Научная статья на тему 'ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TARQATMA MATERIALLAR TAYYORLASH, ULARNING AHAMIYATLILIGI'

ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TARQATMA MATERIALLAR TAYYORLASH, ULARNING AHAMIYATLILIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona tili va o‘qish savodxonligi darslari / ko‘rgazmali usullar / interfaol ta’lim vositalari / taratma materiallar

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Ollamurodova Feruza, Po‘Latova Farida, Rajabova Sitora, Qahramonova Durdona

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf ona tili o‘qish savodxonligi darslarida ko‘rgazmalilikning ahamiyati, bunda tarqatma materiallarning o‘rni va natijasi haqidagi tahlillarni namoyon etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TARQATMA MATERIALLAR TAYYORLASH, ULARNING AHAMIYATLILIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

ONA TILI VA O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA TARQATMA MATERIALLAR TAYYORLASH, ULARNING

AHAMIYATLILIGI

1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2O11amurodova Feruza, 3Po'latova Farida, 4Rajabova Sitora,

5Qahramonova Durdona

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2'3'4'5Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11213873

Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang'ich sinf ona tili o'qish savodxonligi darslarida ko'rgazmalilikning ahamiyati, bunda tarqatma materiallarning o'rni va natijasi haqidagi tahlillarni namoyon etadi.

Tayanch so'z va iboralar: ona tili va o'qish savodxonligi darslari, ko'rgazmali usullar, interfaol ta'lim vositalari, taratma materiallar.

Аннотация: В данной статье представлен анализ значения визуализации, роли и результатов раздаточных материалов на занятиях по чтению на родном языке в начальных классах.

Ключевые слова и словосочетания: занятия по родному языку и грамотности чтения, демонстрационные методы, интерактивные образовательные инструменты, раздаточные материалы.

Annotation: This article presents an analysis of the importance of visualization, the role and results of handouts in primary-grade mother tongue reading literacy classes.

Keywords and phrases: mother tongue and reading literacy classes, demonstration methods, interactive educational tools, handouts.

O'qitishning ko'rgazmali usullarini qo'llash Y.A.Komenskiyning "Buyuk didaktika" asaridayoq o'z asosini topgan. «O'quvchilar sezib, idrok etishi mumkin bo'lgan narsalarni, albatta, sezgilar vositasi bilan, ko'rish mumkin bo'lgan narsalarni ko'z bilan ko'rib, eshitish mumkin bo'lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni tatib ko'rib, ushlab sezish mumkin bo'lgan narsalarni ushlab ko'ribgina bilib olishlari kerak", - deb yozadi olim o'z asarlarining birida.

Ko'rgazmali idrok katta imkoniyatlarga ega. Eslab qolishda ko'rgazmalilikning o'zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan birlashtirilishi eng yuqori samaradorlikka ega bo'ladi. Bu o'qitish usullarining eng samarali birikmasini izlash zarurligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ayrim didaktik qo'llanmalarda ko'rgazmalilik tomoyilini o'quv-bilish faoliyatidagi jonli mushohada va abstrakt tafakkurning organik bog'liqligini ta'kidlab, aniq hamda mavhumlik birligi sifatida talqin qilinishi bejiz emas.

Ko'rgazmali usullar orasida interfaol ta'lim vositalarining ahamiyati katta va ularning paydo bo'lishi o'rganilayotgan ob'yektlar, hodisalar, jarayonlar to'g'risidagi ma'lumotlarni ro'yxatga olish, to'plash, saqlash, qayta ishlash, turli shakllarda taqdim etilgan yetarlicha katta hajmdagi ma'lumotlarni uzatish, ta'lim faoliyatini nazorat qilish kabi ta'lim faoliyatining yangi shakllarini ta'minlaydi.

