Научная статья на тему 'OMMАVIY АXBOROT VOSITАLАRIDА MАVZU'

OMMАVIY АXBOROT VOSITАLАRIDА MАVZU Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
66
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mavzu / mavzuviy ixtisoslashish / induktiv / deduktiv / muammo / spetsifik / jurnalistik ijod. / topic / thematic specialization / inductive / deductive / problem / specific / journalistic creativity.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Usmonova, Nigora

Ushbu maqola ommaviy axborot vositalarida mavzu tanlashning ahamiyati haqida boʼlib, unda muallifning mavzuni tanlash erkinligi OАVning ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan zarur qoidalar doirasida belgilab qoʼyilishi, mavzu tanlash bilan birgalikda professional masalalarni hal etishdagi jurnalistning ijodiy salohiyati (potentsiali) namayon boʼlishi, OАVda mavzu tanlash usullari, mavzuviy ixtisoslashish masalalari oʼrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TOPIC IN THE MASS MEDIA

This article is about the importance of choosing a topic in the media, including the author's freedom to choose a topic within the necessary rules of social significance of the media, the creative potential of the journalist in solving professional problems, methods of choosing a topic in the media, thematic issues of specialization have been studied.

Текст научной работы на тему «OMMАVIY АXBOROT VOSITАLАRIDА MАVZU»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

OMMAVIY AXBOROT VOSITALARIDA MAVZU

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-783-788

Nigora Usmonova

O'zJOKU mustaqil izlanuvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola ommaviy axborot vositalarida mavzu tanlashning ahamiyati haqida bo'lib, unda muallifning mavzuni tanlash erkinligi OAVning ijtimoiy ahamiyatga ega bo 'lgan zarur qoidalar doirasida belgilab qo 'yilishi, mavzu tanlash bilan birgalikda professional masalalarni hal etishdagi jurnalistning ijodiy salohiyati (potentsiali) namayon bo'lishi, OAVda mavzu tanlash usullari, mavzuviy ixtisoslashish masalalari o 'rganilgan.

Kalit so'zlar: mavzu, mavzuviy ixtisoslashish, induktiv, deduktiv, muammo, spetsifik, jurnalistik ijod.

TOPIC IN THE MASS MEDIA ABSTRACT

This article is about the importance of choosing a topic in the media, including the author's freedom to choose a topic within the necessary rules of social significance of the media, the creative potential of the journalist in solving professional problems, methods of choosing a topic in the media, thematic issues of specialization have been studied.

Keywords: topic, thematic specialization, inductive, deductive, problem, specific, journalistic creativity.

OAVda mavzu - badiiy adabiyot asarlari mavzusi bilan taqqoslanganda -ko'proq me'yoriy, ijtimoiy tartibga bevosita javob beradi. OAV doimo ijtimoiy ahamiyatgan ega voqealarni tezkor ravishda yoritib boradi. Hozirgi hayotning asosiy muammolari - iqtisodiyot, siyosat va madaniyatni aks ettiradi. Shuningdek, muallifning mavzuni tanlash erkinligi OAVning ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan zarur qoidalar doirasida belgilab qo'yilgan.

Mavzu tanlash - bu jurnalistik ijodning muntazamliligi. U jurnalist faoliyatida qanchalik ongli va qat'iy ravishda namoyon bo'lsa, OAVning samaradorligi va ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Mavzu tanlash - jurnalist ijodiy jarayonining eng muhim bosqichidir. Bu esa umumiy jamoa amaliyoti va ijtimoiy rivojlanish talablari bilan bog'liq. Mavzu tanlash bilan birgalikda professional masalalarni hal etishdagi jurnalistning ijodiy salohiyati (potentsiali) namayon bo'ladi. Masalan, "O'zbekiston adabiyoti va san'ati" gazetasida e'lon qilingan taniqli publitsist Ahmadjon Meliboevning "Vatanga qaytish"( Ahmadjon Meliboev. Vatanga qaytish. O'zbekiston adabiyoti va san'ati.// 2019 yil 14 iyun.1-b.) maqolasi har doim dolzarb bo'lib kelgan Vatan mavzusidadir. Ushbu mavzuni tanlash va yoritish orqali muallif har bir o'quvchini o'ylantirib kelgan masalalarni o'rganishga xarakat qilgan. Ushbu mavzu ko'pchilik mushtariylarning diqqatini tortdi va ular o'z munosabatlarini bildirdilar.

