Научная статья на тему 'АNOR MEVАLАRINI SАQLАNGАNDАN KEYIN SIFАT KOʼRSАTKICHLАRINI TАDQIQ QILISH'

АNOR MEVАLАRINI SАQLАNGАNDАN KEYIN SIFАT KOʼRSАTKICHLАRINI TАDQIQ QILISH Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
39
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
anor / “Ак-дона” / “Казаке-анар” / “Ачиқ-дона” / “Кзыл улучшенный” / “Tuya tish” / anor mevasining sifat ko‘rsatkichlari / biologik faol moddalar.

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — Nematov Nurillo Abduraxim O‘g‘li, Abdullayev Faziljon Tursunovich

Ushbu maqolada anor mevalarini biologik faol moddalar ya’ni xitozan va uning iste’molbob organik kislotalar bilan hosil qilgan komplekslari yordamida ishlov berib saqlangandan keyin saqlash muddatlari va sifat ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish hamda anor mevalarining sifat ko‘rsatkichlariga turli xil kasalliklar, saqlash harorati, havoning nisbiy namliklarini o‘zgarishi bo‘yicha ilmiy asoslangan ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АNOR MEVАLАRINI SАQLАNGАNDАN KEYIN SIFАT KOʼRSАTKICHLАRINI TАDQIQ QILISH»

UO'T: 664.8+62+576.8+633.2 ANOR MEVALARINI SAQLANGANDAN KEYIN SIFAT KO'RSATKICHLARINI

TADQIQ QILISH JNematov Nurillo Abduraxim o'g'li 2Abdullayev Faziljon Tursunovich

1q.x.f.f.d. (PhD) 2k.f.n.,dotsent Toshkent davlat agrar universiteti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10092265

Annotatsiya. Ushbu maqolada anor mevalarini biologik faol moddalar ya 'ni xitozan va uning iste 'molbob organik kislotalar bilan hosil qilgan komplekslari yordamida ishlov berib saqlangandan keyin saqlash muddatlari va sifat ko'rsatkichlarini tadqiq qilish hamda anor mevalarining sifat ko'rsatkichlariga turli xil kasalliklar, saqlash harorati, havoning nisbiy namliklarini o'zgarishi bo'yicha ilmiy asoslangan ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: anor, "Ак-дона", "Казаке-анар", "Ачщ-дона", "Кзыл улучшенный", "Tuya tish", anor mevasiningsifat ko'rsatkichlari, biologik faol moddalar.

Аннотaция. В данной статье рассмотрены сроки и качественные показатели плодов граната после обработки и хранения с помощью биологически активных веществ, то есть хитозана и его комплексов, образующихся с потребительскими органическими кислотами, при различных заболеваниях, температуре хранения, научно обоснованной информации об изменении относительных представлена влажность воздуха.

Ключевые слова: гранат, «Ак-дона», «Казаке-анар», «Ачик-дона», «Кзыл улучшенный», «Туя тиш», качественные показатели плодов граната, биологически активные вещества.

Abstract. In this article, the storage period and quality indicators of pomegranate fruits after processing and storage with the help of biologically active substances, chitosan and its complexes formed with consumer organic acids, and various diseases, storage temperature, scientifically based information on changes in relative humidity of the air is presented.

Keywords: pomegranate, "Ак-дона", "Казаке-анар", "Ачиц-дона", "Кзыл улучшенный" "Tuya tish", quality indicators of pomegranate fruit, biologically active substances.

Kirish. Mamlakatimizda so'nggi yillarda oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi, ularning assortimenti va eksport salohiyatini tubdan oshirishga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan Taraqqiyot strategiyasining 3-yo'nalishida ham "...qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish" masalalari alohida belgilab qo'yilgan. Ushbu farmon va qarorlari hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga muayyan darajada xizmat qiladi.

