Научная статья на тему 'OLMA MEVASINI XITOZAN VA ORGANIK KISLOTALAR YORDAMIDA SAQLASHNING YANGICHA USULLARI VA AFZALLIKLARI.'

OLMA MEVASINI XITOZAN VA ORGANIK KISLOTALAR YORDAMIDA SAQLASHNING YANGICHA USULLARI VA AFZALLIKLARI. Текст научной статьи по специальности «Биотехнологии в медицине»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по биотехнологиям в медицине, автор научной работы — Xolmirzayev Ilxomjon Xasanbayevich

Mazkur tadqiqotda olmalarni tut ipak qurti chiqindisidan olingan xitozan va turli iste’molbop kislotalar, sirka kislotasi, qaxrabo kislotasi, vinil kislota va glistirrizin kislotasidan foydalangan holda himoya qoplami hosil qilish yo’li bilan saqlash usuli tahlil qilindi. Xitozanning yuqori biologik faollikka ega ekanligi sababli, olmalarni mikroorganizmlar ta’siridan himoya qilish va ularning saqlash muddatini uzaytirish mumkinligi ko’rsatildi. Sirka kislotasi va boshqa kislotalar bilan birgalikda xitozanning fizik-kimyoviy xususiyatlari kuchayib, hosil bo’lgan qoplam mahsulotning tashqi ko’rinishini va ta’mini uzoq vaqt davomida saqlab qolishga yordam berishi aniqlandi. Bu usul ekologik xavfsiz bo’lib, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov berish va saqlashning samarali yo’li sifatida tavsiya etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLMA MEVASINI XITOZAN VA ORGANIK KISLOTALAR YORDAMIDA SAQLASHNING YANGICHA USULLARI VA AFZALLIKLARI.»

OLMA MEVASINI XITOZAN VA ORGANIK KISLOTALAR YORDAMIDA SAQLASHNING YANGICHA USULLARI VA

AFZALLIKLARI.

Xolmirzayev Ilxomjon Xasanbayevich

Qishloq xo'jaligi fanlari falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.13968691

Annotastiya. Mazkur tadqiqotda olmalarni tut ipak qurti chiqindisidan olingan xitozan va turli iste'molbop kislotalar, sirka kislotasi, qaxrabo kislotasi, vinil kislota va glistirrizin kislotasidan foydalangan holda himoya qoplami hosil qilish yo'li bilan saqlash usuli tahlil qilindi. Xitozanning yuqori biologik faollikka ega ekanligi sababli, olmalarni mikroorganizmlar ta'siridan himoya qilish va ularning saqlash muddatini uzaytirish mumkinligi ko'rsatildi. Sirka kislotasi va boshqa kislotalar bilan birgalikda xitozanning fizik-kimyoviy xususiyatlari kuchayib, hosil bo'lgan qoplam mahsulotning tashqi ko'rinishini va ta'mini uzoq vaqt davomida saqlab qolishga yordam berishi aniqlandi. Bu usul ekologik xavfsiz bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov berish va saqlashning samarali yo'li sifatida tavsiya etiladi.

Аннотация. В данном исследовании анализируется метод сохранения яблок с использованием защитного покрытия, полученного из хитозана, извлечённого из отходов шелкопряда, и различных кислот (уксусная кислота, янтарная кислота, винилоксидная кислота и глицирризиновая кислота). Показано, что благодаря высокой биологической активности хитозана можно защитить яблоки от воздействия микроорганизмов и продлить срок их хранения. Взаимодействие уксусной кислоты и других кислот с хитозаном усиливает физико-химические свойства защитного покрытия, что способствует длительному сохранению внешнего вида и вкусовых качеств продукта. Этот метод экологически безопасен и рекомендуется как эффективный способ обработки и хранения пищевых продуктов.

Abstract. This study analyzes the method of preserving apples using a protective coating formed from chitosan derived from silkworm waste and various acids (acetic acid, succinic acid, vinyl acid, and glycyrrhizic acid). It was demonstrated that due to the high biological activity of chitosan, it is possible to protect apples from the effects of microorganisms and extend their shelf life. The combination of chitosan with acetic acid and other acids enhances the physicochemical properties of the protective coating, helping to maintain the product's appearance and taste over a prolonged period. This method is environmentally safe and is recommended as an effective approach for processing and preserving food products.

