Научная статья на тему 'XALQARO TADQIQOTLAR TAJRIBASIDA NEMIS TILINI O‘QITISH VA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI'

XALQARO TADQIQOTLAR TAJRIBASIDA NEMIS TILINI O‘QITISH VA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
badiiy adabiyot / nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalari / kasbiy faoliyat / badiiy adabiyot oʻqitish metodikasi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sattorova Shaxnoza Raxmonqulovna

Ushbu maqolada xorijiy til o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishning bugungi holati, nemis tilini o‘qitishda badiiy adabiyotning roli, nofilologik ta’lim yo‘nalishi talabalariga nemis tili darslari tarkibida adabiy materiallar, adabiy janrlar, lirik va nasriy asarlarni oʻrganish mazmuni va uning ahamiyati hamda ularning dars jarayonlarida talabalarga ijobiy ta’siri hamda undan foydalangan holda dars sifatini oshirish imkoniyatlari xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQARO TADQIQOTLAR TAJRIBASIDA NEMIS TILINI O‘QITISH VA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

XALQARO TADQIQOTLAR TAJRIBASIDA NEMIS TILINI O'QITISH VA BADIIY ADABIYOTLARDAN FOYDALANISH

METODIKASI

Sattorova Shaxnoza Raxmonqulovna

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11562176

Annotatsiya. Ushbu maqolada xorijiy til o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishning bugungi holati, nemis tilini o'qitishda badiiy adabiyotning roli, nofilologik ta'lim yo'nalishi talabalariga nemis tili darslari tarkibida adabiy materiallar, adabiy janrlar, lirik va nasriy asarlarni o'rganish mazmuni va uning ahamiyati hamda ularning dars jarayonlarida talabalarga ijobiy ta'siri hamda undan foydalangan holda dars sifatini oshirish imkoniyatlari xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, nofilologik ta'lim yo'nalishi talabalari, kasbiy faoliyat, badiiy adabiyot o'qitish metodikasi.

Abstract. In this article, the current state of the development of the professional activity of foreign language teachers, the role of fiction in teaching the German language, the content and importance of studying literary materials, literary genr-es, lyrical and prose works in German language classes for non-philological education students, and they talk about their positive impact on students in the course of the lesson and the possibilities of improving the quality of the lesson using it.

Keywords: literature, non-philological education students, professional activity, literature teaching methodology.

Аннотация. В данной статье рассматривается современное состояние развития профессиональной деятельности учителей иностранного языка, роль литературы в обучении немецкому языку, содержание и значение изучения литературных материалов, литературных жанров, лирических и прозаических произведений на уроках немецкого языка для школьников. студентов нефилологического образования, и говорят об их положительном влиянии на учащихся в ходе урока и возможностях повышения качества урока с его помощью.

Ключевые слова: литература, студенты нефилологического образования, профессиональная деятельность, методика преподавания литературы в узбекских школах.

KIRISH

Xalqaro globallashuv ta'sirida axborot makonining yuqori sur'atlar bilan o'sishi, pedagog kadrlarni tayyorlashda o'zgacha yondashuvni, ya'ni innovasion, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari va axborot-metodik ta'minot tizimi yordamida ularning kasbiy kompetentligini rivojlantirishni davr talabiga aylantirmoqda. Bugungi kunda xorijiy tillarni o'qitish metodlari jadal rivojlanib, ularning samaradorligini oshirish uchun yangi yondashuvlar va innovasion usullar qo'llanilmoqda. O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarda pedagoglarni tayyorlash va ularning kasbiy bilim, ko'nikma va malakalarini oshirishga qaratilgan bir qator amaliy ishlarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan, pedagog kadrlarning mavjud o'quv-uslubiy va ilmiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishning me'yoriy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirilib borilmoqda. Mazkur jarayonning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

borilayotganligi boshqarishning davlat tomonidan amalga oshirilishi va mamlakat miqyosida ahamiyatga molik bo'lgan Davlat dasturlarining qabul qilinishi va unda belgilangan vazifalarning bajarilishi amaliyotda o'z samarasini berayotganligining natijasidir.

