Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI SOHALARIDA MUTAXASISLAR TAYYORLASHNING TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI'

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI SOHALARIDA MUTAXASISLAR TAYYORLASHNING TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
19
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MHXS / malakali kadrlar / ACCA / transformatsiyalash / investitsiya / hisobot / MHXS fondi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shodiyev Erkin Temirovich

Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohalarida mutaxasislar tayyorlashning ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi o‘rganilgan. Jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohalarida mutaxasislar tayyorlashning ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonidagi muammolar va ularning yechimi bilan bog‘liq masalalar o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI SOHALARIDA MUTAXASISLAR TAYYORLASHNING TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI SOHALARIDA MUTAXASISLAR TAYYORLASHNING TA'LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH

INTEGRATSIYASI Shodiyev Erkin Temirovich

TIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti PhD https://doi.org/10.5281/zenodo.10159602

Аннотация. Maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohalarida mutaxasislar tayyorlashning ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi o 'rganilgan. Jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari sohalarida mutaxasislar tayyorlashning ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi jarayonidagi muammolar va ularning yechimi bilan bog'liq masalalar o 'rganilgan.

Калит сузлар: MHXS, malakali kadrlar, ACCA, transformatsiyalash, investitsiya, hisobot, MHXS fondi

Аннотация. В статье рассматривается интеграция образования, науки и производства по подготовке специалистов в области международных стандартов финансовой отчетности. В частности, были изучены проблемы, связанные с процессом интеграции образования, науки и производства в области подготовки специалистов в области международных стандартов финансовой отчетности и вопросы, связанные с их решением.

Ключевые слова: МСФО, квалифицированные кадры, ACCA, трансформация, инвестиции, отчетность, фонд МСФО

Abstract. The article examines the integration of education, science and production of training specialists in the field of international standards of financial reporting. In particular, problems related to the process of education, science and production integration of training specialists in the field of international financial reporting standards and issues related to their solution were studied.

Keywords: IFRS, qualified staff, ACCA, transformation, investment, reporting, IFRS fund

Kirish. Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining jahon bozoriga integratsiyalashuv jarayoni izchillik bilan amalga oshmoqda. Jahon biznesiga integratsiyalashuvning O'zbekiston amaliyoti xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga tushunarli, shaffof va ishonchli bo'lishi kerak bo'lgan moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar talablari asosida taqdim etish zarurligini talab eta boshladi. Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar talablari asosida tuzilishi ma'lumotlarning aniqliligi va ishonchliligiga xizmat qilmoqda.

Ammo xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) talablari asosida tuzishda nafaqat metodologik muammolar, balki malakali kadrlar yetishmasligi kabi muammolar yuzaga kelmoqda. Mazkur masala O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonunning 12-moddasiga asosan majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi lozim bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'yektning buxgalteriya hisobi xizmati rahbari (banklar va boshqa kredit tashkilotlaridan tashqari) quyidagi talablarga javob berishi kerak:

oliy ma'lumotga ega bo'lishi;

ish stajiga ega bo'lishi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB

CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Oliy ma'lumot mavjudligining o'zi qanday qilib yirik kompaniya buxgalterining malakasini tasdiqlaydi, degan savol tug'iladi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevralda PQ-4611 "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida" Qarori va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish sun'iy intellektning buxgalteriya hisobi va audit hamda moliya sohalariga tatbiq etgan holda takomillashtirishga xizmat qiladi.

Tahlil va natijalari:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevralda PQ-4611 "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida" Qaroriga muvofiq:

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi MHXSni joriy etish bo'yicha vakolatli organ etib belgilan bo'lib, unga quyidagi funksiyalar yuklangan:

O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda MHXSning joriy etilishini, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan moliyaviy hisobotlar MHXS asosida o'z vaqtida e'lon qilinishini monitoring qilish;

MHXS sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha jahonning muvaffaqiyatli tajribalarini ommalashtirish, shu jumladan buxgalteriya hisobi va audit sohasida qayta tayyorlash va malaka oshirish bo'yicha nodavlat ta'lim tashkilotlarini hamda sohaga oid oliy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgaltyerlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants - ACCA) va boshqalar) bilan o'zaro hamkorlikni kengaytirish;

rivojlangan davlatlarning ilg'or tajribasi asosida o'quv jarayonining sifatini, imtihonlarni o'tkazish va natijalarini baholashning shaffofligini ta'minlovchi MHXS bo'yicha sertifikatlashning samarali tizimini joriy etish, shuningdek, MHXS sohasida talab yuqori bo'lgan mutaxassislarni akkreditatsiyadan o'tgan o'quv markazlarida o'qitish bo'yicha tashkiliy tadbirlarni amalga oshirishda har tomonlama ko'maklashish;

buxgalteriya hisobining milliy standartlarini MHXSga muvofiq uyg'unlashtirish.

O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti boshqarmasi tuzilmasida vazirlikning boshqaruv xodimlari cheklangan soni doirasida uchta shtat birligidan iborat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishni muvofiqlashtirish va e'lon qilinadigan moliyaviy hisobotlar sifatining tashqi nazorati bo'limi tashkil etish kabi muhim vazifalar belgilab berilgan.