2024 yilga kelib er yuzida umumiy hisobda 90 million tonnaga yaqin olma etishtirilmoqda. Bu davrdagi jahon olma ishlab chiqarishning ko'rsatkichi quyidagicha bo'lib, unda Xitoy 45-48 million tonna bo'lib jahon ishlab chiqarishining 50%-ini tashkil qiladi. AQSh 4-5 million tonna, Hindiston 2-3 million tonna, Turkiya 3-4 million tonna, Polsha 3 million tonna atrofida, Italiya 2 million tonna, Rossiya 1,5-2 million tonna, Franstiya 1,5 million tonna, Eran 1,5 million tonna, Chili 1,2-1,5 million tonna bo'lib yuqoridagi davlatlar dunyoda olma etishtirishning asosiy qismini tashkil qiladi va har yili jahon bozoriga katta miqdorda olma etkazib berishadi. O'z navbatida O'zbekiston ham 2023 yilda dunyoda olma etishtiruvchi mamlakatlar orasida 16 o'rinni egallab, yurtimizda olma etishtirish hajmi 800 ming tonna atrofini tashkil etdi. Shuning uchun xam O'zbekiston Markaziy Osiyoda olma etishtirish

bo'yicha muhim o'rin tutadi. Mamlakatning turli hududlarida, ayniqsa, Toshkent viloyati, Samarqand, Namangan va Farg'ona vodiysida katta miqdorda olma etishtirib kelinmoqda.

Shunga qaramay Olma etishtirish uchun qulay iqlim sharoitlari kerak, lekin global iqlim o'zgarishi bu sharoitlarni buzilishi, yozning uzoq davom etishi yoki xavfli qurg'oqchilik olma bog'lariga katta zarar etkazmoqda. Olma daraxtlari ko'p hollarda bahorning so'nggi sovuqlari yoki kutilmagan sovuq havo oqimlaridan zararlanmoqda. Bu gullash yoki mevaning shakllanish jarayoniga salbiy ta'sir qiladi. Bundan tashqari kasalliklar va zararkunandalar fitopatogen kasalliklar, bog'lardagi kasalliklar, jumladan, black rot, black spot, apple scab kabi kasalliklarga chalinish xavfiga ega. Bu kasalliklar hosilni kamaytirib uning sifatiga salbiy ta'sir qilmoqda. Olma daraxtlariga turli zararkunandalar, xususan, codling moth, Panonychus ulmi va boshqalar katta zarar keltirmoqda. Bu zararkunandalar hosilning bir qismini yo'q qilish yoki uning eksportga yaroqliligini pasaytirishga sabab bo'ladi. Zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish uchun pestistidlarni ko'p miqdorda ishlatish talab etiladi, lekin bu ekinlar uchun xavfli bo'lishi yoki ularni atrof muhitga zararli ta'sir ko'rsatishiga olib kelmoqda. Bundan tashqari tuproq sifati va unumdorligi tushishi, tuproqda ozuqaviy moddalar etishmasligi hosilning kamayishiga olib keladi. O'z navbatida olma daraxtlari yuqori sifatli tuproq va yaxshi oziqlanishni talab qiladi. Qurg'oqchilik yoki suv resurslarining cheklanganligi olma bog'lari uchun katta muammo hisoblanmoqda. Sug'orish tizimlarining samarasizligi mahsulot sifatini yomonlashtirishga olib keladi. Qishloq xo'jalik uskunalari va texnologiyalarining etishmasligi qishloq xo'jalik sohasida zamonaviy uskunalarni ishlatish darajasi past bo'lishi esa hosilni yig'ish, qayta ishlash va saqlash jarayonlarini samarasiz natijaga olib keladi. Logistika va bozorga chiqish muammolari, fermerlar mahsulotni bozorga samarali va o'z vaqtida etkazib berishda qiyinchiliklarga duch kelishidir. Tajribali mutaxassislar etishmasligi ilmiy tavsiyalar va bilimlar etishmasligi, zamonaviy agrotexnologiyalarni qo'llash uchun fermerlarga tajribali mutaxassislar va agronomlarning maslahati kerak bo'ladi.

