Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA MARKETING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI'

OLIY TA’LIMDA MARKETING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
151
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tizimli yondashuv / iqtisodiyot / marketing / marketing muhiti / moliya / investitsiya.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shamuratov R.Sh.

Ushbu maqolada mamlakatimizda hozirgi kunda barcha ta’lim muassasalari orasida keng miqyosda rivojlanib kelayotgan marketing sohasi haqida to‘xtalib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA MARKETING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI»

OLIY TA'LIMDA MARKETING TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH YO'LLARI

Shamuratov R.Sh.

Toshkent davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori

(PhD)

rustammba@yahoo.com +99897776-81 -66 https://doi.org/10.5281/zenodo.8051637

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda hozirgi kunda barcha ta'lim muassasalari orasida keng miqyosda rivojlanib kelayotgan marketing sohasi haqida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: tizimli yondashuv, iqtisodiyot, marketing, marketing muhiti, moliya, investitsiya.

Hozirgi kunda mamlakatda tub ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishlar, mehnat va zamonaviy ta'lim xizmatlari shakllanayotgan bir paytda, bozor iqtisodiyotini yuqori raqobatbardosh, yetuk kadrlar bilan ta'minlash, davlatning asosiy strategik maqsadi bo'lib qolmoqda. Davlatimiz siyosati jamiyat rivojlanishining hozirgi darajasi, uning madaniyati, fan va texnikasi, bozor iqtisodiyotiga o'tish, oliy maktab oldida turgan yangi vazifalar faqat sifat jihatidan yangi bo'lgan ta'lim mazmuni va texnologiyasini o'zgartirishga qaratilgan. Shuningdek, Respublikaning iqtisodiy rivojlanish dinamikasi, xo'jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida hisobga oladigan bozor iqtisodiy qonunlariga rioya etadigan mutaxassislar tayyorlash va unga bo'lgan talab yo'nalishini belgilashga yangicha yondashishni ham talab etadi. Davlat miqyosida mutaxassislar tayyorlash, ishga joylashtirish va bandlik muammolarini hal etishning davlat boshqaruvi mexanizmini yaratish, ayniqsa muhim masalalardan biri bo'lib turibdi. Bu esa oliy ta'lim muassasalariga talabalarni qabul qilish rejasi to'la ravishda xalq xo'jaligining amaldagi talablariga mos kelishi kerakligidan dalolatdir. Bugungi kunda oliy ta'lim yo'nalishlari miqyosida mutanosiblik 23-25 foizni tashkil etadi, ko'pgina yo'nalishlarda ortiqcha mutaxassis tayyorlash (pedogogika, muxandislik, tibbiyot ixtisosliklari bo'yicha) kuzatilmoqda.

So'ngi yillarda mutaxassis xodimlarga bo'lgan talab keskin oshdi, lavozim sifat va miqdor ko'rsatkichlari o'zgardi. Ularni oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan almashtirish zaruriyati yuzaga keldi va ishga qabul qiluvchilar ko'p hollarda tegishli tarzda diplomga emas, balki xodimning ishni qay darajada bilishligi, kasbiy mahoratiga e'tibor bermoqdalar. Bu xalq xo'jaligining barcha sohalari bo'yicha xalqaro darajaga mos keladigan bilimga ehtiyoj paydo bo'ldi deganidir. Vaholanki, ko'pgina oliy ta'lim muassasalari mehnat bozori ehtiyoji va bozor talablariga javob bera olmaydi. Natijada mutaxasislarning bir qismiga qo'shma, xususiy, chet el va mamlakatimizdagi boshqa korxonalarda mutlaqo talab yo'q. Oliy talim muassasalarida mutaxassislarni parallel tayyorlash kuzatilmoqda. Bularning barchasi oliy ta'lim obro'yini tushirmoqda mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu vaziyatni o'zgartirish uchun ya'ni oliy ma'lumotli mutaxassislardan foydalanish samarasini oshirish va ta'limda davlat mablag'idan maqsadga muvofiq foydalanish uchun quyidagilar alohida ahamiyat kasb etadi:

■ oliy ta'limni yangicha ixtisoslashtirishning (magistratura va bakalavriat ta'lim yo'nalishini ixtisosliklari ro'yxati) oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan almashtirilishi lozim bo'lgan lavozimdorlikka mos kelish darajasini, ya'ni mamlakat xalq xo'jaligi t armoqlaridagi lavozimlar bilan mutaxassislar yetishtirish mutanosibligini belgilash;

