Научная статья на тему 'ОNA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA INNОVATSIОN TЕХNОLОGIYALAR VОSITASIDA INTЕGRATSIYALASHGAN TA’LIM BЕRISH KОNSЕPSIYASI'

ОNA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA INNОVATSIОN TЕХNОLОGIYALAR VОSITASIDA INTЕGRATSIYALASHGAN TA’LIM BЕRISH KОNSЕPSIYASI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
integratsiya / nazariya / konsepsiya / ta`lim / tarbiya / tamoyil / yondahuv / innovatsiya / texnologiya / tizim / ona tili fani

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Ashurbayeva Ruqiya Qahhorovna

Mazkur maqolada ona tili darslarida o‘quvchilarga innоvatsiоn tехnоlоgiyalar vоsitasida intеgratsiyalashgan ta’lim bеrish kоnsеpsiyasi haqidagi mulohozalar berilgan bo`lib, оna tili fanini o‘qitishda ta’lim, tarbiya va rivоjlanish uyg‘unligi tamоyili, ilmiylik va tushunarlilik tamоyili, nazariyaning amaliyot bilan alоqadоrligi tamоyili, оnglilik, faоllik va mustaqillik tamоyillari xususida fikrlar o`rin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ОNA TILI DARSLARIDA O‘QUVCHILARGA INNОVATSIОN TЕХNОLОGIYALAR VОSITASIDA INTЕGRATSIYALASHGAN TA’LIM BЕRISH KОNSЕPSIYASI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES i

ONA TILI DARSLARIDA O'QUVCHILARGA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA INTEGRATSIYALASHGAN TA'LIM BERISH KONSEPSIYASI

Ashurbayeva Ruqiya Qahhorovna Buxoro davlat tibbiyot instituti, ozbek tili va adabiyoti, rus tili, pedagogika psixologiya kafedrasining v.b.dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.10886042

ARTICLE INFO

Received: 24th March 2024 Accepted: 26th March 2024 Published: 27th March 2024

KEYWORDS

integratsiya, nazariya,

konsepsiya, ta lim, tarbiya,

tamoyil, yondahuv, innovatsiya, texnologiya, tizim, ona tili fani

ABSTRACT

Mazkur maqolada ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion tехnоlоgiyalar vоsitasida intеgratsiyalashgan ta'lim bеrish konsеpsiyasi haqidagi mulohozalar berilgan bolib, ona tilifanini o'qitishda ta'lim, tarbiya va rivojlanish uyg'unligi tamoyili, ilmiylik va tushunarlilik tamoyili, nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi tamoyili, onglilik, faollik va mustaqillik tamoyillari xususida fikrlar o^rin olgan.

Tarixga nazar solar ekanmiz, sharq qomusiy olimlarining ilmiy-falsafiy qarashlari nafaqat o'z davriga, o'z makoniga, balki butun insoniyatga, kelajak avlodlar taqdiriga tegishli ekanligini ko'ramiz. Dеmak, intеgratsiyaga asoslangan ta'lim ildizlarini sharq tarixidan, innovatsion texnologiyalarni g'arbning hozirgi kunda taraqqiyot yo'liga o'tib olgan o'qitish usullari va vositalaridan izlash zarur.

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish konsepsiyasi haqida mulohaza yuritganimizda sharq mutafakkirlarining bu boradagi qarashlaridan metodologik asos sifatida foydalanamiz.

Konsepsiya (lotincha conception so'zidan olingan majmua, tizim demakdir) - biror sohaga tegishli qarashlar, tamoyillar tizimi, fakt va hodisalarni tushunish, anglash va izohlashning muayyan usuli, asosiy nuqtayi nazar1. Maxsus adabiyotlarda konsepsiya atamasining tor va keng ma'nolarda qo'llanilishini kuzatdik. Mazkur atama keng ma'noda olamni bir butun holatda anglashga xizmat qiluvchi dialektik qonuniyatlar borasidagi qarashlar, nuqtayi nazarlarni anglatsa, tor ma'noda muayyan soha, masalan, pedagogika sohasining asosiy maqsadidan kelib chiquvchi umumiy mohiyat, qarash, tamoyillar tizimini ifodalaydi.

