Научная статья на тему 'JIGARNING METABOLIZMADAGI AHAMIYATI'

JIGARNING METABOLIZMADAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
1566
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
JIGAR KASALLIGI / METABOLIZM / MOCHEVINA / SAFRO KISLOTALARI / JIGAR

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Mo'Minova G.A.

Jigarning moddalar almashinuvidagi axamiyatini o’rganish.Jigarning moddalar almashinuvida xosil bo’lgan zararli maxsulotlarni zararsizlanitirilishdagi axamiyatini o’rganib chiqadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE LIVER IN METABOLISM

To study the role of the liver in metabolism. Explores the role of the liver in neutralizing harmful products of metabolism.

Текст научной работы на тему «JIGARNING METABOLIZMADAGI AHAMIYATI»

Mo'minova G.A.

Andijon davlat tibbiyot instituti biologik kimyo kafedrasi katta o'qituvchisi

JIGARNING METABOLIZMADAGI AHAMIYATI

Mavzuning dolzarbligi: Jigarning moddalar almashinuvidagi axamiyatini o 'rganish.

Mavzu maqsadi: Jigarning moddalar almashinuvida xosil bo 'lgan zararli maxsulotlarni zararsizlanitirilishdagi axamiyatini o'rganib chiqadi.

Kalit so'zlar: Jigar kasalligi, metabolizm, mochevina, safro kislotalari,

pgar.

Muminova G.A. head teacher department of biological chemistry Andijan State Medical Institut

THE IMPORTANCE OF THE LIVER IN METABOLISM

Relevance of the topic: To study the role of the liver in metabolism.

Objective: Explores the role of the liver in neutralizing harmful products of metabolism.

Keywords: Liver disease, metabolism, urea, bile acids, liver.

Jigarning moddalar almashinuvidagi boshqaruvchiligi. Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy a'zolaridan birini tashkil etadi. U oshqozon-ichak yo'lida hazm bo'lgan moddalarni qopqa vena orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o'tkazib berishda muhim vazifalarni bajaradi.

Jigar quyidagi asosiy jarayonlami amalga oshirishda qatnashadi:

a. Uglevodlar almashlnuvida.

b. Oqsillar almashinuvida va ular almashinuvining oxirgi mahsuloti bo'lgan siydikchil intezida.

c. Yog'lar almashinuvida va ularning hazm bo'lishida zarur omil bo'lgan o't kislotalar sintezi va o't hosil qilishda.

d. Boshqa a'zolar uchun zarur bo'lgan moddalar sintezida, ya'ni glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishida.

e. Organizmda modda almashinuvi jarayonlarida hosil bo'ladigan va tashqi muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalami zararsizlantirishda.

f. Metabolizm natijasida hosil bo'lgan ayrim moddalar (xolesterin, o't kislotalari, o't pigmentlari va boshqa moddalar)ni ichakka ajratib turishda.

g. Qon aylanishini boshqarishda, ya'ni qopqa vena sistemasini umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog'lashda.

h. Qon yaratuvchi markaziy a'zo sifatida (embrionlarda).

i. Qonning ivish jarayonini fibrinogen, protrombin va geparin ishlab chiqarish yo'li bilan boshqarishda.

j. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishda.

k. Temirnitashuvchi transferrin va ferritinlarni sintezi va boshqa vazifalarni bajarishda ishtirok etadi.

Jigar oziq moddalar - uglevodlar, lipidlar, oqsillar, vitaminlar va qisman suv- mineral moddalarning almashinuvida ishtirok etadi.

Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi - Jigar hattoki ochlik vaqtida ham qonda glyukoza miqdorini doimiy saqlab turuvchi yagona organ hisoblanadi.

Jigardagi glikogenoliz va glyukoneogenez jarayonlarida ishlab chiqilgan glyukoza qonga o'tkaziladi va avvalo nerv to'qimasi faoliyati uchun sarflanadi, u ortiqcha miqdorda jigarga tushganda glikogen holatida to'planadi.

