Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
OMMAVIY TARTIBSIZLIKLARDA MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING MUZОKARA ОLIB BОRISH KО'NIKMASINI RIVОJLANTIRISHNING MUQОBIL YECHIMLARI
Abdurahmonov Azizbek Baxtiyor o'g'li
Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti
Ushbu mаqоlаdа оmmаviy tаrtibsizlik tushunсhаsining mоhiyаti, unda milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining muzokara olib borish ko^nikmasini rivojlantirish masalalari muhokama etiladi.
Kalit so'zlar: ommaviy tadbirlar, ommaviy tartibsizliklar, vakolatli organlar, psixologik ahamiyat, bartaraf qilish, profilaktika, huquqiy yordam, xatti-harakatlar, profilaktika inspektori, javobgarlik.
В данной статье рассматривается сущность понятия массовых беспорядков, вопросы развития переговорных навыков у военнослужащих Национальной гвардии.
Ключевые слова: массовые мероприятия, массовые беспорядки, уполномоченные органы, психологическая значимость, устранение, профилактика, юридическая помощь, поведение, профилактика, инспектор, ответственность.
Оmmaviy tadbirlar davomida jamoat xavfsizligini saqlash, tinсhlikni ta'minlashga doir masalalarga turli xil jiddiy ziddiyat yuzaga keladi. Xalqaro munosabatlarda millatlararo tortishuvlarda ommaviy tartibsizliklarni kelajakda barataraf etish bugungi holatga nisbatan anсha qiyin keсhishi ta'kidlab o'tilgan. Shu kabi holatlarni bartaraf etish maqsadida yurtimizda ommaviy tartibsizliklarni oldini olishga qaratilgan qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, "Respublika sudlari tomonidan Ommaviy tartibsizliklar uchun javobgarlik to'g'risidagi qonunlarni qo'llash amaliyoti bilan bog'liq ayrim masalalar to'g'risda"gi Oliy sud plenum qarori, O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" gi PF-4947-son. Ushbu dasturning 5- tamoyiliga muvofiq tinchlikni ta'minlash ya'ni mamlakatni ichki tartibsizliklariga chek qo'yish va osoyishtalikni ta'minlashdan iborat hisoblanadi.
ANNOTATSIYA
AННOТAЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ommaviy tartibsizklar tushunchasining dolzarbligi shundaki, bunda barcha davlatda yuz berishi mumkin bo'lgan real xavfni keltiruvchi omil sifatida qarash mumkin. Ushbu vaziyat joy va makon ta'lab etmaydi. Sababi qaysi mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy (oziq-ovqat yetishmasligi, narxlarning asossiz oshishi, siyosiy-saylovlarda korrupsion holatlarni yuzaga kelishi, hokimiyat o'zboshimchaligi, diniy -ikki din vakillari o'rtasida nizoli vaziyat yuzaga kelishi, etnik - mahaliy aholi va o'zga yurt vakillari orasida yuz berishi mumkin bo'lgan real xavf tushuniladi.
ADABIYOTLAR SHARHI
"Omma" so'zining lug'aviy ma'nosi ko'pchilikka oid, jamoatga taalluqli, jaomat bilan qilinadigan ishlar degan ma'noni anglatadi. Ommaviy tadbir deganda - 100 va undan ko'p kishilarning ijtimoiy-siyosiy (anjumanlar, konferensiyalar, syezdlar va boshqalar), madaniy-ommaviy va ko'ngilochar-tomosha dasturlari, xalq sayllari, sirk, milliy namoyishlar va o'yinlar, ko'riktanlovlar va boshqalar), shuningdek umumxalq, diniy, kasb bayramlarini o'tkazish maqsadida ommaviy tadbirini o'tkazish obektida tashkil qilinadiganfuqarolarning birgalikda qatnashishlariga aytiladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Ruxsat etilmagan ommaviy tadbirlar deganda, hokimiyat organlaridan ruxsat olinmgan tadbirlar tushuniladi. Agarda tadbir tashkilotchisi davlat hokimiyatiga ommaviy tadbir o'tkazishga doir ariza taqdim etgan bo'lsa va hokimiyat organlari tomonidan bu hali qanoatlantirilmagan bo'lsa ham, ruxsat etilmgan ommaviy tadbirlar deb topishga asos bo'ladi va qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortishga asos bo'ladi. Ommaviy tadbirlar asosiy turlari to'rttani tashkil etadi. Bular: namoyish, miting, yig'ilish, va ko'cha harakatlari.
