Научная статья на тему 'OLIY TA’LIMDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O‘RGATISH USULLARI'

OLIY TA’LIMDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O‘RGATISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Badiiy asar / badiiy did / innovatsion faoliyat / badiiy tahlil / asar bilan tanishish / asarni tahlil qilish / tahlilni umumlashtirish / o‘quv tahlili / obrazlar bo‘yicha tahlil / muammoli tahlil.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ermatova Shohista Abdusalomovna

Ushbu maqolada badiiy asarni birdaniga oson va to‘g‘ri tushunish ham hammaga xos emasligi, bu o‘qituvchining zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi, o‘qituvchi butun auditoriyani qamragan holda, talabalar e’tiborini badiiy asarning mazmuni, uning zohiriy va botiniy ma’nosini tushunishga qarata bilishi lozimligi, yoshi kichik va orttirgan hayot tajribasi nisbatan kam, badiiy didi yetarli shakllanmagan talabalar badiiy asarni mutlaqo teskari tushunishlari ham mumkinligi, shu bois badiiy asar tahliliga katta e’tibor zarurligi, busiz talabalarda turg‘un ezgu ma’naviy sifatlar qaror topmasligi, shu sababli ham oliy ta’limda Erkin Vohidov ijodini o’rgatishda turli usullardan foydalanish ahamiyatgaegaligi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIMDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O‘RGATISH USULLARI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

OLIY TA'LIMDA ERKIN VOHIDOV IJODINI O'RGATISH USULLARI

Ermatova Shohista Abdusalomovna

NamDU, Boshlang'ich ta'limda ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi shoxistaermatova@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13269432 Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy asarni birdaniga oson va to'g'ri tushunish ham hammaga xos emasligi, bu o'qituvchining zimmasiga katta mas'uliyat yuklashi, o'qituvchi butun auditoriyani qamragan holda, talabalar e'tiborini badiiy asarning mazmuni, uning zohiriy va botiniy ma'nosini tushunishga qarata bilishi lozimligi, yoshi kichik va orttirgan hayot tajribasi nisbatan kam, badiiy didi yetarli shakllanmagan talabalar badiiy asarni mutlaqo teskari tushunishlari ham mumkinligi, shu bois badiiy asar tahliliga katta e'tibor zarurligi, busiz talabalarda turg'un ezgu ma'naviy sifatlar qaror topmasligi, shu sababli ham oliy ta'limda Erkin Vohidov ijodini o'rgatishda turli usullardan foydalanish ahamiyatgaegaligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: Badiiy asar, badiiy did, innovatsion faoliyat, badiiy tahlil, asar bilan tanishish, asarni tahlil qilish, tahlilni umumlashtirish, o'quv tahlili, obrazlar bo'yicha tahlil, muammoli tahlil.

KIRISH

Adabiyot san'atning bir turi sifatida o'zining badiiy jozibasi bilan insonlar qalbiga oson yo'l topa olish, estetik hissiyotlariga kuchli ta'sir qilish, hayotiy voqea-hodisalar haqida chuqur mulohaza yuritishga da'vat etish kabi xususiyatlarga ega. Biroq buning uchun muallimning o'zi muayyan adabiy-nazariy ko'nikmaga, ijodkorlar haqidagi bilimga ega bo'lishi lozim. Shundagina u dars davomida o'quvchilarga yozuvchining ijodiy merosi, asarlarining badiiyati va uslubi, tarbiyaviy jihatlarini singdira olishi mumkin.

