Научная статья на тему 'ORGANIZING AN INVESTMENT ACCOUNT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN'

ORGANIZING AN INVESTMENT ACCOUNT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Consolidation / preparation / presentation / international standards of financial reporting / group / business merger / energy resources / Consolidation / preparation / presentation / international standards of financial reporting / group / business merger / energy resources

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xasanova Xusnoraxon

In the world, special attention is being paid to fully satisfying the needs of the population for electricity supply, attracting investments to the production of renewable energy sources and improving accounting for its use. According to the analyzes of the "Enerdata" agency, "in 2021, compared to 2020, the volume of investments in the electricity system increased by 27%, investments in renewable energy sources amounted to 755 billion US dollars." In order to achieve the correct accounting of investments made in the field in the enterprises of the electric energy network, the enterprises under the influence require the management of economic transactions in the subsidiaries.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZING AN INVESTMENT ACCOUNT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In the world, special attention is being paid to fully satisfying the needs of the population for electricity supply, attracting investments to the production of renewable energy sources and improving accounting for its use. According to the analyzes of the "Enerdata" agency, "in 2021, compared to 2020, the volume of investments in the electricity system increased by 27%, investments in renewable energy sources amounted to 755 billion US dollars." In order to achieve the correct accounting of investments made in the field in the enterprises of the electric energy network, the enterprises under the influence require the management of economic transactions in the subsidiaries.

Текст научной работы на тему «ORGANIZING AN INVESTMENT ACCOUNT IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN»

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA INVESTITSIYALAR HISOBINITASHKIL ETISH

Phd., Xasanova Xusnoraxon Faxriddinovna Alfraganus University xusnora4843@gmail.com

Annotatsiya. Jahonda iqtisodiyot tarmoq va sohalari hamda aholining elektr energiyasi ta'minotiga ehtiyojini to'liq qondirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ishlab chiqarishga investitsiyalar jalb etilishi va undan foydalanish hisobini yuritishni takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. «Enerdata» agentligi tahlillariga ko'ra, «2021 yilda 2020 yilga nisbatan elektr energiyasi tizimiga kiritilgan investitsiyalar hajmi 27 foizga oshdi, qayta tiklanuvchi elektr energiyasi manbalariga kiritilgan investitsiyalar 755 milliard AQSh dollarini tashkil etdi» . Elektr energetikasi tarmog'i korxonalarida sohaga kiritilayotgan investitsiyalar hisobini to'g'ri yuritishga erishishda ta'sir ostidagi korxonalar, sho"ba korxonalarda xo'jalik muomalalarini yuritishni talab etmoqda.

Jahonda energetika sohasiga investitsiyalarni jalb etishni keskin kengaytirish, investitsiyalar hisobini moliyaviy hisobning xalqaro standartlari asosida muvofiqlashtirish, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni taqdim qilishni takomillashtirish va uning samadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Elektr energetikasi tizimida aktsiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatining tarkibiy tuzilishini bozor tamoyillari asosida baholash, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari deskriptiv modellar orqali tahlil qilish singari yo'nalishlarda ilmiy tadqiqotlarolib borilmoqda.

O'zbekistonda elektr energiyasi tizimiga investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, aholining elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash masalalariga ustuvoryo'nalish sifatida qaralmoqda. «Davlat-xususiy sheriklik asosida energetika, kommunal xizmatlar, suv xo'jaligi va boshqa sohalarga 14 milliard AQSh dollarga teng investitsiya jalb etish, iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash hamda iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish, 2026 yilga kelib, elektr energiyasi ishlab chiqarish ko'rsatkichini qo'shimcha 30 milliard kVt.soatga oshirib, jami 100 milliard kVt.soatga yetkazish» vazifasi belgilangan. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda investitsiya muhitini yaxshilash, investitsiyalar hisobini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni asoslash, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlash hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.

Jahonda har yili jami 15 mlrd. t. shartli yoqilg'i energiya resurslari sifatida ishlatiladi. O'tgan asrning 90-yillari boshlarida butun dunyodagi elektr stantsiyalarining jamlanma quvvati 2,5 mlrd. kVt dan ortiq bo'lgan, elektr energiyasini ishlab chiqarish esa yiliga 12 trln. kVt/s darajasiga ko'tarilgan. So'nggi o'n yillikning o'zida dunyo bo'yicha elektr energiyasini ishlab chiqarish deyarli 1,5 baravarga o'sgan. Sezilarli o'zgarishlar, asosan, ishlatilayotgan yoqilg'i turlariga nisbatan, shuningdek, global energetika bozorining geografik tuzilishida yuz bergan. Barcha elektr energiyasining 3/5 qismidan ortig'i sanoati rivojlangan mamlakatlar, asosan, bu sohada alohida ajralib turuvchi AQSh, MDH (Rossiya), Yaponiya, Germaniya, Kanada, Xitoy davlatlari hissasiga to'g'ri keladi.

Kalit so'zlar. Konsolidatsiya, tayyorlash, taqdim etish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, guruh, biznesning birlashishi, energiya resurslari.

