Научная статья на тему 'Отражение семейных отношений в произведении А. Чулпана «Кечa ва кундуз»'

Отражение семейных отношений в произведении А. Чулпана «Кечa ва кундуз» Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
284
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
художественное произведение / реалистическая литература / супружеские отношения / особенности узбекских женщин. / work of fiction / realistic literature / marital relations / features of Uzbek women.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Зилола Сайиткулова

В данной статье анализируются семейные отношения в начале ХХ века на примере героев великого узбекского романа «Кеча ва Кундуз», созданного А. Чулпаном. Семейные, супружеские отношения интерпретируются тремя разновозрастными персонажами романа: Зеби – молодая узбекская девушка, жена Мирёкуба – узбекская женщина средних лет, а Курбонбиби – узбекская женщина старшего поколения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The reflection of family relations in the novel of A. Chulpan “Kecha va kunduz”

The present article analyzes the relationship of couple in the early twentieth century, using the heroes of the great Uzbek novel “Kecha va Kunduz”, created by A. Chulpan. The relationship of couple is interpreted by three different age characters in the novel: Zebi is a young Uzbek woman, Miryokub’s wife is a middle-aged Uzbek woman, and Qurbonbibi is an older Uzbek woman.

Текст научной работы на тему «Отражение семейных отношений в произведении А. Чулпана «Кечa ва кундуз»»

Жамият ва инновациялар -

Общество и инновации -

Society and innovations

Journal home page:

https: //inscience.uz/index.php/socinov/index

Science

through time and space

The reflection of family relations in the novel of A. Chulpan

“Kecha va kunduz”

Zilola SAYITKULOVA 1

Teacher of secondary school No. 32 of Samarkand

ARTICLE INFO ABSTRACT

Article history: The present article analyzes the relationship of couple in

Received February 2021 the early twentieth century, using the heroes of the great

Received in revised form Uzbek novel “Kecha va Kunduz”, created by A. Chulpan.

20 February 2021 The relationship of couple is interpreted by three different age

Accepted 15 March 2021

Available online

15 April 2021

Keywords:

work of fiction,

realistic literature,

marital relations,

features of Uzbek women.

A. Cho‘Iponning

characters in the novel: Zebi is a young Uzbek woman,

Miryokub’s wife is a middle-aged Uzbek woman, and Qurbonbibi

is an older Uzbek woman.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

This is an open access article under the Attribution 4.0 International

(CC BY 4.0) license (https: //creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

“Kecha va _ kunduz” romanida _ oilaviy

munosabatlarning aks ettirilishi

Kalit solar:

badiiy asar,

realistik adabiyot,

er-xotin munosabatlari,

o‘zbek ayollari xususiyatlari.

ANNOTATSIYA

Magolada A. Cho‘lpon tomonidan yaratilgan buyuk o‘zbek

romani “Kecha va kunduz” qahramonlaridan foydalanib,

XX asr boshidagi er-xotin munosabatlari tahlil etilgan. Er-xotin

munosabatlari romanning uch xil yoshdagi qahramonlarida

talqin etigan bo‘lib: Zebi - yosh o‘zbek ayoli, Miryoqubning xotini

- o‘rta yosh o‘zbek ayoli va Qurbonbibi - katta yoshdagi o‘zbek

ayoli sifatida olinib, ulardagi o‘ziga xos va umumiy jihatlar

ko‘rsatib berilgan.

1 teacher of secondary school No. 32 of Samarkand, Uzbekistan

т о

a) Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Отражение семейных отношений в произведении А. Чулпана

«Кеча ва кундуз»

АННОТАЦИЯ

Ключевые слова; В данной статье анализируются семейные отношения в

художественное начале ХХ века на примере героев великого узбекского

реалистическая романа «Кеча ва Кундуз», созданного А. Чулпаном.

литература, Семейные, супружеские отношения интерпретируются

супружеские отношения, тремя разновозрастными персонажами романа: Зеби -

особенности узбекских молодая узбекская девушка, жена Мирёкуба - узбекская

женщин. женщина средних лет, а Курбонбиби - узбекская женщина

старшего поколения.