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish konsepsiyasini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 -yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son farmoni 1-ilovasi hamda XXI asr ta'limining umumiy taraqqiyot konsepsiyasiga muvofiq quyidagicha belgiladik:

maqsadi: o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash;

https://qomus.info/encyclope6ia/cat-k/konsepsiya-uz/

Volume 1, Issue 4, March 2024

Page 70

(Bu maqsad bolaga tabiat in'om etgan aqliy qobiliyatni yuzaga chiqarish va uni rivojlantirib borish uchun, kelgusida ma'naviy ehtiyojlarini qondirish, turmush tarzini to'laqonli va mukammal bo'lishini ta'minlashga imkon beradigan umumiy va mushtarak bilimlarni berishga asoslanadi. Zero, maktab ta'limining intellektual shaxsni tayyorlab berishidan jamiyat ham, davlat, xalq, millat ham teng barobarda manfaatdordir.) vazifalari:

o'quvchilarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini aniqlash asosida ularni mantiqiy fikrlashga o'rgatish;

o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish;

o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni rivojlantirish asosida ularni tanqidiy fikrlashga o'rgatish;

o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni rivojlantirish asosida axborotlarni mustaqil izlash, tahlil qilish va keragini nokeragidan ajrata olish ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;

o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni rivojlantirishda ta'lim-tarbiya-shaxs ma'naviyati uyg'unligiga erishish;

yondashuvi: innovatsion texnologiyalar vositasida integrativ yondashuv;

yondashuv munosabati: o'qituvchi-o'quvchining o'zaro hamkorligi; subyekt-subyekt;

o'quvchi-o'quvchining o'zaro hamkorligi;

(Bunda o'quv predmetlariaro muayyan birlik, tushuncha yoki voqelik tahlilida, ularning o'zaro o'xshash va farqli belgilarini topishda bir-birlarining fikrlarini hurmat qilish, o'zaro samimiy munosabat, hamkorlik, tenglik munosabatlarining o'rnatilishi, birga qayg'urish, birga izlanish, hamkorlikda ijod qilish, bir-birini to'ldirish kabilar nazarda tutiladi.) shakli: kichik guruhlarda ishlash;

pedagogik texnologiyasi: o'quvchini mustaqil o'qishga, bilim olishga, fikrlashga o'rgatishni kafolatlaydigan jarayon;

o'quv vositalari: asbob-uskunalar, laboratoriya jihozlari, axborot va texnik vositalar (qurilmalar), ko'rgazmali qurollar, ramziy belgilar, darslik, o'quv qo'llanmalari, kompyuter, multimedia ilovalari va h.; tamoyillari:

tizimlilik tamoyilida ona tili darslarida tanlangan materialning biri keyingisini taqozo etishi yoki har bir keyingi bilim oldingisiga asoslanishi zarur;

(Bunda o'qituvchi ilmiy asoslar mantig'ini bir va bir necha o'quv predmetlari doirasida to'g'ri anglab olishi va ularni o'quvchi yoshiga mos ravishda soddalashtirib qayta ishlab chiqishi kerak bo'ladiki, bu o'ziga xos izchillikni talab etadi.)

izchillik tamoyilida ikki-uch yoki uch-to'rt o'quv predmeti doirasida tanlangan o'zaro aloqador materiallarni ma'lum tartibga solishda o'qituvchi to'planganlarni mohiyatan birlamchi va ikkilamchi mohiyatga ega bo'lganlarga ajrata olishi va ularning zarurlarinigina izchil saralashi nazarda tutiladi;

(Bunda o'qituvchi tomonidan izchillikka asoslanib saralangan mavjud bilimlar oddiydan murakkabga qarab yoki bo'lakdan butunga qarab ketma-ket tizim asosida joylashtiriladi.)

ketma-ketlik tamoyilida ikki-uch yoki uch-to'rt o'quv predmeti doirasida tanlangan o'zaro aloqador materiallarni o'qituvchi tomonidan ma'lum tartibda o'quvchiga taqdim etib borishi tushuniladi;

