Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
OMMAVIY MADANIYAT -JOHILLIKNING QUROLI!
Uktam Umarov Aminovich,
Nizomiy nomidagi TDPUShahrisabzfilialiPedagogika fakulteti ma'naviyat va ma'rifat ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari
Annotatsiya: Maqolada dunyoga yuz berayotgan ma 'naviy tahdilar, ma'naviyatsizliklar, dunyoda yuz berayotgan qo'paruvchiliklarning oqibatlari, va unga qarshi Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev asarlari misolida ma'naviy immunitetni shakllantirishning yo 'llari haqida so 'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: Ma'naviy tahdid, qo'paruvchilik, ongsizlik, "ommaviy madaniyat", tahlika, tahdid.
Abstract: The article discusses the spiritual threats to the world, immorality, the consequences of the uprisings in the world, and ways to build spiritual immunity against it on the example of the works of President Sh.M. Mirziyoyev.
Keywords: Spiritual threat, subversion, unconsciousness, "popular culture", danger, threat.
Аннотация: В статье рассматриваются духовные угрозы миру, безнравственность, последствия восстаний в мире и способы построения духовной неприкосновенности против них на примере произведений Президента Ш.М. Мирзиёева.
Ключевые слова: духовная угроза, подрывная деятельность, бессознательное состояние, «массовая культура», опасность, угроза.
KIRISH
Inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi ma'naviyat kishilaming falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini o'z ichiga oladi. Bilamizki, insonning tashqi olamiga uning bo'ybasti, ko'rinishi, kiyinishi, xatti-harakati kirsa, ichki olami bu uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuyg'ularini o'z ichiga oladi.
Darhaqiqat, oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, ma'naviyat ruhiy ozuqa va qudrat bag'ishlaydi. Ma'naviyat shunchaki yuzaga kelmaydi, unga muttasil o'qish, o'rganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Ma'naviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Ma'naviyatli kiish yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli o'tkazish yo'lini izlaydi. Muomala qilish madaniyatini, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshishni o'rganadi. Vijdon, yolg'on va rost, or-nomus, halol va haromni farqini bilish, ma'naviyatli kishining tanlovidir. Yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechish, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajarish ma'naviyatli insonga xos.
929
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
0
VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insondagi iste'dod, iqtidor ma'naviyatli jamiyatni bunyodkorlikka yo'llaydi. Ayniqsa bunyodkorlikka intilgan ma'naviyatli shaxs komillik darajasiga yetadi. Undagi vatanparvarlik xislatlari onani sevish, otani hurmat qilish, aka-ukani ardoqlash, singilni e'zozlash kabi buyuk mehr tuyg'ulari bilan mujassamlashtiriladi.
Demakki ma'naviyati pok inson hamisha jamiyatning bebaho ne'matidir.
Ming afsuski, to'g'ri yo'llarni egri yo'llar to'sib turgani, yaxshining yomoni bo'lgani kabi ma'naviyatga tahdidlar, "ommaviy madaniyat" ko'rinishi kabi natijasi o'lim bilan tugaydigan ma'naviyatsizliklar ham jamiyatda uchrab turadi. Aslida urash emas, bunday ma'naviy zararkunandalik jamiyatning viruslaridir. Birgina yoshlarning ma'naviy qarashlarini turli "ommaviy madaniyat" ko'rinishidagi xulq-atvor, ijtimoiy tarmoqlardagi ko'rinmas qopqonlar bizni hamisha cho'chitadi, ogohlikka chaqiradi. Bundayin chirkin niyatli ma'naviyatfurushlar bor ekan, millat millatligini, jamiyat jamiyat ekanligini, g'ururi , ori, nomini yo'qotishi xech gap emas.
Yoshlik beg'ubor fasl. Ko'rtak yoyib zaminga go'zallik ulashayotgan yosh, navqiron daraxtlar kabidir. Biroq, ma'naviy tahdidlar oqimining ko'rinmas fojeali urushi qariga cho'kib ketishgacha jar yoqasiga tortqilayogan ma'naviyatsizlik bizu, sizni xushyor tortishga yetti o'ylab bir kesishga undaydi. Ko'cha kuyda rumol o'ranib(aslida nega uranganini anglamay) turli xiring-xiring tusi atrofdagilariga kulgi bo'layotgan ayrim qizlar, yoki qiz bola kabi soch turmagini bezab olgan, qizlar kabi xatti-harakat qilayotgan ayrim yigitlarning ma'naviyatsizligiga parvo qilmagan topilmasa keragov. Aslida atrofdagilariga ma'naviyatsizlik virusini yoqtirayotgan bu yoshlarning safi tobora ortib borayotganidan cho'chimay ilojimiz yo'q.
Xush, ularning bu oqimga kirib borayotgani, hatto ota-onasiga, jigarlariga, sinfdoshlariga(rossiyadagi voqeani yozaman) qurol ko'targanini kuzatyapmiz, dilimiz og'riyapdi, hayratlanayapmizu, voqea sababini chuqur o'ylab ko'ryapmizmikan?!
Zotan, hozirgi kunda ana shunday ma'naviy bo'shliqni o'zining yod g'oyalari bilan to'ldirayotgan, g'arazli maqsadlari asosida yoshlar ongini egallayotgan "koronavirus" sheriklari ham yo'q emas. "Bunday kuchlarning ixtiyorida juda katta moddiy, moliyaviy resurslar va imkoniyatlar mavjud bo'lib, ularning puxta o'ylangan, uzoq va davomli yovuz maqsadlariga xizmat qilmoqda"(Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" I.A.Karimov).
