Kurbanova B.K.
Urganch davlat universiteti Mustaqil tadqiqotchisi
"OSHIQNOMA" TURKUM DOSTONLARIDAGI ARABIY O'ZLASHMALAR HAQIDA
Annotatsiya. Ushbu maqolada "Oshiqnoma" turkum dostonlaridagi arabiy tillarga oid diniy xarakterga ega bo'lgan o'zbek tilidagi o'zlashma so 'zlar tahlili, ushbu qatlamning shakllanishi hamda hozirda ham qo 'llanilayotgan arabiy qatlam birliklarining qo 'llanilishiga bag'ishlangan.
Kalit so 'zlar: o 'z qatlam, o 'zlashgan qatlam, arab tili, islom dini, arabiy tillar, dostonlar leksikasi.
Kurbanova B.K.
Independent researcher Urganch State University
ABOUT THE ARABIC VARIATIONS IN THE SERIES OF "OSHIKNOMA" SERIES
Abstact. The given article is devoted to brighten up the peculiarities of grammatic dialectisms in Khorezm dialect. Maanuscript and lithographic texts are used as the basis in order to solve this problem.
Key words: Khorezm, dastan, dialectism, vocabulary, grammar, comparative analysis.
O'zbek tili va shevalariga arabiy o'zlashmalarning kirib kelishi haqida ko'plagan manbalarda ma'lumotlar berib o'tilgan. Ularning aksariyatida arabiy o'zlashmalar tilimiz va shevalarimizga islomiy qarashlar bilan birga kirib kelganligi haqida aytiladi. Demak, VIII asrnng boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatdan keyin arabiy til unsurlarining asosiy ekspansiyasi boshlangan.
Islom dini bugungi kunda dunyo aholisining ko'pchiligi, xususan, o'zbek xalqining ajralmas bir bo'lagi hamda hayotining asosiga aylandi. Islom dini xalqimizning ongiga, shuuriga shu qadar singib ketganki, bu uning ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy hayotida yaqqol aks etgan. Shu bilan birga, mazkur hududda oldindan mavjud bo'lgan e'tiqodiy qarashlar ham butkul izsiz yo'qolib ketmagan.
O'zbek xalqining og'zaki hamda yozma adabiyotiga nazar tashlaydigan bo'lsak, bu xalqining necha ming yillar davomida saqlanib kelayotgan urf-odatlari, an'ana va marosimlari islomiy qarashlar bilan shu qadar qorishib, uyg'unlashib ketganki, hozirda ularni ajratish mushkul. Aytish mumkinki, VIII asrlarda arab bosqini davrida, islom dini bilan birgalikda arablar tili, madaniyati,
kitobot san'ati, sh'eriyati keng miqyosda bizning hududlarda ham yoyildi. Yaqin o'tmishgacha yurtimizda arab tiliga asoslangan yozuv iste'molda bo'ldi. Binobarin, bu yozuv orqali arablarning grammatikasi, leksikasidan bevosita foydalanilib kelindi. Bu holat xalq og'zaki ijodi va dostonlarini ham chetlab o'tgan emas.
O'zbek tili tarixiy leksikasini yozma manbalar asosida ko'zdan kechirar ekanmiz, unda arabizmlar XIX asr oxiri va XX asr boshlarigacha tadrijiy ko'payganini ko'rishimiz mumkin. Qadimgi turkiy bitiklarda arab so'zlari bo'lmagani holda11, XI asr yodgorligi "Qutadg'u bilik"ka nisbatan XII-XIII asrlar yodgorligi deb topilgan "Hibatul-haqoyiq"da arabizmlar ko'proq uchraydi12.