Mavzu tanlashdagi tashabbuskorlik - publitsistning jamoa hayotida faolligi, ijodiy pozitsiyasining muhim jihatidir. Mavzuni o'rganish OAVda ikkita usulda amalaga oshiriladi: induktiv va deduktiv.

Induktiv (ya'ni fikrning xususiy (konkret)dan umumiy tomon xarakatlanishi) aniq fakt-dalillardan mavzuga olib boradi.

Induktiv usulning mohiyati ko'plab jurnalist va publitsistlarning asarlarida juda aniq ochib berilgan. Ahmadjon Meliboev ijodida ham bunday holatni ko'rish mumkin: "Bundan rosa o'ttiz yil avval bir guruh hamkasblar bilan Shri Lankada ijodiy safarda bo'lganmiz. Hind okeani sohilida miriqib cho'milayotgan edik. Okeanda salobat bilan suzib borayotgan haybatli yuk kemalari e'tiborimizni o'ziga tortardi." Muallif shu tarzda faktlarni ifodalash orqali qiziqarli va yorqin mavzuga kelgan.

Yana induktiv usul deduktiv usul bilan to'ldiriladi (umumiydan - xususiyga): "O'zbekiston bag'rini dunyoga keng ochayotgan mamalakatdir. Vatanga qaytish niyati, Vatan bog'larida pishib yetilgan bir shingil uzumni o'z qo'li bilan uzish, Vatan buloqlariga og'iz qo'yib simirish, Vatan to'ylarida qulochni keng yozib o'rtaga chiqish, Vatan havosidan nafas olish, bugungi O'zbekistonni, uning navqiron va yangi avlodini ko'rish orzusida bo'lganlar, yuragi tosh qotmaganlar uchun eshigimiz, bag'rimiz hamisha ochiq. "

Mavzuni o'rganish bo'yicha yana bir qancha fikrlar mavjud: "Mavzu yaratishning asosiy jarayoni, - deb yozadi E. Ryabchikov, - bu shubhasiz, faktdan mavzuga o'tish; teskari jarayon ham tabiiy: mavzudan faktgacha. Bunday holda mavzu aniq faktlardan tug'ilmaydi, balki ixtiro qilinadi va shundan keyin jurnalist ixtiro qilgan mavzuni "tasdiqlovchi" faktlarni kompleks izlashga kirishadi." [3; 11] Mavzuning ixtiro qilinganligi dastlabki fakt-dalillarning yo'qligini anglatmaydi. Bunga muallif o'zining tajribasi, ongli yoki intiutiv kuzatuvchanligi bilan erishadi.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Aksariyat OAV mavzulari jamoa xarakati mahsuli bo'lib, barchaga ma'lum bo'lgan umumlashmalar, siyosiy hujjatlar, davlat aktlarining jurnalist tamonidan aniq hayotiy materiallar asosida talqin qilinganligidir. Amaliyotni o'rganish, yangi ijtimoiy hodisalarni tahlil qilish - mavzu tanlashning muhim manbai bo'lib, bizning fikrimizcha buni Ahmadjon Meliboev ajoyib tarzda amalga oshirgan.

Jurnalistik ijodda, albatta, mavzu izlash usullarining hech birini mutlaqlashtirish mumkin emas. Agar mavzu katta va keng o'lchovli bo'lsa, jurnalist uni to'liq va mustaqil ravishda tushunishga intilsa mavzu topish usuli yanada murakkablashadi. Ba'zan bitta materialda bir nechta mavzular qatlamlashishining o'ziga xos turi mavjud bo'lib, ularni yoritishda induktiv yoki deduktiv usullardan navbatma-navbat foydalanish talab qilinadi. Mavzu tanlashning dastlabki lahzalarida jurnalist ongida bir vaqtning o'zida hayotiy material va ushbu materialni ifodalash uchun mumkin bo'lgan vositalar namoyon bo'ladi.