Abstract. In the world, special attention is being paid to fully satisfying the needs of the population for electricity supply, attracting investments to the production of renewable energy sources and improving accounting for its use. According to the analyzes of the "Enerdata" agency, "in 2021, compared to 2020, the volume of investments in the electricity system increased by 27%, investments in renewable energy sources amounted to 755 billion US dollars." In order to achieve the correct accounting of investments made in the field in the enterprises of the electric energy network, the enterprises under the influence require the management of economic transactions in the subsidiaries.

In the world, special attention is being paid to scientific research aimed at dramatically expanding the attraction of investments in the energy sector, coordinating investment accounting based on international standards of financial accounting, improving the presentation of consolidated financial reports and increasing its effectiveness. In the electric power system, scientific research is being carried

out in areas such as the evaluation of the structural structure of the accounting policy of joint-stock companies based on market principles, the analysis of the consolidated financial report through the descriptive models of the international standards of financial reporting.

In Uzbekistan, expansion of investments in the electricity system, continuous supply of electricity to the population is considered as a priority. "On the basis of public-private partnership, to attract investments equal to 14 billion US dollars in energy, communal services, water management and other sectors, to continuously provide the economy with electricity and to increase the energy efficiency of the economy by 20%, by 2026, the indicator of electricity production will be increased by 30 the task of increasing it to a billion kWh and bringing it to 100 billion kWh" In the implementation of these tasks, improving the investment environment, substantiating proposals and recommendations aimed at improving investment accounting, and preparing consolidated financial statements based on international standards of financial reporting are among the current issues.

A total of 15 billion annually in the world, t. Conventional fuels are used as energy resources. In the early 90s of the last century, the total capacity of power plants around the world was 2.5 billion. kW, and the production of electricity is 12 trillion per year, increased to kW/s. In the last decade alone, the world's electricity production has increased by almost 1.5 times. Significant changes have occurred mainly in relation to the types of fuel used, as well as in the geographical structure of the global energy market. More than 3/5 of all electricity is contributed by industrialized countries, mainly the USA, CIS (Russia), Japan, Germany, Canada, and China, which stand out in this field.

Keywords. Consolidation, preparation, presentation, international standards of financial reporting, group, business merger, energy resources.

KIRISh.

O'zbekiston Respublikasida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlash va taqdim etish, shu jumladan, konsolidatsiyalashgan guruh tarkibini belgilash tartibi quyidagi ro'yxatda keltirilgan bir qator me'yoriy-huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi:

1) O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi 0'RQ-404-son Qonuni (yangi tahrirda);

2) O'zbekiston Respublikasining 2015 yil 3 iyundagi «Qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'RQ-387-son Qonuni (yangi tahrirda);

3) O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlarto'g'risida»gi PQ-4611-son qarori;

4) MHXS (IFRS) 10 «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot»;

5)MHXS (IAS) 28 «Ta'sir ostidagi tashkilotlarga va qo'shma korxonalarga investitsiyalar»;

6) MHXS (IFRS) 3 «Biznes birlashuvlari»;

7) MHXS (IFRS) 11 «Birgalikdagi faoliyat bo'yicha kelishuvlar»;

8) MHXS (IFRS) 12 «Boshqa tashkilotlardagi ulushlarni yoritib berish».

Bizningcha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o'zida birlashgan bosh, sho"ba, ta'sir ostidagi tashkilot va qo'shma nazorat qilinadigan korxonalar shaxslar guruhining hisobot topshirish sanasiga mulkiy va moliyaviy holati hamda hisobot davri holatiga moliyaviy natijalarini tavsiflovchi ko'rsatkichlarning ma'lum qoidalar bo'yicha birlashgan tizimini ifodalaydi.

METODOLOGIYA.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot- bu bosh korxona va uning sho"ba korxonalarining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromad va xarajatlari, pul mablag'lari oqimlari yagona iqtisodiy faoliyat sub'ektining aktivlari, majburiyatlari, kapitali, daromad va xarajatlari, pul mablag'lari oqimlari sifatida taqdim etiladigan kompaniyalar guruhining moliyaviy hisobotidir. Aynan shunday ta'rif MHXS (IFRS) 10 «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot»da keltirilgan(l).

Xalqaro savdoning rivojlanishi, turli xil kompaniyalarning paydo bo'lishi, kapital bozorining globallashuvi, iqtisodiy jarayonlar va axborot texnologiyalarining globallashuvi turli mamlakatlar kompaniyalarining moliyaviy hisobotlarini uyg'unlashtirish zaruratini uyg'otdi. Keyingi yillarda moliyaviy hisobotlar hisobini xalqaro darajada uyg'unlashtirish jarayonlari sezilarli darajada tezlashdi.

