Научная статья на тему 'BALANDLIK SHAKLINI IFODALOVCHI OROGRAFIK TERMINLAR VA O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA ORONIMLARINING YASALISHI'

BALANDLIK SHAKLINI IFODALOVCHI OROGRAFIK TERMINLAR VA O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA ORONIMLARINING YASALISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oronim / oronimiya / indicator / termin / tog’ / adir / cho’qqi / balandlik. / oronim / oronymy / indicator / term / mountain / hill / peak / height.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Begimov, Odil Toxtamishovich, Shodmonova, Nigora Irgashyevna

O’zbekistonning Janubiy hududlarida oronimlarining tadqiqi, ularning yasalishida balandlik tushunchasi bilan bog‘liq orografik terminlar muhim ahamiyatga egaligini ko’rsatdi. Maqolada oronimlar yasalishida xarakterli bo‘lgan shunday indikatorlarning tarixiy-lisoniy xususiyatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

OROGRAPHIC TERMS REPRESENTING ALTITUDE FORM AND FORMATION OF MOUNTAINS IN THE SOUTHERN REGIONS OF UZBEKISTAN

The study of oronims in the southern regions of Uzbekistan showed the importance of orographic terms related to the concept of height in their formation. The article describes the historical-linguistic features of such indicators, which are characteristic for the formation of phonemes.

Текст научной работы на тему «BALANDLIK SHAKLINI IFODALOVCHI OROGRAFIK TERMINLAR VA O‘ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA ORONIMLARINING YASALISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

UDK 811.512.133

BALANDLIK SHAKLINI IFODALOVCHI OROGRAFIK TERMINLAR VA O'ZBEKISTONNING JANUBIY HUDUDLARIDA ORONIMLARINING

YASALISHI

Begimov Odil To'xtamishovich

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori

begimovodil@mail.ru Shodmonova Nigora Irgashyevna

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

O'zbekistonning Janubiy hududlarida oronimlarining tadqiqi, ularning yasalishida balandlik tushunchasi bilan bog'liq orografik terminlar muhim ahamiyatga egaligini ko 'rsatdi. Maqolada oronimlar yasalishida xarakterli bo 'lgan shunday indikatorlarning tarixiy-lisoniy xususiyatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: oronim, oronimiya, indicator, termin, tog', adir, cho'qqi, balandlik.

АННОТАЦИЯ

Изучение оронимов южных регионов Узбекистана показало значение орографических терминов, связанных с понятием высоты, в их формировании. В статье описаны историко-лингвистические особенности таких показателей, характерных для образования фонем.

Ключевые слова: ороним, оронимия, показатель, термин, гора, холм, вершина, высота.

ABSTRACT

The study of oronims in the southern regions of Uzbekistan showed the importance of orographic terms related to the concept of height in their formation. The article describes the historical-linguistic features of such indicators, which are characteristic for the formation of phonemes.

Key words: oronim, oronymy, indicator, term, mountain, hill, peak, height.

KIRISH

Ma'lumki, oronimlar relefning musbat (qabariq) va manfiy (botiq) shaklini ifodalovchi geografik obyektlarning atoqli oti hisoblanadi. Bunday atoqli otlar,

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

asosan, shu turlarga tegishli tushunchalarni ifodalaydigan terminlar vositasida yasaladi. Biz bu maqolada relefning musbat shakli, ya'ni balandlik tushunchasi bilan bog'liq terminlarning leksik-semantik xususiyatlari va ularning oronimlar yasalishidagi ishtiroki masalasini Janubiy O'zbekiston materiallari asosida ko'rib chiqamiz. Ular ishtirokida yasalgan oronimlar asosan yer sathidan baland bo'lgan geografik obyektlarga tegishli. Nom ijodkorlari bo'lgan mahaliy aholi atroflaridagi yoki o'zlari munosabatda bo'lgan orografik obyektlarning hajmi, shakli, ko'rinishi, balandlik darajasi, miqdor belgilari va boshqa xususiyatlarini ifodalovchi turli terminlarni yaratishgan. Keyinchalik shu terminlar orografik obyektlarnining xususiyatlarini ifodalovchi indicator sifatida oronimlarning shakllanishida xizmat qilgan.