Adabiy ta'lim jamiyat ma'naviyatini, xalq ma'naviyatini shakllantirishda eng ko'p ishtirok etadigan faoliyat tundir. Shuning uchun ham o'tgan asrning boshlarida atoqli ma'rifatparvar Cho'lpon o'zining "Adabiyot nadir?" nomli maqolasida "Adabiyot yashasa-millat yashar"3, deb yozgan edi. Bu so'zlar orqali u adabiyot fanining inson shaxsini shakllantirishdagi o'rnining beqiyos ekanligini ko'rsatib berdi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqotda muammoga doir me'yoriy-huquqiy hujjatlar, pedagogik-psixologik va metodik adabiyotlarni o'rganish, tizimli-struktur tahlil, kuzatish, suhbat, maxsus pedagogik-psixologik metodikalar, tajriba-sinov, matematik-statistik usullardan foydalanilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pedagog faoliyatining innovatsion xarakter kasb etishiga erishish masalasi o'tgan asrning 60-yillaridan boshlab jiddiy o'rganila boshlagan. Xususan, F.N.Gonobolin, S.M.Godnin, V.I.Zagvyazinskiy, V.A.Kan-Kalik, N.V.Kuzmina hamda V.A.Slatsenin kabi tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan ishlarda innovatsion faoliyat, pedagogik faoliyatga innovatsion yondashish, innovatsion g'oyalarni asoslash va ularni amaliyotga samarali tadbiq etish, xorijiy mamlakatlar hamda respublikada yaratilgan pedagogik innovatsiyalardan xabaror bo'lish orqali pedagog faoliyatida ulardan faol foydalanish borasidagi amaliy harakatlar mazmuni yoritilgan.

L.V.Golish, D.M.Fayzullayeva, R.J.Ishmuhamedov, R.N.YUsufbekova, Q.Yo'ldoshev, S.Usonov, O'.Tolipov, M.Usmonboyeva innovatsiyalarni pedagogik nuqtai nazardan ko'rib chiqishga e'tiborni qaratadi.

O'zbek tili va adabiyotini o'qitishda yoshlar ma'naviyatini badiiy asarlar tahlili vositasida yuksaltirish, mustaqil fikrlashga o'rgatish, ijodkorlikka undash, ijodiy ishlarga yo'llash masalalari B.To'xliyev, Q.Yo'ldoshev, S.Matchonov, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva, R.Niyozmetovalar tomonidan yaratilgan tadqiqot ishlarida, monografiyalar, darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalarda yoritilgan. Aytish joizki, adabiyot o'qitish metodikasida Erkin Vohidov ijodini o'rganishga taniqli adabiyotshunos va munaqqid U.Normatov, G.Norqulova, Sh.Qurbon va J.Jovliyev, Q.Xusanboyeva va boshqalarning tadqiqotlarida muayyan darajada e'tibor qaratilgan. Adabiyot o'qitish metodikasi, jumladan, alohida bir adib ijodini o'rganish sohasida esa F.Egamberdiyeva, O.Usmonova, R.Atamurodovalar tomonidan nomzodlik

dissertatsiyalari ximoya qilingan.

TAHLILLAR VA NATIJALAR

Adabiyot o'qitishni samarali yo'lga qo'yish o'quvchi va talabalarning o'zlashtirishini yaxshilashga qaratilgan didaktik tadbirgina bo'lmay, yoshlarda ezgu ma'naviy sifatlarni tarkib topdirishga yo'naltirilgan umumilliy ahamiyatga ega yumushdir. Ayniqsa, o'z asarlarida milliy va umuminsoniy g'oyalarni tarannum etgan, ezgulik, yaxshilik, go'zallik tuyg'ularini ifodalagan Erkin Vohidov kabi ijodkorlarning hayoti va ijodini o'rganish, keng ommaga targ'ib etish adabiy ta'limning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Bugungi kunda yangi o'zbek adabiyotini, xususan Erkin Vohidov ijodini o'rganayotgan bo'lajak mutaxassislar yaqin vaqtlarda, o'zining pedagogik iste'dodidan qat'i nazar, ta'lim mazmunining strukturasi hamda pedagogik muhit va sharoitning uyushtirilishini, o'qitishning samaradorligini ta'minlashiga erishishni ko'zda tutmog'i kerak. Zotan, badiiy asarni birdaniga oson va to'g'ri tushunish ham hammaga xos emas. Bu o'qituvchining zimmasida bo'lgan mas'uliyatdir. O'qituvchi butun auditoriyani qamragan holda, talabalar

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

e'tiborini badiiy asarning mazmuni, uning zohiriy va botiniy ma'nosini tushunishga qarata bilishi lozim. Yoshi kichik va orttirgan hayot tajribasi nisbatan kam, badiiy didi etarli shakllanmagan talabalar badiiy asarni mutlaqo teskari tushunishlari ham mumkin. Shu bois badiiy asar tahliliga katta e'tibor zarur. Busiz talabalarda turg'un ezgu ma'naviy sifatlar qaror topmaydi.