O'zbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy etish va qo'llashga qiziqish tobora oshib bormoqda. Bu korporativ boshqaruv va investitsiyaviy jozibadorlik samaradorligini oshirish, biznes raqobatbardoshliligi va shaffofligini ta'minlashning eng muhim omillaridan biridir. So'nggi oylarda koronavirus pandemiyasi munosabati bilan, ko'pgina mamlakatlar hukumatlari barcha korxonalarning faoliyati va moliyaviy hisobotiga u yoki bu tarzda ta'sir etadigan cheklov chora-tadbirlarini qabul qildilar. Ushbu tadqiqot ishida biz moliyaviy hisobotni MHXSning amaldagi qoidalari asosida tayyorlash uchun pandemiyaning ta'siri va oqibatlarini ko'rib chiqishga harakat qilamiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevralda «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qarori qabul qilindi (2). Ushbu qaror O'zbekiston Respublikasida MHXSga o'tish tarixida yangi bosqichning boshlanishiga zamin yaratdi. Qabul qilingan hujjat tadbirkorliksub'ektlarining MHXSga o'tish jarayonini tubdan qayta ko'rib chiqishni taqozo etadi, ya'ni:

1.2021 yil yakunlaridan boshlab moliyaviy hisobotni MHXS asosida majburiy tartibda tayyorlaydigan shaxslar ro'yxati aniqlandi. Unga aktsiyadorlik jamiyatlari, tijorat banklari, sug'urta tashkilotlari va yirik soliq to'lovchilar toifasiga kiritilgan yuridik shaxslar kiradi. Ular quyidagilarni bajarishlari lozim:

2021 yil 1 yanvardan boshlab, MHXS asosida buxgalteriya hisobi yuritilishini tashkil etish;

MHXSni sifatli qo'llash uchun buxgalteriya xizmati xodimlari bilan yetarlicha ta'minlash.

O'zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat ulushi bo'lgan xo'jalik jamiyatlari va davlat korxonalarining MHXS asosida buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tayyorlashga o'tish jadvali har yili tasdiqlanishini hamda 1 iyunga qadar rasmiy veb-saytida e'lon qilinishini ta'minlaydi.

2. MHXSni joriy qilish bo'yicha vakolatli organ sifatida Moliya vazirligi belgilandi. Tegishli funktsiyalarning bajarilishi uchun vazirlik tarkibida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va e'lon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati bo'limi tashkil etildi.

Ushbu hujjatda zarur bilim va ko'nikmalarga ega malakali mutaxassislarning yetarlicha sonini tayyorlashni e'tiborga olgan holda, milliy kadrlarni tayyorlashga qat'iyan yangicha majmuaviy yondashuv nazarda tutilgan(3).

Birgalikdagi faoliyatni hisobga olish va konsolidatsiya uslubiyoti masalalariga daxldor bo'lgan yagona standartlar talablarining, shuningdek, kompaniya investitsiyalari to'g'risidagi axborotlarning ochiqlanishi bo'yicha talablarning o'rnatilishi moliyaviy hisobot globallashuvi jarayonidagi eng muhim bosqichlardan bin hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi ichida amal qiladigan buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS) bo'yicha tuzilgan moliyaviy hisobotdan foydalanish xorijiy investorlar tomonidan O'zbekistondagi kompaniyalarning moliyaviy-ishlab chiqarish faoliyatiga doir barcha jihatlarni yetarlicha tushunishlarini to'liq kafolatlay olmaydi.

Moliyaviy axborot - bu iqtisodiy qarorlarni qabul qilishning eng muhim vositasi bo'lib, kompaniya uchun investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatidan tashqari, jalb qilingan kapital qiymati ham uning sifatiga bog'liq. Bugungi kunda axborot eng qimmat resursga aylangan. Moliyaviy resurslar bo'yicha raqobat kurashida investorlarga o'zining moliyaviy holati to'g'risida keng, to'liq, tushunarli va ishonchli axborotlarni taqdim eta oladigan kompaniyalargina ustunlikka ega bo'ladi (4).

Hozirgi vaqtda ushbu maqsadlar uchun BHMSga nisbatan MHXS yaxshiroq xizmat qiladi. MHXSning alohida qismlaridan bin - bu investitsiyalar hisobidir.

Investitsiyalar hisobi - zamonaviy xalqaro buxgalteriya va moliya hisobining eng murakkab, shuningdek, milliy va shu jumladan, xalqaro standartlarning tartibga solinmagan jihatlaridan biridir.

Yu.V.Klimovning maqolasida «investitsiyalar hisobi» tushunchasi quyidagicha ifodalangan: «Birgalikdagi faoliyatni hisobga olish va konsolidatsiya uslubiyoti masalalariga daxldor bo'lgan yagona standartlar talablarining, shuningdek, kompaniya investitsiyalari to'g'risidagi axborotlarning ochiqlanishi bo'yicha talablarning o'rnatilishi moliyaviy hisobotning globallashuvi jarayonidagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. MHXS (IAS) 27* va PKR (SIC) 12* sharhida keltirilgan mavjud jamlanmaga yondashuvlarning nomuvofiqligini, shuningdek, qo'shma korxonalardagi ulushlarni MHXS (IAS) 31*ga muvofiq hisobga olishdagi farqlarni bartaraf etish maqsadida, MHXS Kengashi tomonidan

MHXS (IFRS) 10 «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot», MHXS (IFRS) 11 «Birgalikdagi faoliyat to'g'risidagi kelishuv», MHXS (IFRS) 12 «Boshqa kompaniyalarda ulushbay ishtirok etish to'g'risidagi axborotlarni ochiqlash» standartlari qabul qilindiki, bu o'zida tashkilotning boshqa kompaniyalar (sho"ba korxonalari, qo'shma korxonalar, ta'sir ostidagi tashkilotlarga kompaniyalar va boshqa birlashmaydigan birliklar) bilan munosabatlari to'g'risidagi axborotlarning ochiqlanishi bo'yicha talablarni o'z ichiga olgan yangi yagona standartni ifodalaydi»(5).