Mavzu ustida ishlash jarayonida turli metodik vositalar, bilishning turli usullari, qahramon bilan suhbat, auditoriyaga axboriy ta'sir qilish usullari keng qo'llaniladi. Aksariyat jurnalistik materiallar murakkab mavzularga bag'ishlangan bo'lib, uni ishlab chiqishda jurnalist ancha mehnat qilishiga to'g'ri keladi.

Bunday holda mavzu ustida ishlashda hujjatlarga tayaniladi. Ular jurnalistning o'z fikrlarini ijodiy aks ettirishga yordam beradi. Murakkab, ziddiyatli vaziyatlar haqida hikoya qiluvchi materiallar mavzusi ustida ishlash ancha qiyin bo'ladi. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, jurnalistikamizning tematik asoslariga xos bo'lgan ijodiy imkoniyatlar cheksizdir. Hattoki, eng oddiy mavzu ham muammoni ijobiy hal qilishning ob'ektiv shartini o'z ichiga oladi.

Mavzuning dolzarbligi va jamoaviy-siyosiy yoki iqtisodiy ahamiyatga egaligi -jurnalistik faoliyat muvaffaqiyatining zarur shartidir. Shuningdek, mavzu tanlash -amalga oshirilishi kerak bo'lgan holatdir, muvaffaqiyat garovi emas. Faqatgina mavzu ustida ishlash jarayonida - mavzuni o'zlashtirish jarayonida, jurnalistik ijod usulini yetarli o'zlashtirgan holda - mavzu chuqur va ishonchli tarzda ochib beriladi.

Mavzuni ishlab chiqish va talqin qilish o'xshash tushunchalar, lekin ular bir xil emas. Mavzuni ishlab chiqish, avvalambor, materialni joylashtirishda faktlarning ishonchliligi, aniq hujjatliligi, mantiqiy izchilligini nazarda tutadi. Talqin qilish mavzuni ishlab chiqish asosida rivojlanib boradi, fikrlarni ifodalash jaryonida namayon bo'ladi.

Talqin qilish ancha erkin bo'lib, jurnalistik ijod nazariyasi va metodkasi jarayonida yangi xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Mavzuni talqin qilishning yana bir

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

muhimligi shundaki, ko'pchilik OAV chiqishlarining predmetini turli jurnalistlar va turli tamondan yoritilgan bir xil voqealar tashkil etadi. Shaxsiy mualliflik "ovoz"(intonatsiya), mavzuni o'ziga xos ochib berilishi muallif chiqishining samaradorligini oshiradi.

Jurnalistning ijodiy jarayonining ob'ektiv va sub'ektiv tomonlari birligining namoyon bo'lishi, xususan, mavzuni ishlab chiqish va talqin qilish fikr va ijro etish uyg'unligini, auditoriyani aniq his etishni talab etadi.

Ko'p hollarda kundalik nashr qilinadigan gazetalarda mavzular takrorlanadi. Bunday holda, "asosiysi - mavzuni chuqurlashtirishdir. Aynan shu bilan o'quvchi qiziqishlari qondiriladi, aks holda mavzuga qiziqish faqatgina jamoa tamonidan mavzu ilgari surgan muammo hal bo'lgandagina yoki eskirgandagina yo'qoladi."[2; 239]

"...Yangilik - onson va tez-tez uchraydi, deb o'ylaymiz, - deb ta'kidlagandi V.G.Belinskiy o'z davrida, - u eskilariga deyarli sezilmaydigan atom bilan yopishadi. Agar siz o'z fikringizga ega bo'lsangiz va nima deyayotganingizga chuqur ishonsangiz: sizning o'ziga xosligingiz va o'z ifoda ulubingiz bilan eng eskilaringizga ham yangilik xarakterini bera olasiz, eng eskilari ham sizda yangilik bo'ladi." [1; 87] Yangi nuqtai nazar - an'anaviy mavzuning o'ziga xos yechimining kerakli shartidir. Ushbu sifat nafaqat og'ir mehnat talab qiladigan tahliliy materiallarda, balki oddiy sharxlarda ham uchraydi.