Ma'lumki, balandlik tushunchasi bilan bog'liq har qanday orografik termin oronimik indikator bo'lolmaydi. Biz maqolada oronimlar va ulardan kelib chiqqan boshqa turdagi joy nomlari tarkibida indikator bo'lib kelish imkoniyatiga ega bo'lgan so'z va atamalar ustida to'xtalamiz.

TADQIQOTNING METODOLOGIK ASOSLARI VA USULLARI

Tadqiqot metodologiyasi tilshunoslikda amal qiladigan tarixiylik tendentsiyasiga asoslanadi, ya'ni barcha hodisalar tarixiy-ijtimoiy voqelik bilan bog'liq holda talqin qilishga asoslanadi.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy bazasini zamonaviy tilshunoslikning onomosologiya sohasida qo'llaniladigan ilmiy fikrlarni tahlil qilish usullari tashkil etadi. Shuningdek, toponimlarning lingvistik tadqiqida jamoa va xususiylik, mohiyat va hodisa, shakl va mazmun bilan uyg'unlashgan dialektik qonuniyatlarga asoslanadi.

Asosiy tadqiqot usuli sifatida qiyosiy-tarixiy, qayta tiklash, tuzilish va shakllanishiga ko'ra tahlil qilish, til faktlarini solishtirishdan foydalanilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Adir. Orografik termin sifatida tog' etagidagi cho'l va chala cho'l qirlarni ifodalaydi. Respublikamizning tog'oldi hududlarida ko'p uchraydi. Jumladan, Janubiy O'zbekstonda Qoratepa adiri, Miroqi adiri, Yakkabog' adiri, G'uzor adirlari mavjud. XI asrlar turkiy tilida aziz so'zi ham adir ma'nosida qo'llanilgan. Jumladan, Maxmud Koshg'ariy lug'atida aziz - "baland yer va boshqa baland narsalar" ma'nosida kelishi ko'rsatilgan. U aziz tog' birikmasi tarkibida kelib, "oshib o'tish mumkin bo'lmagan tog'" ma'nosini berishi ko'rsatilgan [9: I, 88]. T. Nafasov ham aziz va adir so'zlari o'zakdosh ekanligini ta'kidlagan, ular tarkibidagi z va d

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tovushlaridagi farqlar talaffuz xususiyatlaridan kelib chiqqanligini, so'z oxiridagi r~z tovushlari co'z yasovchilik vazifasining bajarishini ko'rsatgan [14:10].

Ayri. Bu so'z orografik xarakterdagi termin hisoblanib, u ayri ~ ayriq -"ayrilgan, ajralgan; o'rkachga o'xshash balandlik, orasi kichik o'yiq bilan ajralib turgan, yonma-yon joylashgan ko'p kichik tepalardan iborat bo'lgan balandlik" tushunchalarini ifodalaydi. Shu tushuncha asosida orografik ob'ektlarning nomini yasalishiga xizmat qiladi: Qoraayri (Do., balandlik), Oqayri (Do., Qm., balandlik), Og'ayri (Qm., q-q).