■ umumiy talablarga muvofiq oliy ma'lumotli mutaxassislar bilan ta'minlanganlik tarmoq, meyorlarini ishlab chiqarish yangi tavsiflovchisida qabul qilingan ta'lim yо'nalishl ari bo'yicha umumiy va qo'shimcha talabalarni aniqlash;

■ tarmoq kengayishi va mehnat murakkabligini sifat jihatidan takomillashtirish bilan bog'liq mutaxassislarga talabni aniqlash. Bunda, albatta quyidagilar e'tiborga olinishi kerak:

■ ularning turli sabablarga ko'ra ishdan ketishi-avlodlar almashuvu, migratsiya, xodimlar qo'nimsizligi va boshqalar;

■ oliy ta'lim muassasalari, mintaqalar yo'nalishlar (oliy ta'lim ixtisosliklari bo'yicha bakalavriat va magistratura) bo'yicha talabalar qabul qilishning talab bilan mos kelishi, ya'ni oliy ta'lim har bir yo'nalishi bo'yicha talabning tasniflovchi, tavsiflovchi va davlat standartiga mos kelishi;

■ oliy ma'lumotli mutaxassislarga istiqboldagi talabni belgilash bo'yicha tarmoq metodikasini yaratish.

Mutaxassislarga talabning rivojlanishi iqtisodning ikki asosiy sho'basida-moddiy ishlab chiqarish va ijtimoiy muhitda turlicha qonuniyatga ega.

Moddiy ishlab chiqarishda mutaxassislarga talab vektori intelektual mehnat umumiy jarayoni bilan belgilanadi, buning sababi ishlab chiqariladigan tovarlar raqobatbardoshligini doimo saqlab turish, shu jumladan, bunga fan, texnika va yuqori texnalogiyaning ilg'or yutuqlari asosida erishish hisoblanadi. Chunki, yangi texnologiya mutaxassislarning bevosita ishlab chiqarish sohasidan uni tashkil etish, tayyorlash, qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish sohasiga ko'chishiga olib keladi. Ijtimoiy sohada, umuman servisda mutaxassislar miqdori davlat ijtimoiy siyosati, servis xizmatiga aholining to'lovga qobil talabi oshishi asosidagi servis sohali faoliyati qalami oshishiga mutanosib ravishda o'smoqda.

Bakalavr va magistr darajasiga ega oliy ma'lumotli mutaxassislarga iqtisodiyot tarmoqlari talabini hisoblash uchun boshlang'ich informatsiya asosiy materiallar bo'lib quyidagilar hisoblanadi:

❖ iqtisod tarmoqlarida ular dinamikasida band ta'lim sohasi bo'yicha mutaxassislar miqdori va tuzilishi;

❖ ayrim tarmoq va mintaqalar iqtisodidagi siljishlar rivoji va strategiyasining istiqboli, xodimlar, shu jumladan oliy ma'lumotli mutaxassislar bandligi;

❖ iqtisod, ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha bakalavr va magistr darajasidagi mutaxassislar bilan lavozim almashishiga bo'lgan me'yoriy talablar.

Istiqboldagi metodologik asosini tashkil etuvchi yondashish negiziga quyidagilar taalluqlidir:

❖ me'yor va me'yoriylash;

❖ iqtisod va bandlikdagi tuzilmaviy siljishlar;

❖ texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar yo'lining o'zgarishi (ko'p omilli modellash);

❖ ayniylik.

Mutaxassislarga bo'lgan talabni me'yor va me'yoriylik asosida istiqbolda ularning turli xillaridan foydalanishga asoslanadi. Tarmoq mutaxassislar mehnati sarflanadigan sohaga o'ziga xosligiga bog'liq xollar qiymat yoki natura xolida ifodalanadigan ishlab chiqarish me'yori yoki samaradorlikdan foydalanish mumkin. Zamonaviy iqtisod va ijtimoiy taraqqiyot o'ziga xosligi shundaki, keng xususiylashtirish faol tadbirkorlik, chet el investitsiyasi, aksiyadorlik jamiyatlari, assotsiatsiyalar, korporatsiyalar vujudga kelmoqda, turli jamoat birlashma va tashkilotlari

