Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLARGA O‘TISHDA DASTLABKI QADAMLAR'

MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLARGA O‘TISHDA DASTLABKI QADAMLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS)) / strategiya / vazifa / maqsad / Farmon / Qaror / Nozom / O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O‘zBAMA) / malaka / buxgalter. / Financial reporting international standards (International Financial Reporting Standards (IFRS)) / strategy / mission / goal / Decree / Decision / Regulation / National Association of Accountants and Auditors of Uzbekistan (UzBAMA) / qualification / accountant.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva F.N.

Maqolada O‘zbekistonda Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS))ga o‘tishda dastlabki qadamlar va kelib chiqish tarixi yoritilgan. Mamlakatimizda “O‘zbekiston – 2030” satrategiyasi to‘g’risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o‘tish ustuvor vazifalar hamda belgilangan aniq chora-tadbirlar ochib berilgan. Mavzuga doir xulosa va takliflar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FIRST STEPS IN THE TRANSITION TO INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS

The article describes the first steps and the history of the transition to International Financial Reporting Standards (IFRS) in Uzbekistan. In the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan on the strategy «Uzbekistan 2030»in our country, the transition to international standards of financial reporting has been revealed, as well as specific measures. Conclusions and suggestions on the topic are given.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLARGA O‘TISHDA DASTLABKI QADAMLAR»

Ergasheva F.N. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti "Buxgalteriya hisobi" kafedra assistenti

MOLIYAVIY HISOBOT XALQARO STANDARTLARGA O'TISHDA

DASTLABKI QADAMLAR

Annotatsiya. Maqolada O'zbekistonda Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS))ga o'tishda dastlabki qadamlar va kelib chiqish tarixi yoritilgan. Mamlakatimizda "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmonida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o 'tish ustuvor vazifalar hamda belgilangan aniq chora-tadbirlar ochib berilgan. Mavzuga doir xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so 'zlar: Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS)), strategiya, vazifa, maqsad, Farmon, Qaror, Nozom, O'zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi (O'zBAMA), malaka, buxgalter.

Ergasheva F.N. assistant «Accounting.» department Samarkand Institute of Economics and Service

FIRST STEPS IN THE TRANSITION TO INTERNATIONAL FINANCIAL REPORTING STANDARDS

Abstract. The article describes the first steps and the history of the transition to International Financial Reporting Standards (IFRS) in Uzbekistan. In the Decree of the President of the Republic of Uzbekistan on the strategy «Uzbekistan - 2030»in our country, the transition to international standards of financial reporting has been revealed, as well as specific measures. Conclusions and suggestions on the topic are given.

Key words: Financial reporting international standards (International Financial Reporting Standards (IFRS)), strategy, mission, goal, Decree, Decision, Regulation, National Association of Accountants and Auditors of Uzbekistan (UzBAMA), qualification, accountant.

Mamlakatimizda "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida23 O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni muhim vazifalardan biri bu barqaror iqtisodiy o'sish orqali daromadi o'rtachadan yuqori bo'lgan davlatlar

23 11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni

qatoridan o'rin olish, aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilishdan iborat. Strategiayda belgilangan vazifalarga erishishda, aholi daromadlarini oshirish, iqtisodiy sub'ektlarni oshirish, ushbu sub'ektlarda aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan hisobni, xalqaro standandartlar asosida yuritish, bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Shu bois, mazkur strategiya ijrosini ta'minlash yuzasidan qabul qilingan qator farmon va qarorlar, yani O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi24 qarorlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2021 yildagi PQ-5210-son "Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari25, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 26.01.2021 yildagi 38-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo'yicha o'qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi26 qarori, shuningdek davlat dasturlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish ustuvor vazifalar hamda aniq chora-tadbirlar belgilangan.

Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar ahamiyati va tavsifi o'ziga xos xususiyatlarga va yuritish printsiplarga ega. Ushbu xususiyatlarini va printsiplarini tushunib olishimiz uchun, kelinglar Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar kelib chiqish tarixiga to'xtalib o'tsak. Internet manbalarda Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar 1973 yildan boshlab qo'lanila boshlangan.27 International Financial Reporting Standards (IFRS) deb nom olgan xalqaro moliyaviy hisobot standartlari IFRS fondi va xalqaro buxgalteriya standartlari kengashi (IAS) tomonidan ishlab chiqilgan buxgalteriya standartlari.28

Ular kompaniyaning moliyaviy ko'rsatkichlari va holatini tavsiflashning standartlashtirilgan usuli bo'lib, kompaniyaning moliyaviy hisobotlarini xalqaro bozor biznes sub'ektlar miqyosda tushunarli va taqqoslanadigan moliyaviy axborot manbalarni to'ldiruvchi yo'riqnoma bo'lib hisoblanadi. Xalqaro bozorda Moliyaviy hisobot xalqaro standartlari (International Financial Reporting Standards (IFRS)), aktsiyalari yoki qimmatli qog'ozlari birjada ro'yxatga olingan kompaniyalar uchun muhim o'rin olgan.

MHXSga o'tish bo'yicha islohotlarning boshlanishiga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi "2011-2015 yillarda

24 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari

25 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2021 yildagi PQ-5210-son "Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari

26 26.01.2021 yildagi 38-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo'yicha o'qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to 'g'risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori

27 https://www.itan.ru/o-kompanii/metodologiya/istoriya-poyavleniya-msfo/

28https://translated.turbopages.org/proxy_u/en-ru.ru.1b730685-66390257-dddeec24-74722d776562/https/en.wikipedia.org/wiki/International_Financial_Reporting_Standards

respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi qarorining qabul qilinishi katta turtki bo'ldi. Mazkur qaror bilan banklar tomonidan MHXS asosida hisobotlar tayyorlashga o'tish va xalqaro kredit reytinglarini olishi bo'yicha ustuvor yo'nalishlar belgilab berildi.

Respublikamizda ilk bor 2013 yilda O'zbekiston buxgalterlari va auditorlari milliy assotsiatsiyasi (O'zBAMA) tegishli davlat organlari va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikda MHXS standartlarini o'zbek tiliga tarjima qildi. O'zbekiston auditorlar palatasi, Moliya vazirligi, Markaziy bank va yirik auditorlik tashkilotlari "Ko'rib chiqish komissiyasi»a'zolari sifatida tarjima jarayonida qatnashdi. 2013 yildagi MHXS xujjatlari tarjimasi yakunlangan bo'lsa-da, keyinchalik ular MHXS fondi tomonidan kiritilgan doimiy o'zgarishlar bo'yicha yangilab borilmadi. Bunga asosiy sabab sifatida ularga talab va ehtiyojning pastligi hamda MHXS hujjatlarining qonun hujjatlari bilan tan olinmaganligini ko'rsatish mumkin.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi "Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmoniga asosan 2015-2018 yillarda barcha aksiyadorlik jamiyatlari yillik moliyaviy hisobotni nashr etishi va audit hamda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga muvofîq tashqi auditni o'tkazishi belgilangan edi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, o'sha davrda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan hisobchi, soliq va moliya mutaxassislarining ko'pchilik qismi MHXS bo'yicha yetarli bilimga ega emas edi. Buning ustiga MHXS xujjatlari o'zbek tilida qo'llash uchun doimiy yangilangan versiyasi taqdim etilmadi. Natijada, ko'pchilik kompaniyalar MHXS asosida moliyaviy hisobotni tayyorlash uchun auditorlar va boshqa tashqi ekspertlarni yollashga majbur bo'ldi. Buning oqibatida o'tgan 2015-2018 yillarda mamlakatimizda MHXSlarni amaliy qo'llash tajribasi paydo bo'lmadi.29

Prezidentimizning 2020 yil 24 fevraldagi "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori MHXSga o'tishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mazkur qaror bilan 2021 yildan boshlab MHXSga o'tishi kerak bo'lgan tashkilotlar ro'yxati tasdiqlandi va shu ro'yxatda belgilangan tashkilotlarning buxgalteriya xizmati bo'limida MHXS ko'nikmasiga ega bo'lgan kamida uchta sertifikatlangan mutaxassis bo'lishi lozimligi ko'rsatib o'tildi.