Bayir//boyir. Bu so'z orografik atama sifatida bir qancha turkiy tillarda uchraydi. Bu so'z bayir ~ boyir ~ baytir ~ bair shakllarida qozoq, qirg'iz, qoraqalpoq, turk, turkman, ozarbayjon, nug'ay, gagauz, qirim-tatar tillarida turli fonetik variantlarda uchraydi. U bu tillarda turli ma'no xususiyatlariga ega: tepa; do'nglik; balandlik; tog' yonbag'ri, qiyalik; tekislik, yalanglik; haydalmagan yer. Jumladan, turkman tilida baytir - do'nglik, balandlik; qozoq tilida baytir - qumli cho'llarda shamol natijasida hosil bo'lgan botiq joy [8:47]. Eski o'zbek tilida boyir - kichik tepa, tekislikdagi hajmi kichik balandlik ma'nolariga ega bo'lgan. Alisher Navoiyning "Nasoyimul muhabbat" asarida shu ma'noda qo'llangan [13:1,309]. Bu so'z orografik indikator sifatida oronimlar yasalishiga xizmat qilgan: Qorabayir (Shs., tepa) -unchalik baland bo'lmagan tepa. Turkmanistonda Qizilboyir, Qiziljaboyir, Qorabayir, Birinboyir, Yelboyir, Yetimboyir, Darvozaboyir degan balandliklar bor. Shuningdek, bu so'z toponimlar tarkibida aniqlovchi komponent bo'lib ham keladi: Boyirgaza (Chr., gaza), Bayirko'l ( Yab., ko'l).

Bo'ktar. Bu oronimik indikator hisoblanib, ba'zi turkiy tillari, jumladan, qirgiz tili, shuningdek, o'zbek tilining ba'zi bir qancha shevalari (masalan, Zomin, G'allaorol tumanlari)da "tog' etagi" tushunchasini ifodalaydi. Bu so'z Mahmud Koshg'ariyning «Devonul lug'atit turk» asarida ham qayd etilgan. Maxmud Koshg'oriy uni bo'ktir - "tog' oldi, tog'dagi tepalik joy" shaklida qo'llagan [9 : I, 424]. Qirg'iz tilida bekter, o'zbekchada bo'ktar - "tepalik" (asosan tog' oldi hududida). Demak, bu so'z o'z ma'no xususiyatiga ko'ra "adir" so'ziga mos keladi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Bo'ktaryo'l (Zomin) toponimi - "tog' oldi hududidan, adirlikdan o'tgan yo'l" ma'nosiga ega. Bu termin qozoq tilida ham shu ma'noda qo'llanadi. G. Konkashpaev Amonbukter toponimini keltirgan [126 : 189].

Bo'rlik. XII - XIII asrlar turkiy tilida - tepalik, qir; chakalak, to'qay. «Hibatul-haqoyiq»da ham shu ma'noda qo'llangan [12:260]. Bo'llik (Chr. adir, balandlik) oronimi shu indikator asosida kelib chiqqan.

Dumaloq. Bu so'z orografik atama sifatida "uchi konussimon, girdi silliq choshtepa shaklida bo'lgan balandlikning bir turini ifodalaydi. U anglatgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tushunchasi bilan bog'liq orografik ob'ektlarning nomlarini yasalishiga xizmat qiladi. Jumladan, Janubiy O'zbekistoning Qoradumaloq, Oqdumoloq (Do., balandliklar) oronimlari tarkibida oronimik indikator sifatida kelgan.

Do'ng. Bu so'z orografik termin sifatida "cho'qqisimon balandlik, yer sathidan ko'tarilgan balandlik" tushunchalarini ifodalaydi. Bu so'z qadimgi turkiy va mo'g'ul tillaridagi qara~xara - "balandlik, do'nglik" ma'nosidagi so'zga sinonim. Bu termin do'ng ~ to'ng shakllarida oronimlar yasalishiga xizmat qilgan: Qorado'ng (Nsh., joy), Boydo'ng (Chr., tepa).

Sirt. Bu so'z turkiy tillarga tegishli bo'lib, M. Koshg'ariy asarida keltirilishicha, XI asrlarda qipchoqcha "kichik tepa, kichik vodiy" ma'nolarini bildirgan [9: I, 328]. Orografik xarakterdagi termin sifatida oronimlar va boshqa turdagi ob'ektlar nomlari tarkibida uchraydi: Belassirt (Do., balandlik), Qorasirt (Do., tog').