Badiiy tahlil a) ilmiy - filologik; b) o'quv - didaktik

singari ikki katta turga bo'linadi.

O'quv tahlilidan maqsad o'rganiladigan badiiy asarni to'g'ri qabul etish orqali talabalarda ezgu shaxslik sifatlarini shakllantirishdan iboratdir. Didaktik tahlilning vazifalari badiiy asarning o'ziga xosligi, jozibasi va ta'sir qilish sabablarini aniqlash orqali talabalarda ta'sirchan qalb, hassos tuyg'ular, sog'lom estetik did, ravon va ifodali nutq shakllantirishdan iboratdir.

Har qanday asarning o'quv tahlilida har bir talaba individual tarzda o'tashi kerak bo'lgan uch bosqich, albatta, bosib o'tiladi:

1) asar bilan tanishish;

2) asarni tahlil qilish;

3) tahlilni umumlashtirish.

Birinchi bosqichda asar o'qituvchining ijrosida idrok etiladi. Bunda talaba, shunchaki eshituvchi bo'lmasligi, balki matnni kuzatib borish bilan birgalikda uning e'tiborini tortgan o'rinlarini belgilab borishi lozim. Ikkinchi bosqichda asarning badiiy o'ziga xos jihatlari savol-topshiriqlar yordamida o'rganiladi. Bu bosqichda talabalar asar qahramonlari xatti-harakatlariga akseologik yondashishlari saboqning tarbiyaviy yo'nalishiga olib keladi. Uchinchi bosqichda har bir talaba qilgan kashfiyotini o'z kuzatishlariga tayanib umumlashtiradi. Bunda har bir talaba o'zicha asar, unda tasvirlangan voqea-hodisalar, qahramonlar, asarning badiiy jihatlari borasidagi fikrlarini tizimga soladi. O'quv tahlili bu kechimni amalga oshirishda qatnashadigan talabalar miqdoriga ko'ra:

a) individual - yolg'iz;

b) guruhiy;

v) umumiy (frontal) singari uch turga bo'linadi.

O'qituvchi har qanday adabiy turga mansub asarlar o'rganilayotganda ham talabalarni matnga doir savol-topshiriqlar bilan ishlashga o'rgatishi lozim. Mahorat bilan tuzilgan savol va topshiriqlar badiiy matnni ma'naviy energiyaga aylantirishi, ularning zamiridagi ma'nolarni kashf etishga kalit bo'lishi mumkin. Ko'pincha yo'l-yo'lakay tuzilgan savollarning saviyasi keragiday chuqur va aniq bo'lmaydi. Savol va topshiriqlar aniq bo'lmagani oqibatida tahlil ham konkret bo'lmay, matndan ma'no chiqarish, uning jozibasini his qilish borasida talabalar umumiylikka, taxminiylikka o'rganib qolishadi. Chunki savol konkret berilmagach, javob ham shunga yarasha bo'ladi. Savollar asarni o'rganishdagi eng muhim jihatlarni o'z ichiga olishi zarur. O'quv tahlilida savollar a) faktologik va b) konseptual kabi ikki turga bo'linadi.

O'rganilayotgan badiiy asarni didaktik tahlil qilishda o'suvchi va talabalarning yosh xususiyatlarini ham,

www.in-academy.uz

adabiy asarning janrini ham hisobga olish kerak. Masalan, 5-, 6-sinflarda o'quvchilar she'riy asarni ko'proq axborot tarzida qabul etadilar. Ularga she'riy shakllar, shoir mahorati, uning lirik obraz yaratishdagi o'ziga xosligi haqida gapirib o'tirish ortiqcha. Ularga she'r juda ta'sirli qilib ifodali o'qib berilib, asarning tarbiyaviy yo'nalishi ko'rsatilsa, she'riy asardagi badiiy unsurlar sezdirilsa kifoya. Jumladan, shoirning 5-sinf darsligida berilgan "Nido" dostoni yuzasidan urushning yomon oqibatlari, xalqlar boshiga keltirgan kulfatlari, tinch va osuda kunlarning qadri, shukronasi haqida tushunchalar, yoki 6-sinfda berilgan "O'zbegim" qasidasi tahlili orqali ularda ajdodlarga ehtirom, milliy g'urur va iftixor tuyg'ulari shakllantiriladi. Lekin oliygoh talabalarida esa shoir she'rlari,g'zallarining badiiy xususiyatlari, dostonlaridagi badiiy-estitik g'oya, ijodkor mahorati masalasi ham tahlil etiladi.