Quvonarlisi, mamlakatimizda bu kabi oqimlarning oldini olish, oqimni vaqtida to'xtatish uchun ma'naviy immunitet shakllangan. Dunyo hamjamiyatini ham o'ylantirayotgan "ommaviy madaniyat", "ma'naviy tahdidlar", terrorizm, aqidaparastlik illatlariga qarshi har ikki yurtboshimiz birinchi va ikkinchi prezidentlarimizning qonun, qaror, farmonlari faqatgina yurtimiz uchun emas, xalqaro maydonda ham o'z kuchini, mavqe'ini ko'rsatmoqda.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
0
VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
Xususan, birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning "Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch" asari yuksak saviyali, buyuk ma'naviyatli, ma'naviyatsizlikka qarshi yo'l ko'rsatuvchi komposdir.
Avvalo, asarning ma'naviy ahamiyati shundaki, asarda "ma'naviyat - insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, desak, menimcha, tariximiz va bugungi hayotimizda har tomonlama o'z tasdig'ini topib borayotgan haqiqatni yaqqol ifoda etgan bo'lamiz" deyiladi. Bundan tashqari, ma'naviyatsizlikka qarshi buyuk ajdodlarimizning "xalq yoki millatning ma'naviyatini uning tarixi, o'ziga xos urf-odat va an'analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo'lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma'naviy meros, madaniy boyliklar, ko'hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo'lib xizmat qilishi"ga alohida ahamiyat beriladi. "Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon s ivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog'liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko'tarilishida ona yurtimizda tug'ilib kamolga yetgan ulug' allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g'urur va iftixor bag'ishlashi" ham ma'naviyatsizlikning debochasi bo'ldi. Ayniqsa, "«Avesto»ning tub ma'no-mohiyatini belgilab beradigan «Ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amal» degan tamoyilni oladigan bo'lsak, unda hozirgi zamon uchun ham behad ibratli bo'lgan saboqlar borligini ko'rish mumkin. Ana shunday fikrlar, ya'ni, ezgu niyat, so'z va ish birligini jamiyat hayotining ustuvor g'oyasi sifatida talqin etish bizning bugungi ma'naviy ideallarimiz bilan naqadar uzviy bog'liq, nechog'liq mustahkam hayotiy asosga ega ekani ayniqsa e'tiborlidir" Ana shunday ulug' ajdodlarimizning ilmiy-ijodiy merosi va ibratli faoliyati keyinchalik diyorimizda Qori Niyoziy va Toshmuhammad Sarimsoqov, Habib Abdullaev va Sa'di Sirojiddinov, Obid Sodiqov va Sobir Yunusov, Yahyo G'ulomov va Bo'riboy Ahmedov, Oybek va G'afur G'ulom, Abdulla Qahhor va Zulfiya, Said Ahmad va Ozod Sharafiddinov, Lutfixonim Sarimsoqova va Halima Nosirova, Olim Xo'jaev, Razzoq Hamroyev va boshqa ko'plab nomlari dunyoga tanilgan mashhur ilm-fan, adabiyot va madaniyat arboblarining yetishib chiqishiga mustahkam zamin bo'lib xizmat qilishi ham tadqiqotlarimizning asosidir.
"Vatan- yuragimning bir bo'lagi. Vatan- ma'naviyatim, vijdonim, orim, nomusim. Uni asrab avaylash meningdek farzandlaring qo'lida ekan, avvalo ostonangga tahdid solayotgan yovuzlikka qarshi kurashishga bel bog'laganman! Men
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
yuragimdagi mehrimni, dilimdagi pok iymonimni, vijdonimni, mehrimni, cheksiz muhabbatimni baxshida etishga tayyorman!"
XULOSA
Xulosa o'rnida, yana asar so'ngidagi so'zlarga quloq tutmay ilojimiz yo'q. I.A.Karimov: "Ishonchimiz komilki, xalqimiz tarixning murakkab jarayonlarida irodasi chiniqib, har qanday hujum va tazyiqlarga qaramasdan, ma'naviy olami kuchayib va yuksalib borayotgani, bizni ko'rolmaydigan kuchlar ham bu haqiqatni tan olayotganini mamnuniyat bilan qayd etamiz.
Chunki xalq - bamisoli ulug' va sharafli yo'ldan ilgarilab borayotgan ulkan karvon. Uni yo'ldan chalg'itishga urinuvchilar, payt poylab orqasidan hamla qiluvchilar hamisha bo'lgan, bundan keyin ham bo'lishi mumkin. Karvon bexatar bo'lmas, degan gap bejiz aytilmagan. Ammo xalq karvonini hech qanday kuch ortga qaytarolmaydi. Nega deganda, xalqning qalbida ne-ne avlodlardan meros yengilmas kuch - ma'naviyat bor".
ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES):
1. "Yuksak ma'naviyat -engilmas kuch" . I.A.Karimov. Toshkent "Ma'naviyat" 2008
2. Karimov I.A. Xalqimizning otashqalb farzandi. - T.: O'zbekiston, 1992.
3. Abdullayev A. Ma'naviyat va iqtisodiy tafakkur. - T.: Ma'naviyat, 1999.