Tal//tall. Bu so'z kelib chiqishiga ko'ra arab tiliga tegishli bo'lib, o'zbek tiliga "tepa, tepalik" ma'nosini beradi [19:11,310]. Janubiy O'zbekiston oronimiyasida keng tarqalgan. Jumladan, Tallaktog' (Sho., tog'), Tallipaxsa (Msh. balandlik), Tallisor (Qr., tepa), Tillatepa (aslida Tallitepa, Do.), Taliqiztepa( Qr.), Talliqo'rg'ontepa (Qr.). Bu so'z XIV - XVI asrlar "Vaqfnoma" larida joy nomlari tarkibida ko'p uchraydi [21].

Tepa//tuva. Bu so'z termin sifatida usti gumbaz shaklidagi, yonbag'irlari qiya, do'ng, baland bo'lgan orografik ob'ekt turini ifodalaydi. Nisbiy balandligi 200 m dan oshmaydi. Janubiy O'zbekiston ayrim shevalarida teva, to'ba, tuva [196]; xorazm shevasida toba, dapa shakllarida qo'llanadi [16:15]. Bu indikator boshqa turkiy tillarda ham shu ma'noda qo'llanadi. Jumladan, oltoy tilida tobe, boshqird tilida tuba, turkman tilida depe, qoraqalpoq tilida tobe shakllariga ega. Joy nomlari tarkibida ko'p uchraydi: Barintepa, Barsag'ontepa, Bozortepa, Yetimtepa, Bag'ishto'ba, Tevat va h.k.

Taram. Bu so'z orografik termin sifatida cho'qqi, qoya singari uchli balandliklarning tizmasimon yoki qirga o'xshash bir qismining yonma-yon kelishi bilan bog'liq tushunchani ifodalaydi. U mahalliy xarakterdagi oronimik indikator sifatida Janubiy O'zbekiston oronimlarining yasalishiga xizmat qiladi: To'g'iztaram (qoya, balandlik).

Uva. Bu so'z orgrafik xarakterdagi termin bo'lib, Quyi Qashqadaryo shevasida uva - "tekis joydagi, cho'ldagi kichik do'nglik, yassi balandlik" ma'nolarini beradi. Uva ~ uba ~ o'ba - kelib chiqishiga ko'ra turkiy tillarga xos so'z. Tatar tilida uba -"kichik balandlik, baland joy; boshqirdlarda - "tepa; qaracha-balqar, qaraim, no'g'ay tillarida oba - "tosh uyumi"; "tepa, tepalik" ma'nolariga ega [18:114]. Genezisi mo'g'ul va tungus-manjur tillaridagi obo ~ ovo (tepa, do'nglik, balandlik, yolg'iz

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tepalik; tosh uyumi, tosh to'da) so'zi bilan bog'liq. Bu termin omimik indikator sifatida Uvaliq (yaylov) oronimida saqlangan. Shuningdek, bu indikatorni Uvada (Chr., q-q.) toponimida ham ko'rish mumkin. Tarkibiy tuzilishiga ko'ra uva+da shaklida bo'lgan bu nomning ikkinchi komponentini T. Nafasov -da < o:ta ~ o:da (do'nglik, balandlik; suv ichidagi baland joy, orol) shaklida o'zgarib borganligini ko'rsatadi [14:186].

Shiram. Bu so'z mahalliy xarakterdagi orografik termin hisoblanib, "tog' bag'ridan quyi tomon davom etgan cho'ziq balandlik, uzun qir, tizma" tushunchalarini ifodalaydi. U asosan Janubiy O'zbekiston, Turkmaniston va Tojikiston qo'ng'irotlari nutqida uchraydi. Dehqonobod tumanining tog'li hududlar aholisi nutqida "bir tomoni tik jarlik bo'lib, boshqa tomonlari yassiroq yoki qiyalik bo'lgan cho'ziq balandlik" tushunchasini ham ifodalaydi [14:19]. Bu so'z oronimik indikator sifatida joy nomlari yasalishiga xizmat qiladi. Jumladan, Shiram (Do., balandlik, tizma), Shiran (Qm., tepa), Asqarshiram (Do., balandlik), Mullashiram, Bo'lakshiram, Qizilshiram, Uzunshiram (Do., balandliklar) oronimlari misolida buni ko'rish mumkin.

