Научная статья на тему 'FORS TILIDAGI LUG‘AT TARKIBIDAGI O‘ZLASHMALAR'

FORS TILIDAGI LUG‘AT TARKIBIDAGI O‘ZLASHMALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
84
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o‘zlashma / leksik birlik / fonetika / kalkalash / bilingvizim / purizm. / borrowing / lexical unit / phonetic / calque / bilingualism / purism.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Djafarov, Bexzod Farxodovich, Arifdjanov, Zokir Tohirovich

O‘zlashma mavzusi tilshunoslikda keng o‘rganiladigan mavzulardan sanaladi. Fors tili lug‘at tarkibida ham ko‘plab o‘zlashma leksik birliklarni uchratish mumkin. Bu o‘zlashmalar fors tiliga bir qancha tillardan kirgan. Ularning hozirgi kundagi turi, soni va semantik xususiyatlari qiziqarlidir. Ushbu maqolada fors tilidagi o‘zlashmalar muxtasar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT BORROWINGS IN PERSIAN

The subject of loanwords one of the most widely studied topics in linguistics. There are many loanwords in the Persian vocabulary. These loanwords came into Persian from several languages. Their current type, number, and semantic features are interesting. This article gives a brief overview on loanwords in Persian language.

Текст научной работы на тему «FORS TILIDAGI LUG‘AT TARKIBIDAGI O‘ZLASHMALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

FORS TILIDAGI LUG'AT TARKIBIDAGI O'ZLASHMALAR

Bexzod Djafarov Farxodovich,

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Eron-afg'on filologiyasi kafedrasi, behzoddj [email protected]

Zokir Tohirovich Arifdjanov,

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O'zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi, zokirarifdj anov@gmail .com

ANNOTATSIYA

O 'zlashma mavzusi tilshunoslikda keng o 'rganiladigan mavzulardan sanaladi. Fors tili lug 'at tarkibida ham ko 'plab o 'zlashma leksik birliklarni uchratish mumkin. Bu o'zlashmalar fors tiliga bir qancha tillardan kirgan. Ularning hozirgi kundagi turi, soni va semantik xususiyatlari qiziqarlidir. Ushbu maqolada fors tilidagi o 'zlashmalar muxtasar yoritilgan.

Tayanch iboralar. o'zlashma, leksik birlik, fonetika, kalkalash, bilingvizim, purizm.

О ЗАИМСТВОВАНИЯХ В ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ

АННОТАЦИЯ

Тема заимствований одна из наиболее широко изучаемых тем в языкознании. В персидском словаре много заимствований. Эти заимствования были освоены в персидский язык из нескольких языков. Их текущий тип, количество и семантические особенности интересны. В этой статье дается краткий обзор заимствований в персидском языке.

Опорные слава и понятия: заимствование, лексическая единица, фонетика, калька, двуязычие, пуризм.

ABOUT BORROWINGS IN PERSIAN ANNOTATION

The subject of loanwords one of the most widely studied topics in linguistics. There are many loanwords in the Persian vocabulary. These loanwords came into Persian from several languages. Their current type, number, and semantic features are interesting. This article gives a brief overview on loanwords in Persian language.

Key words: borrowing, lexical unit, phonetic, calque, bilingualism, purism.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

KIRISH

Chet so'zlarni o'zlashtirish tilning leksik tarkibini boyitishning muhum mexanizmlaridan biridir. Bu jarayon nafaqat so'z boyligini kengaytiradi, balki xalqlar o'rtasidagi madaniy-tarixiy aloqalar haqida ma'lumotni ham o'zida aks ettiradi. Har qanday tildagi barcha leksik birliklar uning lug'at boyligini tashkil etadi. Lug'at boyigi esa ichki va tashqi manbalar asosida boyib boradi. Ichki manbaga so'z yasalishi yoki shevalardan so'z olinishi kirsa, tashqi manbaga so'z o'zlashtirish kiradi. Bular tilning lug'at sathining o 'z qatlami va o 'zlashma qatlami sanaladi.

Ko'pgina tillarning lug'at sathida o'zlashma qatlam mavjud va ular turli sabablarga ko'ra boshqa tillardan o'zlashtirilgan. So'zlarni o'zlashtirish - bu turli til jamoalari o'rtasidagi munosabatlar bilan chambarchas bog'liq, keng tarqalgan va muqarrar hodisadir [1]. Ayniqsa, hozirgi globallashuv davrda o'zlashmalarning kirib kelishi anchagina kuchaygan.

