Научная статья на тему 'ONA TILINI O’RGANISHDA MUSTAQIL ISHLARDAN FOYDALANISH'

ONA TILINI O’RGANISHDA MUSTAQIL ISHLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
261
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MUSTAQIL ISH / BILIM / TA'LIM / USUL / TEXNOLOGIYA / IJODIY ISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tilavova M., Erkinova N.

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf ona tili va oʻqish darslarida o’quvchilarni mustaqil ta’lim asosida oʻqitish,ukarni mustaqil va ijodiy fikrlashga oʻrgatish yo’l-yo’riqlari ko’rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF INDEPENDENT WORK IN LEARNING MOTHER LANGUAGE

In this article, the guidelines for teaching students on the basis of independent learning, teaching them to think independently and creatively in primary grade mother tongue and reading classes are shown.

Текст научной работы на тему «ONA TILINI O’RGANISHDA MUSTAQIL ISHLARDAN FOYDALANISH»

Tilavova M. katta o^qituvchisi UrDU Erkinova N. talaba

ONA TILINI O'RGANISHDA MUSTAQIL ISHLARDAN

FOYDALANISH

Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf ona tili va o'qish darslarida o'quvchilarni mustaqil ta'lim asosida o'qitish,ukarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatish yo'l-yo 'riqlari ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ish,bilim,talim,usul,texnologiya,ijodiy ish.

Tilavova M. senior teacher UrDU Erkinova N. student

USE OF INDEPENDENT WORK IN LEARNING MOTHER

LANGUAGE

Abstract: In this article, the guidelines for teaching students on the basis of independent learning, teaching them to think independently and creatively in primary grade mother tongue and reading classes are shown.

Key words: independent work, knowledge, education, method, technology, creative work.

Bugungi kunda o'quvchilaming mustaqil ishlashga o'rgatish asosiy vazifalardan biiriga aylangan. Boshlang'ichsinf ona tili va o'qish darslarida mustaqil ta'lim asosida o'qitish, ta'lim tizimining asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi. Mustaqil ta'lim o'quvchilarning ona tili ta'limidan o'qitish sohasidagi bilimlarini oshirishga, ularni mustaqil va ijodiy fikrlashga o'rgatadi.

O'quvchilarning mustaqil ishlari ona tili ta'limining barcha bosqichlarida o'tkaziladigan, o'qituvchining bevosita ishtirokisiz, ammo uning ko'rsatmlari va rahbarligi ostida bajariladigan, o'quvchilarning ongli ravishda faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydigan grammatik vazifalardir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilariga darsda va darsdan tashqari mustaqil ish qilish uchun vazifalar beriladi. Bu esa o'z navbatida ona tili o'qitish ta'limida o'quv tarbiya jarayonining muhim shakli sifatida katta ahamiyat kasb etadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining ona tili va o'qish bo'yicha bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, hayotga ongli munosabatni shakllantirish ta'limning tarbiyaviy ta'moyilini kuchaytirish, qiziqishini oshirish, mustaqil va

Bunday ishlar o'z shakli va mazmuniga ko'ra xilma- xil bo'lib bevosita asosiy darslarning davomi hisoblanadi. Shu bilan birgalikda mustaqil ta'limda amalga oshirish qiyin bo'lgan vazifalarni hal qilishga keng yo'l ochildi. Mustaqil ta'lim negizini mustaqil ishlar tashkil qiladi. Ona tili va o'qish darslarida mustaqil ta'limning turli xil usullaridan ya'ni ta'lim texnologiyalaridan foydalanish foydadan xoli bo'lmaydi.

O'quvchilarda mustaqil ishlash avvalo, mustaqil ishlarga tayyorlash, o'qituvchi tomonidan materiallning muammoli tarzda bayon etilishi kabi yo'llar bilan hosil qilinadi. Bunda quyidagi topshiriqlarni muntazam ravishda berib borgan ma'qul: materialni darslik asosida o'rganish, namunaviy mustaqil mashqlar, yangi turdagi topsiriqlar, o'zlashtirilgan usullarini amalda qo'llashga oid vazifalarni bajarish, ijodiy ishlarni bajarish kabi.

Quyida mustaqil ishlardan namunalar tavsiya qilamiz.

1. Amaliy topshiriqlar

2-sinf uchun

1. Berilgan so'zlarga bitta tovushi bilan farqlanadigan so'zlar tanlang. So'z ma'nosini farqlayotgan harflarning tagiga chizing.

Dil-til, Choy-...,-...,-...,-...,-..., gul-..., paxta-..., tovoq-..., bola-..., bosh..., sovun-..., tog'-..., yurak-..., terak-..., tovuq-..., tol-..., katta-....

2. Maqolni o'qing. Ketma-ket kelgan bir xil undosh harfli so'zlarning tagiga chizing.

1. Ola ekkan oz olar,

Raso ekkan soz olar.

2. Birni kessang, o'nni ek.

3. Yetti o'lchab, bir kes.

4. Kechli bo'lay desang, do'st orttir.

5. Sanamay sakkiz dema.

3.Berilgan so'zlardan gap tuzing. Ajratib qo'yilgan so'zdan boshlab.

Keldi, archa, qorbobo, bayramiga.

Bolalar, hamma, yig'ildi.

Chaqirdi, qorbobo, qorqizni.

Aytdi, qo'shiq, qorqiz.

Chapak, biz, chaldik.

Ulashdi, sovg'a, qorbobo, hammaga.

4.O'ylang, yangi ism hosil qilish uchun qaysi harflarni qo'yish kerak?

o b a r

m i d a

i 1 sh 0 d

a z i z

k 0 m i L

d i 1 sh 0 d

3 4

1

2

2-sinf uchun Gorizontal yo'nalish

1. O'zi yerda, boshi ko'kda. (Tutun)

2. Yo'lbarsga o'xshab ketar, Sherday chozilib yotar.

U bor joyda hamisha, Sichqonga qiron yetar. (Mushuk) Vertikal yo'nalish

3. Oq samanim osmonda chopar Yag'rinlari quyoshni yopar. (Bulut)

4. Qoziq ustida qor turmas. (Tuxum) Grammatik topshiriq:

Topgan so'zlaringizni daftaringizga yozing. So'ngra ularni lug'atchadan tekshiring. Qaysi bo'g'inda imlo xatoga yo'l qo'ydingiz? Nima uchun? Bu so'zlar nimani bildiryapti?

Dekak,boshlang'ich sinflarda ona tilini o'rgatishda mustaqil ishlarning o'rni va roli katta.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Qosimova K va b. Ona tili o'qitish metodikasi.Toshkent."Noshir"2009-y.

2.Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi//Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori - Toshkent: Sharq, 1997. - 44 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.