish-qoriy metallarning N.i parchalanmay suyuklanadi, qolganlari 25—300° da parchalanadi. N.ning ajralish jarayoni murakkab bo'lib, parallel va ket-ma-ket reaksiyalarni o'z ichiga oladi. Asosiy gazsimon ajralish mahsulotlari — NO, NO2, N2 va O2, qattiq moddalar sifatida metall oksidi yoki elementar metall bo'ladi. Neytral muhitda N. azot (N)-oksid NO gacha kay-tariladi, kislotali muhitda esa nit-ratlargacha oksidlanadi. Organik galo-genidlar bilan reaksiyaga kirishib organik N. RONO qamda nitrobi-rikmalar hosil qiladi. Sanoatda nit-rozo gazini (NO+NO2 aralashmasi) ishqoriy metallar karbonatlari yoki gidroksidlari eritmalariga yuttirish (absorbsiyalash) yo'li bilan olinadi. Boshqa metallarning N.i NaNO2 ga metallarning tuzlarini ta'sir ettirib almashinish reaksiyasi yordamida yoki shu metallar nitratlarini qaytarish yo'li bilan olinadi. Azo bo'yagichlar sintezida, kaprolaktam ishlab chiqarishda, oziq-ovqat konservantlari o'rnida, rezina ishlab chiqarishda, to'qimachilik va metallni qay-ta ishlash sanoatida oksidlovchi va kaytaruvchi, amilnitrit C5HnONO va boshqa tibbiyotda qon tomirni kengaytiruvchi modda sifatida ishlatiladi.

Xulosa

Xulosa qilib aytganda qishloq xo'jaligi uchun azotli va kalili o'g'itlar muhim va hosildorlika ijobiy ta'sir qiladigan o'g'it hisoblanadi. Ular o'zaro almashinib yana hamfoydali va Unversal o'gitga aylandi sharoit va tuproq tanlamas va ham samarali o'g'it yaratish yo'lida olib borilgan izlanishlarni o'rgandik va silitra va kaliyning tuzlari samarali o'g'it deb topildi

Foydalanilgan adabiyotlar

1. K.Ahmerov, A.Jalilov, A.Ismoilov, Umumiy va anarganik kimyo, Toshkent 2003.

2. N.A.Parpiyev, H.R.Rahimov, A.G.Muftaxov, Anorganik kimyoning nazariy asoslari, Toshkent 2000.

3. N.A.Parpiyev,A.G.Muftaxov,X.R.Rahimov, Anarganik kimyo. A.r.Toshkent 2003.

4. O.Fayzulayev, Analitik kimyo. Toshkent 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.