Bugungi kunda ta'lim tizimi oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri pedagoglarning xorijiy tillar bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini, kompetentligini muntazam ravishda rivojlantirib borishdan iborat. Jumladan, nemis tilini o'qitishda badiiy adabiyotdan foydalanish metodikasini egallash orqali o'qituvchilarning kasbiy faoliyatini rivojlantirish hamda ularning pedagogik mahoratini oshirish muhim ahamiyatga ega. Badiiy adabiyot orqali talabalarning tilini yanada boyitish, madaniy va ijtimoiy bilimlarini oshirish, shu bilan birga, ularning o'qitish jarayonidagi innovasion yondashuvlarini rivojlantirish imkoni mavjud.

Mamlakatimiz va xorijda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish, xorijiy tillarni badiiy adabiyotlar asosida o'qitish bo'yicha rivojlantirishga alohida e'tibor berilayotganini ko'rishimiz mumkin. Ammo, axborotlashgan jamiyatning tezkorlik bilan rivojlanib borishi, oliy ta'lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida ta'lim olayotgan pedagogoglarni kreativ o'qitish metodikasi chuqur, har tomonlama o'rganilmaganligini qayd etish mumkin.

Adabiy materiallarni o'rgatish yuzasidan amalga oshirilgan tadqiqotlarda, asosan, umumta'lim maktablari uchun o'quv-metodik majmualar yaratish tamoiyllari, mumtoz va XX asr nemis adabiyotiga doir materiallar mazmunini belgilashning nazariy va amaliy asoslari yaratilgan, xolos. Nemis tili darslarida ularni o'rganish bilan bog'liq bo'lgan aniq metodik tavsiyalar maxsus ishlab chiqilmagan. Nofilologik ta'lim yo'nalishi talabalariga nemis tili darslari tarkibida adabiy materiallar, adabiy janrlar, lirik va nasriy asarlarni o'rganish mazmuni va metodlari ham yoritib berilmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Til o'rganish jarayonida badiiy adabiyotdan foydalanish talabalarning tilini boyitish, leksik va grammatik bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Nemis tilini o'qitishda badiiy adabiyotning ahamiyatini o'rganish va uni samarali qo'llash metodlarini tahlil qilish pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Nemis tilni o'qitishda talabalarga turli janr va uslublarda yozilgan matnlar bilan tanishish imkonini beruvchi badiiy adabiyot ularning leksik zaxirasini boyitishga yordam beradi. Shuningdek, badiiy adabiyotda qo'llanilgan grammatik konstruksiyalar va frazeologik birikmalar talabalarning grammatik bilimini mustahkamlaydi.

Badiiy adabiyot orqali nemis tilni o'rganuvchi talabalar o'sha til madaniyati va tarixini yaxshiroq tushunishadi, nemis adabiyotini o'qish orqali ular Germaniyaning tarixi, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlari haqida ko'proq ma'lumotga ega bo'lishadilar. Nemis til o'qituvchilari darsda nemis adabiyoti namunalaridan foydalanishni oldiga maqsad qilar ekan, eng avvalo, badiiy asar talabalarning yosh va bilim darajasiga mos kelishiga alohida ahamiyat qaratish lozim, jumladan, ular uchun qiziqarli va sodda yozilgan qissalar, qisqa hikoyalardan foydalanish tavsiya etiladi.

Badiiy asarlar asosida turli interaktiv, jumladan, kitob klublarini tashkil qilish, asar muhokamalari, teatr sahnalari, qahramonlar rolini o'ynash kabi bir qator mashg'ulotlarni o'tkazish mumkin. Bu mashg'ulotlar talabalarning til ko'nikmalarini rivojlantirishga, pedagoglarga esa ta'lim jarayonida innovasion yondashuvlardan foydalanish, muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishlari imkonini beradi. Ushbu yondashuvlar talabalarni tili o'rganish va o'qishga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

qiziqishini oshiradi va ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda samarali muloqot qilishlariga xizmat qiladi. Bu esa ularning darslarda talabalar bilan yordam beradi.