1-jadval Anor navlarining mevalarini saqlash muddatlari

Navlar Saqlash muddatlari

Sentyabr Oktyabr Noyabr Dekabr Yanvar Fevral

I II III I II III I II III I II III I II III I II III

"Казаке-анар" + + + + + + + + + +

"Кзыл улучшенный" + + + + + + + + + +

"Tuya tish" + + + + + + + + + + + + +

"^к-дона" + + + + + + + + + + + + + +

"^чи^ота" + + + + + + + + + + + + + + +

Tadqiqotlar va olingan natijalarga asoslanib, 1-jadvalda berilgan ma'lumotlarni taqqoslashda, "^чик^на" va "AK-дона" navlarida eng ko'p tovarbop anor qolgani, o'z navbatida eng kam vazn yo'qotilishi, chiqindi va umumiy yo'qotishlar bo'lganligi kuzatildi.

Tanlab olingan anorning "AK-дона", "^чи^ота", "Казаке-анар", "Кзыл улучшенный", "Tuya tish" navlari, ularning mevalarini saqlashdan oldin foydalaniladigan ekologik xavfsiz tabiiy biologik faol moddalar "Xitozan-0,1% va sirka kislota-0,1% (1:1)", "Xitozan-0,2% va sirka kislota-0,1% (1:1)", "Xitozan-0,2% va qaxrabo kislota-0,25% (1:1)", "Xitozan-0,2% va glitsirrizin kislota-0,1% (1:1)" va qo'shimcha himoya vositalari, Farg'ona viloyati Quva tumani "Uchtol meva sharbati" fermer xo'jaligi va Namangan viloyati Chust tumani "Rustamali Karimov" fermer xo'jaliklariga tegishli zamonaviy sovitkichli omborlarda saqlashning optimal muddatlari aniqlandi. Eng katta saqlash davomiyligi "AK-дона" va "^чик^на" navlari qayd etilib, bunda tovar anor chiqishi 88% va 89,1% va umumiy yo'qotish mos ravishda 16,2 va 20,0% ni tashkil qilgan holda 5,5-6 oygacha saqlash mumkin. Казаке-анар, Кзыл улучшенный navlarini esa tovar anor chiqishi 83,2 % va 83,6% va umumiy yo'qotish mos ravishda 25,0va 24,5% ni tashkil qilgan holda 5 oygacha saqlash mumkin. Tuya tish navi 4,5-5 oy muddat saqlash mumkin. Bunda mos ravishda tovar anor chiqishi 87,7% ni, umumiy yo'qotishlar 20,1% ni tashkil etadi.

Shunday qilib, anorni saqlash paytida saqlanish davomiyligi navning biologik xususiyatlariga bog'liq ekanligi ma'lum bo'ldi. Tajribalar uchun tanlab olingan "^к-дона", "^чик^на", "Tuya tish", "Кзыл улучшенный" va "Казаке-анар" navlarini saqlaganda tovarbop anorlar qolishi miqdori, vazn yo'qotilishi, umumiy yo'qotish, saqlash va realizasiya qilish muddatlari bir-biridan farq qildi. Eng ko'p saqlanuvchanlik xususiyatlarini "Казаке-анар" va "^чик^на" navlari namoyon etdi.

Tadqiqot natijalari. Tajribalar Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida anorchilikka ixtisoslashgan fermer, dehqon va tomorqa xo'jaliklari hamda klasterlarda anor "A^ дона", "^чик^на", "Tuya tish", "Кзыл улучшенный" va "Казаке-анар" navlarinining mevasi hosilini yig'ib-terib olish muddatlari va saqlashgacha bo'ladigan jarayonlar, mevasini pishib yetilganlik darajasi va mevasi tarkibidagi quruq modda miqdori o'rganildi.

Bu tajribalarni amalga oshirishda anor "^к-дона", "Казаке-анар", "^чик^на", "Кзыл улучшенный" va "Tuya tish" navlari mevalari sharbatining quruq modda miqdorining pishganlik darajasiga ta'siri o'rganildi. Anor navlarining mevalarini sharbati tarkibidagi quruq modda miqdorining yetilganlik darajasiga bog'liqligi saqlash uchun muhim ko'rsatkichlardan hisoblanadi. Anor mevasi hosilini yig'ib-terib olish uchun measining quruq modda miqdorini yetilganlik darajasi- 15-16% ga yetganda amalga oshirish saqlash uchun maqbul ko'rsatkichi aniqlandi.