Inqirozli holatlar sharoitida ishonchli axborotni shakllantirish vazifalaridan kelib chiqib, umumiy muammolar orasidan MHXS (IFRS) 3, MHXS (IFRS) 10, MHXS (IFRS) 11, MHXS (IFRS) 12, MHXS (IAS) 24, MHXS (IAS) 27, MHXS (IAS) 28, MHXS (IAS) 36 talablarining bajarilishi bilan bog'liq muammolar ustuvor sifatida ajratib olindi va qisqacha yoritib berildi.

ADABIYOTLAR SHARHI.

Iqtisodchi olim S. Tashnazarov ta'kidlashicha, bugungi kunda kompaniyalarda moliyaviy hisobotlarini Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlari (MHXS) asosida tuzishga ob'ektiv zaruratlar mavjud. Qonunda ko'zda tutilgan tartibda MHXSIarini qo'llash tartibi joriy etildi. Dunyo bozoriga chiqish, xalqaro kredit olish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun moliyaviy hisobotni MHXSIari bo'yicha tuzish maqsadga muvofiqdir. Mamlakatimizda MHXSIari asosida moliyaviy hisobot tuzayotgan kompaniyalar soni oshib bormoqda. Chunki, moliyaviy hisobotning shaffofligini oshirishga erishish faqat MHXSIarga o'tish orqali amalga oshirilishi mumkin bo'ladi. Shu bois, xalqaro tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar hamda ilg'or instrumentlar va tajribalardan foydalanish kun tartibidagi dolzarb masalalardan hisoblanadi (6).

Iqtiodchi olim O.Avazov qo'yidagicha ta'rif bergan: Iqtisodiyotni jadal rivojlanib borish sharoitida xo'jalik yurituvchi sub'ektlar o'rtasida bo'ladigan iktisodiy munosabatlarda ular to'g'risidagi axborotlarning to'g'ri va ob'ektivligi muhim ahamiyatga ega. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar iktisodiy munosabatda bo'ladigan sub'ektlar to'g'risidagi axborotlarni moliyaviy hisobotdan oladilar. Bir nechta filiallari yoki sho"ba korxonalari bo'lgan xujalik yurituvchi sub'ektlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tayyorlaydi va takdim etadilar (7).

Fikrimizcha, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot (consolidated financial statements) - bu shunday hisobotki, unda bosh korxona va u tomonidan nazorat qilinadigan korxonalarning daromadlari, xarajatlari, mulki va majburiyatlari yagona korxonaning daromadlari, xarajatlari, mulki va majburiyatlari sifatida ifodalanadi.

NATIJALAR.

«Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qarorga muvofiq, rasman e'lon qilingan BHMS va MHXS muvofiqlashuviga qaramasdan, ular o'rtasida katta farqlar mavjud (8). Bu farqlar hisob yuritishning nafaqat ma'lum standartlari bo'yicha, balki moliyaviy hujjatlarni tuzish kontseptsiyalarining o'ziga ham tegishli. MHXS va BHMS o'rtasidagi asosiy farqlar moliyaviy hisobotni tuzish maqsadlaridadir. MHXSga muvofiq, hisobotni tuzish maqsadi investorlar va kreditorlar uchun buxgalteriya hamda boshqaruvga oid axborotlarni ochiqlashdan iborat. Ushbu ma'lumotlar tashkilotning boshqaruv hisobini yuritish va investitsiyaga oid qarorining sifatiga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir qiladi.

Sho'ba kompaniyalarini nazorat qiladigan bosh kompaniyalarga tegishli guruhda hisobotni tayyorlash uchun qo'llaniladigan MHXS standartlarining soni 8 ta, ular:

г

Investitsiyalarni hisobga olishda MHXS standartlari

i»- i Л

э

•"Boshqa tashkilotlardagi ulushlarni yoritib berish"

•"Bog'liq tomonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yoritib berish"

1-rasm. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning investitsiyaviy faoliyatlarini ifodalovchi MHXS

standartlari(9).

BHMSga muvofiq tuzilgan hisobotning maqsadi - nazorat qiluvchi organlar tomonidan soliq hujjatlarini tekshirish. Maqsadlar va foydalanuvchilar doirasi orasidagi farqlar muqarrar ravishda o'z ortidan moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillariga oid tizimli farqlarni yuzaga keltiradi. Quyida biz investitsiyalarni hisobga olishda MHXS va BHMS o'rtasidagi farqlarning solishtirma jadvalini keltiramiz.