Hozirgi zamon fan va texnika jadal ravishda rivojlanayotgan, zamonaviy axborot texnologiyalarining salmog'i keskin oshayotgan bir davrda xorijiy til o'qituvchilarining pedagogik mahoratini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, buyuk nemis pedagogi Adolf Disterverg o'qituvchining doimo muntazam ravishda ilm-fan bilan shug'ullanishi va doimo faoliyatda bo'lishi haqidagi quyidagi fikrlarni aytgan edi: "O'qituvchi muntazam ravishda f an bilan shug'ullanmog'i lozim. Aks holda, u qurigan daraxt va toshga o'xshab qoladi. Qurigan daraxt va tosh meva bera olmaganidek, kelajakda bunday o'qituvchidan hech qanday natija kutib bo'lmaydi". Shuning uchun hozir kunda o'qituvchi faqat o'z fani bo'yicha emas, balki o'z faniga yaqin bo'lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi, yangilik yaratishga intilishi talab etiladi.

Til o'qitish vositalari, metodik tamoyillar, mashqlar tipologiyasi hamda tizimi va ularning ahamiyati G.X.Bakieva, L.T.Axmedova, M.D.Djusupov, D.R.Djumanova, D.U.Xashimova, I.M.To'xtasinovning ishlarida ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, o'zbek maktablarida adabiyot o'qitish metodikasi A.Zunnunov, T.Boboev, S. Matchonov, M.Mirqosimova, S.Axmedov, B.Jalilov, M.Sharipova, S.Ismatov, M.Mirfayozov, O.Musurmonova, M.Oxunova yaratgan tadqiqot ishlari, metodik qo'llanmalarida yoritib berilgan. Ammo, nofilologik oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun darsda adabiiy asarlarni o'rganish xususiyatlari va tanlash borasida yoritilgan aniq metodik tavsiyalar deyarli yo'q. Nofilologik oliy ta'lim muassasalari talabalariga xorijiy tillarni o'qitish metodikasiga oid T.K.Sattarov, V.I.Normurodova, G.S.Sabirova, F.Sh.Alimovning tadqiqot ishlari olib borilganligini ko'rishimiz mumkin. Badiiy adabiyot namunalariga qiziqishni shakllantirish masalalari esa xorij olimlari A.Burns, L.J.Dorn, S.Ehlers, G.Genette, J.Grzesik, K.M.Merga, E.Ortlieb, A.Perrin, G.Westhoff, H.Willenberg tomonidan tadqiq etilgan.

Ilg'or pedagogik tajribalarni tahlili hamda taniqli olimlar A.S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalarning pedagogik faoliyatini o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan talabalar bilan o'qituvchi muloqotining pedagogik ta'sir vositasini hoyatda beqiyos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositasi sifatida chuqur egallaganlik ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini har tomonlama oshirishni ta'minlaydi. O'qituvchining kommunikativ faoliyati maqsadli faoliyatga nisbatan ko'pincha ikkilamchi xarakterga ega bo'ladi, pedagogik mehnatning o'ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat uning asosini tashkil etishidan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Jumladan, nofilologik oliy ta'lim muassasalari o'qituvchilari uchun nemis tili darslarida nasriy asarlarni (hikoya, roman yoki qissadan parcha) o'qib o'rganish birinchi navbatda talabalarni bu ishga leksik va grammatik jihatdan tayyorlashdan tashqari ushbu asarlardagi murakkab, muammoli jihatlarni bartaraf etishga, shundan keyingina adabiy materialni tadqiq etishga qaratilishi madsadga muvofiq.

Xalqaro tadqiqotlar tajribasida nemis tilini o'qitish va badiiy adabiyotlardan foydalanishda badiiy asarni kontekstual tahlil qilishda unga turli jihatlardan yondashish keltirib o'tilgan, shu asosda bir qator tahlil metodlari sanab o'tish mumkin.