Ushbu qarorning ahamiyatli jihatlaridan biri shuki, bu MHXS hujjatlarini O'zbekiston Respublikasida tan olinish masalasini hal qilib berdi. MHXS hujjatlarining tan olinishi va uni qo'llaydigan kompaniyalarning belgilab

29 https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlariga-otishi-yangicha-yondashuv-va-imkoniyatlar_190587

berilishi, ushbu kompaniya hisobchi va moliya mutaxassislaridan o'z malakasi ustida doimiy ishlashi va mas'uliyatni jiddiy his etishini talab etadi.30

Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlar asosida quyidagi xulosalarni keltirishimiz mumkin:

Birinchidan, "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni moliyaviy hisobot xalqaro standartlar talab qiladigan printsiplarni qo'llash doirasini belgilab beradi;

Ikkinchidan, O'zbekistonda so'ngi yillarda qabul qilinayotgan bir qator yuqorida keltirgan qabul qilingan qarorlar buxgalteriya sohasida tubdan takomillashtirish masalalarinin va metodologiyasini talab etadi;

Uchinchidan, xalqaro amaliyotda Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS) 1973 yildan beri shakillanib, asta sekinlik bilan bugungi kundagi muvofaqiyatga erishgan. Demak O'zbekistonda ham Moliyaviy hisobot xalqaro standartlar (International Financial Reporting Standards (IFRS) birinchi qadam bosqichlari boshlangan bo'lib, shidat bilan amaliyotga, o'quv tizimlariga joriy qilinib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. 11.09.2023 yildagi PF-158-son "O'zbekiston - 2030" satrategiyasi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni;

2. 24.02.2020 yildagi PQ-4611-son Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorlari;

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.08.2021 yildagi PQ-5210-son "Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorlari;

4. 26.01.2021 yildagi 38-son "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlar bo'yicha o'qitish va buxgalterlarni xalqaro sertifikatlash doirasida imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplash tartibi to'g'risida vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori;

5. https://www.itan.ru/o-kompanii/metodologiya/istoriya-poyavleniya-msfo/

6. https://translated.turbopages.org/proxy_u/en-ru.ru.1b730685-66390257-dddeec24-

74722d776562/https/en.wikipedia.org/wiki/International_Financial_Reporting_ Standards

7. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlariga-otishi-yangicha-yondashuv-va-imkoniyatlar_190587

8. https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlariga-otishi-yangicha-yondashuv-va-imkoniyatlar_190587

9. 3mnynaroBa, 3. (2022). ^APOMÂ^^AP XHCOBH BA XÄ^^ÄPO TA^PHBÄ. TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI "O'ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY, 911.

30 https://uza.uz/oz/posts/ozbekistonda-moliyaviy-hisobotning-xalqaro-standartlariga-otishi-yangicha-yondashuv-va-imkoniyatlar_190587

10. Baratovna, E. Z. (2023). THE CONCEPT OF OTHER COMPREHENSIVE INCOME AND ITS REFLECTION IN THE FINANCIAL STATEMENTS. Gospodarka i Innowacje., 31, 36-39.

11. Эшпулатова, З. Б. (2022). РОЛЬ И ЗНАЧЕНИЕ ПЕРВОГО ПРИМЕНЕНИЯ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ ФИНАНСОВОЙ ОТЧЁТНОСТИ В РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН. Экономика и социум, (41 (95)), 537-540.

12. Эшпулатова, З. (2021). ХАЛ^АРО СТАНДАРТЛАРГА МУВОФЩ ХАРИДОРЛАР БИЛАН ШАРТНОМАЛАР БУЙИЧА ТУШУМЛАР ХИСОБИ. Халкаро молия ва хдсоб»илмий журнали, 2, 2181-1016.

13. Baratovna, E. Z. (2021). БошА а умумлашган даромадлар тушунчаси, унинг мохдяти ва таркибини такомиллаштириш».. Eurasian journal of academic research»-Тошкент.

14. Baratovna, E. Z. (2023). MOLIYAVIY FAOLIYATDAN OLINADIGAN DAROMADLAR HISOBI VA MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRISH YO 'NALISHLARI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(11), 265-270.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.