shakllanmoqda hamda boshqa tuzilmaviy siljishlar yuz bermoqda. Bular mutaxassislarga, ularning tayyorgarligiga, ishga joylashuviga, samarali foydalanilishiga alohida talab qo'ymoqda hamda kasbiy ta'limning moliyaviy shakllanishiga va moddiy-texnologik ta'minlanishiga ta'sir etmoqda. Tuzilmaviy siljishlar asosida mutaxassislarga bo'lgan talabni istiqbolda mulkning ayrim turlari va xo'jalik yuritish rivojidagi ustuvorliklarni hisobga olib, tarmoq va mintaqalar iqtisodini tuzilmaviy qayta ko'rish asosiy yo'nalishlarini aniqlash negizida amalga oshiriladi. Istiqboldagi 10-15 yillik davr jiddiy yo'nalishlari bo'lib, quyidagilar hisoblanadi:

- iqtisodning eng muhim yo'nalishlarida, ayniqsa sanoatda ishlab chiqarish hajmi o'sish sur'atini oshirish;

- bandlik tuzilmasida yuz berayotgan va kutilayotgan yirik o'zgarishlar (moddiy ishlab chiqarish an'anaviy tarmoqlaridagi xodimlarni bozor infratuzilmasi tarmoqlariga va xizmat sohasiga ko'chirish);

- xususiylashtirish va kichik biznesni rivojlantirish hisobiga xo'jalik yurituvchi subyektlar sonini oshirish (bu biznes, marketing, moliya, hisob-kitob sohasida mutaxassislarga bo'lgan talabni oshiradi);

- mudofaa ishlab chiqarishini almashtirish va ular negizida fuqaro ishlab chiqarishini yuzaga kelishi;

- ishlab chiqarishni texnikaviy qayta jihozlash (yangi texnologiyalar bo'yicha mutaxassislarga talab oshadi).

Bozor munosabatlari sharoitlarida iqtisodning ishlab chiqarishini intensivlash, avtomatlashtirish, zamonaviy aloqa vositalaridan, mikroprotsessorlar, kompyuterlar, robot texnikasidan foydalanib boshqarish bilan bog'liq barcha sohalarda tegishli mutaxassislarga talab oshmoqda. Texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlar o'zgarishi tendensiyasi asosida istiqbol kutilayotgan tuzilmaviy siljishlar, demografik omil, ijtimoiy taraqqiyot iqtisodiyotning ahvoli va rivojlanish istiqbolini o'rganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib istiqbol modeli o'z ichiga bir necha bloklarni oladi, jumladan:

1. Iqtisodiyot ahvolini baholash (bunda boshlang'ich makroiqtisodiy ko'rsatkichlardan foydalaniladi). Mintaqalarda, umuman, respublikada iqtisodiyot rivojini tavsiflovchi texnikaviy-iqtisodiy ko'rsatkichlarning shakllantirish bu blokda xal etiladigan asosiy vazifa hisoblanadi.

2. Iqtisodni rivojlantirishning kutilayotgan dasturlari. Bu tuzilmaviy qayta ko'rish asosiy yo'nalishlariga asoslanadi. Eng haqiqiy programmani topish asosiy vazifa hisoblanadi.

3. Investitsiyaning kutilayotgan miqdori. Bu blokda davlat, mintaqa byudjetlari va boshqa manbalardan investitsiyalash hamda moliyalash imkoni belgilanadi.

4. Xodimlar turli toifasining bandlik dinamikasi (ishsizlikni va ishchi kuchini qayta taqsimlash mexanizmini hisobga olib aholi bandligi haqidagi ma'lumotlar asosida shakllanadi).

5. Xodimlarning kutilayotgan miqdori va ketish tuzilmasi (masala ishdan ketayotgan xodimlar miqdori va tarkibi monitoringi asosida xal etiladi).

6. Kutilayotgan demografik o'zgarishlar. Bu blokda masala demografik tuzilma, mehnat resurslari tarkibi va iqtisodning qayta ko'rilishida yuz berayotgan o'zgarishlar tahliliga asoslanadi.

REFERENCES

1. Филипп Koxnep "OcHoBbi маркетинга", М.: "nporpecc", 1990 г.

2. Дж.Эванс, Б.Берман "Маркетинг", М.: "Экономика", 1993 г.

3. А.Солиев, А.Усмонов "Маркетинг", Т.: "Узбекистан", 1995 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.