Sosiologok tahlil metodi badiiy asar voqeligi bilan real voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan badiiy haqiqat munosabati kabi masalalarni o'rganishga yo'naltiradi. Bu xil yondashuv asarning g'oyaviy-mafkuraviy tomonlarini tahlil qilarkan, qahramonlarning xarakter xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi va h. badiiy unsurlarning ijtimoiy ildizlarini ochib beradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

Qiyosiy metod badiiy asarni boshqa asarlar bilan qiyosan tahlil qilishni nazarda tutadi. Boshqa milliy adabiyot vakili bilan qiyoslash asosida esa adabiy aloqa va ta'sir, milliy adabiyotlar rivojidagi tipologik umumiylik kabi masalalarni o'rganishga keng imkoniyat yaratiladi.

Tarixiy-madaniy tahlil metodi badiiy asarni milliy madaniy an'analar, shuningdek, davr adabiy-madaniy jihatdan o'rganishga qaratilgan bo'lib, bu xil yondashuv darsda talabalarga adabiy jarayondagi yangi hodisalarning tub omillarini anglash imkonini beradi.

Biografik metod badiiy asarni muallifining hayot yo'li bilan birgalikda o'rganishni nazarda tutadi. Bunda talabalar muallif ijod yo'li bilan tanishish bilan bir qatorda, kelgusida kasbiy faoliyati uchun motivatsiya olish imkoniga ega bo'lishadilar. Shunga ko'ra biografik metod asarga muallif tomonidan yuklatilgan mazmunni anglashda etakchi ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, nemis tili o'qituvchilarining badiiy asar haqida yaratilgan tanqidiy asarlarni o'rganishlari ham muhim ahamiyatga ega.

Nofilologik oliy ta'lim muassasalari talabalari kasb tayyorgarligini o'tash bilan b ir qatorda, mustaqil hayotga qadam qo'yishga hozirlik ko'rishlarida, turli kasb egalari o'rtasidagi munosabatlar orqali mehnat bilan bog'liq milliy qadriyatlarni o'rganishlarida, hayotiy ko'nikmalarga ega bo'lishlarida badiiy adabiyot namunalaridan milliy g'oya va milliy ma'naviyat aks etgan asarlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Nasriy asarlar o'quv matnlariga qaraganda ham nemis tilini, badiiy adabiyotini, milliy qadriyatlarini o'rganishda mazmunli, ta'sirchan vosita hisoblanib, talabalar qalbiga yo'l topa oladi. Shu boisdan ularda badiiy matnlarni o'qib to'liq va chuqur idrok etishga doir bilim, ko'nikma va malakalar hosil qilish, shu yo'l bilan estetik zavq uyg'otishga erishish yuzasidan nemis tili o'qituvchilariga mo'ljallangan o'ziga xos metodik ko'rsatmalar yaratish darslar samaradorligini oshiruvchi vositalar sirasiga kiradi.

Kuzatishlardan ma'lum bo'ladiki, nofilologik oliy ta'lim muassasalarining nemis tili fani o'qituvchilari dars jarayonida badiiy adabiyotdan foydalanishlarida ancha qiyinchiliklarga duch kelishadilar. Talabalar nemis tilini deyarli bir xil saviyada egallagan bo'lib, keskin tafovutlar kuzatilmaydi. Mazkur ta'lim muassasalari uchun yaratilgan o'quv qo'llanmalarda adabiy material nihoyatda oz miqdorda bo'lib, hali adabiy ta'lim etarlicha joriy etilmagan bir sharoitda nasriy asarlarni o'rganishning farqli metodikasini ishlab chiqish haqida so'z yuritish qiyin. Maxsus adabiy materiallar bilan boyitilgan o'quv qo'llanmalari yaratilgandan keyingina, shu o'quv qo'llanmalari asosida bajariladigan kelgusidagi ishlar malga oshirilishi mumkin.