KIRISH

Umrbogiy asarlar sirasiga mansub, Abdulhamid Sulaymon o’g'‘li Cho‘Iponning “Kecha va

Kunduz” asari o‘zbek romanchiligi tarixida o'z alohida o‘rniga ega asardir. U o‘zining tabiiyligi,

samimiyligi, ta’sirchanligi mazmunining teranligi va xalq hayotini barcha ranglarda yorqin

tasvirlaganligi bilan realistik adabiyot durdonasi hamdir. Zero, realistik ijod tabiati shundayki,

san’atkor vogelikni oddiygina tasvirlab yoki u haqda mutlag betaraf hikoya qilib qolmaydi. Realist

san’atkor o'zi tasvirlayotgan vogelikni bilish, unga o‘2 munosabatini bildirishni ijodning birlamchi

maqsadi deb biladi [4: B. 286]. Rus tanqidchisi V.G. Вейт$ву Би Вадда “Нам мало наслаждаться

— мы хотим знать: без знания для нас нет наслаждения” [1:В.272] 4еь уо7рап еа1.

Tanqidchining bu so‘zlari ijodkor yozuvchiga ham kitobxon o‘quvchiga ham birdek taalluglidir.

Yaxshi kitobxon romanda tasvirlanayotgan voqgea-hodisalar shiddatinigina emas, balki u

ifodalayotgan ma’noni, o‘sha ma’no orqlali anglatmoqchi bo‘lgan hagiqatni his etgandagina

undan chinakam zavq ola biladi.

A.Cholponning “Kecha va Kunduz” asari ham kitobxonga ana shunday zavqni bera

oladigan durdona romanlardan biridir. Roman o‘zbek xalqining XX asr boshlaridagi hayotini

badiiy gavdalantirgan bo'lib, unda adib o‘sha davr muhiti: kishilarning savodsizligi, ayollarning

huqugsiz va erksizligi bilan bir qatorda, o‘zbek xalqiga xos fazilatlarni, ana’na va qadryatlarni,

kishilar o‘rtasidagi munosabatlarni ham tasvirlab beradi. Ushbu magqolada biz asar

gahramonlaridan foyfalangan holda, XX asr boshlarida o‘zbek xonadonlaridagi er-xotin

munosabatlarini tahlil qilmoqchimiz.

ASOSIY QISM

Professor M. Qo‘shjonov romanning boshidan oxirigacha hamma qismlarini va obrazlarini

bir-biriga bog‘lab turgan yagona obraz o'rni ancha zaif [5: B. 8] deb topgan bo'lsada , В. Otayev va

0. Sharafiddinovlar garashlarida romanning bosh qahramoni Zebi degan qarash ustivorrog

mavaeyga ega [3: B. 79], [6: B. 64]. Bizningcha ham, Zebi roman bosh qahramoni sifatida o‘zida

o‘zbek ayollariga xos xislatlarni jamlagan obrazdir. Zebi va Akbarali mingboshining er-xotinlik

munosabatlariga nazar tashlasak buning yana bir bor guvohi bo‘lamiz.

“— Tur, hay! - dedi Zebiga.

Zebi yotgan joyidan turlb, fonarni balandlatdi.

- Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi?

— Ha, kosada osh bor.

- Ber buyoqga

192

о

Ц Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Zebi erining mast ekanligini bilsa-da, uning ovozidagi bu gayritabity qorslik va gattiqlikka

hayron botd,, boshini ko'tarib, unga tikildi, “o’zimi, boshqami?” degandayv...

- Nimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sintaloq? - dedi mingboshi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Zebi indamasdan dasturxonni yoyib oshni до'УА!' [2: В. 294-295]

Dialog shaklidagi ushbu parchada muallif Zebi timsolida o‘zbek ayollariga xos bo‘lgan

gator fazilatlarni ko‘rsatib bergan. Ulardan birinchisi Zebining o‘zbek ayollari singari er-xotin

munosabatlarida o’z eriga itoatkorligi va turmush o’‘rtog‘ining barcha gaplarini so‘zsiz

bajarishidir. Akbarali kelgandan so‘ng Zebi darhol o‘rnidan turadi va uning buyruglarini bajara

boshlaydi. Akbarali mingboshi to‘ydan keyin ilk bor unga bunday qo‘pol munosabatda

bo‘layotgan edi. Zebi bundan hayratlandi va boshini ko‘tarib unga tikilib goladi. Erkak kishi

gapirganda, ayol boshini egib, ko‘zlarini yerga olishi ayolning o‘z eriga bo‘lgan hurmatini bildirar

edi. Erkak kishini yuziga bogish, ko‘zlariga tik qarash unga nisbatan hurmatsizlik va

betgachoparlik hisoblanardi. Zebi o‘n besh yoshli juvon bo'lishiga qaramasdan, sha’riatning bu

gonunini yaxshi bilardi. U hurmatsizlik yuzasidan emas balki hayratdan unga tikilib qolgan edi.