1-jadval

Investitsiyalarni hisobga olishda MHXS va BXMS o'rtasidagi farqlarning solishtirma _jadvali(lO)._

MHXS Qisqacha ta'rifi BXMS

MHXS 3 (IFRS) «Biznes birlashuvlari» Sotib olish usuli bo'yicha korxonalarning moliyaviy birlashuvini aks ettirish talablarini belgilaydi.

BHMS 8 «Konsolidatsiyalash gan moliyaviy hisobotlar va sho'ba xo'jalik jamiyat-lariga investitsiyalarni hisobga olish»

MHXS 10 (IFRS) «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot» Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning tarkibiy tuzilishi va mazmuni bo'yicha minimal talablar yuzasidan tavsiyalar beradi.

MHXS 11 (IFRS) «Birgalikdagi faoliyat bo'yicha kelishuvlar» Birgalikda nazorat qilinadigan tadbirkorlik faoliyatida (ya'ni, qo'shma tadbirkorlikda) ishtirok etayotgan tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarini tayyorlash hamda taqdim etish tamoyillarini belgilaydi.

MHXS 12 (IFRS) «Boshqa tashkilot-lardagi ulushlarni yoritib berish» Ulushbay ishtirokka ega tashkilot tomonidan qo'llaniladi

MHXS (IAS) 24 «Bog'liq tomonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni yoritib berish» Bog'liq tomonlar o'rtasidagi munosabatlar va amaliyotlar, bog'liq tomonlarning bunday amaliyotlar bo'yicha qoldiqlari, jalb qilinganlik darajasi to'g'risidagi axborotlarning ochiqlanishini talab qiladi, shuningdek, bog'liq tomonlar va ular o'rtasidagi amaliyotlar haqidagi ma'lumotlarni ochiqlash bo'yicha talablarni tushuntiradi.

MHXS (IAS) 27 «Alohida moliyaviy hisobot» Tashkilot tomonidan alohida moliyaviy hisobotning tayyorlanishida sho'ba korxonalari, qo'shma korxonalar va ta'sir ostidagi tashkilotlarga tashkilotlarga kiritilgan investitsiyalarni hisobga olish va ular bo'yicha tegishli axborotlarni ochiqlash qoidalarini belgilaydi.

MHXS (IAS) 28 «Ta'sir ostidagi tashkilotlarga va qo'shma korxonalarga investitsiyalar» Ta'sir ostidagi tashkilotlar, qo'shma korxonalarga ulushbay ishtirok etish usuli bo'yicha kiritilgan investitsiyalarni hisobga olish tartibini yoritadi, shuningdek, o'z hisobotlarida shu kabi ma'lumotlarni ochib berishlari shart bo'lgan kompaniyalar doirasini belgilaydi.

MHXS (IAS) 36 «Aktivlarning qadrsizlanishi» Tashkilotlar aktivlarni hisobga olishda va ularni hisob-kitoblarda aks ettirishda aktivlarning balans qiymati qaytariladigan summadan oshib ketmasligi uchun qo'llashlari shart bo'lgan

_ tartibni belgilaydi.__

Shunday qilib, yuqoridagi jadvaldan MHXS va BHMS o'rtasidagi farqlarni yaqqol ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda ko'plab qoida va yo'riqnomalarga asoslangan rasmiy yondashuv hanuzgacha saqlanib qolgan. Bu qoida va yo'riqnomalar hisobchiga kompaniyada bo'layotgan ishlarni baholashda qayishuvchanlikni namoyon qilishiga yo'l qo'ymaydi (1-jadval).

O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 aprelda qabul qilingan yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi 0'RQ-404-con Qonuni, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 Yil

24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qaroridagi asosiy qoidalarni e'tiborga oigan holda, O'zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi sohasini isloh etishning hozirgi bosqichida konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisob va hisobotni tartibga solishni alohida ajratish imkoni yo'q (11), (12).

Boshqa kompaniyalarga kiritilgan investitsiyalarda yuqorida keltirilgan hisob-kitob qoidalarining ta'rifi konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda qo'llaniladi.

Mazkur ilmiy ishda ko'rib chiqilganlarni qo'llash deyarli barcha kompaniyalarning moliyaviy hisobotlariga tegishli.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev ta'kidlashicha: «Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz»(13).