Xozirgi kunda shbu muammolarni echishda olmani biologik xavfsiz saqlash usulidan foydalanilmoqda. Biologik faol preparatning asosi bo'lib Xitozandanfoydalaniladi. Xitozan asosidagi biologik faol, ekologik xavfsiz va tabiiy polimerlar bilan olmalarni ishlov berib saqlash usuli haqida ma'lumot berish uchun avval xitozanning o'zi haqida tushuncha berib o'tish lozim. Xitozan — bu tabiiy polimer bo'lib, xitinning tut ipak qurti g'umbagi va boshqa hasharotlarning tanasi tarkibida bo'ladigan modda qayta ishlangan formasidir. U katta biologik faollikka ega bo'lib, antiseptik va antibakterial xususiyatlarga ega. Xitozan ko'pincha oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov berish va saqlashda ishlatiladi, chunki u ekologik xavfsiz va inson salomatligi uchun zararsiz.

Xitozan bilan olmalarni saqlashda tabiiy polimerlardan iborat yupqa po'st qoplam hosil qiladi. Bu po'st olmani havo va namlikning ta'siridan himoya qiladi, shuningdek, mikroblar va qoliplarning o'sishini oldini oladi. Bu jarayon olmalarning yangiligicha uzoq muddat saqlanishini ta'minlaydi. Xitozan bakteriyalar va zamburug'larning o'sishiga to'sqinlik qiladi, shu orqali olmalarni mikroorganizmlar ta'sirida buzilishidan saqlaydi. Bu antibakterial ta'sir xitozan molekulalarining o'ziga xos tuzilishi bilan bog'liq. Xitozan yupqa qoplamni hosil qilib, olmaning tabiiy namligini saqlashga yordam beradi. Bu mahsulotning tashqi ko'rinishi va ta'mini uzoq vaqt davomida o'zgartirmaslikka yordam beradi. Olmalarga xitozan qoplamini surtish orqali ularning saqlanish muddati ancha uzayadi. Bu usul mahsulotlarni transport qilish yoki bozorda sotish davomida ularning sifatini saqlab qolishda samarali ta'sir ko'rsatadi. Xitozan tabiiy modda bo'lib, u biologik tarzda parchalanadi va atrof-muhitga zarar etkazmaydi. Bu uning asosiy afzalliklaridan biridir. Xitozan inson organizmi uchun zararsiz modda hisoblanadi,

shuning uchun uni oziq-ovqat sanoatida qo'llash xavfsizdir. Xitozan ko'plab biologik chiqindilardan, dengiz va ipak sanoati mahsulotlaridan olinadi, bu esa uning iqtisodiy jihatdan ham samarali ekanligini bildiradi. Olmalarni xitozan bilan ishlov berib saqlash, ularning eksport salohiyatini oshirish va ichki bozorda raqobatbardoshligini ta'minlash imkonini beradi.

30 25

фарагиз Фужикуки Наманган голдин супер голден герйн симит ренет

делишес симерен

■ Назорат иХЗ+сирка кислота ■ ХЗ+глитсиризин кислота

1-diogramma. Olma navlarining turiga qarab saqlanish muddatiga preparatlarning

tasiri

Natijalar shuni qayd etdiki Golden delishes va Golden super navlari uchun xitozannning 0,1 va 0,2%li eritmalarini sirka kislotasining 0,1% 0,2% li eritmalari bilan hosil qilgan kompazistiyalari yuqori samararadorlikka ega ekanligi va ularni mevalarda bo'ladigan biologik jarayonlarga samarali ta'sir etishi aniqlandi. Ularda samaradorlik nazoratga nisbatan 1,8 dan 2,2 barobargacha yuqoriligi tajribalarda isbotlandi. Qolgan preparatlardagi olingan natijalar o'rtacha 0,3 va 0,6 barobargacha yuqori ekanligi kuzatildi. Xitozannning yuqori konstentrastiyali eritmalarida 0,5% sirka kislotaning 1% va 2 % li eritmalarida nazoratga nisbatan saqlash muddati 2 barobarga kam ekanligi hamda mahsulotnig sifatiga salbiy ta'siri kuzatildi, xuddi natijalar xitozan 0,2 % 0,1%li eritmalarining askarbin kislotasi bilan 0,1% va 0,25%li eritmalaridan hosil bo'lgan preparatlarda xam kuzatildi.