Ammo, turmush o'‘rtog‘i - Akbarali uni “~ Wimaga menga qaraysan? Yo mastmisan, sintalog?’ deb

nohaq koyidi. Shunda ham Zebi indamadi, e’tiroz bildirmadi, aksincha dasturxonni yozdi, 0'z

ishini davom ettirdi. Zebining o'z xojasiga gap qaytarmagani, e’tiroz bildirmagani uning o‘zbek

ayollariga xos iboli hayoli va andishali ekanini yana bir bor namoyon giladi.

Endi asarning kulminatsion nuqtasi bo‘lgan sud vogeasiga nazar tashlasak. Zebi o'sha

zaharlanish hodisasidan beri karaxt bir holda bo‘lardi. Uning miyasi falajga yo‘liqqan kabi edi

[7: B. 190]. U butun bir so‘roq, tergov, konvoy, sud va zakunchilarga ajib bir loqaydlik bilan — xuddi

jonsiz odamdek qarardi. U o‘zini himoya qilishni, nima deb gap qaytarishni o‘ylamasdi ham. U

berilgan savollarga ro‘y-rost javob berdi xolos. Uzoq savol-javobdan so‘ng sud raisi: “ Demak,

eringizni oZingiz oldirdingiz?” |2: B.307| degan xulosaga keladi. Zebi shunda qattiqroq va

cho‘zibrog javob beradi.

“— Yo"o'g!. Olibmanni oz erimni oldirib? Voy, olaqgolay, men shunaga dermidim?”

[2: B. 307] Bu javobda Zebining tabiiyligi, beg‘uborligi shundoqgqina Коти turibdi. U Akbaralini

shar’iy eri deb biladi. Uning faqatgina so‘zi emas, balki har qanday xoxishi ham Zebi uchun gonun.

Garchi, Zebi Akbaraliga o'zi xoxlab turmushga chiqmagan bo'lsada, uning har qanday istagini bajo

keltirishga unning ko‘nglini olishga har doim tayyor. Va buni 0‘zi xotin kishining ham farzi, ham

garzi deb hisoblaydi. O’z erini o'‘ldirishni esa hayoliga ham keltirmaydi. Ammo sud raisi

shar’iatning bu gonunini tushunmaydi, Zebi esa sud ishini. Ular ikki xil tilda gaplashadi. Zebi o'zi

ulg‘aygan erksiz sovuq muhitdan yanada sovuqrog joy Akbarali mingboshining xonadoniga

keladi. Shunda ham isyon ko‘tarmaydi — taqdirga tan beradi. Ammo, endi undanda sovuqrog joy

Sibirga ketayotganini tasavvur ham qilolmaydi. Adib ikki xildagi dunyoqarashning bunday

to‘qnashuvini o‘ta mohirona va tabiiy holda tasvirlab bergan. Biz Zebi timsolida hali balog‘at

yoshiga yetmagan qizni o‘zini ayollar kabi hisoblab, oz bo‘yniga shunday ma’suliyatni olganini

ko‘ramiz. Zebining o‘zini bunday tutishi, nafagat uning o‘zbek ayollariga xos sadogatini, balki

ma’suliyatni chuaur his etishini ham ko‘rsatadi.

Er-xotin munosabatlarida o'zbekona sadogatning yana bir ko'rinishini epizodik

personajlardan biri Miryoqubning xotinida ham ko‘rishimiz mumkin.

“. Nimaga yigTaysan? - dedi Miryoqub.

-Shahardan bugun keldingiz. Endi ikki oyga ketaman, deysiz.. Yosh-vosh bolalaringiz

bolmasa ham mayliyad..

- Bolalarimga yetarl pul goldirdim. Baqqolga tayinlab go‘ydim, nima desang berib turadi.

[kki oy uzoqmi? Lahzada o'tadi-ketad?” [2: B. 200].

193

о

Ц Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Miryoqub va xotini o‘rtasidagi munosabatlardan o‘zbek ayolining eriga naqadar sadogatli

va itoatkor ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Xotinning oxirigacha ayta olmay golgan gaplaridan

erining xiyonatini, oilasini tashlab ketayotganini bilsada, uni erining o‘ziga aytolmayotganini

anglaymiz. U ko‘rib bilib turgan haqigatlarni ham ichidan chigarmaydi. Erining xiyonatini

farzandlari uchun ichga yutadi. Dardlarini faqat ko‘z yoshlar orqali chigaradi va yig‘i bilan

ovunadi. U eridan ketmaslikni o‘tinadi, ammo Miryoqub rozi bo‘Imagach uni ortig gistamaydi.

“. Gugurt ber. Mehmonxonaning chirog ‘ini yoqay.

