Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA MARKETINGNI O‘RNI VA AHAMIYATI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA MARKETINGNI O‘RNI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
193
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy boshqaruv / marketing tizimi / konsepsiya / marketing maqsadi / axborot-kommunikatsiya texnologiyalari / bozor tarkibi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shamuratov R.Sh., Abdimuminova L.S.

O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv tizimida marketingni tutgan o‘rni va uning ta’lim tashkilotlarining rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlari ta’kidlab o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA MARKETINGNI O‘RNI VA AHAMIYATI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARINING ZAMONAVIY BOSHQARUV TIZIMIDA MARKETINGNI O'RNI VA AHAMIYATI 1Shamuratov R.Sh., 2Abdimuminova L.S.

1Toshkent davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) rustammba@yahoo.com +99897776-81-66 2Toshkent davlat pedagogika universiteti 302- guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051801

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta'lim muassasalarining zamonaviy boshqaruv tizimida marketingni tutgan o'rni va uning ta'lim tashkilotlarining rivojlanishidagi o'ziga xos xususiyatlari ta'kidlab o'tilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy boshqaruv, marketing tizimi, konsepsiya, marketing maqsadi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, bozor tarkibi.

Zamonaviy boshqaruv - bo'lajak menejerlar va ularning tayyorgarligiga qo'yiladigan umumiy malaka talablari hamda ta'lim muassasalari rahbar kadrlarini zamonaviy bilim va innovatsiyalar, ilg'or xorijiy tajribalardan samarali foydalanish va qo'llash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'quv jarayoniga keng tadbiq etish hamda chet tillarini intensiv o'zlashtirish darajasini oshirish hisobiga ularning bilim, malaka va ko'nikmalarini muntazam rivojlantirishni va o'zlashtirishni nazarda tutadi.

O'zbekiston iqtisodiyotini globallashuv sharoitida oliy ta'lim muassasalarida boshqaruvning zamonaviy tizimini olib borishda marketingning ijtimoiy - iqtisodiy roli oshib bormoqda. Hattoki, jahon ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida boshqaruv tizimida marketing xizmatlarini to'g'ri yo'lga qo'yish, nazariy asoslarini anglash va uni ta'limdagi zamonaviy innovatsion rivojlanishini kuzatib borish monitoring jarayonini t o'g'ri olib borishga e'tibor qaratish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, marketing faoliyati oliy ta'lim muassasalarida mavjud muhim tushuncha ekanligini hisobga olgan holda aytishimiz mumkinki, marketing tizimini yaxshi yo'lga qo'yish va uning faoliyatini monitoring qilish kerak bo'ladi. Buning eng katta sababi esa, talabalarda marketing haqidagi bilim va ko'nikmalarni shakllantirish, ularga kerakli ma'lumotlarni yetkazish iborat. Ammo, marketingni oliy ta'lim muassalaridagi rolini aniqlashdan oldin marketingni atrofimizdagi barcha sohalarga zarur va ajralmas qism ekanligini bilgan holda avvalo uning asosiy vazifalarini ko'rib chiqish lozim.

Marketing murakkab dinamik ko'p qirrali tushuncha bo'lib, bu esa marketinga tamoman universal ta'rif berish mumkin emasligidan dalolatdir. Hozirgi kunda marketing dunyoning barcha sohalarida o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Boshqaruv muammolari bo'yicha yetakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter Drukkerning ta'rifiga ko'ra: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan harakatlarni yo'q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday o'rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos tushib, pirovardida o'zini -o'zi sotadi". Aksariyat odamlar marketing xizmatidan faqat mahsulot ishlab chiqarish va uning realizatsiyasini amalga oshirishda foydalaniladi deb o'ylashadi. Aslida esa bugungi tez o'zgaruvchan bozor sharoitlarida shuningdek, kuchli raqobat muhiti yaratilgan barcha tizimlarda marketing xizmatiga bo'lgan ehtiyoj o'z-o'zidan ortib boradi. Chunki, bunday muhitda sog'lom raqobat shartlari asosida ustunlikka erishishning yagona yo'li bu marketingni yaxshi yo'lga qo'yish hisoblanadi.

