Научная статья на тему 'ORONIMIYDDА DOVON VA KOʻTAL АTАMАLARINING QOʻLLАNISH XUSUSIYATLARI'

ORONIMIYDDА DOVON VA KOʻTAL АTАMАLARINING QOʻLLАNISH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oronim / oronimiya / dovon / termin / togʻ / balandlik / vodiy / nomlanish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begimov Odil Toʻxtamishovich

Oʻzbek tili tarixida togʻlardan oshib oʻtish yoʻllari boʻlgan joylar dovon va koʻtal terminlari bilan atab kelingan. Maqolada bu terminlarning etimologiyasi, semantikasi va ularning dovon nomlarini yasash xusuiyatlari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ORONIMIYDDА DOVON VA KOʻTAL АTАMАLARINING QOʻLLАNISH XUSUSIYATLARI»

é

Ws,

ORONIMIYDDA DOVON VA KOTAL ATAMALARINING QOLLANISH XUSUSIYATLARI Begimov Odil To'xtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.10804236

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 04th March 2024 Accepted: 10th March 2024 Online: 11th March 2024

O'zbek tili tarixida tog'lardan oshib o'tish yo'llari bo'lgan joylar dovon va ko'tal terminlari bilan atab kelingan. Maqolada bu terminlarning etimologiyasi, semantikasi va ularning dovon nomlarini yasash xusuiyatlari tadqiq etilgan.

KEYWORDS

Oronim, oronimiya, dovon, termin, tog', balandlik, vodiy, nomlanish.

KIRISH

Ma'lumki, geografik tushunchaga ko'ra tog' tizmasi yoki massividagi oshib o'tishga qulay bo'lgan past joylari hozirgi o'zbek tilida dovon so'zi bilan ataladi. Dovonlar bir tog' vodiysidan ikkinchisiga o'tish uchun eng oson va eng qulay yo'nalish bo'lib xizmat qiladi. Eng keng, eng chuqur, ko'pincha katta komunikatsiya ahamiyatiga ega bo'lgan dovonlar tog' dovonlari deb ataladi.

Ular kelib chiqishiga ko'ra qarama-qarshi yon bag'irlarda joylashgan daryo vodiylari bosh oqimlarining birlashishi natijasida paydo bo'ladigan eroziyali o'tishlar; tektonik o'tishlar (antiklinal burmaning mahalliy cho'kishi); qarama-qarshi sirklar yoki sirklar devorlarining tutashuvi va keyinchalik vayron bo'lishi natijasida hosil bo'lgan muzlik o'tishlari kabi turlarga bo'linadi[3].

O'tmishda dovonlardan piyoda, ot-ulovlar bilan o'tilgan bo'lsa, keyinchalik, avtomobillar, ayrim joylarda temir yo'llar orqali o'tish imkoniyatlari yaratilgan. Dovonlarning yuqori qismida tekis joylar bo'lganligi uchun qadimdan ko'plab dam olish maskanlari barpo qilingan, hatto ayrim joylarda kichik aholi punktlari bo'lgan. Harbiy nuqtayi nazardan, dovonlar muhim strategik ahamiyatga ega bo'lgan. Shuning uchun ham dovonlarni farqlash, aniq manzilini ko'rsatish uchun ularni nomlash ehtiyoji paydo bo'lgan. Natijada bunday orografik obyektlar qaysidir belgi-xususiyatlari asosida atay boshlangan, keyinchalik bu atalishlar mustahkamlanib, mazkur dovonning atoqli otiga aylangan va tegishli manbalarda muxrlangan.

O'zbek tili oronimiyasida "tog'dan oshib o'tish" tushunchasini ifodalashda dovon so'zi faol qo'llanilayotganini ko'rish mumkin. Bu orografik xarakterdagi atamaning kelib chiqishi, qo'llanish xususiyatlari, oronimlar yasash imkoniyatlari va boshqa masalalar o'ziga xos o'rganish ob'ekti sifatida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Biz mazkur maqolada o'zbek tili oronimiyasida dovon va ko'tal orografik terminlarining etimologiyasi, semantikasi va tog'dan

é

Ws,

oshib o'tish yo'li tushunchasini ifodalaydigan orografik obekt nomlarini yasash xususiyatlari tadqiqiga to'xtalamiz.