Olmaning Renet simirenko navi saqlash uchun qulay bo'lagn navlardan hisoblanadi buni yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan natijalar ham bildirib turibdi. Xitozanning har xil organik kislotalar bilan kichik konstentrastiyada hosil qilgan kompazistiyalari hamda xitozan gilesterizin kislotasi bilan hosil qilgan supromolekulyar komplekslari asosidagi preparatlar bilan ishlov berilganda saqlash samaradorlik 2,2 dan 2,5 barobargacha ortganligi kuzatildi. Boshqa preparatlarning ta'siri, ayniqsa xitozanning yuqori konstentrastiyali eritmasi va askarbin kislotasi bilan kompazistiyalari ham boshqa navlvrga nisbatan kuchsiz ta'siri kuzatildi. Bunga sabab olma navining po'sti qalinligi hamda piktin qavatining mustaxkamligi ta'siridan deb hisoblaymiz. Shunday qilib yuqorida o'tkazilgan tajribalar natijasidan kelib chiqib olma navlarini saqlashda optimal konstentrastiyali preparatlarni olma navlariga qarab ajratib olindi hamda ulardan eng samarodor preparatlarni fermer xo'jaliklari uchun mevalarni saqlashda foydalanishgan tavsiyanomalar tayyorlandi.

Ushbu muammoni hal qilishning eng istiqbolli usullaridan biri bu sabzavot va mevalar yuzasida «iste'molga yaroqli» polimer qoplamalar hosil qilishdir. Xitozanning antibakteriyal va antimikrobli xususiyatlari adabiyotlarda keng tavsiflangan.

Xulosa: Olma mevalarining naviga qarab saqlash muddatini oshirishda tavsiya etilgan 17 xil xitozan va uning hosilalari asosidagi preparatlardan barcha navlar uchun eng yuqori samaradorlikka xitozan (0,1 va 0,2) % li sirka kislota, xitozan (0,1 va 0,2) %li glistirizin kislotasi asosidagi preparatlar svamaradorlikka erishildi. Olingan natijalardan kelib chiqib olma mevalarini saqlash uchun fermer xo'jaliklari va saqlash omborlariga xitozan va sirka kislotasi hamda xitozan va glisterizin kislotasi asosidagi tayyorlangan prepalarlarni tavsiya etildi. Saqlashdagi alfa amilaza fermenti ta'sirada kraxmalning qand moddalarigacha vaqt birligi ichida parchalanish muammoni hal qilish uchun polimer tizimining optimal kompozistion tarkibidan foydalanish taklif etildi: xitozan - organik kislota -suv asosidagi yaratilgan kompazistiyalarni meva yuzasini qoplash orqali amalga oshirildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. O'zDSt ISO 2169: 2011 (C 39) Meva va sabzavotlar. Sovuq sharoitda saqlash bo'yicha fizik talablar. Tarif va o'lchov birliklari. (ISO 2169:1981,IDT)

2. O'zDSt ISO 3659: 2011 (C 39) Meva va sabzavotlar. Sovuq sharoitda saqlashdan so'ng yetilishi. (ISO 3659:1977,IDT)

3. O'zDSt ISO 7558: 2011 (11 59) meva sabzavotlarni dastlabki qadoqlash bo'yicha yo'riqnoma (ISO 7558:,IDT)

4. Абдуллаев Ф.Т., Холмирзаев И.Х., Жамолова Л.Ю., Дубовик Т.В. Новые перспективы применения хитозана и его производных в отраслях агропромышленного комплекса. // Актуальные проблемы отраслей химической технологии. Международная научно-практическая конференция. Бухаро 2015. - С. 93-96

5. Xolmirzaev I.X., Nematov N.A., To'raeva G.S. Urug'li mevalarni saqlash jarayonida turli zamburug'li kasalliklarni aniqlash usullari va ularga qarshi kurashda biologik faol birikmalardan foydalanish.t // Resp. II ilmiy-amaliy konf. "Agrar sohani barkaror rivojlantirishda fan, ta'lim va ishlab chikarish integrastiyasi". - Tashkent, 21 may 2018.-S.160-165.

6. Abdullaev F.T., Jamolova L.Yu., Xolmirzaev I.X. Mevalarni turiga qarab yuza qismida uchraydigan mikroorganizmlarga va ularni saqlashda biologik faol polimerlardan foydalanishning ahamiyati. // Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integrastiyasi" mavzusidagi professor-o'qituvchilar va yosh olimlarning I ilmiy amaliy konferenstiyasi materiallari to'plami. - Tashkent, 2017. - S. 64-66.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.