Bundan tashqari anor mevalarini yig'ib-terib olishni harorat 20-21 °S tashkil etgunga qadar amalga oshirilishi natijasida mevalarning saqlashdagi sifatiga bevosita ta'siri o'rganildi. Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarida yetishtirilgan yetishtirilgan "^к-дона", "^чик-дона", "Казаке-анар", "Кзыл улучшенный" va "Tuya tish" kabi anor navlarini sovitkichli omborlarga uzoq muddatli saqlashdan keyingi organoleptik mezonlarni baholash Ye.P. Shirokov

uslubiga tayangan holada Toshkent davlat agrar universiteti "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash" kafedrasi professor o'qituvchilari tomonidan takomillashtirilgan uslubi bo'yicha olib borildi. Turli navlardagi anorlar uzoq muddatli saqlashdan keyingi sifat ko'rsatkichlari aniqlash mezonlari Ye.P. Shirokov uslubi bo'yicha iste'molga yaroqlilik sifatlarini baholash hisoblandi.

Yangi uzilgan yoki ma'lum muddatlarda u yoki bu holatlarda saqlangan mahsulotlarning organoleptik baholash mezonlarida sifat o'zgarishlarining namoyon bo'lish darajasini belgilab beruvchi kshrsatkich hisoblandi.

Olib borilgan tadqiqotlarda nafaqat Respublikamiz bundan tashqari eksport uchun istiqbolli anor navlari "Ак-дона", "Казаке-анар", "Ачик-дона", "Кзыл улучшенный", "Tuya tish" o'rganildi. Ushbu anor navlarining organoleptik xususiyatlari anor mevalarini tavsiflovchi quyidagi sifat ko'rsatkichlari bo'yicha baholandi: saqlangan anor mevalarining tashqi ko'rinishi (rangi, shakli), ta'mi (shirin, nordon, achchiq), kasallik tarqatuvchi zararkunandalar (zamburug', bakteriya, virus) bilan zararlanganligi, yorilish darajasi, po'sti (qalin, yupqa), xushbo'yligi (hidi) bo'yicha baholandi.

Danakli, danaksiz, urug'li, urug'li mevalar kabi anor mevalarini saqlash usullarining davomiyligiga qarab ularning tashqi ko'rinishi, shakli, rangi, xushbo'yligi, ta'mi va etining zichligi o'zgardi.

Shuningdek, saqlash omborlarida anor mevalarining sifat ko'rsatkichlariga turli xil zambrug'lar va fiziologik kasalliklar, saqlash harorati, havoning nisbiy namliklarini o'zgarishi bilan saqlash omborlaridagi gaz muhitining tarkibi o'zgarishlari, saqlash uchun sifatsiz mevalarga joylash va o'z vaqtida mahsulotlarni olib chiqib ketmaslik va boshqa omillar ta'sir ko'rsatadi.

Turli xil anor mevalarini zamonaviy omborlarda saqlashda ulardagi haroratni pasaytirishda, sovitish uchun mevalarni kameralarga joylashga quyidagilarga: to'g'ri shakllilikga ega bo'lishi, shikastlanmagan, yoriqlarsiz, tilinmagan, kasalliklar va zararkunandalar alomatlari bo'lmasligi kerak. Bundan tashqari past haroratli sovitish uchun mevalar namligini ushlab turish qobiliyatiga ham ega bo'lishi kerak. Bularning barchasi keyinchalik mevaning organoleptik bahosiga ta'sir qilishi mumkin.

Olib borilgan tadqiqotlarda anor "Ак-дона", "Казаке-анар", "Ачик-дона", "Кзыл улучшенный", "Tuya tish" navlarining mevalarini organoleptik ko'rsatkichlarini baholash sovitish omborlarida ma'lum muddatda saqlanganidan keyin xona haroratida sinov namunalarida olib borildi.