Bugungi kunda O'zbekiston xalqaro investitsiya bozorlariga chiqish, shuningdek jahondan sarmoyalar jalb qilishni tezlatish va jadallashtirish yo'liga o'tgan. Shu sababdan ham MHXSga o'tish uchun bir-ikki yillik chora-tadbirlar mutasaddilarga yuklatildi. O'ylaymizki, mazkur jarayon qisqa muddat ichida oson kechmaydi, lekin bundan buyon qarorni ortiqcha paysalga solib ham bo'lmaydi.

Mutaxasislar va o'quv qo'llanmalari yetishmovchiligi muammosi mavjudligi haqidagi bahslar kuzatilyapti, lekin vaziyat tahlil qilinganda bu maydon butkul bo'm-bo'sh emasligini ko'ramiz. Buxgalterlar, auditorlar professional uyushmalarining xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda, shuningdek Moliya vazirligi nazorati ostida o'tkazgan o'quv loyihalari va buxgalterlarni sertifikatlash tizimlari O'zbekistonda 90-yillarning o'rtalaridan buyon davom etib

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

kelgan edi. Shuningdek, 2000-yillar boshidan audit va konsalting xalqaro shirkatlari bo'lmish «katta to'rtlik» (PwC, Ernst & Young, Deloitte, KPMG) MHXS va Auditning Xalqaro andozalari talablariga binoan O'zbekistonda faoliyat yuritib kelmoqda.

Xulosa: Global iqtisodiyot sharoitida har qanday mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investisiyalrni jalb qilish avvalambor kompaniyalar moliyaviy hisobotlarini moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tayyorlashni taqozo etadi. Bu esa o'z navbatida malakali investorlarga moliyaviy qarorlar qabul qilish uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagi ma'lumotlardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda MHXS dan foydalanishni yanada jadallashtirish maqsadida quyidagi takliflarni keltirishimiz mumkun: moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini o'zbek tiliga tarjima qilish va ularni milliy iqtisodiyotimizga transformatsiya qilishda professional jamoat tashkilotlarini va ushbu sohada kadrlar faoliyatini yanada rivojlantirish zarur; shuningdek, auditorlik tekshiruvlarining sifatli o'tishi va auditorlik xulosasining ishonchli bo'lishi moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarida belgilangan prinsiplar asosida to'g'ri tuzilganligiga bog'liqdir. Shu boisdan ham moliyaviy hisobotlarni tuzishda buxgalteriya hisobining uzluksizlik, ehtiyotkorlik, ahamiyatlilik va boshqa prinsiplariga ham alohida e'tibor qaratish lozimdir; iqtisodiyotimizda raqamlashtirish darajasini oshirishimiz, ya'ni ushbu xalqaro standartlar asosida tuziladigan moliyaviy hisobotlarda inson omilini aralashtirmasligimiz, buning uchun albatta maxsus dastur ishlab chiqilishi lozim. Xulosa qilib aytishimiz mumkunki, MHXS dan foydalanish barcha mamlakatlar iqtisodiyoti rivojlanishi uchun asosiy omillardan biri bo'lib hisoblanmoqda. Chunki, bunda MHXS barcha uchun tushunarli bo'lgan hujjat sifatida xizmat qilmoqda. Ko'pgina investorlar va boshqa moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar ushbu hujjatdan foydalanishda, unda keltirilgan ma'lumotlarni tushunishda ortiqcha mablag' va vaqt sarflashga muhtoj bo'lmayabdi. Bu esa o'z navbatida iqtisodiyotimizni yanada yuqori pog'onalarga olib chiqishga imkon bermoqda.

АССА, CIMA va boshqa bir qator sertifikatlar xalqaro darajada tan olingan professional buxgalterlar va auditorlarni tayyorlash bo'yicha dasturlar hisoblanadi. Bu dasturlar asosan ingliz tilida bo'lib asosan biznes haqida umumiy tushuncha, boshqaruv hisobi, buxgalteriya hisobi, biznes huquqi, audit, moliyaviy hisobot, moliyaviy boshqaruv kabi fanlarni o'z ichiga oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-fevralda PQ-4611 "Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga o'tish bo'yicha qo'shimcha choratadbirlar to'g'risida" Qarori.

2. Sh.T. Ergasheva, A.K.Ibragimov, N.K.Rizayev, I.R.Ibragimova. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari. O'quv qo'llanma. T.:2019. 12-bet.

3. https://www.norma.uz/oz/bizning sharhlar/2024 yilga qadar buhgalteriya hisobida nimal ar uzgaradi

4. O.Narzullayeva. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish orqali iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish. International Journal of Finance and Digitalization www.ijfd.uz ISSN: 2181-3957 Vol. 1 Issue 02, 2022

5. Ogbonnaya Okorie1, O. U. Onwe, L. O. UnugoInternational Financial Reporting Standards (IFRS) Education in Colleges of Education in Southeastern States of Nigeria. American Journal of Educational Research, 2018, Vol. 6, No. 11, 1460-1464 Available online at

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

http://pubs.sciepub.com/education/6/11/3 ©Science and Education Publishing DOI:10.12691/education-6-11 -3 6. https://m.kun.uz/uz/news/2020/03/09/moliyaviy-hisobotnmg-xalqaro-standartlariga-qanday-otiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.