Masalan, 4-bosqich talabalari esa har qanday tur va janrdagi asarlarga o'zgacha munosabatda bo'ladilar. Ular asar zamiridagi haqiqatga, undan kelib chiqadigan hayotiy va estetik ma'noga ancha jiddiy yondashadilar. Bitiruvchilar badiiy asar bilan uning ijodkori o'rtasidagi bog'liqlikni, asarda adib shaxsiyati belgilari bo'lishi shartligi kabi holatlardan xabardor bo'ladilar. Bu holat o'quv tahlilini chuqurlashtirish imkonini beradi. O'quv tahlilida ham amal qilinishi shart bo'lgan bir qator tamoyillar borki, ularga rioya etmay turib, kutilgan natijaga erishib bo'lmaydi. Bu tamoyillarning asosiylari quyidagilardir:

1) har qanday tahlilning shaxsiy mulohaza ekanligi;

2) to'liq tahlilning bo'lishi mumkin emasligi;

3) asar bo'yicha bildiriladigan har qanday fikr faqat asar matnidan keltirib chiqarilishi lozimligi;

4) badiiy asarga yaxlit hodisa tarzida yondashish zarurligi;

5) tahlilda asarning tur xususiyatlari hisobga olinishi kerakligi;

6) tahlil yuzasidan aniqlangan ilmiy haqiqatning o'zidan ko'ra unga etib kelish muhim ekani;

7) biror asar bo'yicha butun auditoriya yoki talabalar guruhining o'qituvchi bilan bir xil fikrga kelishi shart emasligi.

Amaldagi metodika badiiy asarlarni o'quv tahliliga tortishning quyidagi yo'llari borligini ta'kidlaydi:

1) Muallifga ergashib yoki yaxlit o'rganish:

2) Obrazlar bo'yicha tahlil.

3) Muammoli tahlil.

Badiiy asarni yaxlit yoki muallifga ergashib tahlil qilish syujetga katta e'tibor berishni ko'zda tutadi va 1-bosqichda ko'proq ishlatiladi. Asarni tahlil etishning mazkur usuliga ko'ra, badiiy asar o'rta ta'limdan endigina oliy ta'limga kirib kelgan talabalarning xarakter xususiyatlarini, psixologik taraqqiyot darajalarini, pedagogik tayyorgarligini hisobga olgan holda ishlatilib, matndagi voqealarga katta e'tibor beriladi. Chunki bu talabalar hali badiiy asarga sof san'at hodisasi tarzida qarashga, ma'naviy muammolar haqida mulohaza qilishga, falsafiy xulosalar chiqarishga unchalar ham tayyor emas. Demak, o'qituvchi voqea,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

syujet tasviri yoki ifoda etilgan fikrlar salmog'iga e'tibor qaratish orqali asarni tahlil qilishi zarur.

Badiiy asarlarni o'rganishning keng tarqalgan usullaridan biri uni timsollar bo 'yicha o 'rganishdir. Badiiy adabiyotdagi asosiy unsur obraz ekani bejiz emas. Adabiy asarni o'rganishning bu yo'li uni istalgan bosqich talabalariga tatbiq etish mumkinligi bilan ajralib turadi. O'quv tahlilining bu yo'liga ko'ra, o'rganilayotgan asardagi timsollarning qanday tasvirlangani, ularning ifodasida muallif qo'lga kiritgan natija, foydalangan usul va ularning samaradorlik darajasini aniqlash muhim o'rin tutadi. O'quv tahlilini amalga oshira bilish, o'rganilayotgan asarning mohiyatini aniqlay olish talabalarga muayyan asar haqida bilim beribgina qolmaydi. Hatto, aytish mumkinki, bu kechim talabalarda muayyan bilim hosil qilishdan ko'ra, ularda muayyan ma'naviy sifatlar shakllantirishga ko'proq xizmat qiladi. Ya'ni talaba qaysi bir yozuvchining qaysi bir asarida nima bo'lganligini bilib qo'ymaydi, balki didaktik tahlil yordamida talabalar yo muallifni, yo asardagi timsollarni, ko'p hollarda esa, har ikkisini ham tuyadilar. Har bir personajning nima uchun aynan shunday xatti-harakat qilganligi sabablarini aniqlash va bunga ishonch hosil qilish talabalarning ma'naviy o'sishlarida ulkan ahamiyat kasb etadi.