Shoti. O'zbek tilining ayrim shevalarida narvon ma'nosidagi so'z bilan shakldosh bo'lgan bu orografik termin "yolg'iz yo'li bo'lgan katta balandlik, cho'qqi" ma'nolariga ega. U shu ma'nosi asosida oronimilar tarkibida indikator sifatida qo'llanadi: Tuyashoti (Do., balandlik).

Qashqa. Bu so'z yasama bo'lib, tarkibiy jihatdan qash+qa qisimlariga bo'linadi. U umumturkiy tillarga tegishli qadimgi so'z hisoblanadi. Qadimgi turkiy tilda qash -tepa, balandlik [11:412]; XI asr turkiy tilida har narsaning cheti, yoqasi, yoni, qirg'oq ma'nosiga ega bo'lgan [9:111, 166; 70:431]. XIII asr yodgorliklarida - tog' cho'qqisi, balandlik, tizma tog' [10:160] ma'nolarini bildirgan. L.Z. Budagov lug'atida chig'atoy tilida qash - "balandlik, tepa, tog' tizmasi, do'nglik" [2:II,15]; V.V. Radlov lug'atida qash - "o'simta, qavariq joy; balandlik, tepa, ko'tarma; baland qirg'oq; yon, chet" [15:II, 386] kabi ma'nlarga ega ekanligi ko'rsatilgan. Shuningdek, Oltoy tillarida qash - qirg'oq, biron narsani cheti; tepa, balandlik; uch, etak [3:133, 136]; tog' cho'qqisi [5:194]; xakas tilida xas - qirg'oq; balandlik, do'nglik; biron narsaning cheti, qirg'og'i [20:278] ma'nolarini bildiradi. Yuqorida keltirilgan misollardan ko'rinadiki, bu so'z umumiy jihatdan ikki xil ma'noga ega: 1) balandlik (tepa, cho'qqi, tog' tizmasi); 2) qirg'oq ( birn narsa yoki balindlikning cheti, yoni). Bu so'zning ma'nolaridan ko'rish mumkinki, u orografik xarakterdagi termin hisoblanadi. U shu ma'no xususiyatlari asosida oronimlar yasalishiga xizmat qilgan. Masalan, Qashqatepa (G'z., tepa), Qashqaqum (Do., joy), Qashqatau (Qozog'iston, tog'), Qashqaashu (Qirg'iziston, dovon) kabi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Qir. Bu so'z orografik termin hisoblanib, usti yassi yoki salgina gumbazsimon balandliklar, tepaliklar, platolar, yassi past tog'lar tushunchasini ifodalaydi. Masalan, O'rta Rossiya qirlari, Volgabo'yi qirlari. Qoraqum va Qizilqumdagi qoldiq plotalar, usta yassi past tog'lar ham «qir» deyiladi. Qirlar baland tekistliklar, tog'larning oqar suvlar, shamol yemirilishidan, tektonik ko'tarilishidan hosil bo'ladi [4:149]. Maxmud Koshg'ariy bu so'zni ikki xil ma'noda izohlaydi: qir - 1) "to'g'on, suv to'planadigan joy; 2) "qir, yassi tog'"[9:I, 314]. U oronimik indikator sifatida orografik va boshqa turdagi ob'ektlar nomlarini yasalishiga xizmat qilgan. Masalan, u Asqarqir (Yab., qir), Bo'lakqir (Ks., qir), Darvozaqir (Mb., balandlik), Oqqir (Ks., qir) kabi oronimlar tarkibida uchraydi. Xorazm toponimiyasida bu indikator "tekis maydon, ekin qilmaydigan katta dala, qo'y boqiladigan tekislik, o'tloq" ma'nolarini beradi [6: 66].