Standartlarga taalluqli asosiy o'zgarishlarni tahlil qilinar ekan, quyidagi xulosalarni chiqarish zarur:

a) «Hisobga olish talablari» bandi shunday talabga aniqlik kiritadiki, bunda bosh tashkilot o'xshash amaliyotlarva shunga o'xshash sharoitlardagi boshqa holatlarda yagona hisob siyosatidan foydalangan holda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashi shart (14).

b) MHXS (IAS) 27 standartining «Alohida moliyaviy hisobot» bandida sho"ba korxonalari, ta'sir ostidagi tashkilotlarga kompaniyalar va birgalikda nazorat qilinadigan korxonalarga investitsiyalar hisobi alohida moliyaviy hisobotlar orqali ochib beriladi;

v) qachonki bosh kompaniya (yuqorida ko'rsatilgan kompaniyadan farqli ravishda) birgalikda nazorat qilinadigan korxona yoki ta'sir ostidagi tashkilotlarga kompaniyaga investitsiyalar bo'yicha alohida moliyaviy hisobotni tayyorlayotganda, quyidagi ma'lumotlarni yoritib berishi lozim bo'ladi:

- hisobot alohida bo'lgani fakti, shuningdek, bunday hisobotning nima uchun tuzilishi sabablari, agarki qonunchilik organlari tomonidan talab etil masa;

- sho"ba korxonalari, ta'sir ostidagi tashkilotlarga kompaniyalar va birgalikda nazorat qilinadigan korxonalarga kiritilgan yirik investitsiyalar ro'yxati va uni hisobga olish usuli, shu jumladan, nomi, ro'yxatdan o'tgan yoki joylashgan mamlakati, egalik ulushi yoki ovozlar ulushini yoritish.

Yuqorida keltirilgan standartlar sho"ba korxonalari, ta'sir ostidagi tashkilotlarga kompaniyalar va qo'shma korxonalarga investitsiyalarni hisobga olish tartibini belgilaydi, bunda kompaniya o'z ixtiyoriy tanlovi yoki kuzatuv organlarining talablariga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotini taqdim etadi.

XULOSA.

Fikrimizcha, moliyaviy hisobotlar konsolidatsiyasi - bu majmuaviy tartib-taomil bo'lib, yagona guruhning alohida korxonalari tomonidan berilayotgan hisobotni kelgusida birlashtirish va uyg'unlashtirishga yo'naltirilgan. Bunday tartib-taomil konsolidatsiyalashgan tashkilotlarning moliyaviy holati to'g'risida hartomonlama ma'lumotlarni olish talab etilgan hollarda o'tkaziladi. Hisobotlar paketi birlashtirilgan shaklda bitta butun holda taqdim etiladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda ishlatiladigan bosh korxona va uning sho"ba korxonalarining moliyaviy hisobotlari birxil sanada tayyorlangan bo'lishi shart. Agar bosh va sho"ba korxonalarning hisobot davrining oxirgi sanasi bir-biriga mos kelmasa, konsolidatsiya maqsadlari uchun sho"ba korxonasi bosh korxonaning sanasiga mos ravishda qo'shimcha moliyaviy hisobotni tayyorlaydi (amalda umuman mumkin bo'lmagan hollar bundan mustasno). «Guruh» to'g'risidagi xalqaro standartlarni aniqlashda tushunchalarning torligiga doim urg'u bermaslik uchun, xorijiy olimlar va amaliyotchilar «konsolidatsiya perimetri» atamasini ishlatishadi.

Yuqorida biz konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda investitsiyalar hisobining ba'zi qismlarini ko'rdik.

Quyida esa xorijiy olimlarning fikrlari bilan tanishamiz.

L.P.Krasnov, N.G.BoIbshakov, L.G.Kuznetsov, S.I.Puchkov, O.B.Lixachev kabi rossiyalik mualliflarning tadqiqotlarida asosan chet elda konsolidatsiyalashgan hisobotlartuzilmasligi va ularda «Investitsiyalar hisobi» hisobga olinmasligi to'g'risida eslatma bor edi. Shuningdek, ularning ishlarida nazariya, uslub va uslubiyotning ko'plab savollari yoritilmagan, konsolidatsiyalashgan hisobotni tuzish savollari esa yuzaki ko'rib chiqilgan.

Bugungi kunda energetika yo'nalishidagi aktsiyadorlik kompaniyalarida nazariya, uslubiyot va hisobot ta'minotini tashkillashtirish savollari tahlil qilinmasdan qolmoqda, konsolidatsiyalashgan hisobotning predmeti, vazifalari, taqdim etish mazmunining ilmiy asosi yo'q.

Awalambor, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning tavsiflanishiga, uning mahalliy va xorijiy olimlarning ilmiy ishlarida tushunilishiga, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning farqlari bilan aniq qaror qabul qilinishiga e'tibor qaratish zarur.

Z.M. Aliev o'zining ilmiy tadqiqotida quyidagicha ta'kidlaydi: «MHXS Kengashi o'zining qarorini shu bilan izohlaydiki, hisobot (shu jumladan, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot) asosli iqtisodiy qarorlarni qabul qilish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlar, ya'ni kompaniya (kompaniyalar guruhi)ning moliyaviy holati, faoliyatining moliyaviy natijalari to'g'risidagi ma'lumotlarda keng doiradagi foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirishi shart. Bundan tashqari, agar faoliyati guruh ichidagi boshqa kompaniyalar faoliyatidan ajralib turadigan kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlari sezilarli darajada katta bo'lsa, bunday kompaniyaning konsolidatsiya perimetridan chiqarilishi moliyaviy hisobot foydalanuvchilari tomonidan qabul qilinadigan iqtisodiy qarorlarga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin, ya'ni buning oqibati - konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot maqsadlarining buzilishi bo'lishi mumkin»(15).