Til ijtimoiy hodisa ekanligini inobatga olsak, u doimo o'zgarib, rivojlanib va takomillashib boradi. Uning tarkibida yangilanishlar kuzatiladi, keraksiz va ortiqcha so'zlar, iboralar, terminlar vaqt o'tib tilning leksik tarkibidan chiqib ketadi. Shu boisdan ham, leksikologiya bilan shug'ullanuvchi olimlar hal etilmagan muammolarning yechimini topish bilan band bo'ladilar va bu jarayon hech qachon to'xtab qolmaydi. O'zlashmalar ham ana shu tildagi o'zgarishlarning in'ikosidir, ular orqali tilning taraqqiyot bosqichlari, boshqa tillar bilan aloqalari, undagi o'zgarishlar haqida ma'lum darajada xabardor bo'lamiz.

Bu yuqoridagi keltirilgan xususiyatlar borasida tilshunoslarning fikrlari deyarli bir xil, ya'ni o'zlashamalarning o'zlashayotgan tilga qabul qilinib unda mustahkam o'rnashib, singib ketishi uchun qo'yiladigan talablar barcha tillarda o'xshash deb ta'kidlanadi.

"Словарь-справочник лингвистических mepMUHoe"da chet el so'zlariga quyidagi ta'rif berilgan: "Chet el so'zlari - bu boshqa tillardan olingan so'zlar. O'zlashish - bu boshqa xalqlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalarni o'rnatishning tabiiy natijasidir" [4].

"Лингвистический энциклопедический woeaph^da ushbu tushunchaga quyidagicha ta'rif berilgan: "O'zlashish - bu lingvistik aloqalar natijasida bir tildan ikkinchisiga o'tkazilgan chet tilining elementi (so'z, morfema, sintaktik tuzilish va boshqalar), shuningdek, bitta til elementlarining boshqa tilga o'tish jarayonidir"[4].

Yana bir fikr bor: "O'zlashma so'zlar o'zlashgan til tizimiga moslashib boradi va ko'pincha shu bilan o'zlashtiriladi, chunki chet tilidagi kelib chiqishi bu tilda so'zlashuvchilar tomonidan sezilmaydi va faqat etimologik tahlil yordamida aniqlanadi. O'zlashmalar esa o'zlarining chet tilidan kelib chiqqan izlarini asl

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

so'zlarga begona bo'lgan tovush, imlo, grammatik va semantik xususiyatlar shaklida saqlaydi"[5].

Odatda, o'zlashtirish har doim tilning haqiqiy ehtiyojidan ko'proq narsani anglatadi. Bunda til notanish narsa va tushunchalarni ifodalash uchun qo'llaniladi. O'zlashmalar noma'lum narsa yoki madaniy hodisaga nom berish uchun kerak bo'ladi va bu so'z qabul qiluvchi tilidagi leksik bo'shliqlarni to'ldiradi[6].

Asosiy qism. Fors tilida ham boshqa tillardagi kabi chet tillardan olingan so'zlar ham bor. Bu so'zlar odatda vâje-hâ-ye daxil ^ O'j), vâje-hâ-ye yarzi ( ^ O'j ^^j*), vâmvâje («jlj f'j) terminlari orqali berilmoqda. Turli tarixiy voqealardan so'ng yunon, arab, turkiy, fransuz, ingliz, rus va boshqa tillardan ko'plab so'zlar vaqt o'tishi bilan fors tiliga ham yo'l topa olgan [7]. Fors tilidagi o'zlashmalar orasida arabiy o'zlashmalar miqdori va ishlatilishi jihatidan mutloq yetakchi. Bu tildan o'zlashmalarni fors tilidagi so'z turkumlarining aksarida uchratish mumkin. Buning sababi arab tilining musulmon olamida birinchi raqamli til ekanligidir.