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi onomastic tadqiqotlarda qo'llaniladigan tarixiy tendentsiyaga, ma'lum bir tarixiy voqelikdagi barcha hodisalar tarixiylik va reallikdan ajratmasdan talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy asoslarini zamonaviy tilshunoslikning onomosologiya sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi. Shuningdek, toponimlarning lingvistik tadqiqida jamoa va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Tadqiqotning asosiy usuli sifatida qiyosiy-tarixiy, etimologik, semantik, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan. NATIJALAR VA MUHOKAMA

Dovonlarning nomlari turli davrlarda sayyohlar, tarixchilar tomonidan yozilgan manbalarda va geografik xaritalarda turlicha berilgan bo'lishi ham mumkin. Yozma manbalarda yoki turistik xaritalarda bir xil tog'li hududda j oylashgan bir xil dovon yoki alohida dovon uchun bir nechta nomlar paydo bo'lishi holatlari ham ma'lum.

Dovonlar qadimdan mahalliy aholining nom berish an'analari, obyekt joylashgan hudud milliy til xususiyatlari va hokazolar asosida nomlanganligi kuzatiladi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, dovonlarga nom berishda quyidagi xususiyatlar kuzatiladi:

- orografik obyekt (dovon)ning eng xarakterli belgisi (shakli, hajmi, tuprog' tarkibi yoki rangi) asosida nomlanishi;

- orografik obyekt (dovon) joylashgan hududning eng xarakterli xususiyatlari (qiyaliklarning tabiati, tizmalarning tuzilishi va boshqalar)asosida nomlanishi;

- orografik obyekt (dovon) joylashgan hudud mahalliy aholisining hayoti va faoliyatining xususiyatlarini aks ettiruvchi belgilar asosida nomlanishi;

- dovonni u bog'laydigan vodiylarga xos belgilar asosida nomlanishi;

- dovonni unga eng yaqin cho'qqilar nomi asosida nomlanishi.

Dovon orografik atamasi "tog'ning oshib o'tish qulay bo'lgan joyi, tog' yo'li, oshib o'tish mumkin bo'lgan tog'" tushunchalarini ifodalaydi. Bu atama o'zbek tili izohli lug'atida shunday izohlangan: " Tog' yoki tepalikning baland, ammo oshib o'tsa bo'ladigan qulay joyi; oshuv. Qashqar dovoni. Arpasiz ot dovon osholmas (Maqol). Donoga ergashgan dovondan oshar (Maqol). Bu vaqt ular Qaraqarg'a degan dovondan oshib, ko'z ilg'amas, keng, tekis yaylovga chiqdilar. Asqar Muxtor, Asarlar. Dovonning beliga chiqquncha Muhammad sharif ham, eshak ham holdan toydi. Q. Mirzo, Olam go'zal [10, 633].

Janubiy O'zbekiston oronimiyasida Sangtor dovoni, Birak dovoni, Taxta qoracha dovoni, (Zarafshon tizmasida), Sangtor dovoni (Xisor tizmasi), Toleshut davoni (Hisor tizmasi), Janko dovoni (Hisor tizmasi), Shaxon dovoni, Kizil gaza dovoni (Qamashi), Kuktug'ay dovoni (Qamashi), Chaqchor dovoni (Boysun tizmasida) kabi nomlarni uchratish mumkin. "Boburnoma" asarida bu atama dobon shaklida qo'llangan bo'lib, u qatnashgan 5 ta oronim keltirilgan.