Lipidlar almashinuvining boshqarilishi Jigarda turli xil lipidla- (xolesterin, triatsilglitserin, fosfoglitserid, sfingomiyelin va boshqalar) biosintezi bilan shartlangan bo'lib, ular qonga tushadi va boshqa to'qimalarga taqsimlanadi. Jigarda ovqat bilan birga kirgan xolesteringa nisbatan ko'p xolesterin sintezlanadi: har kuni ovqat bilan birga 0,3-0.5 g xolesterin iste'mol qilinadi, Jigarda esa sutkasiga 2-4 g xolesterin hosil bo'ladi. Lipidlarning organ va to'qimalarga taqsimlanishi jigar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari jigarda yog' kislotalarning parchalanishi natijasida keton tanachalari hosil bo'lib, ular jigardan tashqari organlarda energiya manbai sifatida foydalaniladi.

Oqsillar almashinuvining boshqarilishi jigarda oqsillarning jadal biosintezi va aminokislotalar oksidlanishi hisobiga amalga oshadi. Bir sutkada odam organizmida 80-100 g oqsil hosil bo'lib, shundan yarmi Jigarning faoliyatiga tog'ri keladi. Jigarda albumin, fibrinogen, protrombin, xolinesteraza, transport oqsillari - ferritin, serulloplazmin, transkortin kabilar sintezlanadi.

Jigarda ayniqsa aminokislotalar almashinuvi faol kechadi: almashinadigan aminokislotalar biosintezi, aminokislotalardan oqsil bo'lmagan azotli birikmalar sintezi, aminokislotalarning ammiak hosil qilib oksidlanishi. Ochlik davrida jigar o'zining rezerv oqsillarini boshqa to'qimalarni aminokislotalar bilan ta'minlashga sarflaydi. Bunda Jigardagi oqsilni yo'qotish 20% ni tashkil etadi, bu vaqtda boshqa to'qimalardagi yo'qotish esa 4% dan oshmaydi.

Jigarning vitaminlar almashlnuvidagi ishtiroki ularda asosan yog'da eruvchan vitaminlaming to'planishi, ayrim vitaminlar (nikotin kislota) va kofermentlarnlng sintezi, kalsiferollarning 25-gidroksikalsiferollarga aylanishidan iborat.

Jigarning mochevina va o't hosil qilish funksiyasi. Jigar-ammiakdan mochevina hosil qillsh siklining hamma fermentlari bo'lgan yagona organ. Boshqa to'qimalarda hosil bo'lgan ammiak jigarda zararsiz mahsulot -mochevinaga aylanadi va qonga ajratiladi. Oqslilar, oqsil bo'lmagan azotli birikmalar (aminokislotalar, purin, pirimidin, biogen aminlar)ning jadal

katabolizmidan jigarda mochevina hosil bo'lishi oshadi, uning qonda va siydik tarkibida ajralish miqdori ortadi.

Jigar maxsus suyuq modda - o't ishlab chiqaradi va bu suyuqlik ingichka ichakka quyiladi. Faqatgina jigarda o't klslotalar va ularning konyugatlari hosil bo'ladi hamda ular ichakda lipidlarning hazm bo'lishi va so'rilishida foydalaniladi.

O't ajralishi buzilishi lipidlaming hazm bo'lishi va so'rllishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va pigmentlar almashinuvining zaharli mahsulotlari hamda yot moddalarning to'planishiga olib keladi.

Turli zaharli moddalarning jigarda zararsizlantirilishi o'ziga xos yo'llar bilan 2 bosqichda boradi.

1-bosqich. Endoplazmatik to'rda (EPT) boradi, reaktsiyalarni oksidazalar va gidroksilazalar katalizlaydi. ularning kofermenti sitoxrom P-450, b5 gem va vitaminlar hisoblanadi.

Sitoxrom P-450 ning bir qancha o'xshash shakllari bo'lib, ular substratlarga monandligi, spetsifikligi bilan farqlanadilar. Gepatotsitlarda bu jarayonlar endoplazmatik to'r (EPT) da ro'y beradi. Jigarning bu faoliyatini o'rganish Yaponiya olimlari T.Omuza va S.Sato (1964) jigardan EPTni ajratib olishga muyassar bo'lganlaridan so'ng rivojlangan.

