Научная статья на тему 'OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI BIOLABОRATORIYADA ZAMONAVIY USULDA KO‘PAYTIRISH'

OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI BIOLABОRATORIYADA ZAMONAVIY USULDA KO‘PAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

1757
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oltinko‗z / zararkunanda / kimyoviy / biologik / chidamlilik / lichinka / qurt. / golden eye / pest / chemical / biological / resistance / larva / worm

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Alisher O‘lmasovich Maxmatmuradov, Otamurod Aslamovich Po‘latov, Botirxon Muhammadxo‘ja O‘g‘li Imomxo‘jayev

In this state, it is described how to reproduce the golden-eyed entomophage in the laboratory using advanced methods and biolaboratories using modern and modern methods, to establish the optimal timing and norms of application against harmful crops, to increase its effectiveness.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Ushbu maqolada oltinko‗z entomofagini bugungi kundagi eng zamonaviy usullardan foydalangan holda biolabоratoriyada ko‗paytirish, qishloq xo‗jalik ekinlarining zararkundalariga qarshi qo‗llashda eng maqbul muddat va me‘yorlarini o‗rganish hamda samaradorligini oshirish yo‗llari bayon etilgan

Текст научной работы на тему «OLTINKO‘Z ENTOMOFAGINI BIOLABОRATORIYADA ZAMONAVIY USULDA KO‘PAYTIRISH»

OLTINKO'Z ENTOMOFAGINI BIOLABORATORIYADA ZAMONAVIY

USULDA KO'PAYTIRISH

Alisher O'lmasovich Maxmatmuradov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali q.x.f.d. dotsenti

Otamurod Aslamovich Po'latov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali katta o'qituvchisi

Ushbu maqolada oltinko'z entomofagini bugungi kundagi eng zamonaviy usullardan foydalangan holda biolab oratoriyada ko'paytirish, qishloq xo'jalik ekinlarining zararkundalariga qarshi qo 'llashda eng maqbul muddat va me'yorlarini o'rganish hamda samaradorligini oshirish yo'llari bayon etilgan.

Kalit so'zlar: oltinko'z, zararkunanda, kimyoviy, biologik, chidamlilik, lichinka, qurt.

In this state, it is described how to reproduce the golden-eyed entomophage in the laboratory using advanced methods and biolaboratories using modern and modern methods, to establish the optimal timing and norms of application against harmful crops, to increase its effectiveness.

Keywords: golden eye, pest, chemical, biological, resistance, larva, worm.

Kirish. Zararkunandalar xuruji va turli kasalliklar er yuzida ulkan ofat hisoblanib, ular qishloq xo 'jalik o'simliklari rivojlanish davrida va mahsulotlarni saqlash davomida hosilning juda katta qismi zararlanishga sabab bo'ladi. Ba'zi yillari zararli organizmlar hosilning 60-80% ini nobud qilibgina qolmay, o 'simliklar, hayvonlar va insonlarda xavfli yuqumli kasalliklarni ommaviy ravishda keltirib chiqaradi. Shuning uchun xam eng xavfli zararkunadalarga qarshi turli usullar, ayniqsa kimyoviy va biologik kurash keng qo 'llaniladi.

Botirxon Muhammadxo'ja o'g'li Imomxo'jayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali magistri

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

October 5-6

O'zbekiston sharoitida qishloq xo 'jalik ekinlari zararkunandalariga qarshi uyg'unlashgan kurashishda zararkurandalarni baholash masalalari ko 'rsatib berildi. Zararkunanda hasharotlar va bo 'g'imoyoqlilarga qarshi kurashda kimyoviy usul jahon tajribasida keng qo 'llanilsada, ammo bunday insektoakarisidlaming yetarli tanlab ta'sir etish xususiyatiga ega emasligi aniqlandi, ya'ni pestisidlar biologik agentlarni birinchi navbatda esa zararkunandalar ommaviy rivojlanishining oldini oladigan tabiiy kushandalari hisoblangan entomofag hasharotlar, hasharotxo 'r qushlar va boshqalarni qirib yo'qotadi. Bundan tashqari, ko 'pchilik zararkunandalar pestisidlarga barqarorlik hosil qilganligi tufayli agrobiosenozlar fitosanitariya holati va qishloq xo 'jalik ekinlarini yetishtirish iqtisodiga ham salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu esa noan'anaviy guruhlar yangi pestisidlar perekrest va guruhli chidamlilik tufayli amaliyotda qo 'llanishdan oldinroq ham o 'z samaradorligini yo 'qotishi mumkin.

Oltinko'z entomafagidan foydalangan holda zararkundalarga qarshi kurashning turli usullari va sharoitlari hamda entomofaglarni ko'paytirish usullarini M.N.Narziqulov, Sh.A.Umarov, A.A.Muhammadiev, E.N Abdullayevlar tomonidan turli yillarda o 'rganilgan.

Tadqiqotning maqsadi laboratoriyada oltinko'z entomofagini bugungi kundagi eng zamonaviy usullardan foydalangan holda biolabaratoriyada takomillashtirilgan usulda ko'paytirish, qishloq xo'jalik ekinlarining zararkundalariga qarshi qo 'llashda eng maqbul muddat va me'yorlarini o'rganish hamda samaradorligini oshirish yo'llarini izlashdan iborat.