(Bunda o'quvchiga taqdim etilayotgan o'quv materiali uning ong ostiga qanday singishi inobatga olinadi. Ketma-ketlik tamoyilida shoshqaloqlik yaramaydi. Rus olimlari M.A.Danilov, B.P.Yesipov, V.P.Strekozin, A.Y.Danilyuk ta'kidlaganlaridek: "O'rganishning ketma-ketlik tamoyili asosida jarayon shunday tashkil etilishi kerakki, bunda o'quvchiga taqdim etilayotgan bilimlar qat'iy tizimda bo'lishi, har bir keyingi (muayyan dalil, ta'riflarga tayanuvchi) bilim oldingisidan kelib chiqishi va oldingisi keyingisida rivojlanib takomil topishi muhim. Bularning barchasi o'quvchining keyingi o'zlashtirishlari uchun zamin vazifasini o'tashi zarur. Ya'ni oddiy qilib aytganda: "O'quvchingiz oldingisini o'zlashtirmaguncha keyingisiga o'tmang!"2) uyg'unlik tamoyilida ona tili darslarida tanlangan matnning o'quvchi ong osti ma'lumotlariga yaqin bo'lishi nazarda tutiladi;

Shuningdek, bunda ona tili o'qitishda ta'lim, tarbiya va rivojlanish uyg'unligi tamoyili, ilmiylik va tushunarlilik tamoyili, nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi tamoyili, onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili; ko'rsatmalilik tamoyili, bolalarning yosh hamda o'quv imkoniyatlarini hisobga olish tamoyillari ham amal qiladi. Biz bularga qo'shimcha qilib o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni rivojlantirish tamoyilini ham kiritishni joiz deb topdik.

Sanab o'tilgan tamoyillarning barchasi ta'limning ona tili ta'limining bosh maqsadi ro'yobi uchun xizmat qilmog'i muhim. Zero, o'qitishning asosiy maqsadi ta'limning muayyan mo'ljalga yo'naltirilganligini va shu maqsadga mosligini o'zida ifodalagan, o'qitishning ijtimoiyligini, uning jamiyatdagi o'rnini belgilab beradigan, o'qitishning mazmuni, yo'nalishi, usullari hamda shaklini belgilovchi boshlanma hisoblanadi. (Ta'lim maqsadida tarbiyaning maqsadi, ya'ni insonga nisbatan u qanday bo'lishi kerak, unga qanday ijtimoiy ehtiyojlar uchun ta'lim berish kerak, degan talablar ifodalangan bo'ladi. Ta'lim jarayonida ta'lim va tarbiya maqsadlarini belgilovchi jamiyat talablari to'la holda aks etsagina, bola shaxsi har tomonlama kamol topadi. D.Yuldasheva ta'kidlaganidek, bilim berish hamda tarbiyalashning o'zaro uyg'un maqsadi o'qitish tizimini- ta'lim jarayoni, uning mohiyati, mazmuni, vositalari, usuli, ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi munosabatlari, shuningdek, uning natijasi - jamiyatga qanday mutaxassis(shaxs)ni tayyorlashni belgilaydi.)

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish tamoyillarini quyidagicha ifodalash mumkin (Qarang: 3-chizma):

1.3-chizma

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish tamoyillari

2 Данилюк А.Я. Теория интеграции образования. Монография. - Ростов н/Д.: Изд-во Рост. пед. ун-та, 2000. - 440 с.- 316-с.; Данилов М.А., Есипов Б.П. Дидактика. -Москва, 1957.-178-с.