EPTning donador va silliq turlari tafovut qilinadi. Donador EPT oqsil sintezida faol ishtirok etadi. Silliq EPT organizmga tushgan begona moddalami zararsizlantiradi (dori-darmonlar, zaharlar, ba'zi endogen substratlar, xolesterin, o't kislotalari, to'yinmagan yog' kislotalar, steroid gormonlar, prostaglandinlar).

Silliq EPT ning donador ЕPT dan asosiy farqi unda NADFH-sitoxrom P-450-reduktaza fermenti faollikka ega bo'lib, gidroksillanish reaktsiyalarini amalga oshiradi. Sitoxrom P-450 bilan ro'y beradigan reaksiyalar oraliq va oxirgi zaharli moddalar hosil bo'lishi bilan o'tadi (H2O2, ОН-, О2, CO va boshqalar). Bu moddalarni zararsizilntirishda hujayra membranasi tarkibiga kiruvchi antioksidant vitaminlar (A,C,E va boshqalar), erkin radikallarga qarshi aktivlikka ega bo'lgan mikroelemenlar (Zn. Cu. Ni. Se va boshqalar) va fosfolipidlar himoya vazifasini bajaradi.

2-bosqichi konyugatsiyalanish, ya'ni glyukuron yoki sulfat kislotasini biriktirish bilan borib, reaktsiyalami jigar endoplazmatik to'rining fermentlari katalizlaydi.

Glyukuron kislota glyukozaning oksidlanishidan hosil bo'ladi. U UTF bilan birikib, UDF glyukuronatni hosil qiladi. Sulfat kislota ATF bilan birikib, FAFS • fosfoadenozinfosfosulfatni hosil qiladi. Bu jarayonlarni quyidagi misollarda ko'rib o'tamiz: 1. Ksenobiotiklar birlnchi bosqichda oksigenazalar ishtirokida oksidlanadilar. Oksidlangan moddalar ikkinchi bosqichda UDFGK yoki FAFS- transferazalari ishtirokida konyugatsiyaga uchraydilar. Konyugatsiya yo'li bilan aminokislotalar almashinuvini natijasida hosil bo'lgan fenol, krezol, skatol kabi moddalar va boshqa zaharli moddalar zararslzlantiriladi. Konyugatsiyaga uchragan moddalarning molekulalarida

gidrofil guruhlar hosil bo'ladi va moddaning suvda eruvchanligl ortadi. Natijada organizmdan chiqaib yuborilishi osonlashadi.

Yo'g'on ichakda triptofan aminokislotasidan hosil bo'lgan skatol, indol, indoksil va indoksilsulfatning kaliyli tuzlari, hayvon indikani miqdorini tekshirish amaliyotda ichakda chirish jarayonining borishi, jigarning zararsizlantirish vazifasi haqida ma'lumot beradi.

Turli dori moddalar ham Jigarda metabolik o'zgarishlarga uchraydi. Masalan, lyuminal (fenobarbital) yuqorida ko'rsatilganidek, oksidlanishga va konyugatsiyaga uchrab, oksifenobarbitalglyukuronid shaklida zararsizlantirilsa, atsetilsalltsilat kislotasi (aspirin) esa o'ziga xos o'zgarishlarga uchraydi.

Dastlab aspirin deatsillanish reaktsiyasl natijasida salitsilat hosil qilib, so'ng UDFG ishtirokida salitsilatglyukuronidga aylanadi. Hosil bo'lgan moddani oksidlanishi, gomogentizinat kislotasini glitsin kislotasi bilan birikishi salitsilpiruvat kislotasini hosil bo'llshlga va organlzmdan chiqarib yuborillshiga olib keladi.

Adabiyotlar:

1. Pleshkov B.P. Bioximiya selskoxozyaystvennx rastcniy. M. "Kolos" 1969

2. Lebcdov SJ. Ftzlologlya rasteniy. M. 1988 g.

3. Yakushkina N.I. Flziologiya rasteniy. M. 1980 g.

4. MustaqimovG.D. O'simllklar flziologlyasi va mlkroblologiya asoslarl.

5. Xo jaevJ. X O'simllklar flziologlyasi Tashkent "Mexnat" 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.