Anor mevalar yig'ib-terib olinganidan keyin +1 + 5 °C haroratlarda sovitkichli omborlarda uzoq muddatli saqlanadi, saqlashdan oldin, saqlash davrida va saqlashdan keyin anor mevalarning sifatini baholash uchun 5 ballli tizim ishlatish tavsiya etiladi. Ta'mni baholash xona haroratida yangi uzib olingan yoki sovitkichdan keyingi sinov namunalarida o'tkazildi.

Ye.P.Shirokov tomonidan qabul qilingan organoleptik baholash uslubi bo'yicha quyidagi mezonlarga asoslanadi: har bir sifat ko'rsatkichi 5 balldan baholanadi. So'ngra aniqlangan ma'lumotlar smeta ko'rsatkichning ahamiyatlilik koeffitsiyentiga ko'paytiriladi, anor mevasi sifatini umumiy baholashda uning qiymatini hisobga olgan holda, mahsulotlar yig'indisi 10 balldan oshmasligi talab etiladi.

Mahsulotlarning organoleptik ko'rsatkichlari ahamiyat koeffitsiyentining joriy etilishi anor mevalarining har bir sifat ko'rsatkichini, uning qiymatiga mos ravishda xolisona baholashga imkon beradi.

Anor mevalarining saqlashdan oldin va saqlash davrida sifati va ta'mini umumiy baholash, anor mevasining eng yaxshi pishishni boshlagan davrda mevasining sharbatini tatib ko'rish paytida amalga oshirildi. Turli xil navlardagi anor navlarini sovitkichli omborlarda saqlashdan oldin va keyingi sifatiga Ye.P.Shirokov uslubi bo'yicha organoleptik baho berish shkalasi (2.3-jadvalga qarang).

2-jadval Anor mevalarini saqlashdan keyin sifatiga Ye.P.Shirokov uslubi bo'yicha organoleptik baho berish shkalasi

№ Anor mevasining sifat ko'rsatkichla ri Muhimlik koef-fitsienti Ballar Sifat darajasining tavsifi

1. Tashqi ko'rinishi 3 5 Botanik navga xos tashqi ko'rinishini saqlab qolgan, tumshuqchasi to'liq saqlangan

4 Botanik navga xos rangi va shaklini saqlab qolgan, tumshuqchasi saqlangan

3 Botanik naviga xos ko'rsatkichdan sezilarli farq qiladi, tumshuqchasi biroz shikastlangan

2 Tashqi ko'rinishi botanik naviga xos ko'rsatkichdan mutlaqo farq qiladi, anor mevalari turgorlik xolatini yo'qotgan, tumshuqchasi shikastlangan

1 Tashqi ko'rinishi botanik naviga xos ko'rsatkichga ega emas, anor mevalari turgorlik xolatini yo'qotgan, tumshuqchasi to'liq shikastlangan