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Buriyatiya toponimiyasini tadqiq etgan N. M. Melxeyev dobon termining qo'llanishi haqida quyidagi ma'lumotlarni keltiradi: "Daban - bir qancha tog' oshuvlari nomlari. Mo'g'ul tilida dabaa, dabaan - tog'dan oshib o'tish, tog' qoyalari, ko'tarilish; termin dabaxa "toqqa ko'tarilmoq", tog'dan oshib o'tmoq" ma'nosidagi fe'lidan kelib chiqqan. U aniqlovchi so'zlar bilan birikib, tog' nomlari, tog'dan oshib o'tiladigan joy nomlarini yasashga xizmat qilgan: Xamar-Daban, Sagan-Daban (tog' tizmalari); Daban, Dodo-Daban, Mongol-Daban(tog' oshuvlari); Barsin-Daban, Moltin-Daban (ko'tarilishlar). Daban evenklarda ham tog'dan oshib o'tish tushunchasiga ega [4, 123].

Mo'g'ul tilining orografik terminologiyasini tadqiq etgan N.I. Danzanova ishida "dovon" termining qo'llanishi bilan bog'liq shunday ma'lumotlarni ko'rishimiz mumkin: o'rt.mo'g'. dabaan, qad.mo'g'. dabayan, hoz.mo'g'. dabaa(n), bur. dabaan, qalm. daba, oyr.sinbtsz. davaan -"tog'dan oshib o'tiladigan joy"[2,15].

Dovon atamasining areali haqidagi fikrlarni umumlashtirib, quyidagi natijalarni ko'rish mumkin: daba(an) - tog'dan oshib o'tish joyi, balandlik; qalmiqcha - tepa, xalxa-mo'g'ulcha -davaa(n) - oshib o'tish joyi bo'lgan tog'; tungus-manjurcha - dava "oshib o'tish", evenkcha -davan, davakit "tog' oshib o'tish joyi, volok. oroch. - dava "tog'dan oshib o'tadigan joy; manjurcha - daba "tog'dan oshib o'tish, dabag'an - tog'dan oshib o'tiladigan joy, volok. tog' urkachi(gornbiy xrebet); yakut. daban - tog', padb, toqqa ko'tarilish; xakas. - daba "tog'dan oshib o'tish joyi, dara; tuva. - daban "tog'dan oshib o'tish joyi"; oltoy. - dava "tog'dan oshib o'tish joyi"; o'zb. - dovon "tog'dan oshib o'tish joyi, tog'dan oshib o'tiladigan yo'l"; qirg'iz. daban "tog'dan oshib o'tish joyi"; ozar. - daba, daban "tepa, tog'cha, tojik. - davon "tog'dan oshib o'tish joyi, tog'dan o'tish yo'li" , fors. - daban "tog'dan oshib o'tish joyi, tog'dan o'tish yo'li, dara".

E. M. Murzaevning lug'atida keltirilishicha, "Daba, daban, davo' davon - tog'lardan o'tgan baland qiyin o'tish yo'li, tizmadagi pastlik. Mo'g'ul, buryatcha bo'lgan bu atama yakutlar va evenklar orasida ham ma'lum; Tojiklar va o'zbeklarda - davon; buryatlarda - tog', tizma ma'nosida ham qo'llaniladi; qalmoqlarda - tepalik. Evenklarda - davankit; tojiklarda, bundan tashqari, tog' tizmasi orqali o'tadigan yo'l [5, 69].