Umuman olganda, gazeta mavzularining takrorlanishi - spetsifik ijodiy muammo. Bu holat jurnalist faoliyatining muhim qismi bilan bog'liq: bir tomondan OAVning keng mavzuviy diapozoni va alohida bir jurnalistning bir yoki bir nechta o'zaro yaqin mavzularga qiziqishi bilan ifodalanadi.

Mavzuviy ixtisoslashish muallif individualligining kengligi va ahamiyatliligini belgilab beruvchi omillardan biri bo'lib, hech qanday tarzda matbuot manfaatlariga zid kelmaydi. Har bir jurnalist o'z sevgan mavzusidan yiroq bo'lgan ko'p narsalar bilan shug'illanishiga to'g'ri keladi. Biroq, haqiqiy ijodkorda har doim uzoq kuzatuvi ostida bo'ladigan, uning ichki hissiyotlariga yaqin bo'lgan va shu bilan birga gazetaga kerak bo'lgan mavzusi bo'ladi. Har doim bir mavzuga diqqat qaratish uni har tomonlama yondashishga emas, balki chuqur ochib berishga imkon beradi.[3; 24]

OAVlarning yuzaga kelishi - hali to'liq o'rganilmagan murakkab jarayon. Bu ba'zi yangi mavzularni yuzaga kelishida va an'anaviy mavzularni chuqurlashishida namoyon bo'ladi. Bu, birinchidan, mavzuning o'ziga xos dinamikasi, o'zgarishlarni o'z vaqtida izohlash zarurati, ikkinchidan, omma ongidagi ma'lum siljishlar ya'ni

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

auditoriyaning yangi talablari bilan izohlanadi. Shu bulan birga nafaqat mavzuni gazeta sahifasida borligi, uning yechimining sifatiga emas, balki uning sofligi, mavzularning takrorlanishi, alohida bir sonda yoki bir necha sonda takrorlanishiga ahamiyat berish kerak.

Auditoriyaning asosiy qiziqishlari va ehtiyojlarining ahamyati, ayniqsa, matbuot va OAVning umumiy masalalarini yechishda jurnalistning yanada samarali ishtirokini ta'minlaydi. OAV mavzusi doimiy ravishda jurnalistik ijodning samaradorligini, auditoriyaning ma'naviy hayotida, mavjud voqelikning ijtimoiy jarayonlarida ishtirok etish darajasini belgilaydigan funktsiyalar va printsiplar bilan tekshiradi.

REFERENCES

1. Белинский В.Г. Эстетика и литературная критика в 2х т. -М.: 1959.

2. Иванова Р.Ф. Конкретное социологическое исследование и публицистика // Вопросы теории и практики массовых форм пропаганды. -М.: 1968. Вып. 1.

3. Хозиев Б.Р. Выбор темы и её разработка. // Вестник. 2008.

4. Khasanova, G. K. (2021). The success and education system of South Korea and Japan. Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа, 94.

5. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(Special Issue 1),

6. Хашимова, С. (2019). On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. Евразийское Научное Объединение,(1-6), 334-338.

7. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

8. Nasirova, S. A. (2020). CONCEPTS OF ФШ ^Ш" CHINESE DREAM" AND Щ ^ Ш ^ ^ " COMMUNITY OF THE ONE FATE OF HUMANITY"-A LINGUISTIC AREA. Journal of Central Asian Social Studies, 7(01), 05-14.

9. Abdullaevna, N. S. (2020). Lexical-semantic and cognitive specifics of political discourse (based on Si Jinping's speeches). ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 70(5), 1086-1092.

257-262.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

10. Nasirova, S. A., Hashimova, S. A., & Rikhsieva, G. S. (2021). THE INFLUENCE OF THE POLITICAL SYSTEM OF CHINA ON THE FORMATION OF SOCIAL AND POLITICAL TERMINOLOGY. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 10-17.

11. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

12. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.