O'tmishda mintaqaning yetakchi tillaridan biri bo'lgan zamonaviy fors tili ham chet tillardan so'z o'zlashish muammosiga duch kelmoqda, ayniqsa she'riyat va tarix sohasida. Hozirda Eronda fors tilining mavqeini oshirish, dunyoning xalqaro tillaridan biri darajasiga erishish uchun muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatda 70 yil davomida antik davrdan to hozirgi kungacha lug'atlar va lingvistik manbalarni o'rganish va tiklash ustida ish olib borilmoqda, til arab va G'arbiy Yevropa o'zlashmalaridan tozalanmoqda. 1933-yildan buyon mamlakatda "Fors tili va adabiyoti akademiyasi" ma'lum uzilishlar bilan faoliyat ko'rsatmoqda. Akademiya faoliyatining so'nggi davri 1991-yilda boshlangan. 1997-yilda Akademiya tomonidan "So'z tanlash tamoyillari va qoidalari" ishlab chiqilgan va tasdiqlangan bo'lib, unda fors tilidagi so'zlarni chet eldan olingan o'zlashmalar o'rniga tanlash tamoyillari belgilangan [11].

Garchi akademiya ancha faol bo'lsa ham, hozirgi kunda fors tilida ingliz tilidan o'zlashmalar ko'payib bormoqda. Inglizcha so'zlar fors tiliga kirib kelayotganligi ajablanarli jarayon emas. Bu jarayon Til akademiyasi kabi rasmiy muassasalar tomonidan uni jilovlashga qaratilgan doimiy olib borilayotgan sa'y-harakatlarga qaramay, oqim to'xtamayabdi. Ingliz tilining fors tiliga ta'siri XX asr o'rtalariga to'g'ri keladi. Biroq, u so'nggi o'n yilliklarda jadal rivojlandi, globallashuv tufayli, yangi texnologiyalar (internet, informatika), shuningdek, pop-madaniyat (videolar, filmlar, musiqa) orqali ham kirib keldi. Akademiya xorijiy so'zlarning kirib kelishiga qarshi kurashadi. U 1911 yilda fors tilini "himoya qilish" uchun tashkil etilgan. Akademiyaning asosiy faoliyati xorijiy umumiy yoki texnik atamalar uchun rasmiy forscha ekvivalentlarni yaratish va tasdiqlashdan iborat. Biroq, bu tashkilot

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

tomonidan yaratilgan ko'plab yangi so'zlar fors tilida so'zlashuvchilarning e'tib orini jalb qila olmadi [12]. Eronlik Fotima Aziz Muhammadiy fors tilidagi o'zlashmalarni quyidagi turlarga ajratgan [13]:

Fonemalar o'zlashishi. Bu turdagi o'zlashma tilda kam uchraydi. Asosan bilingvizmda sharoitida sodir bo'ladi.

So 'zlar o 'zlashishi. O'zlashmalar orasida eng ko'p tarqalgan leksik birliklar bu so'zlardir. O'zalashma so'zlar fors tilida yetarlicha va bu borada arabiy so'zlar eng katta qismini tashkil etadi. Masalan:

harakat harakat kitob ketab

yong'in hariy daftar daftar

partiya hezb madrasa madrase

hukumat hokumat o'qituvchi modarres

Ammo fors tilining o'zlashma qatlami so'nggi yillarda ingliz tilidan o'zlashmalar bilan boyimoqda. Ko'plab inglizcha so'zlar fors tili lug'at tarkibidan joy olmoqdaki, aksari o'zbek tiliga begona emas:

onlayn konvert pochta park

anlayn paket post park

ûA^ futbolka tisert

jamoa tim

supermarket supermarket

^Ji klip kelip

Shuningdek, turkiy, rus, fransuz va boshqa tillardan ham o'zlashmalar so'zlar mavjud:

tramvay teramva I^Jjj tarelka bosyab

tormoz tormoz qamchi yamci

bilet belit ramka yäb

manzil adres quti yuti

Grammatik o'zlashuv. O'zlashuvning bu turida biror bir tildan o'sha tilning grammatik kategoriyasiga mansub bo'lgan biror bir shakl o'tadi. Albatta qabul qiluvchi til bunday grammatik unsurni o'zga tildan osongina qabul qilmaydi va bu turdagi o'zlashuv ikki til jamoalari o'rtasida uzoq muddatli va uzluksiz yoki