Yaqindan mavjud bo'lgan konsepsiya oliy ta'lim bilan keng qamrovni kengaytirish oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish, ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarining faol jalb etilishi masalalari bilan birga oliy ta'lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta'minlash, moddiy texnik ta'minotini mustahkamlash ham ko'zda tutilgan. Bu ta'rifni to'g'ridan-to'g'ri oliy ta'lim tizimi holatlarida ham ko'rish mumkin. Marketing haqida gapirishdan oldin uni ta'limda marketing vositalardan foydalanish imkoniyati va zarurligiga bo'lgan talab aniqlab olinishi kerak. Shundan kelib chiqadiki, menejerlar va mutaxassislar marketing svilizatsiyasida bozor munosabatlarida to'ridan-to'g'ri ishtirok etuvchilarning turmush tarzi bilan bog'liq bo'lgan jarayon qismi bo'lib hisoblanadi.

Marketinga bo'lgan talab ta'lim xizmatlari bozorida raqobat kuchayib borayotganligini hisobga olgan holda potensial talabni baholash uchun marketing tadqiqotlarini olib borish va uni nazorat qilish kerak bo'ladi. Bu tadqiqotni asosiy bosh maqsadi shundan iborat bo'ladiki, birinchidan ta'lim ehtiyojlarni aniqlashdan, ularni qoniqishini to'g'ri baholay olish va ta'lim ehtiyojlarini ta'minlay olishdan iborat. Ikkinchi asosiy maqsadi esa bozor kelajagini oldindan bila olish va ta'lim sifatini oshirish maqsadida amalga oshirilayotgan ko'pgina ta'lim dasturlari marketing vositalari yordamida talabga ega bo'lgan ta'lim o'rtasidagi ko'pgina ko'zga tashlanayotgan tafovutlarni hal etishga yordam beradi. Uning asosiy qulayligi esa ichki muhitdagi o'zgarishlarni ya'ni mashg'ulotlarni qulayligi va muvaffaqiyatliligi o'quv jarayonining subyektiv pozitsiyasini amalga oshirishni ta'minlab, bu kabi ta'riflar marketing ta'lim sohasida ham juda kerakli qism ekanligini ko'rsatib beradi.

Marketing faoliyati asosida bozorni har taraflama o'rganishda asosiy yo'nalishlardan quyidagilarni ko'rsatish mumkin:

> talabni o'rganish;

> bozor tarkibini aniqlash;

> tovarni o'rganish;

> raqobat sharoitlarini tadqiq qilish;

> sotish shakli va usullarini tahlil etish.

Shu narsa muhimki, talabni o'rganish - marketing ta'lim tizimidagi jarayonning ham muhim qismi hisoblanadi. Shundan kelib chiqadiki, ta'lim sohasidagi barcha turdagi jihozlar va kerakli texnologiyalarni oliy ta'lim muassalariga olib kirish va marketinga tadbiq etishdan oldin uni talab darajasini o'rganish muhim sanaladi. Bozor tarkibini aniqlash talabni o'rganishdan keyin turadigan muhim vazifadir. Chunki, ta'lim bozorida oliy ta'lim muassasalari uchun zamon talablariga mos keladigan mutaxassislar mavjudligini bilish va ulardan yuqori bilim va ko'nikmakarga ega bo'lgan kadrlarni tanlab olish ish samaradorligi uchun muhim qadamdir. Qolgan yo'nalishlari esa bajarishda bir-birini to'ldiruvchi va ketma-ket aloqadorlikka ega bo'lgan yo'nalishlar tarkibidir. Marketing funksiayalarini kim bajaradi:

> kadr tayyorlovchilar;

> iste'molchilar;

> marketing mutaxassislari.

REFERENCES

1. Ergashxodjayev Sh.D., Qosimova M.S., Yusupov M.A. Marketing asoslari. - T.: Iqtisod-Moliya. 2017 y. 50 b.

2. Bazarova F.T. Marketing o'quv qo'llanma. - T.: Iqtisod- Moliya. 2015 y. 65 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.