V.M. Golikovning fikricha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot o'zining hajmi, tarkibi, mazmuni va ahamiyati jihatidan mulkdorlar soni cheklangan, boshqaruv tizimi sodda, faoliyati hajmi tor bo'lgan yakka tashkilotlarning buxgalteriya (moliyaviy) hisobotiga nisbatan ancha keng tushuncha. Konsolidatsiyalashgan hisobot ko'p hollarda transmilliy xarakter kasb etadi va aynan shuning uchun uni xalqaro darajada tartibga solish talab etiladi(16).

Ye.Yu. Volkova o'z ilmiy ishida konsolidatsiyalashgan hisobot - bu xalqaro standartlar tamoyillari, talablari, taxminlari asosida guruh a'zolarining moliyaviy va nomoliyaviy ma'lumotlarini birlashtirish yordamida shakllantirilgan, moliyaviy-xo'jalik faoliyati to'g'risidagi axborotlarni ochiqlaydigan va korxonalarning konsolidatsiyalashgan guruhini yagona xo'jalik sub'ekti sifatida tasavvur qilish imkonini beradigan moliyaviy hisobot ekanligini ta'kidlaydi(17).

Iqtisodchi olim O.Sobirov ta'kidlashicha, respublikamizdagi barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni (MHXS) talablar darajasida yuritish iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalar olib kirish hajmining oshishiga olib keladi(18).

«Moliyaviy hisobot» tushunchasi buxgalteriya hisoboti ma'lumotlarini ham o'z ichiga oladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot buxgalteriya hisobotining guruh, xo'jalik sub'ektlari nazorat munosabatlariga asoslangan faoliyatining moliyaviy natijalari va moliyaviy holatini tavsiflash uchun mo'ljallangan birturi sifatida baholanadi.

Bizningcha, ilmiy tadqiqotlarda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni shakllantirish bo'yicha ko'plab amaliy masalalar hali ochiqligicha qolmoqda yoki ko'rib chiqilmagan, jumladan, energetika tarmog'ida investitsiyalarni hisobga olish xususiyatlari ham yetarlicha tadqiq etilmagan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz investitsiyalar hisobini energetika sohasidagi juda katta va dolzarb masala sifatida baholaymiz. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda konsolidatsiyaning barcha usullari aniq-ravshan aks ettirilishi lozim. Va albatta, MHXSga muvofiq konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda investitsiyalarni hisobga olishda ishlatiladigan hisoblarni yoddan chiqarish mumkin emas.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

1.MSFO (IFRS) 10 Consolidated Financial Statements. Konsolidirovannaya finansovaya otchetnostb. https://fin-accounting.ru/ifrs/ifrslO.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son, 31.10.2020 y., 06/20/6098/1432-son; 23.08.2021 y., 06/21/6280/0811-son. https://lex.uz/docs/4746047.

3. Perexod na MSFO v Uzbekistane budet uskoren. https://www.norma.uz/novoe_v_zakonodatelstve/perehod_na_mejdunarodnye_standarty_finansov oy_otchetnosti_v_uzbekistane_budet_uskoren.

4. Sravnenie MSFO i RSBU. Printsipialbnbie rasxojdeniya v uchete. statbya. MSFO, Dipifr finansbi i MSFO: teoriya i praktika. http://msfo-dipifr.ru/sravnenie-msfo-i-rsbu//.

5. Uchet investitsiy: novbie trebovaniya MSFO 10, MSFO 11, MSFO 12. Yu. V. Klimova. Statbya. 2011

g-

6. S. Tashnazarov. Moliyaviy hisobotning MHXS bo'yicha transformatsiyasi zarurati, mohiyati va bosqichlari. «Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar» ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyunb,2017yil. http://iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/3_S_Tashnazarov.pdf

7. 0. Avazov. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hibotni tekshirishda auditorlik dalillarini tuplash va uni takomillashtirish. https://cyberleninka.ru/article/n/konsolidatsiyalashgan-moliyaviy-isobotni-tekshirishda-auditorlik-dalillarini-t-plash-va-uni-takomillashtirish.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son, 31.10.2020 y., 06/20/6098/1432-son; 23.08.2021 y., 06/21/6280/0811-son www.lex.uz.

9. Muallif ishlanmasi.

10. Muallif ishlanmasi.

11. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 aprelda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi to'g'risida»gi 0'RQ-404-con Qonuni (yangi tahriri). https://lex.uz/acts/2931251?ONDATE=14.04.2016%2000#2931259.

12.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ-4611-son qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.02.2020 y., 07/20/4611/0209-son, 31.10.2020 y., 06/20/6098/1432-son; 23.08.2021 y., 06/21/6280/0811-son. https://lex.uz/docs/4746047.

13. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2018 yil 28 dekabrb. https://uza.uz/uz/posts/zbekiston-respublikasi-prezidenti-shavkat-mirziyeevning-oliasy-28-12-2018

14. MSFO (IFRS) 10. Consolidated Financial Statements. Konsolidirovannaya finansovaya otchetnostb. https://fin-accounting.ru/ifrs/ifrslO.

15. Z.M.AIiev. «Formirovanie konsolidirovannoy finansovoy otchetnosti xoldingov v sootvetstvii s mejdunarodnbimi standartami finansovoy otchetnosti». Avtoreferat. -2011.-S.4. https://www.dissercat.com/content/formirovanie-konsolidirovannoi-finansovoi-otchetnosti-kholdingov-v-sootvetstvii-s-mezhdunaro

16. Golikov Viktor Mixaylovich. «Organizatsiya i metodika audita konsolidirovannoy finansovoy otchetnosti, sostavlennoy v sootvetstvii s MSFO». Avtoreferat. 2007 g. S.15. https://new-disser.ru/_avtoreferats/01003309562.pdf

17.V.E Yurevna. «Formirovanie i analiz konsolidirovannoy finansovoy otchetnosti gruppbi kompaniy». Avtoreferat.2010. str.10. https://www.dissercat.com/content/formirovanie-i-analiz-konsolidirovannoi-finansovoi-otchetnosti-gruppy-kompanii

18.0.Sobirov. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari darajasida takomillashtirish. «Xalqaro moliya va hisob» ilmiy jurnali. № 3, iyunb, 2021 yil. ISSN: 2181-1016.

EXTENDED ABSTRACT

THE MAIN DIRECTIONS OF COORDINATING INVESTMENT ACCOUNTING BASED ON INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL ACCOUNTING IN NEW UZBEKISTAN

The development of international trade, the emergence of various companies, the globalization of the capital market, the globalization of economic processes and information technologies have created the need to harmonize the financial statements of companies from different countries. In recent years, the processes of international harmonization of financial statements have accelerated significantly. Interest in the introduction and application of international financial reporting standards (IFRS) is growing in Uzbekistan. This is one of the most important factors in improving the efficiency of corporate management and investment attractiveness, ensuring business competitiveness and transparency. In recent months, due to the coronavirus pandemic, the governments of many countries have adopted restrictive measures that affect the operations and financial statements of all companies in one way or another. In this research work, we try to consider the impact and consequences of the pandemic to prepare the financial statements based on the current provisions of the IASB.

1. Electric energy is a separate branch of energy, which includes the production of electric energy at power stations and its delivery to consumers through power transmission lines. Its central elements are power plants, which are classified according to the types of primary energy used and the types of converters used for this purpose.

2. International financial reporting standards (IFRS) have been recognized by the world community as a clear standard for the formation and presentation of financial statements of organizations. Today, their use has become an integral part of the reputation of large corporations and individual countries. Application of the international rules of reporting by the organization in its activities serves not only for the openness of the information related to the report and more awareness, but also ensures a higher ranking of the company and strengthens its competitiveness.

3. As a result of research, "Accounting policy for investment accounting" was developed in the formation of "Uniform accounting policy" based on international standards of financial reports. Determining in the accounting policy the preparation of reports on the basis of MHXS allows to simplify the process of preparation of reports and timely preparation and presentation of financial reports.

4. The economic and financial potential of JSC "Uzbekistan National Electric Networks" enterprises, its efficiency was evaluated, important suggestions were made regarding the financial situation and its improvement, as well as the financial report of "Uzbekistan National Electric Networks" JSC enterprises is based on horizontal, vertical, analytical coefficients system and the use of analysis methods according to the system of analytical annotations has improved.

5. The implementation of the new form developed for the calculation of investments in the consolidated financial statement in the enterprises of "Uzbekistan National Electric Grids" JSC served to eliminate some shortcomings and misunderstandings in the presentation of financial statements to the employees of the MHSS department. As a result of the implementation of this proposal, the work activity of the employees of the Ministry of Finance increased significantly and time consumption decreased, the transparency, accuracy, comprehensibility and stability of investment attraction increased.

6. The proposal for the development of methodological procedures for consolidated financial statements based on international standards of financial reporting has been introduced into the activities of JSC "Uzbekistan Milliy Elektr Shtetrei". Methodical procedures were developed for the compilation of consolidated financial statements submitted by the enterprises of "Uzbekistan National Electric Networks" JSC "Savdoenergo", "Ozenergoengineering" JSC, and "Energomaxsusavto" LLC, which are part of "Uzbekistan National Electric Networks" JSC, and for determining their perimeters. As a result of the implementation of this proposal, the legal differentiation of the enterprises of each invested joint-stock company, the division of the consolidation perimeter on the basis of specific rules, and the presentation of consolidated financial reports have improved the efficiency index by 7-8 percent.

7. Investing in renewable energy is a great opportunity to take advantage of the technology that will continue to develop and grow in the future. If the rates of production cost reduction and

development forecasts remain as they are now, the need for ecologically clean resources will only increase. In addition, the current efforts of governments fully confirm these forecasts.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.