Dastlabki qadamlar sifatida nofilologik oliy ta'lim muassasalarining nemis tili fani o'qituvchilari dars jarayonlarida adabiy materiallarni o'rganishning umumiy metodikasi bilan tanish chiqishlari muhimdir. O'qituvchi nemis tilini yaxshi o'zlashtirayotgan guruhlarda vaziyatga qarab tabaqalashtirilgan ta'limni joriy etishi, xajmi kattaroq nasriy asar tanlashi, topshiriqlarni murakkablashtirishi, o'qishga qadar bajariladigan leksik va grammatik tayyorgarlikka ketadigan vaqtni qisqartirishi mumkin bo'ladi. Shuni ham hisobga olish kerakki, ayrim nofilologik oliy ta'lim muassasalarida rus guruh talabalari nemis tilida berilgan adabiy matni tezroq o'qib, tushunishadilar, chunki rus tili grammatikasi tuzilish jihatdan nemis tili grammatikasiga o'zbek tiliga qaraganda ancha o'xshash. Ilg'or ish tajribasiga ega o'qituvchilar o'zbek guruh talabalariga alohida, ya'ni ancha oson adabiy asarni, rus guruh talabalari uchun esa murakkabroq tanlashlari mumkin. Talabalarning nemischa nutqi nemis adabiyotini o'rganishlari uchun yetarli darajada rivojlanimaganligi tufayli darslarda biror yirik asarni yaxlitligicha tavsiya etish imkoniyati yo'q va shu sababli ham o'quv darsliklarda yirik asarlardan parcha berish amaliyoti mavjud. Ba'zi hollarda esa hajmi kichikroq hikoyalarni to'ligicha olish mumkin. Ammo, darslikka kiritishning iloji bo'lmaganligi uchun ulardan parchalar ajratilishi kerak. Yaxlit olingan yoki qisqartirilgan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" 4 JUNE, 2024

hikoya bilan yirikroq asardan keltirilgan parcha hajman teng hamda o'xshash bo'ladi, lekin ularni janr xususiyatlariga ko'ra farqlantiruvchi, ayrim parchalarda esa badiiy idrok sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi jihatlar ham bo'lishi mumkin. Ana shu bir qadar kemtik qilib ajratib olingan parchalar - mo'jaz nasriy asarlarni ilmiy maqola tipidagi o'quv matni mazmunini tushunishdan farqli ravishda to'liq va chuqur badiiy idrok etish uchun zarur bo'ladigan bilimlar, ko'nikma va malakalarni shakllantirish nemis tili o'qituvchisi oldida turgan muhim vazif alardan biridir.

Bilimlar sirasiga birinchi navbatda asarning janr xususiyatlariga monand shakl va mazmun birligi tufayli yuzaga kelgan o'ziga xoslik va ana shu sharoitda kuzatishlardan ma'lumki, ko'p hollarda talabalar nemis tilidagi badiiy matn mazmunini to'liq tushunishmaydilar, yoki mutlaqo tushunmaydi, yoxud qisman anglaydi. Metodist olimlarning fikricha, matn mazmunini to'liq tushunishning o'zi, badiiy obrazni idrok etishni ifodalamaydi. Shu sababli nemis tili o'qituvchilari badiiy obrazlar o'rganiladigan holatga nisbatan adabiyot o'qitish metodikasiga doir manbalarni o'rganishlari tavsiya etiladi. XULOSA

Xalqaro tadqiqotlar tajribasida nemis tilini o'qitish va badiiy adabiyotlardan foydalanish metodikasi bugungi kunga kelib ko'proq tajribalar olib borishni va izlanishlarni talab qilmoqda. Badiiy adabiyot nemis til o'qituvchilarining fikrini boyitish, madaniy va ijtimoiy bilimlarini oshirish imkonini beribgina qolmasdan, dars jarayonlarida samarali foydalanish natijasida o'zlarining kasbiy mahoratini yanada yuqori darajaga ko'tarish imkoniyatiga erishadilar. Badiiy adabiyotdan foydalangan holda dars jarayonlarini rejali tashkil etish har bir o'qituvchining mehnat talab qiladi, tilni o'rgatishh jarayonini qiziqarli va samarali qilib tashkil etish imkonin i beradi. Innovasion yondashuvlar va interaktiv mashg'ulotlar orqali o'qituvchilar talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga, so'z boyliklarini boyitishga va ularning madaniy ko'nikmalarini oshirishga yordam beradilar. Bunday yondashuvlar talabalarning o'qishga bo'lgan qiziqishini oshiradi va ularning tilini boyitishga yordam beradi. Badiiy adabiyotdan foydalanish orqali o'qituvchilar o'zlarining kasbiy faoliyatini yanada yuqori darajaga ko'tarib, talabalar bilan samarali muloqot qilishlarini ta'minlashlari mumkin. Natijada badiiy adabiyot talabalarga turli janr va uslublarda yozilgan matnlar bilan tanishish imkonini berib, ularning leksik zaxirasini boyitishga yordam beradi. Lingvistik jihatdan boy bo'lgan badiiy matnlar talabalarning leksik va grammatik bilimlarini mustahkamlashga, shuningdek, badiiy adabiyotda qo'llanilgan grammatik konstruksiyalar va frazeologik birikmalar ularning grammatik bilimini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega. Jumladan, badiiy adabiyot talabalarga Germaniya madaniyati, tarixi, urf-odatlari va qadriyatlari haqida ko'proq ma'lumot beradi, bu esa ularning madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishga yordam beradi.