Namoyish - harakat jarayonida plaktlar, e'lonlar va boshqa ko'rgazmali vositalardan foydalangan holda jamiyat siyosiy kayfiyatining odamlar guruhi tomonidan ommaviynamoyon etilishi.
Miting - fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi voqea-hodisalarga, shaxslar yoki tashkilotlarning harakatlari (harakatsizligi)ga nisbatan o'z munosabatlarini ifoda etish va ommaviy ravishda muhokama qilish maqsadidagi ommaviy yig'ini.
Yig'ilish - fuqarolar guruhi tomonidan o'zlarining kayfiyatlari, munosabatlari va qarashlarini ma'lum joy, hudud, binolarda boshlovchi, boshqaruvchi tomonidan ularga qarshi tomonga ma'lum qilinishi.
Ko'cha harakatlari - ko'chaning qatnov yoki piyodlar yo'laklarida chorrahalarda qandaydir masalalarga diqqatini jalb qilish maqsadida odamlar tomonidan tashkil etiladiganommaviy harakat [5].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ommaviy tartibsizliklar haqida olimlar turli fikrlarda bo'lishgan. Ommaviy tadbirlar turli nazariy omillarga asoslanib, mustaqil nazariy tushunishni talab qiladi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, bunday harakatlarga maqbul qarshilik ko'rsatishning tarkibiy qismlaridan biri, uning sodir etilganligi uchun javobgarlikni nazarda tutilganligidir.
Bugungi kunga kelib olimlar ommaviy tartibsizliklarni to'rt guruhga bo'lish mumkin degan fikrga kelishgan. Bular: qurolli (oqilona rejalashtirish maxsus ko'nikmalarga ega bo'lgan holda tashkil etish), ekpressiv buzilishlar (his-tuyg'ular, fiklarni bo'ysundirishga qaratilgan), asossiz (tarkibiy asoslarg ega bo'lmagan), o'tish davridagi tartibsizliklar. Ba'zi mualliflar ommaviy tartibsizliklarni hokimiyat organlariga bo'ysunmaslikka qaratilgan faol harakatlar deb ta'rif beradilar. Umuman olganda ko'p sonli odamlarni bir joyda tartibsiz yig'ilishi, bunda boshqa shaxslarga tazyiq o'tkazish, hokimiyat organlarini tan omaslik, qirg'in uyishtirish, mulkni yo'q qilishga qaratilgan harakat degan go'yani ilgari suradilar. Ommaviy tartibsizliklar jinoyat qonunchiligiga ko'ra o'gir jinoyat hisoblanib, jamiyatning, fuqarolarning, korxona va muasassalarning normal yashash va ishlash sharoitlarini buzadi. Ommaviy tartibsizliklarning suiqasd qilish obektlari deganda jinoiy tajovuzdan himoya qilinadigan ijtimoiy munosabat tushuniladi. Agar ommaviy tartibsizliklarning ishtirokchilari tomonidan, o'g'rilash, talonchilik, bosqinchiliklar qilish va boshqa alohida jinoyat tarkibini tashkil etuvchi jinoyatlar sodir etilganda jinoyatlar majmuasi bilan tavsiflanadi [6].
Bugungi obod, osoyishta zamonda tinchlikli aholini sog'ligini jamoat tartibi va osoyishtaligini saqalashda Milliy Gvardiya organlari beqiyos o'rin egallaydi. Jismoniy kuch ishlatish jarayonida jismoniy kuch ishlatish va jang usullarini qo'llash huquqiga ega bo'ladi. Bunda ular jinoyatlarga barham berish, jinoyatchi shaxslarni ushlash va olib borish, Milliy Gvardiya xodimlarining qonuniy talablariga qarshilik ko'rsatganda, xodimning zarur ishlarni amlga oshirishda unga halal beryotganda jismoniy kuch ishlatish mumkin bo'ladi. Lekin ushbu jismoniy kuch ishlatish barcha shaxslarga ham qo'llanavermaydi. Homiladorlik belgisi sezilib turgan ayollarga, nogironligi bo'lgan shaxslarga, voyaga yetmgan shaxslarga, keksalarga nisbatan ham jismoniy kuch ishlatish taqiqlanadi. Ammo yechim vositalarining eng afzali muzokara o'tkazish bo'lib qolaveradi.