2. Ta'mi 3 5 Botanik naviga mos bo'lgan, shirinlikka ega, juda yoqimli.

4 Botanik naviga mos bo'lgan, shirinlikdan biroz farq qiladi, yoqimli.

3 Botanik naviga mos bo'lgan shirinlikdan sezilarsiz darajada farq qiladi, o'rtacha yoqimli.

2 Botanik naviga mos bo'lgan shirinlikdan sezilarli darajada farq qiladi, kam yoqimli.

1 Botanik naviga mos bo'lgan shirinlikka mos emas. Yoqimsiz.

3. Kasallik tarqatuvchi zararkunand alar bilan zararlanganl igi 3 5 Zamburug' va kasalliklar bilan umuman zararlanmagan

4 Anor mevalarida 5-10 % zamburug' paydo bo'ladi

3 Anor mevalarida 15-25 % zamburug' paydo bo'ladi

2 Anor mevalarida 30-55 % zamburug' paydo bo'ladi

1 Anor mevalarida deyarli barcha zamburug' sporalari bilan to'liq qoplanadi, iste'molga yaroqsiz

4. Yorilish darajasi 3 5 Anor mevalari yuzasida yorilish holati kuzatilmaydi

4 Anor mevalari 5-15 % yorilish holati kuzatiladi

3 Anor mevalari 15-30 % yorilish holati kuzatiladi

2 Anor mevalari 30-60 % yorilish holati kuzatiladi

1 Deyarli barcha anor mevalari yuzasida yorilish mavjud

5. Po'sti 2 5 Po'stining qalinligi botanik nav me'yorlariga mos, 5 mm

4 Po'stining qalinligi botanik navga mos, 4 mm

3 Qalinligi botanik navga mos biroz farq qiladi, 3 mm

2 Qalinligi botanik navga mos nisbatan farq qiladi, 2 mm

1 Qalinligi botanik navga mos emas, 1 mm

6. Xushbo'yligi 2 5 Hidi botanik nav me'yorlariga to'liq mos, buzilish va aynish natijasida yuzaga kelgan begona xidlardan holi.

4 Hidi botanik nav me'yorlariga mos juda yoqimli

3 Hidi botanik naviga mos bo'lgan hiddan farq qiladi, yoqimli.

2 Hidi botanik naviga mos bo'lgan hiddan sezilarli darajada farq qiladi, kam yoqimli

1 Hidi botanik naviga mos bo'lgan hidga ega emas. Yoqimsiz. Turli begona hidlarga ega

Uzoq muddatli saqlangan anor navlarini Ye.P. Shirokovning organoleptik baholash uslubiga ko'ra u quyidagi tartibda olib borildi: anor namunalarining sifat ko'rsatkichlari 5 ballik tizimda baholanadi. Anor navlarida belgilangan mezonlarda baholangan natijalar ko'rsatkichning ahamiyatlilik koeffitsiyentiga ko'paytiriladi, meva sifatini umumiy baholashda uning qiymatini hisobga olgan holda, mahsulotlar yig'indisi 10 darajadan oshmaydi.

Turli xil navlardagi anor mevalari mazasiga ko'ra anor navlaridan kelib chiqib, turli xil shirinlik darajasiga bo'linadi, ya'ni yangi uzilgan, saqlangan, har xil turdagi ishlov berish bilan meva sifatini umumiy baholash mezonlarida ta'mi, kattaligi va tashqi ko'rinishini jozibadorligi, hidi va boshq. hisobga olgan holda amalga oshiriladi va tanlab olingan nav namunalaridagi sifatining umumiy ko'rsatkichlari aks ettirildi.

Sovitkichli omborlarda anorning navlarini saqlashgacha va saqlashdan keyingi umumiy haroratlarini o'lchash jarayoni xalqaro standart 30204-95 GOSTi bo'yicha olib borildi.

Mazkur qabul qilingan standart talablariga ko'ra, sovitkichli omborlar anor navlarini saqlash texnologiyasi bo'yicha harorat o'zgarishini nazorat qilib turilishi uchun qo'llaniladi. Bunda sovitish omborlarini sovitish va past haroratli kameralarda, dala sharoitlarida, haroratni o'lchash uchun ixtisoslashgan asboblarda shu bilan birga, zaruriyat bo'lganida laboratoriya asbob uskunalarida, dastlabki sovitish kameralarida, oziq-ovqat sovitish kameralari yoki uy muzlatgichlarida qo'llanildi.

Xulosa. Zamonaviy sovitkichli omborlarda uzoq muddatli saqlanadigan anor navlarini organoleptik baholash mezonlarini joriy etilishi xar bir anor navlarining o'ziga xos individual sifat ko'rsatkichlarini xolisona baholash imkonini berdi.