Xalqaro tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nemis tilini o'qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanish usuli talabalarning lingvistik va madaniy bilimlarini boyitishda muhim rol o'ynaydi, chunki bu yondashuv tilni chuqurroq tushunishga yordam beradi. Badiiy adabiyotlar, o'z navbatida, talabalarning lug'at boyligini oshiradi va grammatik qoidalarni amalda qo'llashga imkon beradi, bu esa o'quv jarayonining samaradorligini oshiradi.

Kommunikativ yondashuv nemis tilini o'qitishda asosiy metod sifatida tan olinadi, chunki bu yondashuv o'quvchilarning muloqot ko'nikmalarini rivojlantiradi va ularni tilni tabiiy muhitda qo'llashga o'rgatadi. Badiiy adabiyotlar orqali esa talabalar tilni amalda qo'llash ko'nikmalarini yanada mustahkamlashadi va grammatik qoidalarni osonroq o'zlashtiradilar, nemis tilidagi talaffuz va intonatsiya qoidalarini o'zlashtirishiga yordam beradi, chunki ular asarlarni ovoz chiqarib o'qish orqali talaffuzni mashq qilishadi. Bundan tashqari, badiiy asarlarning tilni o'qitish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

jarayoniga integratsiyalashuvi talabalarning tilga bo'lgan qiziqishini oshiradi va ularni tilni yanada faol o'rganishga undaydi. Nemis tilini o'qitishda badiiy adabiyotlardan foydalanishning muhim jihatilaridan yani biri shundaki, bu usul talabalarning adabiy matni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi, chunki ular adabiy asarlar orqali nemis jamiyatining turli jihatlari bilan tanishadi. Shuningdek, badiiy adabiyotlar orqali ular turli davrlarga mansub nemis yozuvchilari va ularning ijodiy merosi bilan tanishadi, bu esa ularning madaniy bilimlarini kengaytiradi va tilni yanada yaxshi o'zlashtirishga yordam beradi, o'sha davlatga borish istagini uyg'otadi.

Xulosa qilib aytganda, badiiy adabiyot nemis tili o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirishda o'ta muhim vosita hisoblanib, u o'qituvchilarning til va adabiyotga bo'lgan qiziqishlarini oshirish, ijodiy va lingvistik kompetensiyalarini rivojlantirish hamda ularning shaxsiy va kasbiy salohiyatlarini oshirishda muhim rol o'ynaydi. Shu bois, o'qituvchilarning badiiy adabiyotlar bilan muntazam ravishda tanishib borishlari va natijada ulardan dars mashg'ulotlarida samarali foydalanishlari ularning o'z talabalari oldida har tomonlama manaviy yetuk shaxs sifatida namuna bo'lishlariga zamin hozirlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Xoliqov A. Pedagognk mahorat: O'quv qo'llanma. "Iqtisod-moliya" nashriyoti. 2010. -312 b.

2. Umurov X. Adabiyot nazariyasi. Darslik "Shark" NMAK. 2002.-254 b.

3. Quronov D. Adbiyotshunoslikka kirish: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. - T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004. -224 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.