Научная статья на тему 'OQAVA SUVLAR CHO‘KINDILARI VA FOSFOGIPS ASOSIDA ORGANIK MINERAL O‘G’ITLAR'

OQAVA SUVLAR CHO‘KINDILARI VA FOSFOGIPS ASOSIDA ORGANIK MINERAL O‘G’ITLAR Текст научной статьи по специальности «Химические науки»

CC BY
24
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oqava suvlar cho‘kindilari / fosfogips / gumin kislotalar / fulvokislotalar / organik kislotalar / kaltsiy oksidi. / sewage sludge / phosphogypsum / humic acids / fulvic acids / organic acids / calcium oxide.

Аннотация научной статьи по химическим наукам, автор научной работы — Baqoyev X.Y. T, Emirov O‘ Sh

Ushbu maqolada oqava suvlar cho‘kindilari va fosfogips asosida cho‘kindi : fosfogips keng og‘irlik nisbatlarida namunalar tayyorlandi; oqava suvlar cho‘kindilari : fosfogips = 80 : 20; 75 : 25; 70 : 30; 65 : 35; 60 : 40. Olingan namunalarni pH 2-5.5 gacha nitrat kislotasi bilan ishlov berildi hamda hosil bo‘lgan aralashma 7 pH gach 25 % ammiak bilan neytrallandi. Olingan namunalarning kimyoviy taxlillari o‘rganildi. Bunda quyidagilar o‘rganildi: CaO jami, CaO oʼzl., SO3 jami, SO3 suv.er.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIC MINERAL FERTILIZERS BASED ON WASTEWATER SLUDGE AND PHOSPHOGYPSUM

In this article, samples were prepared based on sewage sludge and phosphogypsum:phosphogypsum in a wide range of weight ratios; sewage sludge: phosphogypsum = 80 : 20; 75:25; 70 : 30; 65:35; 60 : 40. The obtained samples were treated with nitric acid to pH 2-5.5 and the resulting mixture was neutralized with 25% ammonia to pH 7. Chemical analyzes of the obtained samples were studied. The following were studied: total CaO, soluble CaO, total SO3, soluble SO3 in water.

Текст научной работы на тему «OQAVA SUVLAR CHO‘KINDILARI VA FOSFOGIPS ASOSIDA ORGANIK MINERAL O‘G’ITLAR»

International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences ISSN: 2181-144X DOI: 10.24412/2181 -144X-2023-4-69-74

Baqoyev X.Y., Temirov O'.Sh.

OQAVA SUVLAR CHO'KINDILARI VA FOSFOGIPS ASOSIDA ORGANIK MINERAL O'G'ITLAR

Baqoyev Xayrillo Yusupovich - Navoiy viloyati Ekologiya atrof muhitni muxofaza qilish va iqlim o'zgarishlari boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari, Temirov O'ktam Shavkatovich - Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti, texnika fanlari doktori, Agronomiya kafedrasi professori.

Annotatsiya. Ushbu maqolada oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips asosida cho'kindi : fosfogips keng og'irlik nisbatlarida namunalar tayyorlandi; oqava suvlar cho'kindilari : fosfogips = 80 : 20; 75 : 25; 70 : 30; 65 : 35; 60 : 40. Olingan namunalarni pH 2-5.5 gacha nitrat kislotasi bilan ishlov berildi hamda hosil bo'lgan aralashma 7 pH gach 25 % ammiak bilan neytrallandi. Olingan namunalarning kimyoviy taxlillari o'rganildi. Bunda quyidagilar o'rganildi: CaO jami, CaO o'zl., SO3 jami, SO3 suv.er.

Kalit so'zlar: oqava suvlar cho'kindilari, fosfogips, gumin kislotalar, fulvokislotalar, organik kislotalar, kaltsiy oksidi.

ОРГАНИЧЕСКИЕ УДОБРЕНИЯ НА ОСНОВЕ ШЛАМА СТОЧНЫХ ВОД И ФОСФОГИПСА

Хайрилло Юсупович Бакоев - заместитель заведующего кафедрой экологии, охраны окружающей среды и изменения климата Навоийской области,

Темиров Уктам Шавкатович - Навоийский государственный горнотехнологический университет, доктор технических наук, профессор кафедры Агрономии.