Biz tekshirayotgan manba, xususan, "Oshiqnoma" turkum dostonlari, asosan, Xorazm o'g'uz lahjasi va unga mansub shevalarda saqlangan bo'lib, doston ijrochisining muayyan darajadagi leksik boyligi, ifoda usullar va savodxoniligi bilan bog'liq ravishda shakllangan til hisoblanadi. Doston ijrichilari ham mazkur hudud aholisining vakili hisoblanishi va xalq orasida yurib ular bilan bevosita jonli muloqot qilinganini hisobga olsak, biz tekshirayotgan dostonlar tili muayyan davrdagi lahja va shevalarning noyob manbasi bo'la olishi inkor etish qiyin.
O'g'uz lahjasiga mansub shevalardagi dostonlar tiliga e'tibor berar ekanmiz, ulardagi xilma-xillik, rang-baranglik, beqiyos uslub hamda yo'nalishlar har qanday tadqiqotchini o'ziga jalb qilmay qo'ymaydi. Bugungi kungacha yetib kelgan Xorazm xalq dostonlari leksikasini tekshirgan olimlarning va bizning kuzatishlarimizdan ma'lum bo'ladiki, ularda ham eroniy qatlam, ham arabiy qatlam, ham turkiy qatlamga oid leksik va Grammatik resurslarning anchayin faol qo'llanilganligini kuzatamiz. Bu mushtaraklik bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgan emas.
Xorazm lahja va shevlaridagi o'zlashma qatlam birliklarini, xususan, arabizmlarni o'tgan asrda ko'plab olimlarimiz, xususan, F.Abdullayev, O.Madrahimovlar o'zlarining shevaga oid kitoblarida atroflicha yoritib o'tganlar13 Xorazm folklor asarlarilaridagi arab lug'aviy qatlamiga mansub
o'zlashma so'zlarni, asosan, davlat boshqaruvi bilan bog'liq o'zlashma so'zlar va diniy mavzularga oid o'zlashma so'zlar tashkil etadi.
Xorazm dostonlari orasida eng katta ahamiyatga molik manba sifatida "Oshiqnoma" turkumiga kiritilgan dostonlarni keltirish mumkin. Mazkur turkumga mansub dostonlar tilining o'ziga xosligi, xalq jonli shevalariga
11 Абдура^монов F., Рустамов А. Кддимги туркий тил. -Тошкент: Укитувчи, 1981. -Б. 80.
12 Маллаев Н.М. Узбек адабиёти тарихи. -Тошкент: Уцитувчи, 1976. - Б. 140.
13 Абдуллаев Ф. Арабизмы в узбекском языке: Автореф. дисс. канд. филол. наук. -Ташкент: 1945; Уша муаллиф. Узбек тили лексикасининг баъзи бир масалаларига доир // Тил ва адабиёт институтилари, 1 -китоб. -Тошкент: 1946. -Б.83-93; Мадра^имов О. Узбек тилининг угуз лахжаси лексикаси. -Тошкент: Фан, 1973. - Б.41-46; Усмонов С. Узбек тилининг лугат составида тожикча-форсча ва арабча сузлар // Навоийга армугон. -Тошкент: Фан, 1968. -Б.109-120.
anchayin yaqinchiligi, tilining jozibadorligi kabi fatorlar bizning e'tiborimizni tortdi. Mazkur kichik tadqiqotimizda ana shu turkumga oid dostonlardagi ayrim arabiy qatlamga oid birliklarni tahlil qilishga harakat qildik va bu o'rinda biz ko'proq e'tiqodiy xarakterga ega bo'lgan turdosh birliklar ustida tahlillar olib bordik.
Roviy - ushbu so'z arabiy qatlamga oid bo'lib, deyarli barcha turdagi dostonlarda uchrashi mumkin. "Ammo roviylar andog' rivoyat qilurlarkim, ozarbayjon viloyatinda ikki kishi bor erdi. Birini Oshiq Ahmad va yana birini Oshiq Muhammad der erdilar"14. Mazkur so'z arabiy tillarda rivoyat qiluvchi, hikoya qilib beruvchi ma'nolarini ifodalashi ko'plagan lug'atlarda keltiriladi. Islomiy e'tiqodimizda muhim o'rin tutuvchi hadislar, asosan, roviylardan yig'ilgan bo'ladi.