- Men sizga ana u sovriga joy qilib qo'ydim. Ketadigan kuningiz bolalaringiz bilan birga

yoting endi

- Sen oing bilasanki, men ichkarida yotolmayman” [2: B. 200].

Bu qisqagina parcha ayolning naqadar mehrga zor ekanini, eridan najot kutayotganini

ko‘rsatadi. Miryoqub bu mehrga munosib javob qaytarmaydi. Shunda ham u mehrni tashqaridan

izlamaydi, eriga jahl qilmaydi, aksincha uning xoxishlarini bajarishga harakat qiladi. Xotin erining

barcha qilmishlarini bilsada, boshqa bazi ayollar (Poshshaxon, Sultonxon) singari xiyonat yo'liga

kirmaydi va xatto, buni o‘ylamaydi ham. U oilasini deb yashaydi, farzandlari uchun jonini berishga

ham tayyor. U hagiqiy o‘zbek ayoli, o‘zbek onasi timsolidir.

“— Qachon uygotay? Yolga nimalarni tugib qo'vay? - deb so’radi xotin xo'rlikdan ovozi

tutilgan holda.

— Несй пагза kerak emas. O’zim uygonaman.

Orta eshik juda ohistalik bilan yopildi. So‘ngra yana o’shanday ohistalik bilan zanjir solindi.

Undan keyin, ayvonchaga yetib qolgan Miryoqubning quloqlariga yana o’sha tomondan ho‘ngrab

Jyigtagan bir ovoz eshitildi..”[2: B. 200-201].

Xotinning ichi olov bo'lib yonardi. Qalbidagi bu olovni o‘chirishga kuch topolmasdi. Shunda

ham u o‘zini tutdi: safar uchun eriga nimalar kerakligini so‘radi. Eridan sovug javob eshitsa ham,

u jahl qilmadi. Eshikni ham ohista, sekingina yopdi, zanjirni ham yana o‘shanday ohistalik bilan

soldi. Ammo, qalbiga so‘zi o‘tmadi, o‘zini yig‘idan tutolmadi. Bu holatini hech kimga, xattoki eriga

ham ko'rsatolmadi. Dardini hech kimga doston qilmadi. Aybini tushunolmay, alamini yig‘idan

oldi. Hasratini ichiga yutdi. Birog ko‘'z yoshlariga kuchi yetmadi...

Biz, Zebida yosh o‘zbek ayolini, Miryoqubning xotinida o'rta yoshdagi o‘zbek ayoli ko‘rsak,

yoshi Katta o‘zbek ayolini, shubhasiz, Qurbonbibi timsolida ko‘rishimiz mumkin. Yosh o‘zbek

ayoli sodda, beg‘ubor, samimiydir. U 0'z eriga itoatkor, erining har bir so‘zini, har qanday xoxishini

bajarishni o‘zining ham farzi, ham qarzi deb biladi. O‘rta yoshda esa u farzand uchun yashaydi.

Hayotning barcha giyinchiliklariga farzandi, ota-onasi uchun bardosh beradi. O‘z hayotini

butunlay unutadi. Yoshi ulg‘ayganda esa u hayotning ancha-muncha achchiq-chuchigini tortadi.

Atrofdagilarning, ayniqsa turmush o’‘rtog‘ining xarakteri, qarashlari va nozik tomonlarini ham

juda yaxshi bilib, xattoki unga ta’sir o‘tkazish yo'llarini ham topa oladi. Biz bunga quyidagi Razzoq

so‘fi va Qurbonbibi o‘rtasidagi suhbatda ham yana bir bor amin bo‘lishimiz mumkin.

“Sukut uzoqgga cho‘zilgandan keyin Qurbonbibi endi bu safar jiddiy bir chehra bilan:

- Nimaga indamaysiz? Xo'p deng! Katta odam, uyat bo‘ladi. Bir yaxshi xotintary, bir otincha

gizlart borkt.. O’zlarini bo tsa, o’zingiz bilasiz, - dedi.

Sofi negadir:

- Bilaman, Fitna, bilaman! - deb qo‘yib, yana jim botdi.

Endi Qurbonbibi yana ham jiddiylashdi:

- Bo'lmasa, “yo'q’ deng. Saitanatxonga Javob beray, ketsin! Azonda kelgan edi. Shundan

so‘ng sotining Gli aylandi:

- Shoshina, Fitna, “yo'q’, dema, mayli, bora qolsin...”{2: B. 21].