Taniqli adabiyotshunos S.Dolimov: "Ishonch bilimdan farq qiladi. Ishonch uzoq vaqt kuzatishlar, shaxsiy tajribalar, shaxsiy kechinmalar orqali yaratiladi", - deb yozganida, adabiyotning tengsiz ma'naviy o'rnini nazarda tutgan edi. Shuning uchun ham olim badiiy matndan faqat ijtimoiy ma'no qidirib, uning estetik zavq manbai ekanini hisobga olmaydigan o'qituvchilarning tutumidan qoniqmay, shunday degan edi: "Ba'zi ...o'qituvchilar asarni vulgar sotsiologizm asosida analiz qiladilar va natijada adabiyotning o 'ziga xos xususiyatiga e 'tibor etmaydilar, adabiyotning estetik zavqni tarbiyalashdagi muhim xizmatini yo 'qqa chiqaradilar". Olim adabiyot o'qituvchisi asardan, birinchi navbatda, badiiy go'zallik va estetik ma'no qidirishi, uni topa bilishi va talabalarga singidira olishini ta'kidlaydi.

Badiiy asarni o'rganishning uchinchi yo'li muammoli tahlildir. Bu metoddagi asosiy narsa talabalar oldiga kerakli va qiziqarli muammo qo'yish orqali badiiy asarni tekshirishdir. Talabalar oldilariga qo'yilgan muammoni yechish jarayonida asar matniga tayanadi va shu asnoda uning ichiga kirib, jozibasini anglaydi, mohiyatiga yetadi va asarga estetik baho beradi. Muammoli ta'lim hozirda keng yoyilib borayotgan interfaol usullarning asosiy shartlaridan biridir. Bunda talabalar oldiga echilishi zarur o'quv muammosi qo'yilishi va bu muammoni hal etishda zarur bo'ladigan badiiy, didaktik ashyolar etkazib berilishi, talabalar esa mustaqil yo'sinda izlanish olib borib, masalani o'zlaricha hal etishlari ko'zda tutiladi.

Masalan, Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni o'rganilmoqda. Bu asarni muammoli yo'sinda

1htpp//www.ziyouz.uz

tahlil etish imkoni bor. Asar matni bilan tanishilgandan keyin talabalarning oldiga: " Shoir nima sababdan asar voqealarini Hisdiston bilan bog'lagan?" tarzida masala qo'yish lozim. Yoki "Nido" dostoni o'rganilmoqda. Talabalar yoki o'quvchilar asar bilan tanishganlaridan keyin ulardan: "Asarda ikkinchi jahon urushi fojealari qanday tasvirlangan?" degan muammoni hal etish talab qilinishi mumkin. Talabalar oldida muammoli vaziyat yaratilgach, ular asosan asar matni hamda o'zlari izlab topgan qo'shimcha materiallar asosida bu vaziyatni hal qilishga urinadilar. O'qituvchi bu jarayonda talabalarning asosiy manba bo'lmish asar matnidan chalg'ib ketmay, uni turlicha talqin etib, to'xtamga kelishlarini ta'minlashi zarur. Talabalar qiziquvchan, o'z fikrlariga ega va bu fikrlar bilan boshqalarning ham hisoblashishlarini juda-juda istaydigan bo'lishadi. Ular psixologiyasidagi ayni shu holat adabiy asarni muammoli o'rganishda qo'l keladi.