Kofir - arabiy tillarda inkor etuvchi, dinni rad etuvchi, g'ayridin kabi ma'nolarda ishlatiladi. "Oshiqnoma" turkumining ikkinchi kitobida o'rin olgan quyidagi parchada qo'llanilgan:
Kofirlara o 'qin otg 'on, Jazirada vatan tutg 'on, Bahaqqi eran-u chiltan, O'zingyetkuryora mani...15. Islomiy qarashlarga ko'ra islom dinidan boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilar yoki hech qaysi dinga mansub bo'lmaganlar ham kofir sifatida qaraladi. Kufr aslida yolg'on degan semasiga ham ega bo'lib, yolg'onga ishongan, aldangan kabi ma'nolarni ham ifodalashi mumkin.
Musulmon - so'zi islom dinini qabul qilgan kishilarga nisbatan qo'llaniladigan so'z bo'lib, umumiy ma'no ifodalaydi. Mazkur so'zning jins ifodalash xususiyatiga ko'ra ayollarga nisbatan muslima shaklida qo'llanishi ma'lum holatdir. Musulmonchilik tarixiga oid manbalarda, shuningdek, mumtoz adabiyotimiz satrlarida ham o'zining faolligi bilan yuqori o'rinda turuvchi musulmon so'zi to'g'risida anchayin batafsil va rang-barang ma'lumotlarni olishimiz mumkin. Biroq, bizning obyektimiz dostonlar matnlari bo'lgani bois ularga murojaat etish bilan chegaralanamiz.
"Oshiq G'arib va Shohsanam" dostonida uchraydi: "... Otam kofir man musulmon bo 'Imisham, Eranlardin madad istab kelmisham.. ,"16.
Xorazm dostonlari matnlarida, xususan, "Oshiqnoma" turkumidagi dostonlarda islomiy e'tiqodga aloqador ko'plagan leksik birliklar, diniy atamalar mavjud. Jumladan: ummat, iymon, inshollo, zaifa, shahid, sajda, tavfiq, tayammum, shariat, gunoh va boshqalarni keltirish mumkin.
Xulosa o'rnida keltirish mumkinki, dostonlarimiz matnlaridagi bunday elementlarni to'plab tahlil qilish belgilangan hududda tarqalgan shevalar
14 Oshiqnoma. 1-kitob. Mas'ul muharrir S.Ro'zimboyev. -Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006. -B.9.
15 Oshiqnoma. 2-kitob. Mas'ul muharrir S.Ro'zimboyev. -Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006. -B. 25.
16 Oshiqnoma. 2-kitob. Keltirilgan manba, 295-bet.
leksikasini shu bilan birga o'zbek adabiy tilimizdagi ayrim so'zlar semantikasiga doir masalalarni yoritishda muhim material vazifasini barajaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Абдуллаев Ф. Узбек тили лексикасининг баъзи бир масалаларига доир// Тил ва адабиёт институтилари, 1-китоб. -Тошкент: 1946.
2. Абдуллаев Ф. Арабизмы в узбекском языке: Автореф. дисс. канд. филол. наук. -Ташкент: 1945.
3. Абдурахмонов F., Рустамов А. ^адимги туркий тил. -Тошкент: Укдтувчи, 1981.
4. Мадрахимов О. Узбек тилининг угуз лахжаси лексикаси. -Тошкент: Фан, 1973.
5. Маллаев Н.М. Узбек адабиёти тарихи. -Тошкент: Укдтувчи, 1976.
6. Oshiqnoma. 1-kitob. Mas'ul muharrir S.Ro'zimboyev. -Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006.
7. Oshiqnoma. 2-kitob. Mas'ul muharrir S.Ro'zimboyev. -Urganch: Xorazm nashriyoti, 2006.
8. Усмонов С. Узбек тилининг лугат составида тожикча-форсча ва арабча сузлар// Навоийга армугон. -Тошкент: Фан, 1968.