Anor navlarining mevalarini ta'mini baholash va sifatini umumiy baholashda, anor mevalarining sovitkichli omborlarda ma'lum muddatlarda saqlanib o'tilganidan keyin amalga oshirildi. Tadqiqotlar olib borilgan anor navlari uchun foydalanilgan preparatlardan quyidagilar eng yaxshi ko'rsatkich "Xitozan-0,2% va sirka kislota-0,1% (1:1)" hamda "Xitozan-0,2% va glitsirrizin kislota-0,1% (1:1)" da kuzatildi, ya'ni nazoratga nisbatan "AnHK-goHa" 140 kun, "Aq-dona" 130 kun, "Ka3aKe-aHap" navi esa 125 kun davomida sifatli saqlandi hamda fermer xo'jaliklariga foydalanish uchun ilmiy xulosa olindi.

Bundan tashqari anorning mexanik xossalari uning saqlanuvchanligiga to'g'ridan to'g'ri ta'sir ko'rsatadi. Bu xossalar - anor donasining po'stining qalinligi, ezilishga va yorilishga

nisbatan chidamlilik darajasi kabi ko'rsatkichlardir. Tadqiqotlar olib borilgan navlar bir-biri bilan anor mevasi va 100 dona anor donasi massasi, strukturasi va urug'i miqdori, etining qattiq qismli po'sti bo'yicha farqlanadi. Eng yirik anor mevalari "Ак-дона" anor navida - 560 g va eng kichik anor mevalari "Ачик-дона" navida - 409 g namoyon bo'ldi;

Olib borilgan tadqiqotlar natijalarining ma'lumotlari bo'yicha anor mevalarini saqlash uchun yig'ib-terib olishni to'g'ri tashkil qilish hamda harorat 20-21 °C yetgunga qadar amalga oshirish; anorni saqlash uchun "Xitozan-0,2% va sirka kislota-0,1% (1:1)" va "Xitozan-0,2% va glitsirrizin kislota-0,1% (1:1)" tanlash; dastlabki sovitish jarayonlarini qisqa vaqt (20-24 soat) ichida o'tkazib mahsulot haroratini +4° gacha tushirish; anor saqlashda ekologik xavfsiz tabiiy biologik faol moddalarning samarali ishlash muddati 130 kundan 150 kungacha ekanligi tajribalarda aniqlanganligi sababli mahsulotni iste'molga chiqarish tavsiya qilinadi.

REFRENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son Farmoni. Toshkent, 2022.

2. Широков Е.П., Полегаев В.И. Хранение и переработка плодов и овощей: По спес. "Плодоовощеводство" и "Овощеводство" / - 3-е изд., перераб. и доп. - М. : Агропромиздат, 1989. - 301 с.

3. Bo'riyev X.Ch., Jo'rayev R.J., Alimov O.A. «Meva - sabzavotlarni saqlash va ularga dastlabki ishlov berish». Toshkent: «Mehnat», 2002.

4. Nematov N., Abdullaev F. Effect of environmentally friendly biologically active preservatives in the storage of pomegranate fruits // Journal of agriculture & horticulture (JAH). International scientific journal. - Switzerland, 2023. - Volume 3, Issue 7. - P. 76-82. (Impact factor: UIF 8,1; 5,69 by SJIF).

5. Nematov N., Abdullaev F., Jamalova L., Eshboboev T. "Study of the effect of chitozan and its products based on viral and bacterial diseases in agricultural practise". XV International Scientific Conference "INTERAGROMASH 2022". P. 1922-1929.

6. Абдуллаев Ф.Т. Новое слово в науке: Препараты на основе хитозана и его производных в борбе с вредителyaми и болезнyaми плодоовощной продукции /Монографиya //Под общ. ред. Г.Гулyaева - Пенза: МЦНС «Наука и Просвещение».- 2020.- 152 с.

7. Нематов Н.А., Абдуллаев Ф.Т. Анор меваларини физик-кимёвий курсаткичлари ва таркибига сак;лашда фойдаланиладиган экологик тоза препаратларнинг таъсири // Узбекистон аграр фани хабарномаси илмий журнали. - Тошкент, 2022. - № 3(3) сон. -Б. 199-201.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.