Аннотация. В данной статье были приготовлены образцы на основе осадка сточных вод и фосфогипса:фосфогипса в широком диапазоне весовых соотношений; осадки сточных вод: фосфогипс = 80 : 20; 75:25; 70:30; 65:35; 60 : 40. Полученные образцы обрабатывали азотной кислотой до рН 2-5,5 и полученную смесь нейтрализовали 25% раствором аммиака до рН 7. Изучены химические анализы полученных образцов. Изучались: общий CaO, растворимый CaO, общий SO3, растворимый в воде SO3. Ключевые слова: осадки сточных вод, фосфогипс, гуминовые кислоты, фульвокислоты, органические кислоты, оксид кальция.

ORGANIC MINERAL FERTILIZERS BASED ON WASTEWATER SLUDGE AND PHOSPHOGYPSUM

Khairillo Yusupovich Bakoyev - deputy head of the Department of Ecology, Environmental Protection and Climate Change of Navoi Region, Temirov Uktam Shavkatovich - Navoi State Mining and Technology University, Doctor of Technical Sciences, Professor of the Department of Agronomy.

Abstract. In this article, samples were prepared based on sewage sludge and phosphogypsum:phosphogypsum in a wide range of weight ratios; sewage sludge: phosphogypsum = 80 : 20; 75:25; 70 : 30; 65:35; 60 : 40. The obtained samples were treated with nitric acid to pH 2-5.5 and the resulting mixture was neutralized with 25% ammonia to pH 7. Chemical analyzes of the obtained samples were studied. The following were studied: total CaO, soluble CaO, total SO3, soluble SO3 in water.

Key words: sewage sludge, phosphogypsum, humic acids, fulvic acids, organic acids, calcium oxide.

Tuproq unumdorligini saqlash va yaxshilashni ta'minlaydigan yuqori sifatli organik va organomineral o'g'itlarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish, ko'plab mamlakatlar hududlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish va ekologik vaziyatni yaxshilashning asosiy yo'nalishlaridan biridir.

Tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosining yer usti organizmlari uchun yashash maydoni bo'lib, o'simliklar uchun asosiy ozuqa manbai bo'lib xizmat qiladi va ular orqali hayvonlar ham, odamlar ham o'zlarining biomassalarini yaratish uchun zarur moddalarni olishadi. Tuproqda o'simlik oziqlanishi uchun moddalar bir shakldan ikkinchisiga aylantiriladi. Tuproq sanitariya funktsiyalarini bajaradi, suvni, havoni tozalashni, ko'plab zararli moddalarni yo'q qilinishini ta'minlaydi, patogenlar, viruslar va yuqumli kasalliklarning boshqa manbalari uchun to'siq vazifasini ham ta'minlaydi. Tuproqda ma'lum kimyoviy moddalar va ularning birikmalarining yetishmasligi yoki ortiqcha bo'lishi ko'plab o'ziga xos kasalliklarni keltirib chiqaradi. Tuproq unumdorligi qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning asosiy sharti bo'lib xizmat qiladi [1-4].

Mineral o'g'itlardan foydalanish orqali hosildorlikni oshirish va aholini oziq-ovqat bilan ta'minlashda imkon berdi. Shu bilan birga, mineral o'g'itlardan foydalanishning o'zi agronomik, iqtisodiy va ekologik jihatdan sezilarli cheklovlarga ega. Bunda mineral o'g'itlar miqdorning oshishi bilan tuproqda turli xil ifloslangan, kadmiy, uran va boshqa og'ir metallar tuproq qatlamida to'planadi. Sug'oriladigan qatlamda mahalliy ortiqcha tuzlar paydo bo'ladi, bu o'simliklar va boshqa tuproq biotalariga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, qurg'oqchilik paytida va yomg'irli davrda ozuqa moddalarining yetishmasligi vujudga keladi, bu ekinlarning hajmi va sifatiga salbiy ta'sir qiladi. Ushbu muammolarning yechimini organik va organik mineral o'g'itlarni ishlab chiqarish va ishlatish orqali bartaraf etish mumkin. Chunki, organik va organik mineral o'g'itlarni maqbul me'yorlarda qo'llanilishi natijasida tuproqdagi chirindi miqdori ortadi. Tuproqning haydalma qatlamidagi (0-30 sm) chirindi miqdorini 1,55,0% ga ortishi bilan tuproq tarkibidagi ozuqa moddalarini o'simliklar tomonidan foydalanish koeffisenti 10 marta ortadi. Organik moddalar fosforni o'zlashtirilishining ortishi natijasida temir va alyuminlarni organik moddalar bilan birikishini, erimaydigan fosfor birikmalarini cho'kishi jarayonini kamaytiradi [5-9].