Respublikamizda biologik kurash choralarini qo 'llashni takomillashtirish, uning moddiy bazasi bo 'lmish entomofaglarni ko'paytirish usullarini takomillashtirish, jumladan oltinko'z entomofagini laboratoriya sharoitida ko'paytirishda takomillashgan usulla rni ishlab chiqish.

Tadqiqot usullari: tadqiqotlar laboratoriya sharoitida olib borilib, tadqiqot ishida entomologik, ekologik uslublardan foydalanildi.

Tadqiqot ToshDAU SF biolaboratoriyasida olib borildi. Oddiy oltinko'zni biolaboratoriya sharoitida ko'paytirilganda ko'paytirish texnologik jarayonlarini o'z vaqtida, sifatli o'tkazilishiga e'tibor qaratilishi lozim. Xonadagi harorat va namlikning yuqori yoki past bo'lishi ularning rivojlanishini kechiktiradi hamda urg'ochi zotlarning pushtdorlik darajasining kamayishiga olib

keladi.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Masalan, harorat 32 °C dan oshganda yoki 14 °C dan past bo'lganda oltinko'zlar tuxum qo'yishdan to'xtadi. Oltinko'zni ko'paytirishda uning har bir rivojlanish davri uchun har xil o'rtacha sutkalik harorat va havo namligi ta lab etildi. 20-30 °C harorat va 50-80% nisbiy havo namlik oltinko'z ko'paytirish uchun yaxshi sharoit hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari: Tadqiqotimizning ob'ekti oltinko'z (Chrysopa carnea Steph) - samarali hammaxo'r yirtqich kushanda hasharotdir. Oltinko'zning faqat lichinkalari samara beradi. U barcha hayotiy shakllar: tuxum, qurt, g'umbak bilan oziqlanishi mumkin. Ammo oltinko'zning lichinkalarini boqib yetkazish qiyin bo'lgani uchun (g'uj joylashganida ular bir - birini yeb qo'yishi mumkin), odatda uning tuxum yoki yetuk zoti (imago) tarqatiladi. O'zbekiston iqlim sharoitida oltinko'zning qariyb 11 turi aniqlangan.

Bu xil oltinko'zlar tabiiy biotsenozlardagina emas, balki har xil ekinlarda va daraxtlarda ham uchraydi. Bu turlar orasida keng miqyosda tarqalgani oddiy oltinko'z (Chrysopa carnea Steph) bo'lib, hamma aniqlangan turlarning deyarli 90 foizini tashkil etadi. Oltinko'zlar tillasimon och yashil tusli, juda nozik hasharotlar toifasiga kiradi.

Oltinko'zni biolabaratoriyda ko'paytirish qishloq xo'jaligi zararkunandalardan himoyalashda biologik va iqtisodiy jihatdan samarali ekanligi tadqiqotlarimizda isbotlandi.

Xulosa. Ushbu tadqiqot davomida kuzatganlarimizni yaxlitlab xulosa qiladigan bo'lsak quyidagi xulosalarga kelamiz:

• iqlim sharoitlariga bog'liq holda entomofaglarning samaradorlik mezoni.

• 1: 14 dan 1:40 (entomofag : o'lja) nisbatlarida qo'llash yuqori samara

beradi.

• Shuningdek tadqiqotimizda oltinko'zni don kuyasida ko'paytirish usulidan ham foydalanganimzda yuqori samaradorlikga erishdik.

• Biolaboratoriya va biofabrikalarda oltinko'zni ommaviy tusda urchitish borasidagi muammolardan biri - imagosini yaxshi ozuqa bilan ta'minlash kerak.

• O'rgimchak kanaga qarshi oltinko'z ancha ertaroq may oyining boshlarida dastlabki o'choqlari ko'rinishidan boshlab chiqariladi. aprel oyining oxiridan boshlab o'simlik bitlariga qarshi oltinko'z 1:30 nisbatda chiqariladi.

• Samarqand sharoitida oddiy oltinko'zni qishlashdan chiqishi taxminan mart oyining 2-o'n kunligiga to'g'ri kelsa,

October 5-6

699

ularning g'o'zaga tuxum qo'yishi may oyining 2-3 o'n kunliklariga to'g'ri keladi, imagosi 30-35 kun yashab, shu davr ichida 250-500 tagacha tuxum qo'yadi.

REFERENCES

1. Alimuxamedov S.A., Adashkevich B.P., Odilov Z.K., Xo'jayev Sh.T., G'o'zani biologik usulda himoya qilish. -T.: «Mehnat», 1990. — S.37-114.

2. Adashkevich B.P., Shiyko E. Razvedenie i xranenie entomofagov.-Toshkent: Uzbekistan, 1983.-S.47-62.

3. Azimov B., Hakimov R., Rasulov A. va boshq. Sabzavotkorlarning yumushi bisyor//O'zbekiston qishloq xo'jaligi-2011.-№6.-B.13.

4. Alimuxamedov S.N, Ekin himoyasi sifatli biomahsulotga bog'liq// O'zbekiston qishloq xo'jaligi.-2011.-№4. -B.3.

5. Sulaymonov.B.A. O'simliklarni biologik himoya qilish vositalari. Toshkent - "fan va texnologiya" - 2018. S.397.

6. Умурзаков Э.У., Пулатов О.А. Биоэкология и способы регулирования количествами насекомых на плантациях орехов в условиях Узбекистана // Ж. Актуальные проблемы современной науки, Москва,- 2019, 6, с.183-185.

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.