Yangi o'zbek adabiyotini, bu davr ijodkorlarini, jumladan, Erkin Vohidov ijodini o'rganishda bu uchala usul ham samarali natijalarga erishish mumkinligini ko'rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Adabiyot o'qitishdagi eng ilg'or tajribalarni umumlashtirmay, deyarli barcha darslarda qo'llash mumkin bo'ladigan universal qonuniyatlarni kashf etmay turib, yoshlarga adabiy tarbiya berish samaradorligiga erishib bo'lmaydi. Yangi o'zbek adabiyoti fani, undagi ijodkorlar, jumladan, Erkin Vohidov hayoti va ijodini o'rganishda faol va samarali adabiyot o'qitishda qo'llaniladigan metod va usullarni ishlab chiqishi kerak. Ammo "universal qoidalar" tushunchasini har qanday holatda ham hech bir o'zgarishsiz qo'llayverish mumkin bo'lgan doimiy usullar tarzida qabul etmaslik kerak. Negaki, yoppa universalizmni tatbiq etish mumkin emas (universalizm - ta'lim jarayonida bir martadan ko'proq ishlatish mumkin bo'lgan didaktik usul va yechimlardir).

ADABIYOTLAR:

[1] Yo'ldoshev Q. Adabiyot o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari. - T: «O'qituvchi», 1997.

[2] Yo'ldoshev Q., Yusupov J. Badiiy tahlil asoslari. -Urganch: UrDU nashriyoti, 2008.

[3] Jo'raqulov U. Hududsiz jilva. - T.: "Yangi asr avlodi", 2006.

[4] Ziyomuhammedov B. Yangi pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T.: Chinoz ENK, 2002. - 124 b.

[5] Karimov H. Adabiyot nazariyasining ilmiy asoslari. -T.: "Yangi asr", 2010.

[6] Saydaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. - T.: Respublika ta'lim markazi, 1999. -55 b.

[7] Tolipova J.Y. Pedagogik texnologiyalar - do'stona muhit yaratish omili. - T.: YUNISEF, 2005. - 296 b.

[8] Tolipov O'.Q., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiya: nazariya va amaliyot. - T.: "Fan", 2005. - 205 b.

[9] Ulug'bek Hamdam. Yangilanish ehtiyoji. -T.: "Yangi asr avlodi", 2007.

[10] Quronov D. Adabiyotshunoslik lug'ati. - T.: «Fan», 2010.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz

[11] Vohidov E. Inson. - T.: 2018. "O'qituvchi"

[12] Усмонова О. Ёзувчи хаёти ва ижодини адабий тахлил хамда тал^ин усулларига таяниб урганиш. Пед.фан.ном. дисс... - Т.: 2007.

[13] Бобоев Т. Олий у;ув юртларида узбек шеърияти поэтикаси асосларини урганиш: Пед. фан. док. дисс... автореферати. -Т.: 1998.

[14] Эгамбердиева Ф. Адабий таълимга илгор педагогик технологияларни татби; этиш методикаси. Пед. фан. номз. ... дисс. -Т.: 2005. - 146 б.

[15] Фарберман Б. Илгор педагогик технологиялар. -Т.: Фан, 2000. - 127 б.

[16] Саидахмедов Н. Педагогик амалиётда янги технологияларни ;уллаш намуналари. Монография. -Т.: РТМ, 2000. - 46 б.

[17] Хужамбердиева Ш.К. Мактабгача таълим ёшидаги болаларнинг ижодий тафаккурини устиришда Эркин Вохидов ижодининг урни // НамДУ Илмий Ахборотномаси. - Наманган, 2020. №12. -Б.375-378.

[18] Sanjar Sodiq. Yangi o'zbek adabiyoti tarixi. Darslik. T., "Universitet", 2005.

[19] Mirzaev S. XX asr o'zbek adabiyoti. Darslik. T., Yangi asr, 2007.

[20] KarimovN. XXasro'zbekadabiyotimanzaralariT., 2009.

[21] Rahmonov B. Hayotimsiz, odamlar. T., "Istiqlol nuri", 2016 y.

[22] Normatov U. Tafakkur yog'dusi. - T.: "Fikr-media", 2005.

[23] Ortega-y-Gasset. Estetika. Filosofiya kulturbi. - M: «Iskusstvo», 1991.

[24] Rasulov A. Tahlil, talqin, baho. - T.: "Fan", 2006.

[25] Sarimsoqov B. Badiiylik asoslari va mezonlari. -Andijon. "Hayot", 2005.

[26] Sultonov I. Adabiyot nazariyasi. - T.: Sharq. 2005.

[27] Erkin Vohidov. Saylanma. 4 jildlik. - T., "Sharq", 2000 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.