Qishloq xo'jaligining yana bir dolzarb muammolaridan biri, bu respublikamiz tuproqlarida, tuproq unumdorligini belgilab beruvchi modda - gumusning yetishmasligidir. Agarda, Yevropa va Rassiya davlatlari tuproqlarining 1 gektaridagi metr qatlamida 350-700 tonna gumus bo'lsa, bizning yaxshi tuproqlarimizda bu ko'rsatkich atigi 65-85 tonnani tashkil etadi. Tuproqlarda gumusni ko'paytirish uchun tarkibida gumus moddalari saqlagan o'g'itlardan keng foydalanish orqali erishiladi. Tarkibida gumus moddalari saqlagan o'g'itlar olishning asosiy manbalaridan biri bu oqava suvlar cho'kindilari [10-13].

Adabiyotlar tahliliga ko'ra, oqava suvlar cho'kindilarini organomineral o'g'itlarga qayta ishlash va uni zararsizlantirishning turli usullari ma'lum. Shunday qilib, patentda oqava suvlar cho'kindilari namligi 10-25% gacha oldindan quritiladi va keyin maydalanadi. 0,1-1,0 mm donador o'lchamiga qadar maydalangan cho'kindi, kamida 1000 E(80kA/m) li magnit maydon bilan magnit separatsiyadan o'tadi. Bunday holda, oqava suvlar cho'kindilari ikki fraksiyaga bo'linadi: magnit materiallar bilan boyitilgan - temir oksidi, nikel xrom birikmalar

© International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences Vol.4(4), 2023 SJIF IF=4.023

Google | _ !NDKW™™!C."S .J^SllriL 70

va magnit bo'lmagan fraktsiyaga. Oqava suvlar cho'kindilaridagi temir, xrom, mis, rux, kalsiy,

magniylar taxminan 20-30% ga kamayadi, mazkur komponentlar, oqava suvlar cho'kindilarining umumiy tarkibidagi og'ir metallarning foizdagi ko'p qismini tashkil qiladi. Magnit bo'lmagan fraksiya kislotali qayta yuvish eritmasi bilan ishlanadi. Qayta ishlash 40 -60°C haroratda 10% sulfat kislota eritmasi aralashmasi bo'lgan kislotali yuvish eritmasi bilan amalga oshiriladi. Olingan cho'kma suv bilan yuviladi, yuvish suvi kislotali yuvish eritmasini tayyorlash uchun ishlatiladi, ishlatilgan kislotali yuvish eritmasi ma'lum usulda ishqorlanadi va pH 1,5 - 1,8 da og'ir metallarning gumatli cho'kmasini ajratiladi, u ammiak eritmasi bilan pH 10,5 - 11,0 gacha ishlov beriladi va hosil bo'lgan ammoniy gumat eritmasi suv bilan yuvish jarayonidan keyin oqava suv cho'kmasini neytralizatsiyasi uchun ishlatiladi, natijada olingan o'g'it quritiladi, ishlatilgan kislotali yuvish eritmasidan og'ir metallar ajratiladi, cho'kindilarni qayta ishlash uchun esa regeneratsiyalangan eritma ishlatiladi [14-16].

Hozirgi kunda Respublikamizda yana bir mavjud muammolardan biri bu EFK ishlab chiqarishda hosil bo'ladigan fosfogipsning katta zaxiralari mavjudligi va ular ko'payib bormoqda. "Ammofos-Maksam" OAJ faoliyati davomida yiliga 700 ming tonnadan ko'proq fosfogips hosil bo'ladi. Hozirda 65 million tonnadan ortiq fosfogips to'plangan. Fosfogipsadan foydalanishning jahon amaliyoti shuni ko'rsatadiki, bu tuproqni fizik-kimyoviy xossasini yaxshilaydi va ekologik jihatdan toza usul hisoblanadi. 1 t / ga fosfogips qo'shilsa, tuproqqa kiradigan ozuqa moddalar (kg): Ca-265, S-215, P2O5-20, SiO2-9.8.