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

mustahkam madaniy, siyosiy va iqtisodiy aloqalarni talab qiladi. Bu turdagi o'zlashmalar fors tilida sanoqli va asosan arab tilidan kirgan. Ulardan bir otlarning siniq ko'plik formasi yoki ko'plik qo'shimchalaridir:

shaxs/shaxsla kitob/kitoblar 'S

r

kishi/kishilar JIJI Jjâ shoir/shoirlar

mulk/mulklar ruh/ruhlar c'JJ' CJJ

bola/bolalar JliLI JâL daftar/daftarla jjlâJ JÜJ

r

Bunday otlar huddi arab tili singari fors tilida ham ko'plik shaklda qo'llaniladi. Shuningdek, arabiy bo'lmagan so'zlarda ham siniq formada ko'plik yasalishi mumkin.

turk/turklar maydon/maydonlar ù^U* ù1^

Biroq bunday so'zlar arab tilining o'zida ham siniq ko'plik formasiga ega.

Kalkalash. Ma'lumki, kalkash boshqa til lug'aviy birligidan ona tili vositalari asosida nusxa ko'chirish (tarjima qilish) natijasida so'z, atama yoki birikmalar yuzaga kelishiga aytiladi. Fors tili lug'at tarkibida kalkalarning bir necha turlari uchraydi. Ayniqsa, oxirgi yillarda, purizm sababli kalkalash orqali begona so'zlarni fors tiliga o'zlashtirish keng tarqalmoqda.

kartoshka pomme de terre sibzamini

havo va havo air-to-air hava be hava 1 JMJI JA

indikator indicator cerny-e rahnama t-^'j ^'Jt

harf teruvchi typist masinnavis ^JjjUJ^Ix

tasvirchi film- taker filmbardar J^J^â

samolyot aero plan haväpeyma I^JJIJA

fazogir space man fazanavard jjjjl^a

temir yo'l rail way rahahan jAlolj

XULOSA

Chet tillardan leksik birliklarning o'zlashishi mexanik jarayon emas, balki tillarning taraqqiyotiga bog'liq va deyarli barcha tillarga xosdir. Buning ortidan tillarning leksik boyligi yanada ortadi. Fors tili o'zining ko'p asrlik taraqqiyoti

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

davomida lug'at tarkibi turli xil o'zlashmalar bilan to'ldi. Hozirda ham bu jarayon fan va texnologiyalarning rivojlanishi, chegara bilmas ommaviy axborot vositalari va media mahsulotlarining kirib kelishi ortidan davom etmoqda. Shu bilan paralel ravishda, bu o'zlashmalarni kirib kelishini jilovlashga ham harakatlar ham izchil davom etmoqda.

ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Hashemi, Eftekhar Sadat, et al. "Phonological adaptation of Arabic loan words in Persian: Consonants." International Journal and Humanities and Social Science 4.6 (2014): 1.

2. Узбек тили лексикологияси. - Тошкент: Фан, 1981. - 312 б

3. Жуманиёзов О. Узбек тилидаги герман тиллари узлашмалари.- Тошкент: Фан, 1987. - 103 б.

4. Чэнь Ю. Иноязычные заимствования в современном русском языке/ZScience for Education Today. - 2015. - №. 4 (26).

5. Ярцева В. Н. и др. Лингвистический энциклопедический словарь. -Советская энциклопедия, 1990.

6. Kurnianingsih E. I. A Study of English-Indonesian Borrowing Words in Daily Need Products : дис. - Universitas Muhammadiyah Surakarta, 2010.

7. Navabzadeh Shafi'i, Sepideh. "An Investigation of Changes in Meaning and Application of French Loan-words in Persian." Language Science 2.3 (2014): 107128.

8. Белгородский Н.А. Современная персидская лексика // Языковые проблемы почислительным. -Л.,1927.- C. 26.

9. Жирков Л.И. Персидский язык. Элементарная грамматика. - М.: УРСС, 2008..

10. Овчинникова И.К. К вопросу обудельном весеиноязычных заимствований в лексике современного литературного персидского языка / /Индийская и иранская филология. - М.:Наука,1971.- C. 49-50.

11. Куранбеков, А. "Проблемы формирования научно-технической терминологии в современном персидском языке." Вопросы филологии 22.14 (2003): 16-18.

12. Paraskiewicz, Kinga. "English loanwords in new Persian." Folia Orientalia 52 (2015).

13. Mohamadi F. A. The kinds of borrowing in Persian // Iranian Journal of Information processing and Management. - 2003. - Т. 18. - №. 3. - С. 71-74

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.