Agarda ommaviy tartibsizliklar mobaynida qo'shimcha kuchlar yetib kelguniga qadar tartisizlikning oldini olish choralari ko'rilmasa, omamviy tartibsizliklar avj olib, boshqa hudud va minataqalarda ham yuz berish ehtimoli kuchayadi. Ushbu vaziyatni oldini olish uchun Ichki ishlar organlari va bo'linmalari o'zaro kelishib, tez va to'g'ri
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
harakat qilishiga bog'liqdir. Bunda ma'lum reja asosida amalga oshiradigan harakatlar ketma ketligiga amal qilish zarur. Ommaviy tartibsizliklar og'irlik darajasi ko'ra hududda favqulodda holat e'lon qilinadi. Bunda operativ shtab tuzilib, maxsus reja asosida harakatlar amalga oshiriladi va zarur qarorlar ishlab chiqiladi [7].
Qabul qilingan qarorga muvofiq Ichki ishlar vazirligi, shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi, ichki ishlar boshqarmalari, temir yo'l ichki ishlar boshqarmasida, shahar, tuman ichki ishlar bo'limlarida maxsus harakat rejasi tuziladi.
XULOSA VA MUNOZARA
Jamoat tartibi va jamoat xavfsizligi ta'minlash borasida asosiy mas'ul hisoblangan Ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiya tartibni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda tinchlik har doim barqaror bo'lishi uchun Ichki ishlar organlari va Milliy Gvardiya xodimlari birnchi navbatda rahbarlar, har doim shay holatda turishi zarur. Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishdan ko'ra, uni oldini olib, muzokara o'tkazib, fuqarolarga jismoniy, mulkiy, ma'naviy zarar yetishini oldini olish lozim.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Bilimli avlod - buyuk kelajakning, tadbirkor xalq - farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruza // Xalqso'zi. - 2018. - 8 dek.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi «Ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to'g'risida»gi 205-sonli qarori.
3. Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va xavfsizligini ta'minlash faoliyatini boshqarish: Darslik / I.Ismailov, J.S.Muxtorov, F.N.Shukurov va boshq. Mas'ul muharrir B.A.Matlyubov. -T.:O'zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2021. - b 392
4. Newman G. Understanding Violence. New York-Hagerstown-Philadelphia-San Fran ziskoLondon, 2019. P.8 Marx G. T. Issueless Riots. Collective Violence. Chikago- New York, 2012. 9 Lebon G. Psychologie der Massen. Stuttgart, 2012
5. Oдилoвa, Г. Р., Мурoдуллaeвa, Н. О., & Aминжoнoвa, Ч. A. ОФТАЛЬМОЛОГИЯ ФАНИНИа МТИШ САМАРАДОРЛИГИНИ ОШИРИШДА ТАЪЛИМНИНГ ТЕХНИК ВОСИТАЛАРИ АФЗАЛЛИКЛАРИ. In «СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ, ПРОБЛЕМЫ И ПЕРСПЕКТИВЫ МЕДИЦИНСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ» МЕЖДУНАРОДНАЯ УЧЕБНО-НАУЧНО-
395
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ПРАКТИЧЕСКАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ «ТИББИЙ ТАЪЛИМНИНГ ЗАМОНАВИЙ ГОЛАТИ (p. 177).
6. Kakharov, K., & Azizov, Y. (2022). Mnemonics Techniques for Teaching English Language. American Journal of Social and Humanitarian Research, 3(11),
7. Bazarova, D. (2022). VARIABILITY OF PHRASEOLOGICAL UNITS. Science and innovation, 1(B7), 483-486.
8. Qizi, R. K. B., & Makhamadjonovich, U. U. (2022). The meaning of "concept" in Linguistics. Texas Journal of Philology, Culture and History, 13, 4-5.
9. Yuzboy ogli, R. A. (2022, April). ANGLIYA ELCHISI ALEKSANDR BYORNSNING BUXOROGA SAYOHATI TAFSILOTLARI. In E Conference Zone (pp. 176-177).
10. Iminovna, M. A. (2022). LESSINGNING "EMILIYA GALOTTI" ASARI TARJIMASI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR.
11. Iminovna, M. A. (2022). The Study of Metaphors, Metonymies and Phrasal Verbs in Gotthold Ephraim Lessing's Works Nathan the Wise.
12. Iminovna, M. A. (2021). LESSINGNING HAYOTI VA IJODI HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. Eurasian Journal of Academic Research, 1(9), 278-281.
385-387.