Qirg'iziston oronimiyasini tadqiq etgan V. A. Nikonovning keltirishicha, Qirg'izistonning 9 ta toponimi tarkibida "daban" so'zi mavjud, ulardan 5 tasi dovonlarga, 2 tasi cho'qqilarga tegishli. Qirg'izistonning mo'g'ulcha toponimlariga bag'ishlangan bir nechta maxsus ishlar bor, ularning har birida daban tilga olingan. Toponimist E. M. Murzaevning qayd etishicha, bu termin orqali yasalgan toponimlar Qirg'izistonning har qanday tumanida uchraydi, ammo Issiqko'l, Qo'chqor, Suusami va Jumg'al havzalarida nisbatan ko'p uchraydi, janubi-g'arbda nisbatan kam[7,65]. Qirg'iziston toponimisti B.O. Oruzboevaning ta'kidlashicha, mo'g'ulcha so'zlar Shimoliy Qirg'izistonning geografik nomlari tarkibida ko'p uchraydi va janubi-g'arbga qarab qo'llanilishi kamayib borgan [9,111]. Jumladan: Jangidaban (Sux daryosi havzasi), Do'ng'uzdaban (Oq buura havzasi), Archadaban va Shibedaban (Oloyda) dovonlari, Qaradaban (Shohimardon havzasida) va Tegerekdaban (Qizilsuv havzasida) cho'qqilari, Daban daryosi (Kosonsoy daryosi havzasida), Jamandaban dovon, joy, daryo (Arpa va Norin daryolari havzasida). Ularning barchasi Qirg'izistonning janubi-g'arbiy tomonida joylashgan, respublikaning boshqa hududlarida bironta ham uchramaydi [8,102]. Agar B.O. Oruzboeva Qirg'izistonning mo'g'ulcha so'zlardan iborat toponimlarini qat'iy mo'g'ullar bosqini davri bilan

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

bog'lasa, E. M. Murzaev ehtiyotlik bilan boshqa mulohazani ham o'rtaga tashlaydi - mo'g'ulcha so'zlarni qirg'izlarning ajdodlari hozirgi Qirg'iziston hududiga kelmaslaridan oldin o'zlashtirgan bo'lishlari ham ehtimoldan xoli emas. Jumladan, "daban" so'zini mo'g'ullardan Markaziy Osiyoda o'zlashtirib olgan qirg'izlarning bir qismi olib o'tgan bo'lishi ham mumkin. S. U. Umrzoqov "daban" so'zini XII asrlarda qoraxitoylar olib kelgan degan fikrni ilgari suradi[9,200]. Yuqorida aytilgan fikrlar ma'lim bir jihatdan O'zbekiston toponimiyasida dovon termining shakllanishi va qo'llanishi bilan bog'liq deb o'ylaymiz.

Agar dabon xronologiyasi haqida aytilgan fikrlarni to'g'ri deb o'ylagan taqdirda, bu so'zning qo'llanishi va uning asosida oronimlarning yasalishi ma'lum bir darajada Qirg'iziston va O'zbekistonning unga tutash hududlarida XIII-XIV asrlardan oldin ham emas, XV-XVIII asrlardan keyin ham emas (ungacha dabon so'zini bilishmagan) sodir bo'lganligini ko'rish mumkin.

Ozbek tili oronimik leksikada tog' yoli, tog'dan oshib otish imkonini beradigan joy ma'nosidagi sinonimlar keng tarqalgan. Jumladan shu manoda dovon so'zidan tashqari aqba -ovg'a,bel, ko'tal, oshuv sozlari ham qollanilgan. Har qanday sinonim sozlarda bolgani kabi bu atamalarning manosida ham oziga xos farqlar kuzatiladi, shu sababli oronimiyada ham ularning qollanishida o'ziga xos xususiyatlar namoyon bo'ladi. Masalan, Baxmal va Zomin tumanlarida dovonni bel deyishadi, dovon deganda esa tog'dan oshaverishga yaqin dam olinadigan tekisroq maydoncha tushuniladi ("Sangzoming beli katta bel, dovoni border"), ovg'a deganda dovonga tik ko'tariladigan yo'l tushuniladi (Qoramozor belining ovg'asi buzuq, yani xavfli) [12, 68].

"Kemtik" (kamtik) ma'nosida kam termini tog' tizmasining ko'pincha yo'l o'tadigan pastroq qismini bildiradi: Darvozakam dovoni, Egarkam tog'i (Shaxrisabz tumani), shu tumandagi Kam tog'lari. Bel termini "dovon" ma'nosida bir necha marta takrorlanadi: Muzbel, Qorabeltov dovon, Shahrisabz tumani), O'tabel (dovon, Mirshikor tumani). Aqba (arabcha) "dovon", " tog' yo'li" demakdir: Kalonaqba "katta dovon" (Kitob tumani), Oqboykalon dovoni (Qamashi tumani) ham aynan o'sha ma'noda, bunda faqat oldin termin, keyin sifat kelgan: Aqbai kalon. [11,179].