Baroz. Kelib chiqishiga ko'ra eroniy tillarga tegishli bu so'z «baland joy» ma'nosiga ega. Bu so'z Avestoda keltirilgan Xar-Barazayti atamasi tarkibida uchraydi. U "baland xara" deb tarjima qilingan [1: 347]. Shundan bilish mumkinki, orografik xarakterga ega bo'lgan bu atama juda qadimgi tarixga ega. Tojikistonda bu so'zdan yasalgan toponimlar uchraydi: Barozgo «baland joy» [17 : 69]. Bu atama osetincha barz «to'da, balandlik, qo'rg'on, ko'plik»; bar «tog' bag'ri», qadimgi armancha bardzravandon «yassitog'lik» atamalariga mos keladi [7:189]. Orografik termin sifatida oronimlar yasalishiga xizmat qilgan. Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida bu termindan bir qator toponimlar yasalgan: To'pchiboybaroz, Kattabaroz, Kichikbaroz va b. [7:189]. Buzovut [Chr., q-q.) toponimi tarkibida ham shu termin saqlangan. Bu nom so'g'dcha barz+ovut komponentlaridan shakllangan. Eroniy va turkiy tillarda burz ~ borz ~ barz "baland, yuqori" variantlarida qo'llangan. -ovut —ovat —ut - so'g'dcha avat "joy" so'zidan shakllangan [14:45]. Bu nom dastlab oronim sifatida vujudga kelib, keyinchalik oykonimga o'tgan.

XULOSA

Yuqorida keltirilgan tahlillardan quyidagi xulosaga kelish imkonini beradi:

1. Relefning musbat shaklini ifodalaydigan orografik terminlar shu shakldagi oronimlarning shakllanishida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

2. Relefning musbat shakliga tegishli oronimlarning yasalishida shu turdagi har qanday orografik termin ham ishtirok etmaydi. Unda faqat qandaydir xususiyatiga ega bo'lgan, nom ijodkorlari bo'lgan aholining hayotiy ehtiyojlari, yashash tarzi bilan bog'liq bo'lgan, o'zaro munosabat natijasida ularning ko'proq e'tiborini tortgan orografik obyektlarni ifodalaydigan terminlar oronimlar tarkibida muhim indikator sifatida qatnashadi.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

3. Relefning musbat shakliga tegishli orografik terminlar kelib chiqishiga ko'ra qadimgi turkiy va eroniy tillarga tegishli lug'viy birliklardan shakllangan. Bu xususiyat mazkur hududda qadimdan yashab kelayotgan shu tillar vakllari tomonidan yaratilganligini ko'rsatadi.

REFERENCES:

1. Avesto (Tarixiy-adabiy yodgorlik). Toshkent: "SHarq" nashriyoti, 2001.

2. Geografîk terminlar va tushunchalar izohli lug'ati (tuzuvchilar: Qorayev S., G'ulomov P., Rahimbekov R.). T., 1979.

3. Koshg'ariy M. Devonu lug'ati turk . : UzSSR fan. Akad. T.: Fan, T. I , 1960, -449 b.; T. II, 1961, - 427 b.; T. III, 1963, - 466 b.

4. Navoiy asarlarining izohli lug'ati. I - VI, T., 1983 - 85.

5. Nafasov T. O'zbekiston toponimiyalarining izohli lug'ati . -T.: O'qituvchi, 1988.-290 b.

6. Rajabov O'.H. Topnimik indikatorlarning funktsional-semantik hususiyatlari. Nomzod. diss. avtoreferati. Toshkent, 2009. -S. 19.

7. Rozenfeld A. Z.. Toponimika Vandja v kn.: «Toponimika Vostoka», M., 1962. -S. 66 - 72.

8. Far^angi zaboni tojiki, I-II, M., 1969. -950 s.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.