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish tamoyillari

•tizimlilik tamoyili

•izchillik tamoyili

• ketma-ketlik tamoyili

•uyg'unlik tamoyili

•ta'lim, tarbiya va rivojlanish uyg'unligi tamoyili

• ilmiylik va tushunarlilik tamoyili

• nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi tamoyili

• onglilik, faollik va mustaqillik tamoyili

•ko'rsatmalilik tamoyili

•bolalarningyosh hamda o'quv imkoniyatlarini hisodga olish tamoyili

• assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni rivojlantirish tamoyili

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berish jarayonida o'quvchi bajaradigan ishlar tizimi quyidagilardan iborat bo'lmog'i lozim:

"Kuzatish - darslikdagi o'quv topshirig'iga yondosh, ammo aynan bo'lmagan topshiriq asosida til hodisalarini kuzata olish;

Izlanish - o'ylash, xotirada tiklash, so'rash, lug'at qomus, ma'lumot manbalaridan foydalanish asosida hodisalar sirasini boyita olish;

Alohidaliklarni sharhlash - berilgan va o'zi davom ettirgan siradagi har bir hodisani alohida-alohida sharhlay olish;

Qiyoslash - siradagi hodisalarni o'zaro qiyoslay olish;

Umumiylikni aniqlash - siradagi hodisalarning o'xshash, umumiy tomonlarini aniqlay olish; Farqlarni topish - siradagi hodisalarning bir-biridan farqli tomonlarini aniqlay olish; Tasnif etish - siradagi hodisalarni o'xshashlik va farqlari asosida guruh hamda guruhchalarga ajrata olish;

Hukm chiqarish - hodisalar sirasi haqida umumlashma (hukm, xulosa, qoida) chiqara olish; Alohidaliklarni aniqlash - o'rganilgan hodisalarning yondoshlari (ma'nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari, zidlari va h.) bilan munosabatlarini (yaqinlik, o'xshashlik va farqlarini) aniqlay olish;

Qo'llash - hodisalarni mustaqil ravishda yozma va og'zaki shakllarda sharhlab, ijodiy matn tuza olish -

ularda xayol, diqqat xotira, tafakkur kabi shaxsiy psixik jihatlarni rivojlantirish, qiyinchiliklarni yengish, mustaqil ijodiy faoliyat ko'rsatishga samarali ta'sir ko'rsatadi. Bu esa ayni vaqtda o'quvchi shaxsini rivojlantiradi"3.

Ona tili darslarida o'quvchilarga innovatsion texnologiyalar vositasida integratsiyalashgan ta'lim berishda inobatga olish zarurki, ta'limning barcha tur va bosqichlari, jumladan, o'rta umumta'lim maktablarida ona tili o'quv predmeti o'zbek tilshunosligi qo'lga kiritgan so'nggi yutuqlarga tayanishi, o'quvchilarda fanda qat'iy hal etilgan, ilmiy asoslangan bilimlar asosida

3 Yuldasheva D.N. O'zbek tilini o'qitish metodikasi (OO'MTV tasdiqlagan darslik).- Buxoro: Durdona, 2021.-445 b.-159-160-6.

malaka va ko'nikmalar hosil etishni talab etadi. Xuddi shu fikrni boshqa o'quv predmetlari doirasida ham aytish joiz.

Demak, o'quvchilarda assotsiativlikka asoslangan intellektual salohiyatni shakllantirish va rivojlantirish insoniyatning aqlan rivojlangan jamiyatga erishish maqsadi bilan uyg'unlashib ketadiki, dunyoni boshqarish richagini aqlli, ijodiy tafakkurli shaxslar qo'lida bo'lishini ta'minlash yer yuzida ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo'lib xizmat qiladi.

Agar e'tibor qaratsak, dunyo tamaddunini harakatlantiruvchi, taraqqiyot g'ildiragining aylanishini tezlashtiruvchi kuch ilm-ma'rifatli, zamon talablariga javob bera oladigan kadrlar sanaladi. Bunday kadrlarni oliy ta'lim yetishtirib bersa-da, uning poydevorini maktab qo'yadi. Maktab iqtidor buloqlarining ko'zini ochsagina, ta'limning keyingi bosqichlari uning o'zanlarini kengaytiradi, mustahkamlaydi. Zero, millatni buyuk, mamlakatni qudratli va nufuzli etadigan salmoqli kuch ilm-fan, ta'lim-tarbiya ekanligi aksiomadirki, respublikamizda ham bunga alohida e'tibor qaratilishi bejizga emas. Jahon sivilizasiyasiga erishgan mamlakatlarning taraqqiyot yo'liga nazar tashlasak, ularda ta'lim sifatini yuksaltirish masalasi ustuvorligini kuzatamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar royxati:

1. Ashurbayeva R. Ta'lim tizimida integrativ yondashuvning ahamiyati// BuxDU ilmiy axboroti (ISSN 2181-6875).-Buxoro, 2020, № 4 (80).- 293-299-b.