Janubiy O'zbekiston oronimiyasida tog' yoli, tog'dan oshib otish imkonini beradigan joy ma'nosidagi ko'tal termini ham oronimlar yasalishida faol qo'llanilgan.

Ko'tal orografik atama sifatida "tog'dan oshib o'tgan yo'l, pastroq dovon" ma'nolarini ifodalaydi. Ko'tal so'zi tarxiy yozma manbalarda, jumladan, «Zafarnoma», «Boburnoma» kabi asarlarda joy nomlari tarkibida uchraydi. Masalan, «Boburnoma»da tarkibida ko'tal termini qatnashgan turli hududlarga tegishli 30 ga yaqin joy nomlari keltirilgan. Bobur bu nomlarning kelib chiqishi va ma'no xususiyatlari to'g'risida qiziqarli izohlarni keltiradi. Jumladan, Javak ko'tali, Tul ko'tali, Bozarak ko'tali to'g'risida gapirilgan joyda shunday izoh beriladi: "Bu uch ko'taldan yaxshirog'i Tuldur. Vale yo'li bir nima uzunroqdur. G'olibo bu jihattin Tul derlar"(188-bet)]. Tul so'zi asli arabcha bo'lib, uzun ma'nosiga ega. Quyida Bozarak ko'taliga tegishli yana bir izohni o'qish mumkin: "Bozarak ko'talini Sarob eli Poranday otliq kentga inar uchun Poranday ko'tali derlar"(188-bet). Parvon tumanligiga boradigan tog' yo'li Haftbacha deb atalishini Bobur shunday izohlagan: "Yana biri Parvon yo'lidur, ulug' ko'tal bila Parvon orasida yana yetti ko'tal bor uchun Haftbacha derlar" [1,188].

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

Kelib chiqishiga ko'ra turkiy tillarga mansub bo'lgan bu orografik termining areali ancha keng bo'lib, u O'rta Osiyo, Eron, Afg'oniston oronimiyasida uchraydi. Bu orografik termin dastlab dovon termini bilan parallel qo'llanib, keyinchalik iste'moldan chiqqan va o'rnini dovon terminiga bo'shatib bergan. U faqat oronimlar tarkibida saqlanib qolgan. Janubiy O'zbekiston oronimiyasida Ko'tal (qishloq), Sariko'tal (balandlik), Merganko'tal, Ko'kko'tal oronimlari bor. O'zbekistonning boshqa hududlarida ham uchraydi: O'zbekko'tal, Qozoqko'tal (Jizzax) [11,77].

E. M. Murzaevning lug'atida "kutal — tog' dovoni, tizmadan o'tgan yo'l (Qirg'iziston, Tojikiston). Mo'g'ulistonda bu atama kutul, xutul - qulay tekis o'tish, o'tish qiyin bo'lgan baland hajmdagi "daba"dan farqli o'laroq oson o'tish joyi. Fors tilida kutel - balandlikdan oshib o'tish. Masalan, Kotelebosh — Dushak daryosining yuqori oqimidagi dovon (Eronning Turkmaniston bilan chegaradosh qismida) shakllarida qo'llanishi ko'rsatilgan[5,128].

N.I. Danzanovaning keltirishicha, qad.mog'. kütel, kötül "tog'dan o'tish joyi"; mo'g'. xetel - tepa, tog'cha; pastqam tog'li oshib o'tish joyi; pastqam tog'; qiyalik, enish; bur. xutel "pastqam tog'li oshib o'tish joyi; tepa, pastqam tog'; qalm. ketl, oyr. sintsz. ketel - qo'rg'on, tepa; tog'dan oshib o'tiladigan joy; kutul - oshib o'tish, buryatcha xutel baland bo'lmagan oshuv, yengil oshib o'tadigan yo'li bo'lgan pastqam tog'[2,15]. Demak, bu orografik termin qadimgi mo'g'ul va turkiy tillarda umumiy tarzda "u qadar baland bo'lmagan tog'lik joylardan oshib o'tish, yengil va oson oshib o'tilish ma'nolari mavjud bo'lib, baland, oshib o'tish qiyin bo'lgan dabaa, daban tushunchalariga qarama-qarshi ma'noda qo'llanilgan.