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, shahar oqava suvlarini tozalash natijasida hosil bo'lgan cho'kindi organik o'g'itlar ishlab chiqarish uchun xom ashyo sifatida tasniflanadi

Adabiyotlarda organik o'g'itlarning mineral o'g'itlarga nisbatan afzalliklari haqida juda ko'p ma'lumotlar mavjud. Shunday qilib, [17] ishida aytilishicha, organik va mineral o'g'itlarning eng katta samaradorligi ularni birgalikda ishlatish, ya'ni organik o'g'itlarni yaratish orqali erishiladi. Paxtachilikda organik va mineral o'g'itlarni birgalikda qo'llash yuqori samarali usul hisoblanadi. Uning afzalligi mineral o'g'itlarning ozuqa moddalarini mikroorganizmlar tomonidan vaqtincha biologik fiksatsiyasilash va keyinchalik o'simliklar uchun o'zlashuvchan bo'lgan shaklda chiqarilishi bilan bog'liq. Bu jarayon azotning chuqur tuproq qatlamlariga o'tishini va sirt qatlamini yo'qolishini kamaytiradi, bu esa o'simliklarning azot va fosfor bilan oziqlanishini yaxshilaydi. O'zbekistonning paxtachilik ilmiy-tadqiqot institutida o'tkazilgan tajribalar shuni ko'rsatdiki, paxta hosili (o'rtacha besh yil ichida): mineral o'g'itlardan - 50,2 s/ga, go'ngdan - 38,8 va birgalikda ishlatilganda - 53,5 s/ga tashkil etdi [18].

Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rish mumkinki, qishloq xo'jaligida mineral va organik o'g'itlar bilan birgalikda fosfogipsadan melioratsiya va o'g'it sifatida foydalanish tuproq unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun biz oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips asosida organik mineral o'g'it olish jarayonlarini o'rganib chiqdik.

Organik mineral o'g'itlarni olish jarayonini o'rganish uchun boshlang'ich xom ashyolar tarkibi o'rganildi. Bunda oqava suvlar cho'kindilari tarkibi (%): namlik - 62,06; kul -9,03; organik moddalar - 28,91; gumin kislotalar - 4,05; fulvokislotalar - 7,47; suvda eriydigan organik moddalar - 3,13; erimaydigan organik moddalar - 14,26; P2O5 - 1,39; N -1,17; K2O - 0,81; CaO - 4,14 va fosfogips tarkibi (%): P2O5 jami - 0,71.; CaO jami - 33,46.; CaO o'zl - 15,92.; CaO suv.er. - 11,26.; SO3 jami - 47,98; SO3 suv.er. -13.93; SO3 -suv.er./SO3 jami = 29.03%.

Oqava suvlar cho'kindilari va Fosfogips asosida quyidagi og'irlik nisbatida namunalar tayyorlandi; oqava suvlar cho'kindilari : fosfogips = 80 : 20; 75 : 25; 70 : 30; 65 : 35; 60 : 40. Olingan namunalarni pH 2-5.5 gacha nitrat kislotasi bilan ishlov berildi hamda hosil bo'lgan aralashma 7 pH gach 25 % ammiak bilan neytrallandi. Olingan namunalar 80-90 °C 15-20 % namlikgacha quritildi. Tayyorlangan namunalarning kimyoviy tahlili o'tkaziladi. Bunda quyidagilar o'rganildi: organik moddalar, gumin kislotalar, fulvokislotalar, suvda eriydigan organik moddalar, P2O5 jami, CaO jami, CaO o'zl, CaOsuv.er., SO3 jami, SO3 suv.er va azot. Oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips asosidagi namunalarni kimyoviy tahlil qilish

quyida keltirilgan usullardan foydalangan holda amalga oshirildi. Namlik GOST 26712-85 bo'yicha, kul miqdori GOST 26714-85 bo'yicha va organik moddalar GOST 27980-80 bo'yicha, P2O5 ning umumiy va o'zlashuvchan shakllari GOST 20851.2-75 bo'yicha, SO3 ning umumiy va o'zlashuvchan shakllari GOST 26715-85 bo'yicha aniqlandi. Gumin kislotalar namunalarni 0,1 N ishqor yeritmasi bilan ishlov berish va undan keyin yeritmani mineral kislota bilan neytrallash orqali ajratib olingan [19-22]. Olingan natijalar 1-2 rasmlarda keltirilgan.