2. Ashurbayeva R. Ta'lim jarayonida integrativ yondashuv (maktab ona tili darslari misolida). Monografiya. - Buxoro: Durdona, 2021. -148 b. -16-b.

3. ^aHH^roK A.A. TeopuH ннтeграцнн o6pa3oBaHHH. MoHorpa^HH. - POCTOB H/^.: M3^-bo Poct. neg. yH-Ta, 2000. - 440 c.- 316-c.; ^aHH^oB M.A., EcunoB B.n. ^ugaKTHKa. -MocKBa, 1957.-178-C.

4. Yuldasheva D.N. O'zbek tilini o'qitish metodikasi (OO'MTV tasdiqlagan darslik).-Buxoro: Durdona, 2021.-445 b.-159-160-6.

5. R. K. Ashurbayeva. The concept of integration and its application in education. "International Scientific Journal Theoretical & Applied Science" (ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085). -Year: 2020 Issue: 02 Volume: 82. -83-86 p. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42658976(2020).

6. Tilloeva, S. S. Study of psychoemotional status and life quality of patients with bronchial asthma in combination of arterial hypertension, effects of complex therapy. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(3), 3786-3790. Retrieved from www.scopus.com(2020).

7. R. K. Ashurbayeva. Effective methods of teaching the mother tongue in the education system. "International Engineering Journal For Research & Development". Vol.5Issue 7E-ISSN NO: -2349-0721. https://iejrd.com/index.php/%20/article/view/1313

8. R. K. Ashurbayeva. Ways of effective implementation of integration. Middle European Scientific Bulletin. Volume 10, March 2021. ISSN 2694-9970. Pag. 45-51. https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/308

9. Ashurbayeva R.Q. THE CONCEPT OF INTEGRATION AND ITS APPLICATION IN EDUCATION SOI: 1.1/TAS DOI: 10.15863/TAS International Scientific Journal

Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085 (online) Year: 2020 Issue: 02 Volume: 82 Published: 21.02. 2020 http

10. 10. Ashurbayeva R.K. Ways of effective Implementation of Integration.Middle European Scientific Bulletin, 2021

11. Ashurbayeva R.K. EFFECTIVE METHODS OF TEACHING THE MOTHER TONGUE IN THE EDUCATION SYSTEM RAK Sangole - International Engineering Journal For Research & ..., 2020

12. R. K. Ashurbayeva. The concept of integration and its application in education. "International Scientific Journal Theoretical & Applied Science" (ISSN: 2308-4944 (print) e-ISSN: 2409-0085). -Year: 2020 Issue: 02 Volume: 82. -83-86 p. https://www.elibrary.ru/item.asp?id=42658976(2020).

13. Tilloeva, S. S. Study of psychoemotional status and life quality of patients with bronchial asthma in combination of arterial hypertension, effects of complex therapy. European Journal of Molecular and Clinical Medicine, 7(3), 3786-3790. Retrieved from www.scopus.com(2020).

14. R. K. Ashurbayeva. Effective methods of teaching the mother tongue in the education system. "International Engineering Journal For Research & Development". Vol.5Issue 7E-ISSN NO: -2349-0721. https://iejrd.com/index.php/%20/article/view/1313

15. R. K. Ashurbayeva. Ways of effective implementation of integration. Middle European Scientific Bulletin. Volume 10, March 2021. ISSN 2694-9970. Pag. 45-51. https://cejsr.academicjournal.io/index.php/journal/article/view/308

16. https://qomus.info/encyclope6ia/cat-k/konsepsiya-uz/

17. https://hozir.org/1-uygonish-davri-tushunchasi-markaziy-osiyo-rennessansi-va-uni.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.