Interfaol ta'lim vositalari ta'lim jarayonida ko'p funksiyali vositadir. Ularning turli xil kompyuter dasturlari bilan birgalikda qo'llanilishi ham ushbu vositalardan o'quv jarayonida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "SCIENCE, EDUCATION AND INNOVATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND PROSPECTS"

MAY 17-18, 2024

foydalanishning didaktik imkoniyatlarini kengaytiradi. Kompyuter dasturlaridan tashqari boshlang'ich ta'lim dras jarayonlarida kompyuter dasturlari yordamida tayyorlangan yoki qo'lbola shaklda o'qituvchi tomonidan tayyor holatga keltirilgan ta'limiy tarqatma materiallarning ham o'ziga xos o'rni mavjud.

Interaktivlikni ta'minlash masalasida tarqatma materiallarni tayyorlash ham muhim o'ringa egadir. Bunda uning eng muhim afzalliklaridan biri, ya'ni matn va tasvirlarni boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatidan kelib chiqib taqdim etish, shuningdek, boshqa har qanday texnologiyadan muhim farqi an'anaviy — matn, jadvallar, grafiklar va faol rivojlanayotgan ma'lumotlarning bir dasturiy mahsulotiga integratsiyalashuvi hamdir.

O'qituvchi o'qitishning umumiy tamoyillariga tayanib, o'qitishning ko'rgazmali usullarini qo'llash qachon samarali bo'lishligi haqida tasavvurga ega bo'lishi, ya'ni ularning imkoniyatlarini bilishi kerak. Ana shundagina u ona tili va o'qish savodxonligi darslaridagi har qanday mavzu yuzasidan tayyorlagan tarqatma materialini o'rinli ishlata oladi.

Tarqatma materiallarni biror bir didaktik o'yin usulida ham namoyish etish mumkin. Shunday didaktik o'yin usullaridan biri sifiatida «O'yla, bolajon!» usulini aytib o'tish noo'rin bo'lmaydi. Bunda doirachalar ichida harflar yozilib, shu harflar bir-birlariga chiziqlar orqali birlashtirilgan bo'ladi, o'quvchi ularni ya'ni harflarni o'qigan holda yashiringan so'zni topib, shu so'zga berilgan savollarga javob berishlari lozim. Bu materialdan o'qish va ona tili darslarida qo'llanishi natijasida o'quvchilarda ham o'rib anglash, ham o'tilgan mavzularni qayta xotirada takrorlashga erishish mumkin.

Ma'lumki, boshlang'ich sinf ona tili va o'qish savodxonligi darslarida asosan she'rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o'qib o'rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o'ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o'ziga xos usulda o'qib o'rganish taqozo qilinadi. Bundan tashqari ular yuzasidan o'quvchilar egallangan bilimlarni tekshirish, nazorat qilish, mustahkamlash bosqichlarida har xil tarqatma maeriallardan unumli foydalanish o'quvchilarning dars jarayoniga qiziqishini so'nib qolmasligini yoki zerikishdan uzoqlashtirishni ta'minlab beradi. Chunki tarqatma materiallar har safargi yangi dars va mavzu uchun yangi ko'rinishda tayyorlanadi. Bu esa o'quvchilarning darsdan zerikish mumkinligini oldini olishda xizmat qiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi o'quv dasturi//Boshlang'ich ta'lim. - Toshkent, 2005. 5-son, 21-33-betlar

2. Jalilova D. Ta'lim jarayonlarining samaradorligini oshirish uchun innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati. "Sifatli ta'lim — taraqqivot povdevori" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya to'plami / / Toshkent, 2023-yil 20-aprel. 282-286-betlar.

3. Mirhaitova S. Modulli texnologiya // Boshlang'ich ta'lim, 2004, 1-son, 16-18-betlar.

4. Xadicha Jabborovna Sattorova. USE OF DIDACTIC MATERIALS IN MOTHER LANGUAGE AND READING LITERACY LESSONS. Galaxy international interdisciplinary research journal (GIIRJ) . ISSN (E): 2347-6915 Vol. 11, Issue 10, 0ct.(2023) https://internationaliournals.co.in/index.php/giirj/article/view/4440

5. Sh.U.Sariyev, G.U.Raxmanova. O'zbek adabiyotini o'qitishda yangi pedagogik texnologiya usullarini qo'llash. - T.: Science and innovation, 2022. - 531-533-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.