194

т о

iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз

Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415

Bilamizki, Zebining otasi - Razzoq so‘fi ishlamay tishlovchi, tekinxo‘rlik va ta’magirlik

ortidan kun ko‘ruvchi, kulishi kasal odamning kulishiday og‘ir, xotin-xalajni odam o‘rnida

ko‘rmaydigan, ziqna odam. U boshlig uy gizi va xotini uchun zindon. 0‘zi esa shu zindonning ko‘zi

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ko'r, qulog‘i kar qorovulidir. Xattoki, muallif unga “Bu odam, jadidnamo bir hamshaharining

deganidek, “korgazmaga qo‘yilaturgan antiga mahluqlardan edi” [2: B.9] deb ta’rif beradi.

Huqualari toptalgan jamiyatda, shunday og’ir va qo‘rs odam bilan bir uyda yashash Qurbonbibi

uchun oson emas, albatta. Ammo, u taqdirga tan bergan, o‘zining yashash prinsiplarini yaratgan.

U ga’tiatli, zukko o‘zbek ayoli. U xattoki, Razzoq so‘fidek insonning nozik joylarini yaxshi biladi,

unga ta’sir o‘tkaza oladi. Xotin-xalaj oldida og‘iz ochib til galdiratishni ravo ko‘rmaydigan so‘fini,

bazida tillarini burro gilib sayratadi. Biz bunga yuqoridagi parchada ham guvoh bo‘lamiz.

Zebining dugonasi Saltanat Enaxonlarnikiga Zebini olib borish niyatida keladi. Onasi

Qurbonbibi so‘fining bunga aslo rozi bo‘Imasligini biladi va Zebiga ruxsat olib berish maqsadida

Xalfa eshon hagidagi yolg‘onni o‘ylab topadi. 0’zi o‘ylab topgan Xalfa eshonni uning oilasini xuddi

bordek tabiiy gilib ta’riflaydi. Ammo, Razzoq so‘fi uchun eshonning bir yaxshi xotini ham, otincha

qizi ham qiziq emas. Hamma gap uning Xalfa eshon ekanligida. Qurbonbibi bunijuda yaxshi biladi

va shuning uchun qo‘rqmasdan qa’tiat bilan gapiraveradi. Asarda Zebi ham bunga iqror bo'lib:

“Eshon, desangiz, otam olganini ham bilmaydi.. Xudo muni eshontlar uchun yaratgan.’[2: B. 21]

degan edi.

Birog, Qurbonbibining onalik tuyg‘usi, farzandiga bo‘lgan muhabbati uning Ко’ ат Кот

qildi, uning mana shu kichik yolg‘oni yakka-yu yagona, suyukli gizi Zebining achchiq qismatiga

sabab bo'lib qolishini u hayoliga ham kKeltirmadi... Nima bo‘lganda ham u farzandparvar o‘zbek

onasi timsolidir.

Zebini, Miryoqubning xotinini va Qurbonbibini barcha yoshda birlashtirib turgan, yoshi

o‘tgan sari ham ularni tark etmagan ularning sharqona fazilati bu - ularning o’z eriga itoatkorligi,

erining hurmatini joyiga go‘yishi, erining ruxsatisiz biror ish qilmasligi va o'z eriga andishali

ekanidir.

XULOSA

Xulosa gilib shuni aytish mumkinki, maqolada A.Cho‘lponning “Kecha va Kunduz”

romanidagi gahramonlardan foydalanilgan holda er-xotin munosabatlari tahlil gilindi. Er-xotin

munosabatlari tahlilida uch xil yoshdagi ayollar olinib, ulardagi o‘zbek ayollariga xos jihatlar,

yoshga ko'ra fargli jihatlar va umumiy bo'lgan jihatlar ko'rsatildi. Zebi yosh, Miryoqubning xotini

o'rta yosh va Qurbonbibi katta yoshdagi o‘zbek ayoli sifatida talgin etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Белинский В.Г. Полное собрание сочинений. - М.: 1955. -Т. 6. - С. 661-272.

2. Абдулхамид Чулпон. Кеча ва кундуз: Роман -Т.: Янги асбр авлоди, 2013 - Б. 332.

3. Отаев Р. Тонг юлдузи шуьлалари. - Шарк юлдутзи. - 1989. - Б. 208.

4. Куронов Д. Чулпон насри поетикаси. Т.: "Шарк”, 2004. - Б. 288.

5. Кушжонов М. Кеча ва Кундуз романида образлар тизмаси // Узбек тили

ва адабиёти. - 1992. - Б. 128.

6. Шараффиддинов 0. Чулпон. - Т.: Фан ва турмуш, 1991 - Б. 153.

7. Каримов Н., Мамажонов С. Назаров Б ва бошкалар. ХХ аср Узбек адабиёти тарихи:

Дарслик. -Т.: Укитувчи, 1999. -Б.554.

195

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.