Oqava suvlar cho'kindilari va fosfogipsning og'irlik nisbatlari

-•-SO : 20 -^75 : 25 70 : 30 -^65 : 35 -*-60 : 40

95

Q-

o

o 85

-K

• —

= 75

C5

ff>

O m 65

N 55

f)

o

m 45

35

>o

•O

>o

<s

>o

Nitrat kislatasi bilan ishlov berilgandagi pH 1-rasm. Oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips asosida tayyorlangan namunalar tarkibidagi oltingugurt olti oksidining o'zlashuvchan holatga o'tishining og'irlik nisbatiga hamda pH muhitiga bog'liqligi.

Nitrat kislatasi bilan ishlov berilgandagi pH

2-rasm. Oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips asosida tayyorlangan namunalar tarkibidagi kaltsiy oksidi va oltingugurt olti oksidining o'zlashuvchan holatga o'tishining og'irlik nisbatiga hamda pH muhitiga bog'liqligi.

Natijalar shuni ko'rsatdiki namunalarda fosfogips massa ulushi ortishi bilan kaltsiy oksidi va oltingugurt olti oksidining miqdori ortib borganligi aniqlandi. Shuningdek namunalar nitrat kislotasi bilan aralashtirilganda pH muhiti kamayishi bilan kaltsiy oksidi va oltingugurt olti oksidining o'zlashuvchan holati sezilarli ortganligi aniqlandi. Oqava suvlar cho'kindilari va Fosfogipsning 80 : 20 og'irlik nisbatida olingan namunaning nitrat kislatasi bilan aralashtirilganda pH muhiti 5.5 bo'lganda namuna tarkibidagi umumiy kaltsiy oksidi va oltingugurt olti oksidining o'zlashuvchan holatga o'tishi 35,62 va 44,35 % ni, pH muhiti 3.5 bo'lganda 58,24 va 72,71 % ni tashkil etgan bo'lsa pH muhiti 2.0 bo'lganda mos ravishda 71,05 va 80,18 % gacha oshganligi aniqlandi. Oqava suvlar cho'kindilari va Fosfogipsning 65 : 35 og'irlik nisbatidagi namunalar pH muhiti 5.5 bo'lganda namuna tarkibidagi umumiy kaltsiy oksidi va oltingugurt olti oksidining o'zlashuvchan holatga o'tishi 52,38 va 42,71 % ni, pH muhiti 3.0 bo'lganda 75,12 va 85,09 % ni tashkil etgan bo'lsa pH muhiti 2.0 bo'lganda mos ravishda 85,01 va 89,49 % gacha oshganligi o'rganildi.

Shunday qilib, oqava suvlar cho'kindilari va fosfogips qo'shib olingan organik mineral o'g'itlardan foydalanganda, albatta, tuproqdagi gumus miqdori ko'payadi, tuzilishi sezilarli yaxshilanadi, ozuqa moddalarining o'simlik tomonidan o'zlashtirilishi ortib, hosildorlik va tuproq unumdorligi oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: [1.] Fakkaew K. et al. Characteristics of Gases Emitted from Chicken Manure Wastewater and Potential Effects on Human Health //Environmental Science and Pollution Research. - 2022. - Т. 29. - №. 42. - рр. 63227-63232.

[2.] Temirov U. S. et al. Nitrogen-phosphorus and humus-phosphorus fertilizers based on central kyzylkum phosphorites //International scientific review of the technical sciences, mathematics and computer science. - 2020. - С. 49-56.

[3.] Amin Sabet Moghaddam, Ahmad Reza Yazdani, Morteza Mehri, Mahdieh Mehdipour// Effect of zeolites in preventing aflatoxin and decreasing the manure odor of poultry/ Iran International Zeolite Conference (IIZC'08) April 29 - May1, 2008, Tehran -Iran. Р.1-2.

[4.] Ganiev P. et al. Production of humic superphosphates based on central kizilkum phosphorites //AIP Conference Proceedings. - AIP Publishing LLC, 2022. - Т. 2432. - №. 1. - С. 050037.

[5.] М.А. Хазан, Б.Ч. Месхи, А.В. Павлов Экологическая необходимость и экономическая целесообразность переработки куриного помета // Известия вузов. Северно-Кавказский регион Естественные науки. Приложение, 2005. №9, - С. 76-79.