Nizomiddin Shomiy "Zafarnoma" asarida Qulon ko'tali, Xolis ko'tali, Sichqon dabon, Harmis dovoni, Oq ko'tal, Novrin ko'tali, Kesh dovoni, Kargas ko'tali, Jurmush ko'tali, Dobon tog'i kabi oronimlar keltirilgan. XULOSA

Tog'dan oshib o'tish yo'li tushunchasiga ega "dovon" va "ko'tal" terminlarining tarixiy-lisoniy taraqqiyoti va qo'llanish xususiyatlari haqida o'tkazilgan tadqiqlar quyidagi xulosalar chiqarish imkonini beradi:

1. Davon terminning asosiy manbai mo'g'ul tili bo'lib, u qadimgi turk tili va turkiy tillarda uchramaydi.

2. Bu terminning areali Sibir, Shimoliy Xitoy, Buryatiya, Yakutiya, O'zbekiston, Tojikiston, Qirg'iziston, Ozarbayjon, Eron, Sharqiy Tyanshan, Shimoliy-Sharqiy Xitoy mamlakatlarini qamrab oladi.

3. Davon termini o'lchami kata bo'lgan tog'lar va tog' tizmalaridan oshib o'tish joyi tushunchasini, ko'tal termini esa pastqam tog'lar va balandliklardan oshib o'tish joyi tushunchasini ifodalagan va shunday orografik obyektlarining nomlarini shakllanishiga xizmat qilgan.

References:

1. Bobur. Boburnoma. - Toshkent: Fan nashriyoti, - 1960. -513 b.

2. Danzanova N. I. Orograficheskaya terminologiya v mongolbskix yazbikax (formbi vozvbishennogo relbefa). AKD, Ulan-Ude, 2012. S. 20.

3. Geograficheskiy entsiklopedicheskiy slovar. Ponyatiya i terminyi (red. Alaev E.B., Kotlyakov V.M., Preobrajenskiy V.S., Treshnikov A.F.).— M., Sov. entsiklopediya, 1988. 456 str.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

4. Melxeyev N.M. Toponimika Buryatii. Istoriya, sistema i proisxojdenie geograficheskix nazvaniy. Ulan-Ude, 1969. -s. 185.

5. Мурзаевы Э.и В. Словарь местных географических терминов. -Москва: ГИГЛ, 1959. -153 с.

6. Murzaev E. M. Mongolbskie elementbi v toponimii Kirgizii. - Geograficheskie issledovaniya v Kirgizii. Frunze, 1970.

7. Nikonov V.A. Zametki po oronimii Kirgizii. - V sb.: Onomastika Sredney Azii. Moskva, 1978. str. 86-105.

8. Oruzbaeva B. O. O kirgizskix i mongolbskix leksicheskix parallelyax v toponimike. -Izvestiya AN Kirgizskoy SSR, 1971, I. S. 108 - 111.

9. Umurzakov S.U. O kirgizskix geograficheskix terminax, oboznachayushix pereval. -Vsesoyuznaya konferentsiya po toponimike SSSR. L., 1965.

10. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. - Toshkent: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2006. I - 680 b.; II - 672 b.; III - 688 b.; 2008. IV - 608 b.; V - 592 b.

11. QoraevS. Uzbekiston viloyatlari toponimlari. -Toshkent: "Uzbekistan milliy yentsiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2005. -223 b.

12. Qorayev S. Toponimika. -Toshkent: "Ma'rifat-Print", 2006. -318 b.

13. Qoraev S. Uzbekiston viloyati toponimlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.