[6.] Тагаев И. А. и др. Результаты анализов пластов фосфоритов на джерой-сардаринском месторождении кфк //International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 4. - С. 4-14.

[7.] Pirimov T. J. et al. Obtaining of magnesium oxide from serpentenites of the arvaten deposit of Uzbekistan //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8 Special Issue. - С. 1619-1627.

[8.] Темиров У. Ш. и др. Особенности компостирования навоза крупного рогатого скота и фосфоритного шлама с добавкой фосфогипса //Universum: химия и биология. - 2018. - №. 8 (50). - С. 25-32.

[9.] Uktam T., Ahmed R., Shafoat N. Organ mineral fertilizer based on waste from livestock sector and low-grade Kyzylkum phosphorite //International scientific review. -2016. - №. 9 (15). - С. 15-16.

[10.] Madatov B. A. et al. COMPARATIVE STUDY OF PHYSICAL AND TECHNICAL PROPERTIES OF BENTONITE CLAY POWDERS VARIOUS DEPOSITS //International Bulletin of Engineering and Technology. - 2023. - Т. 3. - №. 7. - С. 60-66.

[11.] Шарипов С. Ш. BIOOKSIDLASH JARAYONIDA BOSHLANG'ICH RUDANING MINERALOGIK TARKIBIDAGI O'ZGARISHLAR //International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 3. - С. 39-46.

[12.] Примкулов Б. и др. ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫЕ УДОБРЕНИЯ НА ОСНОВЕ ГУЛИОБСКОГО ФОСФОРИТА И ОТХОДА ХЛОПКООЧИСТИТЕЛЬНОГО ЗАВОДА //Предпринимательства и педагогика. - 2023. - Т. 5. - №. 1. - С. 120-130.

[13.] Нурмуродов Т. И. и др. Исследование очистки экстракционной фосфорной кислоты, полученной из фосфоритов Центральных Кызылкумов //Universum: технические науки. - 2018. - №. 7 (52). - С. 43-46.

[14.] Akhtamova M. et al. Processing of phosphorites and additives with researching their thermodynamical properties //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 434. - С. 03016.

[15.] Бозоров И. И. и др. АЗОТНО-ФОСФОРНЫЕ И АЗОТНО-СЕРНЫЕ УДОБРЕНИЯ НА ОСНОВЕ ПЛАВА АММИАЧНОЙ СЕЛИТРЫ, ГУЛИОБСКОГО ФОСФОРИТА И ПРИРОДНОГО ГИПСА //International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences. - 2023. - Т. 4. - №. 1. - С. 11-19.

[16.] Примкулов Б. Ш. и др. НЕТРАДИЦИОННЫЕ ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫЕ УДОБРЕНИЯ //International Journal of Advanced Technology and Natural Sciences. -2023. - Т. 4. - №. 1. - С. 26-34.

[17.] Примкулов Б. Ш. и др. ОРГАНОМИНЕРАЛЬНЫЕ УДОБРЕНИЯ, ПОЛУЧЕННЫЕ НА ОСНОВЕ ГУЛИОБСКОГО ФОСФОРИТА И ОТХОДА ХЛОПКООЧИСТИТЕЛЬНОГО ЗАВОДА //Universum: технические науки. - 2023. - №. 45 (109). - С. 48-55.

[18.] Uktam T. Complex Fertilizers Based On Kucharsoy Glauconite And Phosphorites //Journal of Survey in Fisheries Sciences. - 2023. - Т. 10. - №. 4S. - С. 212216.

[19.] Шарипов С. Ш., Шодикулов Ж. М. Роль микроорганизмов при бактериальном выщелачивании золотосодержащих сульфидных руд //Российская наука в современном мире. - 2019. - С. 122-123.

[20.] Uktam T., Toxirova N. Organomineral Fertilizers Based Phosphorite Flour Of Central Kyzylkum //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2023. - С. 1-3.

[21.] Shokhrukh J. et al. Production Of Alternative Fuels From Wear-Out Tires And Rubber Materials //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 1540-1544.

[22.] Ganiev P. et al. OBTAINING HUMATED CARBAMIDES BASED ON CARBAMIDE AND SODIUM HUMATE, POTASSIUM AND AMMONIUM FUSION //NVEO-NATURAL VOLATILES & ESSENTIAL OILS Journal| NVEO. - 2021. - С. 8084-8093.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.